Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinf adabiyot darsligi yuzasidan savollar



Download 171,14 Kb.
bet1/17
Sana18.01.2022
Hajmi171,14 Kb.
#384115
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
8-sinf


8-SINF

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARINING 8-SINF ADABIYOT DARSLIGI YUZASIDAN SAVOLLAR



Kirish

Kim XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Rossiyani qamrab olgan adolatsizlik, xunrezliklar o‘ziga qanday ta’sir etganini xotirlab, shunday yozgan edi: «Hayotda ko‘rayotganlarim go‘yo yuragimning ustini shilib tashlagandek bo‘ldi. Shundan buyon mening qalbim har bir nohaqlikdan, adolatsizlikdan ta’sirlanib, achishadigan bo‘lib qoldi»?

⏩ Rus adibi Maksim Gorkiy.

«Menga qilsa ming jafo, bir qatla faryod aylamom, 


Elga qilsa bir jafo, ming qatla faryod aylaram.» Ushbu bayt muallifi kim?

⏩ Navoiy.



«Kuntug‘mish» dostoni

Qaysi janr xalq og‘zaki ijodidagi barcha she’riy qoidalar va uslublarni o‘zida jamlaydi?

⏩ Doston.

Dostonlar asosan qanday musiqiy asbob jo‘rligida aytiladi?

⏩ Do‘mbira.

Folklorshunos olim T. Mirzayevning ma’lumotlariga ko‘ra, qachon yurtimizda yirik dostonchilik maktablari paydo bo‘lgan?

⏩ XV—XVI asrlarda.

Qaysi asrlar dostonchilik taraqqiyotida juda rivojlangan davr bo‘lgan?

⏩ XIX—XX asrlar.

XX asr boshlariga kelib baxshilarimiz ijodiy bisotida qancha xalq dostonlari bo‘lgan?

⏩ 150 dan ortiq.

O‘sha davrlardagi eng mashhur dostonchilar kimlar bo‘lgan?

⏩ Tilla kampir 
Sulton kampir 
Bo‘ron shoir 
Jolmon baxshi 
Josoq 
Jumanbulbul 
Suyar shoir 
Yo‘ldoshbulbul 
Yo‘ldosh shoir

Keyinchalik ularning an’analarini kimlar davom ettirdi?

⏩ Berdi baxshi. 
Bola baxshi. 
Ergash Jumanbulbul o‘g‘li. 
Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li 
Islom shoir. 
Po‘lkan. 
Saidmurod Panoh o‘g‘li. 
Umir baxshi shoir

O‘zaro raqobatlashgan dostonchi baxshilar o‘z san’atlarini tinglovchiga ma’qul qilish uchun qanday usullarni qo‘llaganlar?

⏩ Musiqiy qochirimlar, so‘z o‘yinlari, dostonning eng qiziq joyida tanaffusli chekinishlar va h. k.

Qachon xalq dostonlariga, shu jumladan, «Alpomish» dostoniga ham bu asarlar mehnatkash xalq manfaatini emas, balki yuqori tabaqalar manfaatini aks ettiradi, shuning uchun ularni ommalashtirish zararlidir, degan asossiz mafkuraviy ayblar qo‘yildi?

⏩ XX asrning 50-yillarida.

Qachon «Alpomish» dostonining ming yilligi jahon miqyosida nishonlandi?

⏩ 2000-yilda.

2000-yil 14-martda qanday unvon ta’sis etildi?

⏩ «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq baxshisi» unvoni.

Nima sababdan baxshilarimiz «Kuntug‘mish» dostonini to‘la o‘zlashtirishga intilganlar?

⏩ Ilgari baxshilarning iste’dodiga ushbu dostonni qanday aytishiga qarab baho berilgan va dostonning turli variantlari vujudga kelgan.

«Kuntug‘mish» dostonini ko‘proq qaysi baxshilar ijro etgan? Dostonni qanday variantlari mavjud?

⏩ Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li, Nurmon Abduvoy o‘g‘li, Egamberdi Ollamurod baxshilar ijro etgan va ulardan yozib olingan variantlar mavjud.

Dostonning darslikda berilgan nusxasi kimdan yozib olingan?

⏩ Ergash Jumanbulbul og‘lidan.

Asarda qanday o‘rinlar she’riy yo‘l bilan ifodalanadi?

⏩ Qahramonlar tavsifi, ruhiy kechinmalari aks ettirilgan o‘rinlar.

Asardagi hikmatli so‘zlar darajasiga ko‘tarilgan baytlar qaysilar?

⏩ «G‘aribning ko‘nglini ovlamoq savob», «Qilichdan seskanmas botirning tani», «Gavharni ne bilsin ushalgan sopol», «Zarning qadrini zargar bilar har yerda», «Kamlikning kamoli bordir, Manmanning zavoli bordir…», «Yaxshilarning yuzin ko‘rsang jannatdir, Yomon odam qilgan ishi minnatdir», «O‘zingdan kattani uchratsang pir bil, O‘zingni er bilsang, birovni sher bil» va hokazo.

Doston qahramoni Kuntug‘mish kimning farzandi?

⏩ No‘g‘ay yurtining Avliyoyi Qoraxon ismli, Qilichxon laqabli podshohining yolg‘iz o‘g‘li.

Asarga ko‘ra kimni xalq Avliyo ota deydi?

⏩ No‘g‘ay podshosi Avliyoyi Qoraxonni.

Kuntug‘mish o‘n to‘rtga kirguncha nima bilan shug‘ullandi?

⏩ Ilm-hunar, kasb-kamolot hosil qildi.

O‘n to‘rtdan o‘tgandan keyin Kuntug‘mish qanday hunarlarni o‘rgandi?

⏩ Sipohilik ishlari: qilich chopmoq, miltiq otmoq, chirishbozlik, ko‘pkaritozlik, nayzadastlik, garovbastlik ishlariga ko‘shish qildi (o‘rgandi).

Zangar shahrining podshosi kim edi?

⏩ Buvraxon.

Buvraxon qanday podsho?

⏩ O‘ziga bino qo‘ygan, qahri qattiq, biroq uning ko‘ngilchan ekanligini ham ko‘ramiz.

Uning vazirlarining ismi nima?

⏩ Shoir va Tohir vazirlar.

Vazirlar qanday niyat qilar edi?

⏩ «Bizlarga farzand bersa, o‘g‘il bo‘lsa qo‘lqanot bo‘lsin, qiz bo‘lsa do‘st bo‘lsin», — deya.

Xolmo‘min kimning o‘g‘li?

⏩ Tohir vazirning.

Shoir vazir qiziga qanday ism qo‘ydi?

⏩ Xolbeka.

Xolbeka va Xolmo‘min nima uchun bir-birlariga nisbatan «nikoh yurmaydigan» bo‘lib qolishadi?

⏩ Xolmo‘minning onasi to‘satdan vafot etadi, o‘g‘il go‘dakni Xolbekaning onasi emizishga majbur bo‘ladi, natijada ular «shirxo‘ra» (bir onani emgan) bo‘lib qolishadi.

Xalq kimni «Xolmo‘minning baxshandasi» der edi?

⏩ Xolbekani.

Asarda yana qanday qahramonlar uchraydi?

⏩ Azbarxo‘ja, Buvraxon, Zamonqul, Qosim, Xolmo‘min, Mullavachcha.

Kim dastlab Kuntug‘mish bilan do‘stlashadi, so‘ng o‘z manfaatini deb unga xiyonat qiladi?

⏩ Azbarxo‘ja.

Bo‘yiga yetgan Xolbeka sovchilarga qanday shart qo‘yadi?

⏩ «Har kim meni olaman deb kelsa, oldiga nard o‘yinini qo‘yaman, o‘ynayman, utsa (yutsa) tegaman, utdirsa so‘yaman» degan

Zangar shahri podshosi Xolbekaga oshiq bo‘lib, o‘z niyatiga erishish uchun qanday «choralar» ko‘rdi?

⏩ Har kim Xolbeka deb aytsa tutib o‘ldirishga farmon chiqarib, Xolbekaning yoniga hech kimni yo‘latmadi.

Xolbeka va Kuntug‘mish qanday tush ko‘radilar?

⏩ Ular tushlarida bir-birlarining qo‘liga uzuk taqishib, uylangan emishlar.

Xolbekaning sirdosh kanizi kim edi?

⏩ Bahragul.

Tush ko‘rgach Xolbeka qanday yo‘l tutadi?

⏩ Xolbeka bir mohir suratkashga o‘z rasmini chizdiradi va sandiqqa surat,soch tolasi, noma va uzukni solib, No‘g‘ay yurtiga oqizib yuboradi.

Xolbeka sandiqni daryoga oqizayotib qanday niyat qildi?

⏩ «Shu ko‘rgan tushim rahmoniy bo‘lsa, oshiq-ma’shuqlik avvaldan pok bo‘lsa, Xudoyo xudovando, shu sandig‘im senga omonat, to‘radan boshqaga tegmasin»

Sandiq oqib borib kimning qo‘liga tushadi?

⏩ Daryo sohilida ov qilib yurgan Kuntug‘mishning.

Xolbekaning suratini ko’rgan Kuntug’mish qanday holga tushdi?

⏩ Bir ishqi yuz bo‘lib, toqat keltirolmay, behush bo‘lib yiqildi.

Kuntug‘mishning kasalini kim aniqladi?

⏩ Qushnoch.

Qushnoch Kuntug’mishning kasalini qanday aniqladi?

⏩ Qirq yigitini hozir qilib, bir-ikki-uch piyola sharobni to‘raga berib.

«Bog‘ ichinda olma-anor istaydir, 


Bo‘yi mahbub, mushki dildor istaydir. 
Qadrdonlar, birga yurgan beklarim, 
Do‘stlar-ay, ko‘ngil bir yor istaydir.» 
Ushbu so‘zlarni kim aytgan?

⏩ Kuntug‘mish.

Kuntug’mish uchun “Yig‘diray No‘g‘ayning uli-qizini, Obberay qizlarning jodu ko‘zini” deya niyat qilgan Qoraxon qachon fikridan qaytdi?

⏩ Suratdagi Xilbekaning jamolini ko’rgach. Qoraxon insof qilib qarasa, No‘g‘ay yurtining qizi tugul, yer yuzining bamolari bir tola mo‘yiga arzimaydi. Qoraxon bildiki, o’g’li Xolbekadan boshqani xohlamas.

Dostonda suratdagi Xolbeka qanday tasvirlangan?

⏩ “Qoshini kerib, labini burib, chikka bel bo‘lib, shirin qilib kulib, taraqqos boylab, suqsurday bo‘ylab, tovusday taranib, bellari buralib turibdi”.

«Musofirchilikda yo zar yarar, yo zo‘r yarar kuningga», degan ekan. Zarga kelsa, xachirdagi pulni ayama, zo‘rga kelsa, qirq yigitga buyursang, Xudodan kelgan ajal bo‘lmasa, bandadan kelgan ajaldan bir-ikki-uchga dovur ayirib olar. Ushbu so‘zlar kimga tegishli?

⏩ Avliyoyi Qoraxonga.

Kuntug‘mish Xolbeka ko‘shkiga qaysi qiyofada yaqinlashadi?

⏩ Bazzoz (gazlamafurush).

Xolbekani nard o‘yinida kim yutadi?

⏩ Kuntug‘mish.

Mirg‘azab so‘zining ma’nosi nima?

⏩ Mahbus va bandilarni jazolaydigan, kaltaklab tergov qiladigan zindon nazoratchisi; dostonda mirshab ma’nosida qo‘llangan.

Saroy a’yonlari podshohga Kuntug‘mish va Xolbekani qanday jazolashni maslahat beradi?

⏩ Bir tuv biyani olib kelib so‘yib, terisini tulup qilib, xom teriga ikkovini zich qilib tiqishni, bir asov baytalning dumiga taqib, cho‘l jaziraga haydab yuborishni.

Tulup qancha muddatdan so‘ng baytalning dumidan tushib qoldi?

⏩ Olti kun deganda.

Xom teri ichidan ularni kim qutqaradi?

⏩ Quzg‘un.

«Po‘lat nayza qor ostida yotarmi, 
Temir nayzang egovlasang o‘tarmi, 
Sening to‘rang nomardlardan emasdir, 
Mard o‘g‘lon sevdigin tashlab ketarmi?» 
Ushbu jumlalar kimga tegishli?

⏩ Kuntug‘mish Xobekaga aytgan.

Kuntug‘mish va Xolbeka qaysi manzilni makon tutishdi?

⏩ Mug‘ol tog‘ini.

Ular to‘gda nima orqali kun ko‘rishdi?

⏩ Yovvoyi meva chunon ko‘p edi. Yoz kunlarida ular yovvoyi mevalarni qurutib, bir yerni qazib, qishlik ovqatini berkitib olishar edi.

Xolbeka ikki farzandni qayerda dunyoga keltiradi?

⏩ Mug‘ol tog‘ida.

Kuntug‘mish va Xolbeka Mug‘ol tog‘da necha yil yashadi?

⏩ To‘rt yil.

Karvonboshi Azbarxo‘ja Kuntug‘mishga bir kosa suv va bir non evaziga qanday shartni qo‘yadi?

⏩ Buloqni egallab yotgan ajdahoni o‘ldirish.

Kuntug‘mish kim bilan do‘st tutinadi?

⏩ Azbarxo‘ja bilan.

Azbarxo‘ja qanday yo‘l bilan Kuntug‘mishga xiyonat qiladi?

⏩ Kuntug‘mishni ziyofatda mast qilib, kigizga o‘rab, ikki go‘dagini ham shu sahroda qoldirib, Xolbekani bandi qilganicha Zangar yurtiga olib ketadi.

Karvondagilardan kim Kuntug‘mishga o‘ziga kelsa deb bir kunlik-yarim kunlik yo‘lga bir ko‘za suv, ozroq ovqat qoldirib ketadi?

⏩ Qosim ismli yosh bir yigit.

«Davlat ham egiz, mehnat ham egiz» maqoli qaysi o‘rinda ishlatilgan?

⏩ Kuntug‘mish ikki bolasidan bir paytda ayrilgan damda.

Kuntug‘mish qaysi daryodan kechib o‘tayotganida farzandlaridan ayriladi?

⏩ Tajang.

Kuntug‘mish ikki go‘dagidan qay tarzda judo bo‘ldi?

⏩ Bittasini baliq yutdi, ikkinchisini bo‘ri olib ketdi.

Sahroda yolg‘iz qolgan Kuntug‘mish kimga ro‘baro‘ bo‘ladi va o‘z holini bayon qiladi?

⏩ Bir cho‘ponga.

Kuntug‘mishning baliq yutgan farzandini kim qutqarib oldi?

⏩ Olim sayyod degan qatag‘anlik katta sayyod.

Bo‘ri olib ketgan go‘dakni kimlar qutqarib oldi?

⏩ 10 ta cho‘pon.

Nechta cho‘ponning qo‘shi doyim bir edi?

⏩ O‘n bir.

Cho‘ponlar topib olingan bolaga qanday ism berishdi?

⏩ Gurkiboy.

Cho‘ponlar gurk deb nimani atashardi?

⏩ Bo‘rini.

Sayyodlar tilida baliq qanday atalardi?

⏩ Mohi.


Sayyodlar bolaga qanday ism berishdi?

⏩ Mohiboy.

Podshoh nima sababdan Azbarxo‘jani tagizamindagi zindonga olib borib tashlab, mollarin muhrlab qulflatib tashladi?

⏩ Xolbekaning bolalari kelib, Azbarxo‘jadan o‘chini olar deb.

Buvraxon Xolbekani kimga berdi?

⏩ Xolmo‘min yasovulboshiga.

Gurkiboy necha yoshdan cho‘ponlar xizmatini qila boshladi?

⏩ O‘nga kirgandan keyin.

Egizak aka-ukalar necha yoshga kirganlarida o‘zlari haqidagi haqiqatni bilib qolishadi va qochib ketishadi?

⏩ O‘n ikkiga kirganlarida.

Gurkiboy nima sababdan cho‘ponlardan qochib ketadi?

⏩ Qo‘ylarni bo‘rilar bo‘gizlab, uchdan biri qolgach qo‘rqib qochib ketadi.

Mohiboy nima sababdan sayyodlardan (baliqchilardan) qochib ketadi?

⏩ Sotgan kaboblaridan qolgan pullarning barchasini gartkam (oshiq) o‘yinida yutqazib qo‘ygach sayyodlardan qo‘rqib qochib ketadi.

Gurkiboy qanday bola?

⏩ Bosiq, vazmin, aql bilan ish ko‘radigan.

Mohiboy-chi?

⏩ Biroz shaddod, biroz quv yigit.

Daryoning bo‘yida uchrashib qolgach aka-ukalardan qaysi biri do‘st bo‘lishni taklif qildi?

⏩ Gurkiboy.

Egizaklarning kattasi kim edi?

⏩ Gurkiboy.

Gurkiboy nima sababdan o‘zlari haqidagi haqiqatni ukasiga aytmaydi?

⏩ Mohi ukasi yomon tezzabon, bir gapni aslo to‘xtata olmaydigan bo‘lganligi uchun, sirni yashirolmaydi deb qo‘rqadi.

Gurkiboy bilan Mohiboy Zangar elida kimga xizmatkor tushishadi?

⏩ Xolmo‘min yasovulboshiga.

Davlat qushi kimning boshiga qo‘nadi?

⏩ Darveshlik qilib yurgan Kuntug‘mishning.

Podshoh arkidan uchirilgan davlatqushi uning boshiga necha marta qo‘ndi?

⏩ 3 marta.

Kuntug‘mish asarda yana qaysi nom bilan eslanadi?

⏩ Qalandarxon.

Kuntug‘mishni xalq nima uchun oq kigizning ustiga chiqardi?

⏩ Podshoh qilish maqsadida.

Gurkiboy sirni Mohiboyga qachon ma’lum qiladi?

⏩ Xolmo‘min yasovulboshi podshoh jilovxonasida bir hafta tunash uchun ketganda Gurkiboy bo‘za ichib, og‘zi qizib sirni ochib qo‘yadi.

Xolbeka farzandlari bilan qachon topishdi?

⏩ Xolmo‘min yasovulnikida Gurkiboy Mohiboyga sirni oshkor etganda Xolbeka eshitib qoladi va bolalariga yetishadi.

Xolbeka nima uchun o‘g‘illarini bobolarining yurti No‘g‘ayga jo‘natadi?

⏩ Kuntug‘mishning podsho bo‘lganidan bexabar, «Zangar otalaringga vafo qilmadi, sizlarga ham vafo qilmaydi» deb o‘ylagani uchun

Aka-ukalar Zangar shahridan chiqishda kim bilan janjallashib, uni o‘ldirib ketishadi?

⏩ Darvozabon qo‘rboshi bilan

Aka-ukalar qayerda o‘n ming uyli cho‘ponlarning yilqisini haydab ketishadi va cho‘ponlarni o‘ldirishadi?

⏩ Olatog‘da (yoki Oqsuvda).

Bo‘yni yo‘g‘on bolani bizlar sira ko‘rmay kelayotibmiz. Buning bo‘ynini podsho ingichkartsin, – deb kimlar aka-ukalarga jazo berishni podshohdan qat’iy talab qiladilar?

⏩ Bolalarni haydab borgan o‘n ikki ming lashkar

«Munkir kelsa ozod bo‘lar ekan, lekin mardlik qo‘ldan ketadi» deganda Mohiboy nimani nazarda tutgan?

⏩ «Agar aybimni inkor etsam, ozod bo‘laman, lekin mardlik qo‘ldan ketadi»

«Qaladin qalampir yuklar qalachi, Durdonadan anbar tog‘ning og‘ochi, Analhaq deb Mansur senga osildi, Assalom alaykum, dorning og‘ochi.» Ushbu baytlar kim tomonidan va nimaga aytilgan?

⏩ O‘g‘illari dor ostidaligida Xolbeka tomonidan dorga aytilgan.

Xolbekaning dorga aytgan gapidan kimning jahli chiqib uni kofirlikda ayblaydi?

⏩ Gurkiboyning.

Kuntug’mish kimning gapidan bandilar o’z farzandlari ekanini sezib qoldi?

⏩ Mohiboyning “No‘g‘ayning yurti besohib bo‘lmasin, Mening kasodimga Gurki o‘lmasin” degan so’zlaridan.

«Men seni shahzoda dedim, mard dedim, 
Sen qanday siynamga qo‘ygan dard eding, 
Chiqsin ko‘zing, tanimading bolangni, 
Ne tilingman buni dorga tort, deding…» 
Ushbu gaplar kimga qarata aytilgan?

⏩ Xolbeka Kuntug‘mishga qarata aytgan.

Kuntug‘mish nima sababdan Azbarxo‘jani o‘zi o‘ldirmasdan, bu ishni o‘g‘illariga topshirdi?

⏩ Chunki bir paytlar u bilan do‘st tutingan edi.

Azbarxo‘ja bolalarni qaysi cho‘lga tashlab ketgan edi?

⏩ Zarchaman.

Kuntug‘mish kimni Zangar eliga podsho etib tayinladi?

⏩ Xolmo‘minni.

Toat-ibodatga mashg‘ul Qoraxon o‘zining o‘rniga kimni qo‘ygan edi?

⏩ Qushbegisini.

Ergash Jumanbulbul o‘gli qaysi o‘rinda «Osang, ustiga posang», «Hazor ustiga pansad bo‘lmoq» kabi maqollarni qo‘llagan?

⏩ Kuntug‘mish Xolbekani suratini ko‘rib, xushidan ketishini tasvirlashda.

Kuntug‘mish dor ostida o‘g‘illarini qanday tanib qoldi?

⏩ Mohiboyning «Meni o‘ldir, Gurkini ozod aylanglar, No‘g‘ayning yurti behisob qolmasin», — deya jallodlarga aytgan so‘zidan.

Dostonda:»Mardlarning parvoyi bo‘lmas o‘limdan, Musulmonman, kalma kelar tilimdan» degan so‘zlar qaysi qahramon tilidan aytiladi?

⏩ Mohiboy



nazariy ma'lumot.
Ishqiy-qahramonlik dostonlari

Xalq og‘zaki ijodida va o‘zbek mumtoz adabiyotida keng foydalanib kelinayotgan shakl qaysi?

⏩ Epik shakl.

Doston so‘zi forschada qanday ma’noni anglatadi?

⏩ Epik asar nomini anglatgan, shuningdek, qissa, romandek katta nasriy asarlarga ham nisbat beriladi.

Xalq og‘zaki ijodida yaratilgan dostonlar qanday xususiyatga ega?

⏩ Muayyan kompozitsion yaxlitlik.

Yozma adabiyotdagi dostonlar qaysilar?

⏩ «Suhayl va Guldursun», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun»

Xalq og‘zaki dostonlari yozma dostonlardan nimasi bilan farq qiladi?

⏩ Fantaziya ko‘lami, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan voqealar, aql bovar qilmaydigan qahramonliklar tasviri, syujet erkinligi, favqulodda qiziq voqealar bilan.

Dostonlar qanday tugaydi?

⏩ Dostonlar muvaffaqiyatli yakun topadi.

Xalq dostonlarining ko‘pchiligiga xos xususiyat qaysi?

⏩ Ishq-muhabbat mavzusining ustunligi.

Ushbu misralar muallifini toping: «Muhabbatsiz kishi odam emasdur, Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et.»

⏩ Nodirabegim.

«Kuntug‘mish» qanday asar?

⏩ Ishqiy-qahramonlik dostoni.

Qaysi dostonda bir-birlari uchun jon fido qilishga tayyor aka-ukalar obrazlari mavjud?

⏩ «Kuntug‘mish»

«Kuntug‘mish» dostonida haqiqiy muhabbatni tan oladigan va unga ishonadigan obraz qaysi?

⏩ Xolbeka: u o‘z suratini chizdirib, Kuntug‘mish yurtiga yuborar ekan, agar «...shu ko‘rgan tushim rahmoniy bo‘lsa, oshiq-ma’shuqlik awaldan pok bo‘lsa, Xudoyo xudovando, shu sandig‘im senga omonat, to‘radan boshqasiga tegmasin», — deydi.

«Kuntug‘mish» dostonida nima uchun Xolbeka garchi u Kuntug‘mishni tushida sevib qolgan, uchrashganda esa yigitni ko‘rib biroz muddat ixtiyorini yo‘qotgan bo‘lsa-da, uning husniga talabgor barcha shoh-u shahzodalarga bergan va’dasi, ya’ni faqat nard o‘yinida g‘olib chiqqanga tegaman degan fikridan qaytmaydi?

⏩ Chunki u hamiyatli, g‘ururi baland qiz.

«Kuntug‘mish» dostonida nima uchun Xolbeka Kuntug‘mish men uchun mashaqqat chekib kelibdi, deb unga tegib ketavermaydi?

⏩ Chunki o‘zi ko‘ngil qo‘ygan yigitning el-yurt oldida ham yuzi yorug‘ bo‘lishini istaydi.

«Kuntug‘mish» dostonida qaysi obrazlarsiz Kuntug‘mish va Xolbeka taqdirini to‘laqonli tasavvur qilish qiyin?

⏩ Qosim, Xolmo‘min, Zamonqul

Lutfiy (1366—1465)

«Malik ul-kalom» atamasining ma’nosi nima?

⏩ «So‘z podshosi»

Taxallusi oldidan qo‘llaniladigan»mavlono» sifati nimani anglatadi?

⏩ «Ulug‘ ustod»

A. Navoiy «Majolis un-nafois» tazkirasida ustozi Lutfiy haqida nima deydi?

⏩ «Mavlono Lutfiy o‘z zamonasining malik ul-kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yo‘q erdi, va turkcha devoni mashhurdir»

Navoiyning avliyolar haqidagi «Nasoyim ul-muhabbat» tazkirasida Lutfiy haqida qanday qimmatli ma’lumotlar bor?

⏩ «To‘qson to‘qqiz yoshida olamdan o‘tdi. Qabri Dehikanordadir, o‘z maskani erdi» — deyiladi.

Lutfiy vafot etganida A. Navoiy necha yoshda edi?

⏩ 24 yoshda.

XV asrning birinchi yarmida o‘zbek tilida yaratilgan «Gul va Navro‘z» dostoni kimning qalamiga mansub?

⏩ Haydar Xorazmiyning.

Alisher Navoiy Lutfiy ijodiga qanday baho bergan?

⏩ Uni o‘zigacha bo‘lgan o‘zbek she’riyatining eng kuchli, eng taniqli shoiri sifatida baholaydi.

Bizgacha Lutfiy turkiy (o‘zbekcha) devonining XVI—XX asrlar mobaynida ko‘chirilgan necha nusxasi yetib kelgan?

⏩ Jami 33 nusxasi.

Shoir merosining umumiy miqdori qancha?

⏩ Shoir merosining umumiy miqdori - 3 ming baytga yaqin. Buning 75 foizini g‘azal janri namunalari tashkil etadi. Shoir, g‘azaldan tashqari, qit’a, ruboiy, tuyuq va fard janrlarida ham ijod qilgan.

Xalqaro Bobur jamg‘armasi tashabbusi bilan 2006-yili qanday ish amalga oshirildi?

⏩ Hirot yaqinida joylashgan Dehikanor (hozirgi Nangobod) qishlog‘idagi Lutfiy qabri aniqlashtirilib, u yerda o‘zbek milliy uslubida ayvonli yangi maqbara bunyod etildi.

«...Bir Mavlono Lutfiy din o‘zgakim, bir necha matlalari borkim, tab’ ahli (nozik didli adabiyotchilar) qoshida o‘qusa, bo‘lur». Luyfiyga berilgan ta’rif muallifi kim?

⏩ A.Navoiy

Lutfiy lirikasi faqat o‘zbek she’riyati vakillaridan tashqari yana qaysi turkiy xalqlar shoirlari ijodiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatgan?

⏩ Turkman, ozarboyjon, usmonli turk shoirlari.


Download 171,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish