shubxa (hikoya)
«Shubxa» hikoyasida nima mahorat bilan tasvirlangan?
⏩ Bag‘ritosh, insoniy sifatlardan mahrum, nafs bandalari hamda ezgu tuyg‘ular egasi, pokiza qalb insonlar o‘rtasida ixtilof va ziddiyatlar
Banikontxalar xonadonida nechta qiz o‘sardi?
⏩ Uch qiz
Otasi Banikontxa qizlariga qanday ism qo’ygan edi?
⏩ Birinchi qizini Shukeshini (Zulfizar), ikkinchi qizini Shuxashini (xushtabassum) va uchinchi qizini Shubxashini (shirin zabon) deb nomlagandi.
Shubxashini qanday qiz edi?
⏩ Taqdirning qaltis o‘yinini qarangki, ota-onasi Shubxashini ya’ni shirin zabon bo‘lsin deb niyat qilgan qizlari gapirolmaydigan, til-zabonsiz tug‘ildi.
Nima uchun Shubxashini odamlardan o‘zini olib qochar, yolg‘iz qolishga intilardi?
⏩ Qizcha dunyoga kelishi oilaning boshiga yoqqan la’nat bo‘lganini bolaligidanoq sezgan edi. Qizcha o’zini ota-onasiga og‘ir yuk bo‘lib tug‘ilganday sezardi
Shubxada aybdorlik hissi qay darajada edi?
⏩ Hamma uni birdan esdan chiqarib qo‘ya qolsa, unga ancha yengil bo‘lardi, chog‘i. Biroq, o‘z musibatini kim ham esdan chiqara oladi?
Nima uchun odamlar Shubxaning taqdiri haqida bechora qizning oldida ochiqchasiga gapiraverardilar?
⏩ Chunki odamlar gapirolmagan kishi his-tuyg‘udan mahrum deb o‘ylashardi
Ota-onasining Shubxaga munosabati qanday edi?
⏩ Ular ham qizining bu holatini o‘ylab afsus chekar, ayniqsa onasi nomus qilardi. Uni otasi jonidan yaxshi ko‘rar, onasi esa unga achinar edi.
Shubxaning ko’rinishi qanday edi?
⏩ Shubxa tildan mahrum bo‘lsa-da, kelishgan, ko‘zlari qora, shahlo, kipriklari uzun, lablari qiz qalbida tug‘yon urgan hislarni aks ettirib gul bargiday titrab turardi.
Yozuvchi soqov Shubxaning qalbida kechgan xayollari, tuyg‘ulari ifodasini qanday tasvirlagan?
⏩ Qizning qora ko‘zlari so‘zga muhtoj emas: ular xuddi yurakning o‘zini ifoda etadilar: uning tuyg‘ulari goh alangalanib, goh zaif miltillaydi, goh yolqinlanib ketib, goh horg‘in so‘nadi, goh botayotgan oydek osuda boqib, goh osmon gumbazini yoritib o‘tgan chaqmoqdek porlaydi. Kimki soqov bo‘lib tug‘ilsa, unda til vazifasini titroq lablar bilan ko‘z bajararkan
Tildan mahrum qizning ovunchog‘i nimalardan iborat?
⏩ Shubxa barcha ishlarini bitirgach tabiatga intilardi. U paromlar to‘xtab, barcha tushlikka chiqqach, qushlar nag‘masi tinib, keng olam orom olib, atrofga sukunat cho‘kkanda soqov qiz tabiat bilan yuzma-yuz uchrashadi.
Shubxaning do‘stlari ham bormi?
⏩ Og‘ilxonadagi Sharbashi va Panguli laqabli sigirlar, echki va mushuklar edi.
Odamlar orasida ham do‘stlari bormi?
⏩ Protap degan yalqov bola bor edi. Ammo u qizcha bilan deyarli gaplashmas edi.
Protap o’zi kim?
⏩ Gonshayning kichik o‘g‘li, juda yalqov bola edi, ota-onalari unga biror hunar o‘rgatamiz deb juda ko‘p urinsalar ham, hech qanday natija chiqmadi, oxiri noumid bo‘lib, bo‘lmaganga bo‘lishma maqomida uni o‘z holiga qo‘yib berdilar.
Protapning asosiy mashg‘uloti nima?
⏩ Qarmoq bilan baliq ovlash
Nima uchun Protap Shubxaning qadriga yetardi?
⏩ Chunki Protapga har qanday ishda ko‘ngilli sherik kerak. Baliq ovida esa, tilsiz sherikdan yaxshisi bormi?
Protap Shubxani nima deb chaqirar edi?
⏩ Unga juda yaqin ekanini ko‘rsatish uchun sodda qilib Shu deb chaqirar edi.
Protapning qanday odati bor?
⏩ Betel chaynash odati. Qizcha o‘rtog‘i uchun bu narsani o‘zi tayyorlaydi
Shubxa nima uchun Protapga ko‘maklashishni chin ko‘ngildan istar, uning uchun ajoyib bir ish qilishni orzu qilardi?
⏩ Bu bilan yigitchani, bu qiz ham yer yuzida ortiqcha emas ekan-ku, deb o‘ylashga majbur etmoqchi bo‘lardi
Shubxaning orzusi nima edi?
⏩ Suv parisi bo‘lsa! Protapga ilonlar shohining boshidagi tojdan qimmatbaho tosh olib kelsa, Protap suv ostiga tushganida, u suvosti saltanatiga oltin taxt ustida o’tirsa.
Nima uchun bolalar Shubxadan hayiqar va u bilan hech o‘ynamas edilar?
⏩ Soqovlarda, xuddi tabiatdagidek, tanholikning salobati bo‘lgani uchun
Shubxaning kimsasiz va yolg’izligi nimaga o’xshatilgan?
⏩ Jazirama peshin chog‘idek unsiz va tanho
Soqov qiz qalbi g‘am-hasratga to‘la, bechora dardini birovga izhor qilolarmidi?
⏩ Izhor qilolmas, faqat javdiragan, g‘am yoshiga to‘lgan shahlo ko‘zlari-yu, tiyrak lablarigina uning iztiroblarini ifoda etardi. Achinarlisi shundaki, odamlar hatto tilsiz, zabonsiz hayvonlarchalik ham Shubxa dardini his qilolmasdilar.
Shubxa qayerda yashardi?
⏩ Chondipur degan qishloqda
Banikontxaning hovlisi qanday edi?
⏩ Daryo qirg‘og‘iga tutashar, yonidan suzib o‘tgan qayiqchalarga poxol bilan yopilgan saroy, molxona, ombor, tamarind daraxtlari va butalar bilan ihota qilingan bog‘cha bemalol ko‘rinib turardi.
Hindistonda qiz uzatishning qanday o‘ziga xos tartiblari bor?
⏩ Qizini ko‘plab sep-sarpo bilan uzatish uchun, avvalo, munosib kuyov topish kerak.
Nima uchun Banikontxaning qo‘shnilari, u qizini erga berolmaydi, deb mudom g‘iybat va malomat qilar edilar?
⏩ Banikontxa badavlat odam bo‘lib, uning oilasida kuniga ikki marta baliq va guruch taom yeyilganiga hasadchilar ham ko‘p edi
“O‘q yeb, o‘lim oldida yotgan kiyik sayyodga qanday qarasa, Shubxa ham Protapga shunday qaradi”. Asardan olingan parchada Shubxaning qanday ruhiy holati haqida so’z boradi?
⏩ Protapning Shubxani erga berishayotgani haqida aytgan gapidan keyingi holati
Shubxaning otasi unga qanday kuyov topdi?
⏩ Kalkuttalik yigitni
Shubxa to‘y hozirligi ko‘rilayotganini bilib qanday holatga tushdi?
⏩ Qattiq hayajonga tushadi. Kimga turmushga berishayotganini so‘rolmasdan tilsiz jonivordek goh onasiga, goh otasiga qarab javdirab termiladi. Qiz shahlo ko‘zlarini katta ochib, biror narsa anglash niyatida hayajon bilan tikilsa ham, ota-onasi biror og‘iz so‘z aytmas edi...
Kelin ko‘rgani kuyov kelganda Shubxaning ota-onasi qanday holatga tushishdi?
⏩ Go‘yo osmondan tangrining o‘zi tushib kelganday, tashvish va hayajonda qolishdi.
Kelinning to‘xtovsiz ko‘zyoshlarini ko‘rgan kuyov bu haqda qanday o’yladi?
⏩ Ota-ona bilan judolikka shuncha iztirob chekkan qiz eriga yana ham muloyim, yana ham mehribon bo‘ladi deb o‘yladi-da: «Gavhar sadafning qimmatini oshirganday, qizning ko‘zyoshlari ham uning qadrini oshiradi”, — deb qo‘ydi.
Bir hafta o‘tmay kelinning soqov ekanligini bilgan kuyov qanday yo’l tutdi?
⏩ Shubxani qo‘yib, ikkinchi daf’a ancha e’tibor bilan faqat ko‘zini emas, quloqlarini ham ishga solib, boshqa — tili bor qizga uylandi.
Hikoya qanday yakun topadi?
⏩ “Qiz biror odamni aldayman deb o‘ylamagandi. U ko‘zlari bilan butun haqiqatni aytib turar, lekin hech kim uning ko‘nglidagini anglamasdi... Ana shunda soqov qiz qalbida tutib bo‘lmas, g‘ayriinsoniy bir faryod qo‘zg‘aldi, afsuski, bu alamning faryodini ham parvardigordan boshqa eshituvchi bo‘lmadi».
Hikoya muallifi Shubxaning ayanchli taqdiri orqali kitobxonni nimaga da’vat etadi?
⏩ Insonni tushunishga, uning qalbiga quloq solishga, nainki to‘rt muchasi sog‘, balki jismoniy kamchiligi bor har bir insonni ardoqlashga chorlaydi.
Qaysi ijodkor «Odamning chiqiti bo‘lmaydi!» — degan edi?
⏩ Abdulla Qahhor
Sergey Yesenin (1895—1925)
Shoirlar qishloqlarda tug‘ilib, shaharlarda vafot etadi, degan gap qaysi ijodkorga nisbatan to‘la mos keladi?
⏩ Rus buyuk shoiri Sergey Yeseninga.
Qayerda tug‘ilgan?
⏩ Ryazan guberniyasiga qarashli Konstantinovo qishlog‘ida oddiy dehqon oilasida.
Kimning qo‘lida tarbiya topdi?
⏩ Ona tomonidan bobosining oilasida.
Necha yoshidan she’rlar yoza boshlagan?
⏩ 9 yoshidan.
Necha yoshida she’rlari Moskva jurnallarida bosilib, mashhur bo‘ldi?
⏩ 19 yoshida.
Necha yoshida mashhur rus shoiri Aleksandr Blok bilan tanishdi?
⏩ 20 yoshida.
Qachon armiya xizmatiga kirdi?
⏩ 1916-yil.
Nima uchun intizomiy batalyonga jo‘natildi?
⏩ Oq podshoh sharafiga she’r yozishdan bosh tortgani uchun.
Shoirning hasbi hol shaklidagi she’rlari qaysi?
⏩ «Endi qaytmam uyimga», «Singlimga xat»
Nima uchun shoir Eronga borishga qattiq intiladi?
⏩ Forsiy tildagi mumtoz she’riyat namunalari bilan yaqindan tanishgani uchun.
«Fors taronalari» she’rlar turkumi qaysi safar taassurotlari asosida yaratildi?
⏩ Ozarbayjonning Bokuga yaqin qishloqlariga qilgan safarlari.
S. Yesenin she’rlarini kim o‘zbek tiliga maromiga yetkazib tarjima qilgan?
⏩ Erkin Vohidov.
Yesenin she’riyatining qaysi o‘zbek shoirlari ijodiga katta ta’siri bo‘ldi?
⏩ Erkin Vohidov, Tilak Jo‘ra, Ma’ruf Jalil, Xurshid Davron va b.
Qaysi shoir ijodini Yesenin asarlari ta’sirisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi?
⏩ Muhammad Yusuf.
Yesenin 1918—1921- yillarda qayer bo‘ylab safar qildi?
⏩ Murmansk, Arxangelsk, Qrim, Kavkaz, Bessarabiya, Turkiston
1922—1923- yillari amerikalik Aysedora Dunkan bilan qaysi mamlakatlarini aylandi?
⏩ Yevropaning Germaniya, Fransiya, Belgiya, Italiya davlatlarini. Shuningdek, to‘rt oy AQSHda yashaydi.
Sergey Yesenin qachon fojiali tarzda vafot etdi?
⏩ 1925-yil 28-dekabrda
«Xurosonda bir darvoza bor…» she’rining band tuzilishi qanday?
⏩ Har biri 5 misradan tashkil topgan 5 banddan iborat.
Banddagi takror misralar tartibini belgilang?
⏩ Birinchi bandda 1- va 4-satrlar (Xurosonda bir darvoza bor); ikkinchi bandda ham 1- va 4-satrlar (Qo‘llarimda kuch ham yetarli); 3-, 4-, 5-bandlarda 1- va 5-satrlar aynan bir xil takrorlanadi.
Beshinchi bandda yorga, ishqqa nima qarama-qarshi qo‘yiladi?
⏩ Go‘zal qizga bo‘lgan sevgisiga, yurtga bo‘lgan muhabbatini qarama-qarshi qo‘yadi.
Asardagi qaysi so‘z-timsollarda sharqonalik bor?
⏩ «ostona», «pari ruxsor», «pari», «parizod»
«Sochlarimdan oltin rang olgan» satrlari nima maqsadda ifodalangan?
⏩ Shoir bu satrlar orqali o‘zining qaysi yurt, qaysi millat vakili ekanini kitobxonga oldindan eslatib o‘tishni yodidan chiqarmagan.
Shoirning «Fors taronalari» turkumiga kiruvchi she’rlari qaysi?
⏩ «Xurosonda bir darvoza bor», «Dog‘lar ketmush majruh ko‘ngildan» she’rlari.
«Dog‘lar ketmish majruh ko‘ngildan» she’ri necha banddan iborat?
⏩ 7 band (har bandi 4 qator).
Qaysi mavzuda yozilgan?
⏩ Rus yigitining Eron go‘zaliga sevgisi kuylanadi.
She’rda Sharqni eslatib turadigan qanday so‘z-timsollar berilgan?
⏩ «choyxona», «choy», «tong yuzli dildor», «shohi ro‘mol», «ohu ko‘z», «lolagun»
She’rning uchinchi bandida «Bog‘ing aro turfa gullar bor» misrasidagi gullar timsoli orqali nima yoki kim ko‘zda tutilgan?
⏩ Oqshom niqob ostidan ohu ko‘zini suzgan bir gulruxsor.
Qaysi bandda ayollarga munosabatda Eron va Rossiya o‘rtasidagi ijtimoiy tafovut haqida so‘z boradi?
⏩ 4-bandda.
Qaysi bandda lirik qahramon ishqning zo‘ridan o‘z yurtidagi qoidalardan voz kechib, bu yerning talablariga ko‘nmoqchi?
⏩ 5-bandda.
«Dog‘lar ketmish majruh ko‘ngildan» she’rining 1-bandida nima haqida so’z boradi?
⏩ Oshiq ko‘ngildan dog‘lar ketgani, mast vasvasa bezovta qilmayotganiga sabab ko‘rsatiladi: u choyxonada Tehron gulidan darmon topgan. Bu yerda gul sevikli yorni ifodalab kelgan.
«Dog‘lar ketmish majruh ko‘ngildan» she’rining 2-bandida nima haqida so’z boradi?
⏩ Choyxona atroflicha tasvirlanadi. Choyxonachi rus choyimga qoyil qolsin, deb unga o‘tkir aroq, may o‘rniga ham achchiq-achchiq choy tutadi.
«Dog‘lar ketmish majruh ko‘ngildan» she’rining 3-bandida nima haqida so’z boradi?
⏩ «Gullar» timsoli yana tilga olinadi-da, endi buning zamirida nima ko‘zda tutilayotgani oshkor etiladi — oqshom niqob ostidan bir gulruxsor ohu ko‘zini suzgan!
«Dog‘lar ketmish majruh ko‘ngildan» she’rining 4-bandida nima haqida so’z boradi?
⏩ Shu niqob ajnabiy lirik qahramonni qiyosga chorlaydi. Rossiya bunday emas, erlar gulday qizlarni avaylab-asraydi, ya’ni niqobga o‘ramaydi, bizlarni yor xanjarsiz, makrsiz, zar-zevarsiz mast etadi...
«Dog‘lar ketmish majruh ko‘ngildan» she’rining 5-bandida nima haqida so’z boradi?
⏩ Lekin lirik qahramon ishqining zo‘ridan o‘z yurtidagi qoidalardan voz kechib, bu yeming talablariga ko‘nmoqchi. Mayli, deydi u, agar bu tong yuzli dildor noz bilan qoshimda bir bor xirom etsa, boshiga shohi ro‘mol solib, yo‘llariga Sheroz gilamlaridan to‘shar edim...
«Dog‘lar ketmish majruh ko‘ngildan» she’rining 6-bandida nima haqida so’z boradi?
⏩ Band bevosita choyxonachiga «mezbon» deb murojaat qilishdan boshlanadi. Lolagun choy quy, shoir senga yolg‘on gapirmaydi, faqat o‘zingga ehtiyot bo‘l-da, key in mendan gumon qilib yurma, deydi.
«Dog‘lar ketmish majruh ko‘ngildan» she’rining 7-bandida nima haqida so’z boradi?
⏩ Xo‘sh, keyin mendan gumon qilib yurma, deyish orqali lirik qahramon nima demoqchi? Aytmoqchiki, eshikka ko‘p qarayverma, baribir, gulbog‘ingga yo‘l bor, chunki gulruxsor ko‘z suzgan.
«Dog‘lar ketmish majruh ko‘ngildan» she’ri nechanchi band oxiridagi ikki misra takrori bilan tugaydi?
⏩ Uchinchi band (Oqshom menga niqob ostidan Ohu ko‘zin suzdi gulruxsor)
«Dog‘lar ketmish majruh ko‘ngildan» she’ri zamiridagi umuminsoniylik g’oyasi nimadan iborat?
⏩ Sharq va G‘arb qiyosi, xotin-qizlarga munosabatning, ayollar erkining turlichaligini solishtirish orqali shoir sevgi-muhabbat uchun bu tafovutlar to‘siq bo‘lolmaydi. Axir, bu — dil mulki, ko‘ngilning ishi-ku, demoqchi.
Yeseninning xat tarzida bitilgan she’rlari qaysi?
⏩ «Onamga xat», «Ayolga xat», «Onamdan xat», «Bobomga xat»
Shoirning bag‘ishlov tarzida bitilgan she’rlari qaysi?
⏩ «Pushkinga», «Gurjiston shoirlariga»
«Singlimga xat» she’ri qanday fikrlardan boshlanadi?
⏩ Aleksandr Delvig haqidagi she’rning xuddi gulbog‘ yanglig‘ ko‘ngilga yaqinligi haqidagi.
«Singlimga xat» she’rida lirik qahramon bolaligida qaysi voqea tufayli yostig‘ni ho‘llab yig‘laganini yodga oladi?
⏩ Olichazor bog‘ni kesishganda.
Bog‘ nima uchun kesildi?
⏩ Kartoshka yetishtirish maqsadida.
«Singlimga xat» she’rida bolalarcha tuyg‘ular og‘ushidagi lirik qahramon bolalik bilan bog’liq yana nimalarni eslaydi?
⏩ Albatta, so‘lim may kunlari nastarinning gullashi, bayramning nishonlanishi zavqidan oppoq qayinlarni quchoqlab quvnaganlari, may ichgandan ham kuchliroq mast bo‘lganlari esdan chiqmaydi. Axir, qizlardek sarvinoz bu oq qayinlarni yaxshi ko‘rmay bo‘ladimi?!
«Qizlardek sarvinoz, suluv, xushqomat.» «Singlimga xat» she’ridan olingan parchada qizlarga o‘xshatilgan narsa nima?
⏩ Oq qayinlar.
She’rda shoir chin do‘st topish mushkulligi, agar singlisining nozik qalbi ham toliqqan bo‘lsa, buning davosi nima ekanligini aytadi?
⏩ Buning davosi — tinmoq, unutmoq.
«Singlimga xat» she’rida Yesenin o‘zini qaysi ijodkorlarga qiyoslaydi?
⏩ Pushkin, Lermontovga.
«Baxtlidir jomini ichib bo‘lmagan». She’rda berilgan bu misra kimning qalamiga mansub?
⏩ Pushkinga.
She’rning qaysi bandlarida bog‘ tilga olinadi?
⏩ 1-, 2-, 3-, 4-bandlari va she’rning eng so‘nggi bandida.
«Singlimga xat» she’rining so‘nggi bandida shoir bir kun kelib singlisining bolalari shu bog‘da o‘ynab yurganida, bu dunyodan dalli devonalar o‘tganini xotirga olishar, deb umid qiladi. Shu o‘rinda shoirning qanday orzu-umidlari namoyon bo‘ladi?
⏩ Xuddi Pushkin, Lermontov kabi abadiy qolish ilinji yashirin.
«Singlimga xat» she’ri ta’sirida qaysi shoir asar yozgan?
⏩ Usmon Azim «Opamga xat» asarini yozgan.
«Ona ibodati» she’rining mavzusi nima?
⏩ Vatan mavzusi: onaning xayolida o‘g‘li ko‘kragidan o‘q yeb, dalada jonsiz yotibdi, lekin qo‘li dushmanning bayrog‘ini changallaganicha qotib qolgan.
«Ona ibodati» she’rida qalamga olingan voqeani qaysi vatandoshimizning mardligiga qiyoslash mumkin?
⏩ Xivalik mashhur Shayx Najmiddin Kubro (mog‘ullarga qarshi kurashda).
She’rda qaysi tushunchalar o‘zaro birlashib ketgan?
⏩ Vatan va o‘g‘il tushunchalari.
She’rning turoqlanishi qanday?
⏩ 4+3 turoqli.
«Ona ibodati» she’rida jangchi o‘g‘ilning bayroqni changallagancha jon taslim qilishi orqali nimaga ishora qilinyapti?
⏩ Yigit halok bo‘lgan bo‘lsa ham, u mag‘lub emas, chunki dushman tug‘ini qulatib jon berdi-ku!
«Ona ibodati» she’rining onaning xayolida o’g’li jang maydonida ko‘kragidan jarohat yeb, jonsiz yotibdi. Lekin qo‘li dushmanning bayrog‘ini changallagancha qotib qolgan. Shuning uchun shoir uni qanday sifat bilan «siylaydi»?
⏩ «Pahlavon»
Hamma zamon uchun ham urushda dushman bayrog‘ini mahv etish g‘alaba hisoblanadi. Bu narsa Firdavsiyning «Shohnoma»sida qanday aks etgan?
⏩ Asarda Afirosiyob tush ko‘radi. Tushida kuchli bo‘ron turib, bayrog‘ini qulatadi. Bayroqning qulashini Afrosiyob mag‘lubiyat belgisi, deb biladi.
Dushman bayrog‘ini mahv etish g‘alaba hisoblanishi «Ona ibodati» she’rida qanday ifodalangan?
⏩ Agarki, yigit halok bo‘lgan bo‘lsa ham, u mag‘lub emas, chunki dushman tug‘ini qulatib jon beradi.
«It haqida doston»ning mavzusi nima?
⏩ It bahonasida ona mavzusi qalamga olingan.
Asardagi timsollarni sanang.
⏩ Ona it, uning yetti bolasi, uy egasi, Quyosh, Oy, javdar xirmoni, qop, qor, muzdek ter, ko‘z yoshi.
Ona itning quvonchi, bolalariga mehrini shoir qanday ifodalagan?
⏩ Ko‘klam chog‘i tong mahali bolalagan it bolalarini shunday yalab-yulqaydiki, erkalaydiki, bu issiq mehrdan go‘yo qor ustida suv erib oqadi.
Bolalardan ayrilgan ona it nimani bolalariga o‘xshatadi?
⏩ Oyni.
She’rda ona itga achingan, rahmdillik ko‘rsatgan timsol nima?
⏩ Oy.
She’rda tasvirlangan uy egasi qanday inson timsoli?
⏩ Insofsiz, rahm-shafqatsiz, ona dardini his qilmaydigan inson timsoli.
Do'stlaringiz bilan baham: |