2.2.Tumandagi ba’zi joy nomlarining tarixi va izohi
O‘rganilayotgan hudud miqyosida olib qaraydigan bo‘lsak, mazkur hududdagi joy nomlarining aksariyat qismi etnonimlar va qadimiy urug‘ va ular yashagan hududlar nomi bilan bog‘liqligini ko‘rishimiz mumkin sanaladi. Etnonimlar tarix taqozosi bilan vujudga kelgan bo‘lib, informatsiya tashiydi. Etnonimlarni o‘rganish juda muhim ilmiy ahamiyatga ega. Biron-bir hududda o‘tmishda qanday xalqlar yashagan? Muayyan etnonim qaysi xalq, elat, qabilani bildirgan? Masalan, X asrgacha tojik deganda O‘rta Osiyodagi o‘troq aholi bilan birga arab savdo ahlini ham tushunishgan. Ko‘pgina etnonimlar qadimda, sinfsiz jamiyatda va sinfiy jamiyatga o‘tish davrida paydo bo‘lgan. O‘zbekiston toponimiyasining xarakterli xususiyatlaridan yana biri unda etnotoponimlarning32, ya’ni turli millat, xalq, elat, qabila va urug‘-aymoq nomlari bilan atalgan toponimlaming nihoyatda keng tarqalganligidir.
Mulla Sayfiddin Axsikandiyning “Majmua at-Tavorix”, Mulla Avazmuhammad Attorning “Tuxfat at-tavorix-i xon”, Zakir Chormoshev “Urug‘lar to‘plami” kabi asarlardagi o‘zbek urug‘lari nomlari hozirgi kunda toponomika fanida muhim ahamiyatga ega. Ushbu manbalarni tahlil qilgan olimlar ulardagi o‘zbek urug‘lari nomlari, mazkur urug‘lar istiqomat qilgan joy nolariga asos bo‘lganligini ta’kidlaydilar.
Tarixiy manbalarda keltirilgan 92 oʻzbek urugʻlari butun Oʻrta Osiyo hududlarida tarqalgan. Bu 92 oʻzbek urugʻlariga moʻgʻullar istilosidan oldingi va istilo davrida hamda shayboniylar davrida kelgan etnik guruhlar ham kiradi . Shuningdek, Oʻrta Osiyoda qadimdan yashab kelayotgan chigʻil, yagʻmo, usun, tuxsi, xalach va boshqalar turkiy etnik guruhlar ham 92 oʻzbek elati tarkibiga kirgan. Bundan ko‘rinadiki o‘zbek urug‘lari deb atalgan etnik guruhlar butun Osiyo hududlariga yoyilib ketgan.
Bugungi kunda onomastika xususan toponomika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar salmog‘i yuqori hisoblanadi. Joy nomlari etimologiyasi, leksik xususiyatlari to‘g‘risida ko‘plab ishlar amalga oshirilgan. Bu borada tadqiqodchilar joy nomlarining o‘ziga xos xronologik ketma ketlikda o‘zgarib borganligini e’tirof etadilar. Bu hodisaga bir necha ijtimoiy-siyosiy omillar sabab bo‘lishi mumkin. Bizning tadqiqot maqsadimiz ushbu joy nomlarining kelib chiqishini va tarixiy taraqqiyotini chuqur o‘rganish hisoblanadi.
Bugungi mustaqillik davrida yoshlarni ona-vatanga muhabbat, ilm-fanga qiziqish ruhida tarbiyalashda nomlarning, xususan, toponimlarning roli benihoya kattadir. Sababi, ijtimoiy-siyosiy sohadagi har bir yangilik va o‘zgarish kishilarning, yoshlarning diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib turadi. Bu esa o‘z-o‘zidan nomlarga va yana ham aniqrog‘i, toponimlar masalasiga e’tibor qaratish zarur ekanligini eslatib turadi. Bu – yoshlarimizni vatanparvar hamda milliy qadriyat va urf-odatlarimizga sadoqat ruhida, shuningdek, ilm-fanga ishtiyoq va qiziqish tarbiyalashda toponimlarning ahamiyati katta ekanligini ko‘rsatib turibdi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev “Farzandlarimizni mustaqil fikrlaydigan zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni chuqur egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun hamisha dolzarb masala”33, deb bekorga aytmagan.
O‘zbek nomshunosligiga tarixiy, fonetik, leksik (ma’noviy), morfologik, imloviy o‘zgarishlar singari alohida hududdagi shahar, qishloq, mahallalarning nomlariga xos bo‘lgan bir qancha individual o‘zgarishlarni ilmiy asoslarda tahlil etish dolzarb masalalardan biridir. Sababi, “...o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir”34. O‘zlari yashayotgan hududdagi nomlarni bilish ham o‘zlikni anglashga, ajdodu avlodlarimiz qo‘ygan nomlarni tushunib, anglab, tahlil qilishga turtki beradi. Zero, nom qo‘yish ham o‘z o‘rnida san'at hisoblanadi. Xorazm viloyati toponimlari ham boshqa viloyati toponimlari kabi bugungi kunda ham ma’naviy meros, ham madaniy boylik, ham tilimizning qadimiy xususiyatlarini o‘zida saqlab qolgan ko‘hna tarixiy yodgorliklardan biri sanaladi. Shu sababli viloyat hududidagi shahar, shaharcha, qishloq, ko‘cha, mahalla kabilarning nomlarini ilmiy va amaliy jihatlardan o‘rganish va tadqiq etilishi zarurligi sezilmoqda. Ushbu hol esa mazkur bitiruv malakaviy ish mavzusining bugungi kun uchun ancha dolzarbligini ko‘rsatib turibdi. O‘zbek nomshunosligiga oid oldingi tadqiqotlar bilan tilshunosligimiz boyigani kabi bu mavzu bilan ham nisbatan tor mavzularga e’tibor qaratilgan bo‘ladi. Ulardagi tarixiy, fonetik, leksik (ma’noviy), morfologik, imloviy o‘zgarishlar singari alohida hududdagi shahar, shaharcha, qishloq, mahallalarning nomlariga xos bo‘lgan bir qancha individual o‘zgarishlarni ilmiy asoslarda tahlil etish o‘zbek tilshunosligining dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi. Ushbu viloyat tumanlar toponimlari boshqa viloyatlarning toponimlari kabi bugungi kunda ham ma’naviy meros, ham madaniy boylik, ham tilimizning qadimiy xususiyatlarini o‘zida saqlab qolgan ko‘hna tarixiy yodgorliklardan biri sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |