Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinf adabiyot darsligi yuzasidan savollar


G‘AZALLAR «Xoh inon, xoh inonma»



Download 171,14 Kb.
bet2/17
Sana18.01.2022
Hajmi171,14 Kb.
#384115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
8-sinf

G‘AZALLAR

«Xoh inon, xoh inonma»

Lutfiyning qaysi g’azali tamoman turkona ruhda bitilgan?

⏩ «Xoh inon, xoh inonma» g‘azali

Turkona ruh deganda nima nazarda tutiladi?

⏩ Tilimizda kelib chiqishi jihatidan sof o‘zbekcha bo‘lgan so‘zlardan tashqari, fors-tojikcha hamda arabcha kalimalar ham ko‘p uchraydi. «Turkona» deyilganda shu narsa ko‘zda tutiladiki, she’rda o‘zbekcha so‘z va iboralar qo‘llash asosiy o‘rin tutadi.

«Xoh inon, xoh inonma» g‘azali necha baytdan iborat?

⏩ An’anaviy 7 baytdan iborat turkona g‘azal.

«Xoh inon, xoh inonma» g‘azali qanday mavzuda bitilgan?

⏩ Ishq mavzusida. Lirik qahramon oshiq nomidan so‘zlaydi. To‘g‘ridan to‘g‘ri ma’shuqaga murojaat qiladi. Biroq unda zimdan ilohiy ishq ko‘zda tutilgan.

«Xoh inon, xoh inonma» g‘azalida qofiyadosh so‘zlar qaysi?

⏩ «Sevarim — jigarim — saharim — guzarim» va hokazo.

G‘azalda qanday radif qo‘llangan?

⏩ «Xoh inon, xoh inonma» — to‘rt so‘zdan tashkil topgan, sakkiz misrada ular takrorlanadi, ohangdorlikni kuchaytiradi.

«Xoh inon, xoh inonma» g‘azali radifining o‘zida qanday she’riy san’at bor?

⏩ Tazod.

«Xoh inon, xoh inonma» g‘azalining tili qanday?

⏩ Sodda, tushunarli va ravon.

«Xoh inon, xoh inonma» g‘azali uchinchi baytidagi guzar so‘zining qaysi ma’nosi mantiqan to‘g‘ri?

⏩ Ketish.

«Xoh inon, xoh inonma» g‘azali beshinchi baytida qaysi she’riy san’at qo‘llangan?

⏩ Talmeh.

«Xoh inon, xoh inonma» g‘azali beshinchi baytida talmeh san’atini qo‘llash orqali nima demoqchi?

⏩ Lirik qahramonning Yusufdek o‘g‘lidan ayrilib ko‘zdan qolgan Yaqub payg‘ambardek holga tushganini ta’kidlash uchun.

«Xoh inon, xoh inonma» g‘azali oltinchi baytidagi «Oy» bilan maqta’dagi «siymbarim» o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?

⏩ Oyning oqligi bilan kumushning oqligi o‘rtasidagi bog‘liqlik.

Maqta’da Lutfiy o‘z holini qanday ta’riflaydi?

⏩ Hijron azobini chekaverganidan yuzi sarg‘ayib, oltinni yashiradigan darajaga yetdi, deydi.

«Xoh inon, xoh inonma» g‘azali aruzning qaysi vaznida yozilgan?

⏩ Hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf (yoki maqsur), ya’ni maf’uvlu — mafoiylu — mafoiylu — faulun (yoki mafoiyl) vaznida bitilgan. Taqte’si: – – V / V – – V / V – – V / V – – (yoki V – ~).

«Xoh inon, xoh inonma» g‘azalida qo’llangan «inonma»so’zi – hozirgi tilimizda mavjud «ishonma» so‘zining XV asrdagi shakli. Mamlakatimizning qaysi hududlarida hozir ham «ishonma» o‘rniga «inonma» shakli ishlatiladi?

⏩ Buxoro viloyatida, shuningdek, Afg‘onistondagi o‘zbek shevalarining ba’zilarida

«Xoh inon, xoh inonma» g‘azali matlasida, radif («xoh inon, xoh inonma»)dan tashqari, nechta so’z ishtirok etgan?

⏩ To‘rttagina («sensan», «sevarim», «qondur» va «jigarim») so‘z

«Xoh inon, xoh inonma» g‘azalining ikkinchi baytida qaysi so’zlar o‘zaro ohangdoshlik paydo qilgan?

⏩ Birinchi misra oxiridagi «moh» so‘zi bilan ikkinchi misra boshidagi «oh» so’zi

«Xoh inon, xoh inonma» g‘azalining qaysi baytida lirik qahramon har vaqt yorining suzuk («usruk») ko‘zi shakliga qaraganida hushidan ketib qolishi («qolmas xabarim»)ni aytadi?

⏩ To‘rtinchi baytda

«Xoh inon, xoh inonma» g‘azali to‘rtinchi baytidagi qaysi so’zning g‘azal qofiyasidagi so‘zlarga umumiy hamohangligi bor?

⏩ To‘rtinchi qo‘shmisra birinchi satridagi «nazar» so‘zi

«Xoh inon, xoh inonma» g‘azali oltinchi («Oy yuzung‘a ko‘z solg‘ali o‘zga kishi birla yo‘qtur nazarim...») baytida qanday timsol tasvirlanadi?

⏩ Yor timsolida zimdan Tangri taolo

«Xoh inon, xoh inonma» g‘azali oltinchi («Oy yuzung‘a ko‘z solg‘ali o‘zga kishi birla yo‘qtur nazarim...») bayt mazmunini sharhlang.

⏩ Lirik qahramon yorini o‘zga kishi bilan yonma-yon ko‘rishni istamasligini ta’kidlaydi. Biroq shoir matn mag‘ziga: «Sening Oydek yuzingga boshqa kishining boqishini istamayman», — degan fikrni ham singdirgan bo‘lsa, ajab emas.

Lutfiyning bu g‘azaliga qaysi shoir nazira bitgan?

⏩ Mashrab.


Download 171,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish