I bob. Respublikamiz hududida tarqalgan noyob baliqlar va ularning ekologiyasi



Download 0,49 Mb.
bet1/18
Sana10.07.2022
Hajmi0,49 Mb.
#769863
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
kur ishi

Orta osiyo hududia uchraydigam baliq turlari



Toshkent-2022




Mundarija:


KIRISH


I.BOB. RESPUBLIKAMIZ HUDUDIDA TARQALGAN NOYOB BALIQLAR VA ULARNING EKOLOGIYASI
1.1. O’rta Osiyo va Respublikamiz hududida uchraydigan baliqlarning umumiy tavsifi.
1.2. O’rta Osiyo va Respublikamizda tarqalgan noyob baliqlar sistematikasi.
1.3. O’rta Osiyo va Respublikamiz hududida tarqalgan baliqlarning ekologiyasi va xo'jalikdagi ahamiyati.
1.4 Respublikamizda tarqalgan baliqlar haqida qisqacha ma'lumotlar
1.5. Respublikamizdagi baliqlarning ko'chib yurish xususiyatlari va bioekologiyasi
II.BOB. O'ZBEKISTON"QIZIL KITOB"IGA KIRITILGAN VA IQLIMLASHTIRILGAN NOYOB BALIQLAR

2.1. O‘zbekiston - Qizil kitobiga kiritilgan noyob baliqlar tavsifi va umumiy bioekologiyasi.


2.2.Respublikamizga iqlimlashtirilgan baliqlarning umumiy tavsifi.
XULOSA


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH

Birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning “O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka taxtid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida ona tabiatimizga bo'layotgan munosabatlar to'la bayon qilingan.


“Ekologik xavfsizlik va atrof muhitni muhofaza qilish muammosi alohida e'tiborga molikdir” deb ko'rsatib o'tgan edi hurmatli birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov.



Orol dengizidagi baliqlarning kamayib ketishi o’z navbatida ekologik muommolardan biri xisoblanib keying yillarda yurtimizda sho’rlanish darajasining oshib ketishiga to’g’ri kelmoqda.





Tabiiy me'yorlarga ko'ra inson organizmi sog'lom rivojlanishi uchun uning kundalik ozuqasi tarkibida 10 g dan 50 g gacha baliq mahsuloti bo'lishi kerak. Shu bois mamlakatimizda aholi farovonligini yanada oshirish, dasturxon to'kinligini ta'minlash, salomatligini mustaxkamlash maqsadida baliq va baliq mahsulotlari yetishtirishni ko'paytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xukumatimiz tomonidan qabul qilingan respublikamizda baliqchilik tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha 2009—2011-yillarga mo'ljallangan chora-tadbirlar Dasturida tog'oldi va tog'li hududlarda xonbaliqchilikni (sovuq suv akvakuliturasini) va pasttekislik hududlarda esa iliq suvda rivojlanadigan baliqlar akvakuliturasini rivojlantirishga doir vazifalar belgilab olingan. Shuningdek, ko'l, hovuz va suv omborlarida savatlar qo'yish usulida hamda daryo va kanallar bo'yi basseynlarida baliq etishtirish yaxshi samara beradi. Shu bois keyingi yillarda mamlakatimizda baliqchilikni rivojlantirishga ustuvor vazifalardan biri sifatida qaralmoqda.Qisqa qilib aytganda, mamlakatimizda baliqchilikni rivojlantirish borasida talaygina imkoniyatlar mavjud. Ana shu imkoniyatlardan oqilona va samarali foydalana olsak, xalqimizning baliq va baliq maxsulotlariga bo'lgan ehtiyojini qondiribgina qolmasdan, balki qo'shni mamlakatlarga eksport qilish imkoni ham tug'iladi.
O'zbekiston tabiati, jumladan hayvonot dunyosi xilma xil bo'lib, baliqlar barcha suv muhitini egallagan va son jihatidan umurtqalilar ichida yuqori o'rinda turadi. Respublikamiz daryolari, kanallari, suv omborlari va hatto er osti suvlari ham har taraflama inson faoliyati ta'siriga uchramoqda. Sug'oriladigan xududlarda suv tabiatining bebaho in'omidir. Butun hayot suv bilan bog'liq. Suv tamom bo'lgan joyda hayot ham tugaydi. Shunday bo'lsada, Mamlakatimiz Osiyoda suv zahiralari juda cheklangan. Yiliga 780 kub kilometr suv keltiradigan Amudaryo va 363 kub klometr suv keltiradigan Sirdaryo asosiy suv manbalaridir. Hozirgi vaqtda xalq xo'jaligida Orol dengizi havzasining barcha suv zaxiralaridan to'la-to'kis foydalanilmoqda. Orol dengizida maqbul hayotiy shart –sharoitlarning yaratish maqsadida bu erlarga suvning o'tishini ta'minlash zarur. Shu bilan birga Orol dengizi suv havzasining cheklangan suv zaxiralarini birgalashib kelishgan holda boshqarish muammosini amaliy hal qilish talab etiladi. Suv zahiralarining sifati eng muxim muammolardan biridir. Daryo suvlarining ifloslanishi ekologiya, gigiena, sanitariya va epizootologiya xolatlarini yomonlashtirmoqda. Daryo suvlari tarkibida tuzlarning mavjudligi Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon va boshqa daryolarning deltalarida tuproqning sho'rlanishini kuchaytirmoqda. Bu esa qo'shimcha meliorasiya ishlarini amalga oshirishda zarur tizimlarini barpo etish va tuproq sho'rini yuvishda yaqqol sezilmoqda. Aholi punkitlarini odatdagi vodoprod suvi bilan ta'minlash ko'rsatkichi besh yillikning o'zida 1,5 barobar ortdi.
O’zbekiston xududida 600 dan ziyodroq daryolar bor. Bu daryolarning qariyb hammasi Tojikiston va Qirg'izistondagi baland tog'lardan boshlanadi. Bulardan eng yirigi hisoblangan Amudaryo bilan Sirdaryo Orol dengiziga quyiladi, qolganlari esa mana shu ikki ulkan daryoning irmoqlari hisoblanadi. Shunisi ham borki, mazkur irmoq suvlarining ko'pchiligi Amudaryo bilan Sirdaryoga etib kelmay, ekinzorlarni sug'orish uchun sarf bo'ladi. Bunday tashqari, O’zbekistonda 200 dan ortiq ko'l bo'lib, ular 52 ming gektardan ortiq maydonni ishg'ol etadi. Mana shu ko'llarning ko'pchiligida kelajakda yana ham ko'proq baliq o'stirsa bo'ladi. Hozirgi vaqtda har yili juda ko'plab baliq tutilmoqda. Baliq ovlash xo'jaliklari soni yil sayin oshirilmoqda. Ayni vaqtda mazkur ko'llar baliqchiligi yaxshilanib yaqin vaqt ichida ularga baliq o'stirishdagi migrasiya ishlari o'tkaziladi. Qoraqalpog'iston hamda Farg'ona vodiysi ko'llarida iste'mol uchun baliq etishtiriladigan xo'jaliklar tashkil etish mumkin, bu esa baliq mahsulotini so'zsiz oshiradi. Keyingi yilda Markaziy Osiyo, ayniqsa O’zbekistonda baliqlarning bir qator iqlimlashtirilgan turlaridan materiallar sifatida foydalanish yo'lga qo'yilgan. Bu xildagi baliqlar (oq amur, xumbosh) kabilar asosan suv o'simliklari bilan oziqlanadi, sug'orish kanallarini o't bosishdan saqlaydi. Shuning uchun ular baliqchilik xo'jaliklarida maxsus ko'paytirilmoqda. Hozirgi vaqtda baliqlarning 25 mingga yaqin turi (polentalogiya turlari bilan birga) ma'lum bo'lib, 600 ga yaqin turlar chuchuk.



Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish