O’ZBEKISTON
RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
Himoyaga ruxsat etiladi
“Tasviriy sa’nati” kafedrasi
mudiri ________B.Qurbonova
«_____»__________ 2022-yil
San’atshunoslik
fakulteti, Tasviriy san’at kafedrasi,
“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo’nalishi
2-bosqich 20.24- guruh talabasi
Rayimov Yoqubbek Dilshodbek o’g’li
“TASVIRIY SAN’AT FANI O’QITISH METODIKASI”
fanidan
“
O’quvchilarni tasviriy sanatga qiziqtirishning moh’yati va ah’amiyati.”
mavzusida bajargan
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: N.Madaminov
Farg’ona 2022
MUNDARIJA
I Kirish……………………………………………………………………………..3
II. Asosiy qism……………………………………………………………………..
1.Tasviriy san`at nazariyasi va tarixi……………………………………………..5
2. Mustaqillik yillarida tasviriy san`at ning o`qitilishi…………………………….
3. Tasviriy san`at ta`limni umumiy o`rta ta`lim maktab o`quvchilariga o`rgatishning maqsad va vazifalari……………….……………………..………..10
4.Tasviriy san’at faning o’quvchilarni estetik jihatdan tarbiyalashdagi o’rni
Xulosa va tavsiyalar……………………………………………………………..20
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati…………………………………………….21
Internet saxifalari………………………………………………………………..22
KIRISH.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O‘zbekiston tasviriy san’ati so‘nggi yillarda zamonaviy yo‘sinda rivojlanib borar ekan, uning negizida milliy mavzular va mumtoz madaniy an’analarimiz uyg‘unligi ham ko‘zga tashlanadi. Kun sayin rivojlanib borayotgan milliy tasviriy san’atimiz xalqimizning ma’naviy dunyosini boyitishga xizmat qiladi. Zero “Hozirgi kunda milliy ma’naviyatimiz rivojini tasviriy san’at namunalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. O‘zbek rassomlarining keyingi
yillarda samarali ijod qilib, yangi-yangi tuqlarni qo‘lga kiritayotgani, bu sohaga ko‘plab yosh iste’dod egalari kirib kelayotgani uning ravnaqi va istiqbolidan dalolat beradi.” Darhaqiqat, bugungi kunda tasviriy san’atimiz milliy ma’naviyatmizning muhim tarkibiy qismiga aylanib bormoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 19-mart kuni yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya
va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini singdirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli boʻladi.
Maʼlumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Ushbu muhim besh tashabbusning birinchisi – yoshlarning musiqa,
rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvir yoʻnalishi boʻyocha Xarakatlar strategiyasida belgilangan yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, yoshlarni huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning har tomonlama barkamol boʻlib voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida oʻtgan qisqa davr mobaynida muayyan
ishlar amalga oshirildi, jumladan 45 dan ziyod meyoriy hujjatlar qabul qilindi.
1
Oʻzbekiston prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 7-fevral kungi farmoni bilan 2017-2021 yillarda Oʻzbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining 4.4.bandida keltirilgan ta’lim va fan sohasini rivojlantirish yoʻnalishida begilangan ishlarni amalga oshirish, 2017 yil 25-dekabr kuni “Oʻzbekistonning yangi qiyofasini yaratishda milliy madaniyatimizning oʻrni” mavzusidagi madaniyat va san’at sohasidagi dolzarb masalalalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishida soʻzlagan nutqlari, 2018 yil 5-iyun kungi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularni mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora tadbirlar” PQ-3775 qarori, 19.12.2018 yilgi “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi”gi PQ-4068 qarorining amaliy ahamiyati oʻlaroq, bebaho milliy madaniy me’rosimiz hisoblangan me’moriy obidalarimiz, ularni asrab avaylash bilan bir qatorda kelajak avlodga ilmiy va ma’naviy bilimlar yetkazuvchi manbaa sifatida foydalanishimiz,
ulardagi har bir naqsh, har bir ustun, har bir peshtoqida mujassamlashgan milliy ma’naviyatimizni aks ettiruvchi tasvirlarni amaliy jihatdan oʻrganib chiqish ishining dolzarb qismi hisoblanadi. Zero yurtboshimiz aytganlaridek “Bir haqiqatni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz kerak, mamlakatimizda madaniyat va san’at taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi.”
2
Mamlakatimizda ma’naviy meros, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning tiklanishi,
yoshlarni har tomonlama yetuk, ma’nan yuksak, komil inson qilib tarbiyalash davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Zero, jamiyat ravnaqi «...oʻz haq-huquqini taniydigan, oʻz kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, yon atrofida sodir boʻlayotgan voqea-hodisalarga mustaqil yondasha oladigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uygʻun holda koʻradigan, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash»
3ga bogʻliq ekan, buning uchun fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada takomillashtirish katta ahamiyatga ega.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida»gi PF-4947-sonli Farmonining qabul qilinishi yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirishda «jismonan sogʻlom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash...»
4 jarayonlarini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqdi.
aytganda, tasviriy san`at o`qituvchisining faoliyati tasviriy san`at ta`limini umumiy o`rta ta`lim maktab o`quvchilariga o`rgatishning maqsad va vazifalari ezgulikka boshlovchi yo`ldir.