UO‘K 635.9:632.9(575.12)
KBK 42.3
Z—74
K.Zokirov, O.Sobirov Farg‘ona vodiysi koksidlari (Homoptera: Coccinea) faunasi, morfologiyasi va ekologik xususiyatlari [Matn] / (Monografiya). -Toshkent, 2021. -128 b.
Monografiyada Farg'ona vodiysi mevali va manzarali o ‘simlklariga zarar keltiruvchi koksidlaming muhim adventiv va endemik turlari, ularning tarqalishi, hayotiy sikllari va biologiya- sini ekologik-faunistik jihatdan tahlil etilgan. Turli hududlardagi koksidlarning mevali va manzarali o ‘simliklarga yetkazadigan zararlarini kamaytirish va ularga qarshi kurash usullarini takomil- lashtirish yuzasidan tavsiyalar berilgan.
ISBN 978-9943-6468-8-9
M a s ’ u l m u h a r r i r:
A.K.Xusanov - biologiya fanlari doktori, dotsent
T a q r i z ch i l a r :
A.M.Ummatov — Andijon davlat universiteti Zoologiya va biokimyo kafedrasi dotsenti, biologiya fanlari nomzodi;
LLZokirov - Farg'ona davlat universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Andijondavlat univcrsitetillmiykcngashining2021-yil5-oktabr 2-sonli yig‘ilishida nashrga tavsiya etilgan.
SO‘ZBOSHI
Bugungi kunda dunyo miqyosida meva-sabzavot mahsulotla- rini yctishtirish va aholiga yctkazib bcrish, qishloq xo'jaligining muhim ustuvor vazifalaridan biri sanaladi. Bu o‘rinda, yetishtirila- yotgan mahsulotlarga zararkunanda va kasalliklarning salbiy ta'siri 35 40% ga qadar ortib borayotganligi, ularga qarshi kurash tizimini yanada takomillashtirish lozimligidan dalolat beradi'. Ayniqsa, me- vali va manzarali o‘simliklarning jiddiy zararkunanda hasharotlari hisoblangan koksidlar yiliga qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilik so- hasiga 5 mlrd. AQSH dollari qiymatida ziyon yetkazmoqda1 2 3. Shun- ga ko‘ra, mevali va manzarali daraxtlardagi zararli koksid turlarini aniqlash, ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Jahonda bugungi kunda koksidologik tadqiqotlar, turli mintaqa- larning faunistik tarkibini zamonaviy usullar bilan aniqlash, koksid- lar evolutsiyasi asosida ularning kelib chiqishiga doir tadqiqot- larga alohida e’tibor qaratilmoqda. Koksidlarning turli mintaqalar bo'yicha faunistik tarkibi, biologiyasi, ekologiyasi, hududlar kok- sidofaunasining taksonomik tarkibi, trofik aloqalari va filogenc- ziga bag‘ishlangan ishlar jadallashtirilmoqda. Ta'kidlash lozimki, mcvali va manzarali o‘simliklarda tarqalgan koksidlar faunasini o'rganish, ularning morfo-ekologik xususiyatlari, ba'zi keng tar- qalgan turlarning biologik xususiyatlari, ozuqa o‘simligida ya- shashga moslanishlari kabi masalalami tahlil qilish va ularga qarshi uyg‘unlashgan kurash usullarini qoTlash borasida tadqiqot ishlari olib borishni taqozo qiladi. Bu borada, jumladan, koksidlaming tur- lar xilma-xiliigini aniqlash, daraxt va butalarga zararkunanda hasha-
1 www.fao.org.2016
2 Kosztarab M., Kozar F. Scale Insects of Central Europe. - Budapest, 1988.456 p.
3
rotlaming ta’sirini baholash, eng jiddiy turlar tarqalishi, biologiyasi va ekologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha ihniy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Respublikamizda qishloq xo‘jaligining turli tarmoqlari qato- rida bog‘dorchilikni davlat dasturlari asosida rivojlantirish, aholini meva-sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan chtiyojini to‘la qondirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada, jumladan, yangi intensiv bog‘lar tashkil qilinib, ularda hosildorlikni oshiruvchi qator tadbir- laryo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida3 mamlakat oziq-ovqat xavfsiz- ligini mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish- ni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli da- rajada oshirish vazifalari belgilangan. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda, jumladan, mevali bog‘larga zarar yetkazuvchi koksidlar faunasini va ulami mavsumiy dinamikasini aniqlash, ularga qarshi uyg‘unlashgan himoya tadbirlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasining2016-yil 19-sentabrdagi “Hayvo- not dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi” Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fev- raldagi PF-4947-son “0‘zbekiston Respublikasini yanada rivoj- lantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-no- yabrdagi “Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat hi- sobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish to‘g‘risida”gi qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amal- ga oshirishga muayyan darajada xizmat qiladi.
3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947- son “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Xarakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni.
4
KOKSIDLARNING O‘RGANILISHIGA DOIR ILMIY
MANBALARSHARHI
Koksidlar tengqanotli-xartumli hasharotlarning koksidlar kenja turkumiga mansub jonivorlar bo‘lib, sobiq ittifoq hududida ular- ning 500 dan ortiq turi topilganligi, 150 ga yaqin turi o‘tchil, man- zarali va mevali o‘simliklarga zarar yetkazishi aniqlangan. Ular o'simliklarning to‘qima shirasini muttasil so‘rib hayot kechirish- lari tufayli zararlangan to‘qimalarda moddalar almashinuv jarayoni buzilishi oqibatda bunday o‘simliklarning asta o‘sishdan qolishi, ayrim barg, novda va shoxlarning qurishi, kuchli zararlanganlari esa butunlay qurib qolishi kuzatiladi. Shu sababli keyingi yillarda koksidlarni o'rganishga c'tibor kuchayib, turli mintaqalarning kok- sidlarini tur tarkibi, tarqalishi va biologik xususiyatlarini o‘rganish borasida tadqiqotlar tobora kuchaymoqda. Markaziy Osiyoda ham bu hasharotlarni o‘rganish 1930-yillardan boshlangan4.
Adabiyotlarda koksidlar to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar K.Linney ishlaridan ma'lum ekanligi ko‘rsatiladi. Muallif o‘zining “Tabiat sistemasi” asarida birinchi bor koksidlarni 17 turi haqida ma'lumot bcradi. Linneydan so‘ng koksidlami o'rganish uzoq vaqt to‘xtab qoladi. Keyingi tadqiqotlar XIX asrning ikkinchi yarmida A.Targioni va VSinorening ishlarida o‘z aksini topgan. A.Targioni 7 avlod va 29 turni o‘z ichiga olgan Diaspidini tribasiga asos solgan. Sinore katalogi (Signoret, 1877; Ben-Dov, 1990) esa 9 avlod va 73 turdan iborat edi.
Rossiyada ham koksidlami o‘rganishga e'tibor XX asr bosh- larida kuchayadi5.
4 http//www.entomologa.ru/book/58htm, http://www.entomologi.se/cgi-bin/ enter.cgi?iljwhat=7000
5 http://www.ento.okstate.edu/ddd/insects/arborvitaeaphid.htm., http:// www.insectimages.org/browse/detail.cfm?imgnum=1329009. http://evolution. powernet.ru/library/marav.htm.
5
Kavkaz mintaqasi koksidofaunasi bo'yicha dastlabki ma’lumotlarni LLGavalovning tadqiqotlarida ko'rish mumkin. U mintaqa o‘simliklarida 62 tur koksidlaming tarqalishini, ayni turlar ekologiyasi va qisman iqtisodiy ahamiyati haqida ma’lumotlar be- radi. Keyingi ishlarida ayni hasharotlarning biologiyasi va ekologi- yasi hamda Kavkaz va Krasnodar o'lkasi koksidlarining parazit va yirtqichlarini o'rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan (FaBajroB, 1936).
Koksidlar faunasini tizimli o‘rganish Sankt-Peterburgdagi Zoo- logiya instituti professori, yirik koksidolog olim N.S.Borxsenius to- monidan amalga oshirilgan (Bopxcemiyc,1941; 1947; 1948; 1949; 1950; 1956; 1957; 1960; 1961; 1963; 1966). N.S.Borxsenius turli mamlakatlarda tarqalgan koksidlami o‘rganishga oid ko‘p tadqiqot- lar o‘tkazgan. Muallif Markaziy Osiyo hududida tarqalgan, tut da- raxtiga zarar yetkazuvchi O‘rta Osiyo quyosh qurti (Heliococcus destructor Borchs.)ni yangi tur sifatida tasniflagan. Muallif sobiq ittifoq faunasini o‘rganish natijalari asosida “Oayna CCCP” rukni ostida nashr etilgan ko‘p jildli kitoblarining VII, VIII, IX tomlarini yozgan (Eopxcemiyc, 1941; 1957; 1960). Bundan tashqari, mual- lif tomonidan Markaziy Osiyo uchun yangi Pseudococcidae oilasi vakillari haqida ham ma'lumotlar bergan. Muallifning keyingi ish- larida ham ayni hasharotlaming yangi avlodi va turlari haqida qim- matli ma'lumotlar berib o‘tgan (Eopxcemiyc, 1947; 1949).
N.S.Borxsenius tadqiqotlarining ihniy natijalari uning eng yirik klassik asari (KaTajior uuhtobok MnpoBoii <|)aym>i)da mujassamlan- gan (Eopxcemiyc, 1966).
R.VYashenkoning Qozog‘istonda olib borgan koksidologik tadqiqotlarida Palearktikaning Ortheziidae va Margarodidae oilasi faunasini tadqiq qilish Orthezioidea katta oilasi (Ortheziidae va Margarodidae oilasi)ning tur tarkibini dala sharoitida yig‘ilgan ma- teriallar va dunyo muzeylaridagi kolleksiyalariga taqqoslash orqali
6
bu hasharotlarning 28 avlodiga mansub 138 turini ko‘rsatadi. Un- dan tashqari, tadqiqotchi koksidlar tanasida qizil bo‘yoq - karmin hosil qiluvchi qurtlarni o‘rganish borasida samarali ishlar olib borib labiiy karmin bo‘yog‘i bcruvchi Porphyrophora avlodi turlarining xo‘jalik ahamiyatini ko‘rsatib bcrgan (JIiuchko, 1999; 2005; 2007; 2008).
LA.Gavrilov tomonidan Markaziy Rossiya, Qrim, Shimoliy Kavkaz, Quyi Volga, G’arbiy Yevropa (Portugaliya, Fransiya, Ven- griya, Italiya, Bolgariya), Kanar orollari, Shimoliy-g'arbiy Afrika (Marokash), Kichik Osiyo (sharqiy Anatoliya), Janubiy-sharqiy Osiyo va Malayya arxipelagi, Shimoliy Amerika soxtaqalqondor- larining taksonomik tahlili o‘tkazildi. Tadqiqotlar davomida bu ha- sharotlarning 72 avlod va 497 turini aniqlagich jadvalini bergan. Shuningdek, muallif dunyo faunasi soxtaqalqondorlarining asosiy avlodlari va guruhlarining qarindoshlik aloqalarini sxematik tarzda o'rganishni taklif etgan. I.A.Gavrilov qalqondorlaming mum ajratuv- chi trubkasimon bezlarining tasnifini ishlab chiqish bilan birga, palearktika soxtaqalqondorlarining 16 avlodga mansub 27 turlari- ning genctik tizimi va xromosoma sonini birinchi marta aniqlagan (TaBpnjioB, 2003; 2005; 2006; 2016).
Rossiyada LVTrapeznikova unsimon qurtlaming kariosistema- tikasi va ko‘payish xususiyatlariga oid tadqiqotlarida tengqanotli- xartumli hasharotlaming Coccinea kenja turkumiga xos bo‘lgan 14 oila vakillarining tirik tug‘uvchi-tuxum qo‘yuvchi turlari ro‘yxatini tuzgan. Bundan tashqari, u birinchi marta soxtaqalqondorlarning 2 turi va unsimon qurtlarning 12 turi jinslarining birlamchi nisba- tini tahlil qilgan (Tpane3HHKOBa, TaBpHJioB, 2008; Tpane3HHKOBa, 2011).
Sankt-Peterburg shahri ko'kalamzorlashtirilgan hududlari- ning dendrofil koksidlarini o‘rganilishi A.V.Myasnikovaning ilmiy faoliyati bilan bog‘liq. Muallif tomonidan olib borilgan kompleks
7
tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, o‘rganilgan hudud dendrofil koksidla- rining tur tarkibi, ularning dominant turlari populyatsiya holatini son va sifat nuqtayi-nazaridan tahlil qilgan. Shuningdek, dendrofil koksidlarning shahar sharoitida ozuqa o‘simligi bilan biotik muno- sabatlarini shahaming turli ekologik sharoitlarida o‘suvchi daraxt- laming dcndrofil koksidlar bilan zararlanish darajalarini aniqlagan (MacHHKOBa, 2010).
Armanistonda qalqondor va unsimon qurtlami o‘rganish bo‘yicha M.A.Ter-Grigoryanning ishlari diqqatga sazovor. Mual- lif tadqiqotlarida qalqondorlarning tur tarkibi, geografik tarqalishi, biologiyasi, ekologiyasi hamda ulaming parazit va yirtqichlarini o‘rgangan (Tep-TpnropaH, 1962; 1963; 1964; 1966).
Yetuk entomolog A.N.Kirichenko Ukrainada tarqalgan qalqon- dorlar va qurtlami o‘rganish bo‘yicha qator ishlar qilgan. Dastlabki ishlarida bu hasharotlarning Ukraina faunasi uchun 43 turini aniqlab, ulaming ozuqa o‘simligida joylashgan o‘mi va trofik aloqalari haqi- da ma'lumotlar berdi. Muallifning keyingi ishlarida Ukraina faunasi uchun 112 tur koksidlar ko'rsatilib, ulardan 20 tasi yangi tur sifatida tavsiflab berilgan. Yillar davomida yig‘ilgan ma'lumotlar asosida u ayni hasharotlaming aniqlagichini tuzdi. Muallifning 1936-yili e'lon qilingan ishida koksidlami zoogeografik va ekologik nuqtayi nazari- dan tarqalishi bo‘yicha natijalar bayon etilgan (KnpnneHKO, 1936).
Ozarbayjonning Lenkoran hududi koksidlari A.G.Imomquliyev tomonidan o‘rganilgan. Muallif ayni hudud koksidlari va qurtlarining 27 turi, ulaming biologik va ekologik xususiyatlari ulaming entomofag- lari haqida materiallari e’lon qilingan (HwaMKyjineB, 1965; 1966).
Gruziyalik yirik entomolog olim I.D.Batiashvilining Gmziyada tarqalgan mevali va subtropik ekinlar koksidlarining tarqalishi, ba’zi zararli vakillarining biologik xususiyatlari ustida olib borgan ish- lari g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi (EaTnamBHJiH, TBajiaBajiie, 1948; EaTHaniBHJiH, 1954; 1959).
8
Gruziyaning daraxt, buta va o‘t o‘simliklarida yashovchi koksid- larni o‘rganish bo'yicha Z.K.Xadjibeyli ishlarini ko‘rsatish mumkin (Xa/vKn6enjm, 1953; 1964). Uning tadqiqotlar davomida ko‘plab yangi turlar, ularning biologik xususiyatlari haqida ma’lumotlar bcradi. Muallif ishlarining birida Gruziya qalqondorlari va kukun- tanli qurtlarining kclib chiqishi, ontogenezi xususiyatlari, tarqali- shi, tur tarkibi va biotsenotik aloqalariga oid ma'lumotlar berilgan (XaAJKnSeiijm, 1969).
Moldaviyada koksidlar bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar V.l.Taliskiy faoliyati bilan bog‘liq. 1954-yilda muallifning Mol- daviya mevali daraxtlari qalqondorlari va soxtaqalqondorlarga bag‘ishlangan kitobi nashrdan chiqdi (TajmuKim, 1954). Mual- lif ushbu kitobida qalqondor va qurtlarning tur tarkibi, biologik va ekologik xususiyatlari hamda ularga qarshi kurash choralariga batafsil to‘xtalgan. Tadqiqotchining keyingi ishlari Moldaviya sha- roitida qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari sanalgan koksid- lar tur tarkibi o'zgarishida ulaming parazit va yirtqichlarining mo- hiyatini ochib berishga qaratilgan (TajmnKim, 1961; 1966).
Uzoq Sharq va Leningrad viloyati koksidlari E.Dansig tomoni- dan o‘rganilgan. Leningrad viloyati uchun tadqiqotchi 60 tumi keltirgan fZJammr, 1960). Muallifning ko‘plab ishlari yangi turlarni tavsiflashga qaratilgan CHammr, 1959; 1960; 1980; 1999; 2003; 2012; 2013).
Koksidlar ustida olib borilgan tadqiqotlar bo‘yicha uzoq xorij- da ham sermahsul ishlar olib borilgan. Jumladan, Nearktika va g'arbiy Palearktika faunasi bo‘yicha yirik koksidologik tadqiqot- lar bo‘yicha olingan natijalar Ferris va Balashovskiylarga (Ferris, 1942; Balachowsky, 1958) tegishlidir.
Markaziy Yevropa (Signoret, 1877; Kosztarab, Kozar, 1988), Chexiya va Slovakiya (Zahradnik, 1951), Vengriya (Kosztarab, Kozar, 1978), Turkiya (Bodenheimer, 1953), tropik Afrika (Hall,
9
1946; Balachowsky, 1956), Misr (Ezzat, 1958), Yaponiya (Kawai,. 1980), Koreya(Paik, 1978), Xitoy (Tang, 1977; 1986; Chou, 1986), Tayvan (Takagi, 1970) Tinch okeanining janubiy orollari koksido- faunasi yirik koksidolog olimlar tomonidan o‘rganilgan (Williams, Watson, 1988).
Markaziy Osiyoda koksidlarning o‘rganilishi
XIX asrga qadar turli mamlakatlar hududlarida tarqalgan ha- sharotlarni o‘rganishga yetarli e'tibor bcrilmagan. Shunday hol Markaziy Osiyoda ham kuzatilib, bu joylardagi boshqa hayvonlar qatori hasharotlarni o‘rganish ham deyarli boshlanmagan. Biroq, XX asrga kelib, Markaziy Osiyo respublikalariga ba’zi yillari chi- girtkalar galasining yoppasiga bostirib, juda katta maydonlardagi qishloq xo‘jalik ckinlari hosilini nobud qilishi bu joylarda hasha- rotlarga bo‘lgan munosabatni asta o‘zgarishiga sabab boTdi. Nati- jada chigirtkalarga va boshqa hasharotlarga bag‘ishlangan ilmiy ishlar paydo bo‘la boshladi. Shu bilan birgalikda, turli mevali va manzarali daraxtlarga zarar yetkazuvchi koksidlar yoki qalqondor, soxtaqalqondor va kukuntanli qurtlarni o‘rganish borasida ham tadqiqotlar olib borildi.
Markaziy Osiyo va Janubiy Qozog‘istonning koksidlar fau- nasi haqidagi ilk maTumotlar XX asrning dastlabki yillarida N.V.Nasonovning ilmiy tadqiqotlari bilan bogTiq boTib, muallif to- monidan 1908-yilda Mo‘yan-Qumdan topilgan Pulvinaria oricntalis Nass., turi ayni hudud faunasi uchun yangi tur sifatida tavsiflandi. O‘sha davrda amerikalik koksidolog Marlat tomonidan Ashxobod- dan yig‘ilgan materiallar asosida yangi Diaspidiotus transcaspiensis Marl. turi tavsiflab bcrgan (Marlatt, 1908).
Markaziy Osiyo koksidlarini maxsus o‘rganilishi yirik kok- sidolog A.D.Arxangelskaya va P.P.ArxangelskiyIar faoliyati bi-
10
Iim bogTiq (1920-1933). Tadqiqotchilar uzoq yillar mobaynida ((zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va janubi-shar- qiv Qozog‘iston koksidlari faunasiga oid tadqiqotlar olib borishadi. A I ).Arxangelskaya Turkmaniston koksidlari tur tarkibi va Marka- ziy Osiyo uchun yangi turlar tavsiflangan va ayni turlarning bio- logik va ckologik xususiyatlari hamda yashash joylarini bayon qila-
1933-1934-yillarda karantin inspeksiyasi va laboratoriyalari- mng tashkil etilishi Markaziy Osiyoda koksidlar o'rganilishiga ijobiy ta'sir qildi. Chunki, bu davrga kelib, Markaziy Osiyoga boshqa davlatlardan turli xil o'simliklar keltirila boshlangani tufay- li bu o‘simliklar bilan yurtimizga boshqa mamlakatlarda bo‘lgan zararkunanda hasharotlaming kelib qolish xavfi kuchaydi. Shu sababli, karantin tekshirish laboratoriyalarini tashkil qilish zaruri- yati tufayli, 1935-yilda O‘zbekiston karantin laboratoriyasi tashkil topdi. Mazkur laboratoriyaga qo‘shni Tojikiston, Turkmaniston, Ja- nubiy Qozog‘iston laboratoriyalari ham qo'shildi. Lflarda yig'ilgan materiallar O‘zbekiston karantin inspeksiyasi laboratoriyasi to- monidan hisobga olinib borildi. Yig‘ilgan materiallar natijasida Markaziy Osiyo hududida 120 tur koksidlar uchrashi aniqlandi. Bu materiallar asosida A.D.Arxangelskaya o‘zining “KoKHH^bi CpejjHeii Ashh” nomli kitobini yaratdi (ApxaHrejibCKaM, 1937). A.D. Arxangelskayaning “Ypra Ocne KOKiwuiapn” nomli yirik klas- sik asarida koksidlarni yuqorida ko‘rsatilgan hududlarda tarqalgan 6 oilasi, 26 avlodiga mansub 67 turi haqida qimmatli maTumotlar beriladi (ApxaHreJibCKas, 1937). A.D.Arxangelskayadan tashqa- ri, Markaziy Osiyo koksidlari o‘rganilishi davomida V.P.Nevskiy (1937) ishlari ham nashr etildi. V.P.Nevskiy binafsharang qalqon- dor, sharsimon va belbogTi soxtaqalqondorlaming hayotiy jara- yonlari bo‘yicha maTumotlar keltirib, ularga qarshi kurash bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
11
N.G.Kim (1963) tomonidan olib borilgan koksidologik tad- qiqotlar natijasida 0‘zbekiston hududida o‘suvchi teraklarda tarqal- gan terak qabariq qalqondori (Diaspidiotus slavonicus Green), olma vcrgulsimon qalqondori (Lcpidosaphcs ulmi L.), eron terak qal- qondori (Salicicola kcrmancnsis Lndgr.), akatsiya soxtaqalqondori (Parthenolecanium corni Bouche), burishgan soxtaqalqondor (Eu- lecanium rugulosum Arch.), tol soxtaqalqondori (Pulvinaria salici- cola Borchs.) va qizil gigant qurtcha (Drosicha turkestanica Arch.)lar- ning biologik va ckologik xususiyatlari, tcrakda yashovchi qal- qondorlarga qarshi kimyoviy kurash choralari bo‘yicha ko‘rsatmalar va ayni kimyoviy choralar qo‘llanishi natijasida erishilgan iqtisodiy samaradorlik natijalari berilgan.
Tojikiston koksidlarini o‘rganish borasida B.Bozorovning xiz- matlari salmoqli. Uning “Hisor vodiysi va Hisor tizmasi janubiy yon-bag‘ irlari qalqondorlari va qurtlari (Coccoidea) faunasi va uning xo‘jalik ahamiyati” mavzusida olib borgan tadqiqotlari natijasida, ayni hududda koksidlarning 107 turi va ularning xo‘jalik ahami- yati to‘g‘risidagi materiallari eTon qilingan. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, Hisor vodiysida uchrovchi koksidlarning 5 turi fan uchun, 51 turi ayni hudud faunasi uchun birinchi marta, 12 tur Tojikiston Respublikasi uchun, 10 tur esa Markaziy Osiyo faunasi uchun yangi deb topilgan (EaaapoB, 1963; 1968; 1971; 1974; 1975; 1976; 1981).
XX asrning ikkinchi yarmida B.B.Bozorov va G.P.Shmelevlar hammuallifligida koksidlarning faunasi va sistematikasiga bag‘ishlangan “Toikhkiictoh CCP (jjayHacn” (XI tom, .Nbl-son, 1971-yil) nomli monografiyasi nashrdan chiqdi. Ushbu asarda kok- sidlarning 37 avlodi va 78 turi haqidagi ma'lumotlar mujassamlan- gan (Dhtomojiothh TazpKHKHCTaua, 1975).
Keyingi yillarda Qirg‘izistonda ham koksidlarni oTganish bo‘yicha tadqiqotlar koTami kengayib bormoqda. Shuningdek, bu sohadagi N.I.Abdrashitovaning (AdjipaniHTOBa, La6pHU, 2005;
12
VvipamnTOBa, 1998) koksidlarni o'rganish borasidagi tadqiqotla- niii ko'rsatish mumkin. Muallif o‘z tadqiqotlarini respublikaning \ ong‘oq-mevali o‘rmonlaridagi daraxt va butalarda yashovchi kok- .idlarning taksonomik biologik va ekologik tahliliga bag‘ishlagan. Indqiqotchi birinchi marta ayni hudud dendrofil koksidlarining > kologo-faunistik, zoogeografik tahlilini ayni hudud koksidlari- ning trofik aloqalarini izohlab bergan. Muallifning faunistik tahlil natijalari ayni hudud uchun koksidlarning 6 oila, 27 avlodga man- •aib 45 turi tarqalganligi bilan bog‘liq. Jumladan, N.l.Abdrashitova o'simliklarda kuchli zarar keltiruvchi Sphaerolecanium prunas- lii l'onsc. (olxo‘ri soxtaqalqondori) turining rivojlanishi, trofik aloqalari va populyatsiya tuzilishini o‘rgandi. Tadqiqotchi kok- •adofaunaning kelib chiqish asoslariga to‘xtalib, ayni yo‘nalish bo'yicha ham tahlil materiallarini yoritib bergan (AbApaniHTOBa, 1996; 1998).
Markaziy Osiyo koksidlari o‘rganilishining ikkinchi davri maz- kur hudud uchun 7 kenja oilaning 100 turi bilan bogTiq boTib, shun- dan A.D.Arxangelskaya va A.N.Kirichenkolar tomonidan 30 ga yaqin yangi turlar to‘g‘risida maTumotlar berilgan (ApxanrejibCKax, 1937; KnpnneHKO, 1936).
O‘zbekistonda tarqalgan koksidlarni o‘rganish borasida l’.P.Arxangelskiyning ham xizmatlari beqiyos. U tadqiqotlaridan birida 30 turga yaqin mevali bogTarda yashovchi koksidlaming zoogeografik kelib chiqishi haqidagi maTumotlarni berib oTgan (ApxaHrejibCKHH, 1938). Keyinchalik olim tomonidan koksidlar zararli turlarining hayotiy jarayonlari va ularga qarshi kurash cho- ralari o‘rganilgan (ApxanrejibCKHH, 1953).
Yirik koksidolog N.S.Borxsenius Markaziy Osiyo koksidlarini o‘rganishga ham katta e’tibor bergan. Muallif o‘z tadqiqotlarini Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekistonda tarqalgan koksidlar va qurtlaming yangi turlarini aniqlashga, ulaming tarqalishiga, ozuqa
13
o‘simligi va biologik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlagan (Bopxceuuyc, 1948; 1949; 1956; 1957; 1960).
1956-yili R.A.Olimjonov va TS.G.Bronshteynlarning “3apacJ)LU0H bohhhch yMypTKacH3 x,aHBOHJiapH” nomli kitobi nashrdan chiqdi. Ushbu kitobda Zarafshon vodiysi faunasidagi koksidlarning 7 oilasiga mansub 59 turi haqida ma'lumotlar ber- gan (AjiHMZPKauoB, EpoHurreHH, 1956). Qozog‘istonda qalqondor va qurtlar G.Ya.Matesova tomonidan o‘rganilgan. Tadqiqotchi- ning ko‘plab ishlari koksidlarning tur tarkibi, tarqalishi, biologi- yasi va ekologiyasi hamda ularning entomofaglarini o‘rganishga bag‘ishlangan (MaTecoBa, 1953; 1955; 1957; 1960). G.Ya.Mateso- va Qozog‘iston faunasining landshaft zonalariga to‘g‘ri keladigan 54 tur koksid haqida maTumotlar keltirib o‘tgan.
K.Z.Zokirovning tadqiqotlari Farg‘ona vodiysi madaniy va yovvoyi mevali o‘simliklar qalqondorlari faunasi va biologiyasi hamda ularning entomofaglarini o‘rganishga qaratilgan (3okhpob, 1972). Muallif o‘z ishlarida Farg‘ona vodiysida o‘suvchi madaniy va yovvoyi mevali o‘simliklarda parazitlik qiladigan 4 oilaga man- sub, 21 turdagi qurtlar va qalqondorlar haqida maTumotlarni keltirib o‘tgan. K.Zokirov ushbu guruh hasharotlarini ozuqa o‘simligiga ix- tisoslashishiga ko‘ra monofaglar, oligofaglar va polifaglar ekologik guruhlariga boTgan. Yovvoyi va madaniy o‘simliklarga jiddiy zi- yon yetkazuvchi, zararlanish darajasi ikki-to‘rt ballgacha boTgan qurtlar va qalqondorlarni ham alohida ajratib tahlil qilgan. Tadq- iqotlar davomida o‘nga yaqin turlaming biologik va ekologik xu- susiyatlari haqida batafsil maTumotlar berilgan. Bundan tashqari, tadqiqotlar davomida Farg‘ona vodiysi koksidlarining 14 tur para- zitlari, 6 tur yirtqichlari va 2 turga mansub ikkilamchi parazitlari haqida maTumotlar keltirgan.
Muallif Farg‘ona vodiysi voha va tog‘ zonalarida tarqalgan olxo‘ri soxtaqalqondorining biologik xususiyatlarini o‘rganib,
14
iihnniiig rivojlanish darajalarini taqqoslagan. Jumladan, u o‘zining ' >1x<>‘i i soxtaqalqondorining tarqalishi va ba’zi biologik xususi- iil.nr nomli maqolasida bu soxtaqalqondoming vohadagi rivoj- liinrJii bilan tog‘ zonasidagi yovvoyi olchadagi soxtaqalqondor- Imning rivojlanishi orasidagi 20-25 kun farq bo‘lishini ko‘rsatadi. Inp' zonasidagi soxtaqalqondorlar rivojlanishi vohadagi bu hasha- intiiing rivojlanishiga nisbatan 20-25 kun kech o‘tishi ko‘rsatilgan l loKiipoB; 2009).
Ma’lumki, o‘tgan asming keyingi davrlarida O‘zbekistonga, imnladan, Farg‘ona vodiysiga ham chetdan Kaliforniya qalqondori 11 lib qolgan. Shu sababli bu qalqondorga qarshi samarali kurash <>lib borishga doir tavsiyalar ishlash uchun uni biologik xususiyat- lurining o‘rganilishi zamr edi. K.Zokirov “Andijon viloyati sharoi- lidn Kalifomiya qalqondorining ba’zi biologik xususiyatlari” deb nomlangan maqolasida bu qalqondoming ozuqa o‘simliklarida qish- l.ish va ko‘payishiga oid ba’zi materiallarni bayon qilgan (3okhpob, < 'yjiaiiMOHOB, XycaHOB, MnpaaKapiiMOBa, CoTBOJi^Hesa, 2010).
Keyingi yillarda O‘zbekistonda mevali va manzarali o'simliklar koksidlarini o‘rganish ishlari bo'yicha olib borilayotgan tadqiqotlar .nlmog‘i pasayib bormoqda. Qator mualliflar tomonidan yozilgan ishlarda ayrim koksid turlariga oid ba’zi ma’lumotlamigina ko‘rish inumkin. Ayniqsa, yurtimizda xo‘jalik yuritishning bozor iqtisodi- yoti modeliga 0‘tishi munosabati bilan endilikda turli mamlakat- lar bilan o‘zaro iqtisodiy aloqalar, tovar ayriboshlash ishlari yuqori darajada rivojlandi. Buning oqibatida, respublikamizga keltirilayot- gan tovar moddiy boyliklari ichida yurtimizda bo‘lmagan xavfli hasharotlar kelib qolmoqda. Fikrimiz dalili sifatida O‘zbekistonga XX asr oxirlarida chetdan Kalifomiya qalqondorining kirib ke- lishini ko‘rsatish mumkin (3okhpob, CyjianMOHOB, XycaHOB, Mnp3aKapHMOBa, CorBOJvmeBa, 2010).
15
Yuqorida ko'rsatilgan adabiyot manbalarida koksidlarning tuzi- lishi, tarqalish va biologik xususiyatlari shuningdek, ularning ento- mofaglari to‘g‘risidagi ma'lumotlar asosan xorijda bajarilgan tad- qiqotlar natijasi ekanligi ko‘rinib turibdi.
Biroq, bu so‘ruvchi zararkunandalami o‘rganish garchi o‘tgan asrning 20-30-yillarida boshlanib, Markaziy Osiyo hududida kok- sidlarning tarqalishi, tur tarkibi, ba'zi turlarining entomofaglari haqida ma'lumotlar uchrasada, yurtimizda keyingi yillarda bu ha- sharotlarga c'tibor bcrilmaganligini ko‘rish mumkin. Shu boisdan O‘zbekistonda, jumladan, Farg‘ona vodiysida ham koksidlarni o'rganishni rivojlantirish zamr deb hisoblaymiz.
16
I \RG’ONA VODIYSI KOKSIDLARINING FAUNISTIK
TAHLILI
Koksidlar tengqanotli-xartumlilar turkumi, koksidlar kenja tur- l uiiiiga mansub hasharotlar bo‘lib, adabiyotlarda ularning dunyo । uinnsida 16 oilaga mansub 6000 dan ortiq, palearktikada esa 500 iliin ortiq turi borligi ko‘rsatiladi (Kosztarab, Kozar, 1988).
I Ishbu bob Farg‘ona vodiysi mevali va manzarali daraxtlarida iii hrovchi koksidlarning faunasi, taksonomik tahlili va tasnifiga Img'ishlangan.
(,)uyidaFarg‘onavodiysiningmevali vamanzarali o‘simliklarida iu hrovchi koksidlarning taksonomik tahlili natijalari berilgan (I jadvalga qarang) (3okupob, XycauoB, Co6wpoB, HxumGoeBa, .'018; 3oKnpoB, XycauoB, CoGupoB, 5Ixnin6oeBa, FyjioxmnuHHOB, ()miMOBa, 2018; XycanoB, Co6upoB, IUaKap6oeB, 2018, XycauoB, < 'afinpoB, FyjioMHftnuHOB, OjmMOBa, KypaHOB, 2019).
|
Do'stlaringiz bilan baham: |