Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinf adabiyot darsligi yuzasidan savollar


O‘lsam ayrilmasman quchoqlaringdan



Download 171,14 Kb.
bet14/17
Sana18.01.2022
Hajmi171,14 Kb.
#384115
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
8-sinf

O‘lsam ayrilmasman quchoqlaringdan (maqola)

«Vatan tuyg‘usi insonning o‘zi bilan birga o‘sib ulg‘ayadigan tuyg‘u bo‘lar ekan.» Adib aytgan bu so‘zlar uning qaysi maqolasidan olingan?

⏩ «O‘lsam ayrilmasman quchoqlaringdan»

Inson jamiyatdan uzilgan holda yasholmasligini ta’kidlagan adib umrining yarmini xumni Vatan qilib o‘tkazgan qaysi yunon faylasufi haqida gapiradi?

⏩ Diogen.

«Baxtimizga, o‘tgan avlod-ajdodlarimiz bizga Vatanni meros qilibgina qoldirgan emaslar, balki…» adib aytmoqchi bo‘lgan fikrni davom ettiring.

⏩ …bu Vatanni chin yurakdan sevishni, unga fidokorlik bilan xizmat qilishni, uning husniga husn, boyligiga boylik qo‘shishni ham meros qoldirishgan.

Adib fikricha, Vatanga muhabbat qanday bo‘lishi kerak?

⏩ Tamagirliksiz, bepisanda, maqtanchoqliksiz, sun’iylikdan xoli.

Yurtning sodiq farzandi Shiroqning jasoratini mangu qilgan omillaridan biri nima edi?

⏩ Shiroqning Vatanga muhabbati har qanday tamadan mutlaqo xoli bo‘lgan.

Vatanni sevish, uni amalda namoyon qilish odamdan nimani talab qiladi?

⏩ Juda katta jasoratni, bardoshni, chidamni.

Adib maqolada tilga olgan chin vatanparvarlar avlodi kimlar edi?

⏩ Cho‘pon Shiroq va jadidlar.

Adib fikricha, bugungi oddiy odam Vatanga muhabbatni qanday namoyon etmog‘i kerak?

⏩ «Savob ishni har kim qilmog‘i, har kuni qilmog‘i kerak» (I. Karimov). Vatan ravnaqi yo‘lidagi ishlar hech qachon avvaldan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha, birovlaming ko‘rsatmasi bilan qilinmaydi. Har kim o‘z aql-zakovati bilan, o‘z qalbining amriga ko‘ra qudrati yetgan darajada, imkoni bor darajada Vatan, el-yurt yo‘lidagi ishlarni qiladi...

«Odam ota-onasini tanlayolmaganidek, …» fikrni davom ettiring.

⏩ Vatanni ham tanlayolmaydi.

Adib Vatan tushunchasini qisqagina qilib qanday izohlaydi?

⏩ «Vatan tushunchasi muayyan jug‘rofiy hududnigina qamrab olmaydi, balki uning tarkibiga butun jamiyat, uning kechagi kuni, buguni va ertasi ham kiradi»

Adib Vatanga bo‘lgan muhabbatni kimga bo‘lgan muhabbatimizga qiyoslaydi?

⏩ Onaga.

O. Sharafiddinov qanday kimsalarni “Ular Alloh oldida qandaydir gunoh qilgan maxluqdirki, Alloh ulami Vatanni sevish baxtidan benasib qilgan” deya ta’riflaydi?

⏩ Vatan muhabbatidan benasib odamlar, unga loqayd qaraydigan, hatto unga qo‘l ko‘tarishdan toymaydigan odamlar. Ular har qanday qiyofaga ega bo‘lmasin, basharasini har qanday niqob bilan panalamasin, ma’naviy qashshoq, imonsiz, xudobexabar, baxtsiz odamlardir.

To‘ra Sulaymon (1934—2005)

O‘z ijodi bilan o‘zbek she’riyatiga qadimgi xalqona ohanglarni qaytarishga uringan iste’dodli adib kim?

⏩ To‘ra Sulaymon.

Qayerda tug‘ilgan?

⏩ Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi Aldashmon qishlog‘ida.

Otasi haqida ma’lumot bering.

⏩ Sobiq Sho‘ro davrida «xususiy mulk egasi», «mushtumzo‘r» sifatida quloq qilingan.

Adibning oilasi qachon Sirdaryoga ko‘chib ketadi?

⏩ Otasi qamoqdan qaytgach, ya’ni 1939-yil.

O‘zMUni bitirgach qayerda ishlagan?

⏩ Guliston tumanidagi maktablarda o‘qituvchilik qiladi.

1972—1981-yillarda qanday faoliyat ko‘rsatdi?

⏩ Yozuvchilar uyushmasining Sirdaryo viloyat bo‘limi ma’sul kotibi, adabiy maslahatchi bo‘lib.

Ilk she’rlari qachon nashr etilgan?

⏩ 1958-yilda.

Birinchi kitobi?

⏩ «Istar ko‘ngil» (1962-yil).

Keyingi doston va she’riy to‘plamlari qaysi?

⏩ «Qora soch» dostoni, «Men qayga borar bo‘lsam» she’riy to‘plami.

Ustoz va do‘stlari kim edi?

⏩ Mirtemir, Nosir Fozilov, Sa’dulla Siyoyev.

70—80-yillarda chop ettirgan kitoblari qaysilar?

⏩ «Jahongashta» dostoni (1970), «Hamqishloqlarim», «Intizor» (1973), «Sirdaryo qo‘shiqlari» (1974), «Iltijo» (1976), «Alhazar» (1976), «To‘yboshi» (1977), «Sizni eslayman» (1980), «Qorako‘zginam» (1981), «Gulshan» (1988), «Sarvinoz» (1989).

Maqolalar to‘plami qanday nomlanadi?

⏩ «Hamqishloqlarim»

Satirik va yumorislik asarlar to‘plami qanday nomlanadi?

⏩ «Alhazar» (1976).

Jamoatchilik tomonidan iliq kutib olinib, yillik mukofotlarga sazovor bo‘lgan kitoblari qaysi?

⏩ «Xarsang» (1984), «Jahonnoma», «Gul bir yon, chaman bir yor» (1996), «Yovqochdi» (1988).

Shoirga qachon «O‘zbekiston xalq shoiri» degan yuksak unvon berildi?

⏩ 1999-yil.

Shoirning qaysi she’ri bahor fasliga bag‘ishlangan?

⏩ «Iltijo»

She’rda bahor nimaning ramzi sifatida tasvirlangan?

⏩ Tansiq tuyg‘ular mujassami, ezgulikning ramzi, barcha tiriklikka jon ato etuvchi muqaddas yurt — Vatan timsoli sifatida gavdalanadi.

«Bahor, sensiz sahro-yu, tog‘-u toshga jon qayda?» misrasidagi sahro so‘zi qanday ramziy ma’noga ega?

⏩ Beminnat makon qidirib sargardon kezgan vatangado kimsalarning timsoli.

Misradagi tog‘-u toshlar qanday ramziy ma’no ifodalaydi?

⏩ Qilmishi qing‘ir zotlar.

She’r necha band va har bandi necha misradan iborat?

⏩ 6 band, har bandi 5 misra.

Har bir bandida naqarot bo‘lib, takrorlanib keluvchi misra qaysi?

⏩ «Bahor, ketma mening bog‘imdan»

Qaysi she’rda bahorda ko‘hna qabr boshlarining ham yam-yashil giyoh bilan qoplanishi, maysalarga qo‘ngan shudring — shudring emas, armonli umr egalarining ko‘zyoshlari ekani haqida so’z boradi?

⏩ «Iltijo» she’ri

«Armon» she’rida lirik qahramonni tashvishga solayotgan muammolar nimadan iborat?

⏩ Faqat o‘z taqdiriga emas, balki xalq va millat, kelajak va insoniyat taqdiriga daxldor muammolar.

«El-yurt baxtini kuylash» shoirga yarashmas bo‘lsa, bobosining orzulari ushalmas bo‘lsa, shoir ko‘nglini qanday armonlar chulg‘ab oladi?

⏩ «Cho‘kib qolgan nor misol» armonlar.

Nor so‘zining ma’nosi nima?

⏩ Tuya.

«El-yurt baxtini kuylash menga yarashmas bo‘lsa...». Shu birgina misrada qanday ma’nolar nazarda tutilgan?

⏩ a) Agar el-yurt aslida baxtsiz bo‘lsa-yu, uni «baxtli» deya kuylash chinakam shoirga yarashmaydi; 
b) Agar o‘zini shoirman deb yurgan odam el-yurt baxtini samimiy, ishonarli va ta’sirli kuylay olmasa bu ham yarashiqsiz qiliqdir; 
d) Agar shoir el-yurt baxtini kuylashni oddiy maddohlik deb o‘ylab, o‘ziga ep ko‘rmasa, bu — ijodkor samimiyatidan emas, balki takabburligidan nishonadir; 
e) Agar shoir o‘z ijodida nuqul muammobozlik, hasrat bilan shug‘ullanib, baxt qo‘shiqlarini kuylashdan qolgan bo‘lsa...

«Shoir ko‘nglini teskaydagi qor misol» sovuq armonga to‘ldiradigan holatlar qaysi?

⏩ «Bir mard bilan nopokning taqdirini tutash» ko‘rsa, yoki «Bir betayin kimsaning oyog‘ida bosh» ko‘rsa.

Qachon shoir ko‘ngli «ulab bo‘lmas tor misol» armonga to‘ladi?

⏩ Biror yo‘ldoshi aro yo‘lda qolsa yoki biror bir vatandoshi badkor degan nom olsa.

So‘nggi bandda «Gulzorni alaf bossa, zog‘ bossa bog‘bon turib» misrasida qanday san’at qo‘llangan?

⏩ Istiora san’ati: Gulzor — yurt, Vatan; bog‘bon — yurt egalari; alaf, zog‘ — shu yurtga ega chiqmoqchi bo‘lgan yotlar (ya’ni begona).

«Muallaq qolsa kimdir yer turib, osmon turib» misrasida qanday fikr ilgari surilgan?

⏩ Odam bolasi ikki dunyo oralig‘ida muallaq qolmaslikni istasa, Yerga — o‘zi singari odamlarga va Osmonga — o‘zini yaratgan qudrat — Allohga suyanmog‘i lozim.

Zamindan oyog‘i uzilgan kimsalar tabiatida qanday illat bo‘ladi?

⏩ Kibr.

Shoir so‘nggi bandda ko‘ngliga «Buzilgan ro‘zg‘or misol» armon soladigan yana qanday holatlarni ifodalaydi?

⏩ Bir gazandaning posbon turib, yurt tuprog‘ini toptashi, qudratli karvon turib, bir yo‘rtoqning yo‘l boshlashi.

«Armon» she’ri necha band va har bir bandi necha misra?

⏩ 4 band, har bandi 6 misra.

Har bir bandida qaysi misra aynan takrorlanadi?

⏩ 5-misra: «Ko‘nglimda armon yotar»

Shoirning onaga bag‘ishlangan she’ri qaysi?

⏩ «Tavallo»

«Tavallo» she’ri necha band?

⏩ 7 band.

«Gul bir yon, chaman bir yon» she’ri necha band va har biri necha misra?

⏩ 4 band, har bandi 4 misra (qator).

«Chaman ichinda bir gul» kim?

⏩ Ma’shuqa, go‘zal yor.

«Osgan bog‘iga olqov, o‘stirgan bog‘boniga» «Xavf-u xatardan saqlab kelgan soyaboniga» misralarida tilga olingan «bog‘bon», «soyabon» kimlar?

⏩ Go‘zal yorni kamolotga yetkazgan ota-onalari, yaqinlari.

She’rda keltirilgan andalib so‘zining ma’nosi nima?

⏩ Bulbul.

«Ikki jon bir bo‘lmagan», «yo‘llari ayri bo‘lgan» oila fojiasi nechanchi bandda ifodalangan?

⏩ Uchinchi bandda.

Lirik qahramon sevgida o‘zini kimga tenglashtiradi?

⏩ Go‘ro‘g‘liga.

SHUKUR XOLMIRZAYEV (1940—2005)

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayev qachon, qayerda tug‘ilgan?

⏩ 1940-yilning 24-mart kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida

Shukur Xolmirzayev qayerda o’qigan?

⏩ 1963-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning Jumalistika fakultetini tugatgan.

Sh. Xolmirzayevning hikoya va ocherklari qachon Respublika ommaviy axborot vositalarida e’lon qilina boshlagan?

⏩ Talabalik yillaridayoq.

Sh. Xolmirzayev qaysi janrda ijod qilishga tengdoshlariga nisbatan erta kirishgan?

⏩ Qissalar yozishga

Yosh adibning qaysi qissalari ko‘plab muxlislar orttirishi bilan birga, Abdulla Qahhordek ustozlar e’tiborini ham qozongan?

⏩ «To‘lqinlar» (1963), «O‘n sakkizga kirmagan kim bor» (1965)

Sh. Xolmirzayev romanlari qaysilar?

⏩ «So‘nggi bekat», «Qil ko‘prik», «Yo‘lovchi», «Olabo‘ji», «Dinozavr»

Sh. Xolmirzayev qaysi romanida o‘tgan asrning 20- yillaridagi birodarkushlik urushining halokatli hodisalari tasvirlan?

⏩ «Qil ko‘prik»

Sh. Xolmirzayev romanlarida nima aks etgan?

⏩ 70—80- yillardagi ma’naviy-mafkuraviy tanazzul

Shukur Xolmirzayev qaysi asarida sho‘ro davrida faqat qoralanib kelgan «bosmachilik harakati»ga ham yangicha yondashishga urindi?

⏩ 1987-yilda yaratgan «Qora kamar» pyesasida

Sh. Xolmirzayevning xotin-qizlarimizning sho‘ro davridagi fojiali hayotini ro‘yirost yoritgan qaysi asari 1990-yilda sahnalashtirildi?

⏩ «Ziyofat» pyesasi

Sh. Xolmirzayev o‘zbek adabiyoti tarixida, avvalo, qanday ijodkor sifatida qoldi?

⏩ Usta hikoyanavis

Sh. Xolmirzayevning qaysi asarlari milliy hikoyachiligimiz xazinasidan munosib joy olgan?

⏩ «Olis yulduzlar ostida», «O‘zbekning soddasi», «Ora yo‘l», «Odam», «Cho‘loq turna», «Kimsasiz hovli», «Bodom qishda gulladi», «Tog‘larga qor tushdi», «Yashil Niva», «Xumor»

Sh. Xolmirzayev qachon vafot etdi?

⏩ 2005-yil 29-sentabrda Toshkent shahrida

OT EGASI” HIKOYASI

Inod Sh. Xolmirzayevning qaysi asar qahramoni?

⏩ “Ot egasi” hikoyasi

“Ot egasi” hikoyasida Inodning uchta boyligi bor. Bular…?

⏩ Biri — soy bo‘yidagi serdaraxt qishlog‘i; 
ikkinchi boyligi — qishloq o‘rtasidagi tepada o‘rnashgan ikki xonali maktabi edi; bu maktabga tog‘ning olis-olis burchaklaridan otli, eshakli bo‘lib o‘quvchilar qatnar, hammasining yagona muallimi shu Inod edi.  
Uning uchinchi boyligi — qorabayir oti edi

Inod goho qishloq chetiga kimning qabrini ziyorat qilgani borardi?

⏩ Bosmachilar bilan urushda halok bo‘lgan otasining qabrini

Nima uchun qorabayir oti — Inodning boyligi?

⏩ Bu otning olis avlodi muallimning otasiga ham vaqtida xizmat qilgan, uni ko‘p jang-u jadallardan omon olib o‘tgan edi. Lekin Inodning qo‘lidagi ushbu qorabayir ham unga sodiq xizmatini o‘tardi, ikki bor anavi soyni sel suvi bosganda, egasini olib chiqqan, to‘rt yildan buyon ko‘pkarilarda uloqni muttasil shu ayirib chiqardi.

Nima uchun Inod ikki farzandi va xotinidan birdaniga ayrilib qoldi?

⏩ Uzoq yili Inodning bor-yo‘q ikki farzandi beda solingan bostirmaga tuynukdan kirib, gugurt o‘ynaydi, bedaga o‘t ketadi. Ularning qiy-chuvini eshitgan onalari borib, eshikni ochmoqchi bo‘ladi, biroq eshik qulf, u ham jonsarak holatda tuynukdan o‘zini ichkariga tashlaydi. Bolalarini topadi, biroq tutun-u olov bosgan xonada kirgan tuynugini topolmaydi. Alangani ko‘rib yayov chopib kelgan Inod xotin, bola-chaqasining allaqachon sob bo‘lganini ko‘radi.

Inod boshiga tushgan kulfatni qanday yengadi?

⏩ Qorabayirni minib, toqqa ketadi. Cho‘ponlar ovulida sang‘ib, marhum otasining jang qilgan yerlarini ko‘radi, zumrad qorli cho‘qqilar ostidan o‘tib, yashil o‘tloqlarda tunaydi va o‘zi sezmagan holda ko‘ngli ko‘tarilib, dardi pasayib, qishloqqa qaytadi.

Inodga nima odat bo’lib qoldi?

⏩ Darsdan bo‘sh kunlarida qorabayirda sayr qilish

Inodning fe’l-atvori qanday?

⏩ Bir qadar xo‘mraygan, og‘irkarvon va allanechuk odamovi yigit

Inod bo‘sh soatlarda va mehnat darslarida nima bilan shug’ullanadi?

⏩ Qorabayir otini maktab qoshidagi maydonga keltirib, o‘quvchilarga arg‘umoqda yurishni ham o‘rgatadi, miltiq otishni ham ko‘rsatadi, goho soy suvini band qilib, bolalari bilan baliq ham tutadi.

Inodga qorovul Bo‘riboy qanday qaror chiqqanini gapirdi?

⏩ Shaxsiy ot saqlash man etilganini

Rayondagi partiya komiteti nima maqsadda yangi bir sovxoz tashkil etishga qaror qilgan, aholining ortiqcha baytallarini sotib olish uchun tashkilotlardan joylarga vakil jo‘natgan edi?

⏩ Qimiz ishlab chiqarish uchun

Bu tomonlardan biya sotib olish kimga topshirilgan edi?

⏩ Kichik leytenant Egamberdi Xudoyberdiyevga

Egamberdi Xudoyberdiyevning dilida boshqa qanday bir pinhoniy istagi ham bor edi?

⏩ Muallimning chopqir, chiroyli otini o‘ziniki qilishni orzu qilardi

Egamberdi Inoddan otini berishini talab qilganida Inod qanday yo’l tutdi?

⏩ Qorabayir o’rniga sog’in sigirini berib yuboradi

Egamberdi nima uchun hafta o‘tkazib, xafaqon bir kayfiyatda tag‘in to‘rig‘ini yo‘rttirib, Inodning chorbog‘ida paydo bo‘ldi?

⏩ Qorabayirga egalik qilish istagi unga yana tinchlik bermagani uchun

Bu safar Inod Qorabayir o’rniga nima berishni taklif qiladi?

⏩ O‘n bosh qo‘yini

Nima uchun Egamberdi o‘n bosh qo‘yni olmaslikka qaror qildi?

⏩ Qo‘ylarni o‘ziniki qilganidan keyin ham yana ot xumoriga tushib kelishini his etgani uchun

Qachon Egamberdining eti jimirlab ketdi?

⏩ Otning ko‘zlariga ko‘zi tushgach. Chunki ot xuddi dahshatli bir xavfhi sezgandek olayib, egasi kirib ketgan uyga qarar, hayratda qotgan antiqa haykalga o‘xshar edi.

Inod otni qayerga ko’mdi?

⏩ Otasi va bolalari ko’milgan qabristonga

Egamberdi nima uchun otiga minib qochib qoldi?

⏩ Inod uni ham otib tashlashidan qo’rqib

Inod bir necha oydan keyin Egamberdining o‘shandagi niyati nima ekanligini payqadi. Lekin bu vaqtda uning ko‘nglida qolgan ikki sevgilisi yana tomir otib ulgurgan edi. Inodning ko‘nglida qolgan ikki sevgilisi kim yoki nima?

⏩ Qishlog‘i va maktabi

“Ot egasi” hikoyasi qachon yozilgan?

⏩ 1971-yil

«Otning egasi» hikoyasi bosh qahramoni Inod ismning ma’nosi nima?

⏩ Inod — arabchadan olingan bo‘lib, «cho‘rtkesar», «qat’iyatli», «qaysar» ma’nolarini beradi.

«Otning egasi» hikoyasi muqaddimasi va oxirida alohida ta’kidlanganidek, Inodning hech narsaga alishmaydigan qanday boyliklari bor?

⏩ Ko‘ngil mulki

Otasidan juda erta, xotini va farzandlaridan fojiali tarzda ayrilgan bo‘lsa-da, judolik taftini bosishda unga nima madad bo’ldi?

⏩ Qishlog‘i, maktabi hamda qorabayir oti

«Otning egasi» hikoyasida birovning mulk-u molini o‘zlashtirishdan vijdoni qiynalmaydigan, Inodning ko‘ngli, unda kechayotgan tuyg‘ulardan bexabar kimsa kim?

⏩ Kichik leytenant Egamberdi Xudoyberdiyev

Nima uchun Omon Egamberdining gapi rost yoki yolg‘onligini surishtirmadi?

⏩ Bunga sabab: Inod Egamberdi va u singari kimsalarni ham o‘zidek odam deb ishonishida. Davlat bu odamlarga vazifani, «shapka» va «pogon»ni berib qo‘yibdimi, ular aldashlari mumkin emas, deya e’tiqod qilishida.

Inod nima uchun o‘z otini o‘z qo‘li bilan nobud qildi?

⏩ U o‘zining ko‘ngil boyligini boshqalar ixtiyoriga, dargumon taqdirga topshirishdan ko‘ra, uni, jonsiz holda bo‘lsa-da, yonida qolishini istadi. Shunda har kun uni yo‘qlab borishi, sog‘inganda topishi, ruhan dardlashishi mumkin bo‘ladi.

Inodning fe’lini juda yaxshi bilgan, o‘z egasining dahshatli qarorga kelganini ichki sezgisi bilan birdan his qilgan otda qanday o’zgarish ro’y berdi?

⏩ Ot xuddi dahshatli bir xavfni sezgandek olayib, egasi kirib ketgan uyga qarar, hayratda qotgan antiqa haykalga o‘xshar edi… Ot birdan titroq tovushda kishnab yubordi.

Yozuvchi otni tasvirlar ekan, «odatdagi» so‘zini necha marta qo’llaydi?

⏩ Uch bora takror qo‘llaydi.

OMON OVCHINING O‘LIMI”

“U o‘zi ham o‘lishi mumkinligini o‘ylamasdi. U o‘ldirishni... hayvonlarni, parrandalarni, xullas, Olatog‘da ov qilishga arzirli o‘lja borki, u qo‘liga miltiqni olishi bilan o‘zi anglamagan holda, ulardan nimanidir otish – o‘ldirishni o‘ylardi”. “Omon ovchining o‘limi” hikoyasidan olingan parchada kim haqida so’z boradi?

⏩ Omon

Omon qachon bamisoli otasi o‘lgandek aza tutar, qovog‘i ochilmas, shunda xotini ham ko‘ziga yomon ko‘rinib, bechora biron-bir yetishmovchilikdan zorlansa, u: «Jonga tegding-ku sen ham!» deya miltiqni qo‘lga olardi?



⏩ Mabodo ovdan qo‘li quruq qaytsa

Omonga atrofdagi odamlarning munosabati qanday edi?

⏩ Undan ko‘plar qo‘rqishardi, uni yolg‘iz uchratganda xushomad qilishar, gavjum joylarda unga yaltoqlanib ovi baror olib turganmi ekanini so‘rashardi. Omon sovuqqonlik bilan qisqa javoblar berardi.

Omonning otasi Rahmon polvon qanday odam edi?

⏩ Qirq yoshida ham kurashda yiqilmagan, keyin bir o‘rta yashar o‘rtacha polvon bir qoqmada yiqitib qo‘yganida — dardi shunchalikki, omborga bo‘yra to‘shab, ustidan suv sepib, unga bag‘rini berib yota-yota oldin yo‘talni orttirib, keyin qon qusa-qusa o‘lib ketgandi.

Omon qanday qilib o‘tkir mergan bo‘lib yetishgan?

⏩ Otasi Omonga o‘n uch yasharligida, «indamas» miltiq — melkokolibr miltig‘i olib bergan, Omon birotar ov miltig‘ida emas, shunda qush otishni o‘rgangan

Omonning tabiatida otasiga xos jihatlar bormidi?

⏩ U bolalikdan yovvoyi qush-u yovvoyi hayvonlar otish va yeyish uchun yaratilgan deb o‘ylar, har qanday ovchida ham ma’lum bir yoshda paydo bo‘ladigan rahmdillik unda hamon uyg‘onmas, chamasi, uning yuragi ham baquvvat ko‘kragidek qattiq ediki, buning sababi — uning otasiga o’xshashidir

Harbiydan qaytgan yili otasi qazo qilgach, Omon otasining qaysi ishini davom ettirdi?

⏩ Qishloqchaga tutash sakkiz gektar o‘rikzor bo‘lib, otasi Rahmon polvon unga qorovul, ayni chog‘da unga bog‘bon ham edi.

Omon qachon ovdan quruq qaytdi?

⏩ O‘g‘li to‘qqiz yoshga kirganda

Ovi qo’ldan chiqib ketayotganini bilgan Omon nima uchun qobonga birinchi marta o’q otishdan o’zini tiydi?

⏩ Bunday paytda o‘q qobonga tegadimi, bolasiga tegadimi — bo‘ldi, qobon burila solib, ovchiga hujum qiladi.

Omon nima uchun qobonlarni ovlay olmadi?

⏩ Geologlarning vertolyoti shovqini sabab

Omon nima uchun sog’in sigirini panshaxada urib o’ldirdi?

⏩ Sog‘dirmay, ko‘zani urib, chil-chil qilgani uchun

Qishloqda Omon sira kutmagan qanday voqea sodir bo‘la boshladi?

⏩ Qo‘shnilar birin-ketin janubga — Bandixon cho‘liga ko‘chib keta berishdi: cho‘lquvar bo‘lib

Omon nimani aqliga sig‘dirolmasdi?

⏩ Bu qishloqni, shimoldagi O1atog‘ni va unda bor archazorlar-u hayvon-parrandalarni tashlab cho‘lga — pashsha qaynagan qiziriq cho‘lga tushib ketayotgan hamqishloqlarining qilayotgan ishlarini

Qishloqning bo‘shab qolishi qaysi xalq maqolini eslatadi?

⏩ Qovunni ko‘rib qovun rang oladi

Odamlar ko’chib ketgach qishloq qanday ko’rinishga keldi?

⏩ Bu endi qishloq emas, satti chordevor edi: tomlari buzilgan, yog‘och to‘sinlari ham olib ketilgan. Tez orada u yerda kalamush va sichqonlar ko‘paydi. Keyin esa ulaming kushandalari boyqushlar ko‘paydi: ba’zisi kunduz kunlari ham devor kemtiklarida hurpayib o‘tirar edi.

Omonning boyqushga munosabati qanday edi?

⏩ Negadir bularni sira otmas, aksincha, ularni uzoq-uzoq tomosha qilishni yaxshi ko‘rar, ba’zan kechalari tashqariga chiqib boyqush sayrashini eshitganda — yurak seskanishi qayda! — parishonxotir bo‘lib tek qolardi. Shunda u bu tun qushlarining mungli hamda nimasi bilandir tunga o‘xshab ketadigan unlariga allaqanday singishar, go‘yo o‘zi ham shu tunga, shu mungli unga, boyqushga aylanib qolardi.

Omon nima uchun xotinini uch taloq qildi?

⏩ Qishloqdan ketishni istagani uchun

O’g’li Omonning qaysi taklifini rad etdi?

⏩ Omon o’g’li o’zi bilan qolishini va unga miltiq olib berishini taklif qilganida

Yozda, pishiqchilikda ovchilar qanday qoidaga amal qiladilar?

⏩ Har qanday shafqatsiz ovchi ham bunday paytda toqqa chiqib, endi jo‘jasini uchirma qilayotgan kaklikka yoki bolalari mushtdek bo‘lgan quyonga o‘q uzmaydi

Ayni pishiqchilikda ovchilarning kaklik yoki quyon ovlamasligiga sabab nima?

⏩ Ularning ham tirik jon, zurriyot qoldirishga huquqli ekanini his etishmi bunga sabab, balki ne bir sirli tuyg‘u ularning ham inson qavmiga yaqin ekanini sezdiradimi...

Omon merganning xotinsiz uyiga ham tez ko‘nikishiga sabab nima?

⏩ Bolaligida otasi bilan kiyik ovlarga chiqqanda to‘rt-besh kunlab kimsasiz kamarlarda yotib, pistirmalarda tunab, yolg‘izlikka mutlaqo o‘rganib ketgan

Nima uchun «qon tutadi», «gunoh», «ko‘z tegadi» degan gaplarning Omon uchun ma’nosi yo‘q edi?

⏩ Omon mergan tunda: o‘rmonda, tog‘da hech narsadan qo‘rqmagani kabi jin-ajina degan narsalarga ham ishonmas edi

Omon qaysi gapga ham panja orasidan qarardi?

⏩ Qadimdan qolgan gap bor: ovchi kiyikdan bitta otishi kerak. Aks holda, bir falokat yuz berishi mumkin emish. Omon bu gap — qadim-qadimdan kiyiklarni asrab qolish, ularni qirib yubormaslik uchun diniy tus berib aytilgan, deb o‘ylardi.

Omon bitta zag‘izg‘on otgach, uni tog‘da tulki ko‘rgan yerlariga qo‘yib poylashni o‘yladi-yu, so’ng nega zag‘ig‘onni otvordi?

⏩ Buni o‘ziga ep ko‘rmagani uchun

Kiyik oviga jo‘nagan Omon uy orqasiga o‘tganda, kamida ikkita bo’ri yurganini qanday bildi?

⏩ Izning kattaligidan bildi: odatda, bo‘rilar ovga chiqqanda, bir-birining izini bosib yurishadi.

Omon nima uchun bo’rining izini ko’rgach, jilmayib qo‘ydi?

⏩ Chunki ertalab ovchiga bo‘ri uchrasa, ovi baror oladi, deydilar.

Olatog‘ning ilk cho‘qqilaridan biriga yetgan Omon nima uchun ayni kaklik ovlaydigan payt deb o’yladi?

⏩ Kun sovuq emaski, kakliklar kamarlardan chiqmasa. Tuman ham yo‘qki, uni ko‘rish qiyin bo‘lsa.

Omon mergan Olatog‘ so’qmoqlaridan birida qaysi hayvonni o’q uzib o’ldirdi?

⏩ Ikkita kiyik va bir arxarni

Nima uchun kiyiklar o‘zini o‘qqa tutib berishdi?

⏩ Bu kiyiklar ko‘chkidan vahimaga tushib qochgan, orqasidan bo‘ri-mo‘rining quvgan bo‘lishi ham ehtimol.

Nima uchun Omon o’ljasini qo’lga kirita olmadi?

⏩ Kiyiklar yiqilgan joy suv urib ketgan ama bo’lib, ular besh-olti gaz pastda — tokchada, ikki tomon esa tik devor edi

Ertasi kuni do‘sti Hamdam bilan bir eshakka arqon va qop tashlab kiyiklar yiqilgan joyga kelganida nima uchun uchala o‘lja ham dabdala bo‘lgan edi?

⏩ Chunki besh-oltita bahaybat, bo‘yni tuksiz g‘ajirlar ularni «hashar» qilmoqda edi.

“Otam aytgich edi, urush yillari tog‘da yolg‘iz qolgan odamlami ham yeb ketishgan bu qushlar” deganda Omon qaysi qushlarni nazarda tutdi?

⏩ G‘ajirlar

Omon mergan arzimagan bir ehtiyotsizlik orqasida qanday holga tushib qoldi?

⏩ Ikki oyoqni nogiron qilib, yotib qoldi: katta boldir suyagi sindi, oyog’ini tizzasigacha gipslashdi

“Senga ko‘z tegdi, keyin, hadeb jonlini jonsiz qilishingniyam xosiyati yo‘q. Qusham xudoning maxluqi... Uyam bir vaqtlar odam bo‘lgan emish...”. Asarda Omonga aytilgan ushbu so’zlar kimga tegishli?

⏩ Ammasiga

Nima sababdan Omon aqlini yo‘qotgandek kalovlanib, tik kiteli kissasiga ham uch-to‘rtta o‘q soldi-da, choponining yenglarini ham kiyib, o‘rmalay ketdi va ayvonga chiqdi?

⏩ Kaklikning sayrashini eshitgach

Omon kakliklarni otdimi?

⏩ Uchta kaklikni otib o’ldirdi

«Olatog‘da jonivor zoti qurisa, nima qilaman? Tuyqus xayoliga kelgan bu fikrdan so’ng Omon nimani niyat qildi?

⏩ Uning ko‘ziga Hamdamning uyida televizorda ko‘rgani Kavkaztog’ manzarasi, kiyiklar ko‘rindi. — Boraman. U yerlargayam boraman...»

Nogiron holatida ham ovga chiqishdan qaytmagan Omonning bu holatiga qanday izoh berish mumkin?

⏩ Bu shunday ikki oyoqli maxluq ediki, yarim tanasi uzilib qolgan chog‘da ham, ruhi ovda... o‘ldirishda... bo‘lar, chamasi, shuning o‘zi unga bas, shu hayot edi.

Sirpanib ketgan Omon mergan qanday holatga tushib qoldi?

⏩ Yonbag‘irga ko‘ndalang bo‘lib qolgan Omon asta-sekin dumalay boshladi. U dumalagani sari bir o‘ram oq kigizga o‘xshab ko‘rinar, biroq, kigiz tobora yo‘g‘onlashar edi. Oqibat, ajabtovur paxta toyidek bo‘lib borib, yulg‘unlar ichiga kirib to‘xtadi.

Erta ko‘klamda o‘rikzorga qorovul etib tayinlangan Ulton piyon Omon ovchining uyini ko‘rgani kelib, nima uchun uni xosiyatsiz deb topdi?

⏩ Chunki egasi g‘oyib bo‘lgan axir.

Ulton piyon nimaga ko’zi tushgach, vahimaga tushib qochdi?

⏩ Yulg‘unlar orasida do‘mpayib yotgan g‘alati qor kurtugiga va undan chiqib turgan bir juft oppoqni ko’rgach

Ertasi Ulton piyonning vahimasiga «ergashib» rayondan chiqib kelgan bir to‘da odam Quriqsoy yoqasida qaysi ko‘ngil aynituvchi manzaraning guvohi bo’lishdi?

⏩ Bir gala masliqxo‘r g‘ajirlar yulg‘unzor ichida, go‘yo qor supasida yotgan bir kimsani cho‘qib-cho‘qib yer edi.

“Omon ovchining o‘limi” hikoyasi qachon yozilgan?

⏩ 1985-yil

Qaysi asar qahramoni uchun nafaqat tabiat va uning jonzotlariga, balki odam bolalariga nisbatan shafqat ham butkul begona?

⏩ “Omon ovchining o‘limi” hikoyasi qahramoni Omon

“Omon ovchining o‘limi” hikoyasi qahramoni Omonga ismi qay darajada mos?

⏩ Omon ovchining harakatlaridan biror jonivor omon qolmaydi.

Omonning bag‘ritosh, berahm bo‘lib o‘sishiga nima sabab?

⏩ Oilasidagi muhit, ayniqsa, otasining ta’siri kuchli bo‘lgan.

Shukur Xolmirzayev hikoya usulining o‘ziga xos jihati nimadan iborat?

⏩ U qahramonlar ruhiyati, kayfiyati, holatini bevosita emas, balki bilvosita tasvirlashga ko‘proq e’tibor beradigan yozuvchi. Ya’ni tashqi narsa va hodisalar tasvirlanayotgandek yo‘l tutilib, aslida qahramon ruhiyatidagi siljishlar, uning ichki tabiatidagi o‘zgarishlar o‘quvchiga sezdiriladi.

«Omon “negadir” kalamush, sichqon, boyqushlami sira otmaydi. Aksincha, uzoq-uzoq tomosha qilishni yaxshi ko‘radi, ularning tundek unlariga singishib o‘tirishni istaydi». “Omon ovchining o‘limi” hikoyasi qahramoni Omon ruhiyatidagi bu aynish holati G‘arb psixologiya fanida nima deya talqin etiladi?

⏩ Nekrofiliya — «o‘limsevarlik»

“Omon ovchining o‘limi” hikoyasida qo‘llanilgan «qoqma», «zovboshi», «churpa», «kamar», «miyazor», «xurma», «inak», «juvana», «g‘ajir», «ama», «kurtuk», «masliqxo‘r» singari so‘zlar ma’nosini izohlang.

⏩ Qoqma — kurashda chalib yiqitish; zovboshi — kichik jarlikning labi; churpa — yovvoyi cho‘chqa (qobon)ning bolasi; kamar — berk joy; miyazor — urug‘i zaharli yovvoyi o‘t; xurma — sopol ko‘za; inak — sigir; juvana — buzoqcha; g‘ajir — yirik yirtqich qush, tasqara; ama — selda hosil bo‘lgan chuqur ariq; kurtuk — qoyasimon qotgan qor, muzlik; masliqxo‘r — o‘laksaxo‘r.

Muhammad Yusuf (1954—2001)

Qayerda tug‘ilgan?

⏩ Andijon viloyatining Marhamat (1898-yilda mashhur Dukchi eshon qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tgan Mingtepa) tumani, Qovunchi qishlog‘ida.

Dastlabki she’rlari qachon chop etilgan?

⏩ 1976-yilda «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida.

Qaysi o‘qishni bitirgan?

⏩ Toshkentdagi Rus tili va adabiyot institutini (1978-yil).

Qayerlarda ishladi?

⏩ «Kitobsevarlar» jamiyatida (1978—1980), «Toshkent oqshomi» gazetasi (1980—1986), G‘. G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida (1986—1992).

Shoirning kamol topishiga jiddiy turtki bo‘lgan dargoh qaysi?

⏩ Adabiyot va san’at nashriyoti.

Nashriyotga o‘sha paytda kim rahbarlik qilar edi?

⏩ E. Vohidov.

Shoir 90-yillarda qayerlarda xizmat qildi?

⏩ «O‘zbekiston ovozi» gazetasida (1992—1995), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi — O‘zMA (1992—1995), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari (1997-yildan).

Muhammad Yusufning dastlabki she’rlaridan namunalar qachon chop etilgandi?

⏩ 1976-yilda «O‘zbekiston madaniyati» haftaligi sahifalarida

Muhammad Yusufga qachon «O‘zbekiston xalq shoiri» unvoni berildi?

⏩ 1998-yilda

Muhammad Yusuf qachon vafot etdi?

⏩ 2001-yilning 31-iyulida Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumaniga qilingan ijodiy safar chog‘ida yurak xurujidan vafot etdi.

Birinchi she’riy to‘plami qachon chop etilgan?

⏩ 1985-yil.

Keyingi to‘plamlari qaysi?

⏩ «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo» (1988), «Uyqudagi qiz» (1989), «Halima enam allalari» (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko‘nglimda bir yor» (1990), «Bevafo ko‘p ekan» (1991), «Yolg‘onchi yor», «Erka kiyik» (1992), «Osmonimga olib ketaman»

Shoirning poetik janrlarida bitilgan asarlari qaysi?

⏩ «Osmonning oxiri», «Qora quyosh» dostonlari.

Mustaqillik yillarida bitilgan she’rlari qaysi?

⏩ «Vatanim», «Xalq bo‘l, elim», «Dunyo», «Inshoolloh», «O‘zbekmomo», «Iqror», «Tilak»

Shoirga 1998-yil qanday unvon berildi?

⏩ «O‘zbekiston xalq shoiri»

M. Yusuf qaysi she’rida Vatanni onaga, singilga qiyoslaydi?

⏩ «Vatanim» she’rida.

Shoir «Vatanim» she’rida qaysi ulug‘ zotlarni tilga olib o‘tgan?

⏩ Mashrab, Navoiy, Yassaviy, Temur Malik, Muqanna, Shiroq, Jaloliddin Manguberdi, Bobur.

«Kim Qashqarni qildi makon, Kim Enasoy tomonda» misralarida kimlar nazarda tutilgan?

⏩ Furqat va Usmon Nosir.

She’r necha band va har band oxirida Vatanga berilganidan sifat, ya’ni qofiyadosh bo‘lib keladigan so‘zlar qaysi?

⏩ 8 band; qofiyadosh so‘zlar: «ulug‘imsan», «ilig‘imsan», «qo‘rig‘imsan», «cho‘lig‘imsan», «urug‘imsan», «dudug‘imsan», «so‘lig‘imsan» .

«
Jaloliddin — Kurdistonda, 


Boburing — Hindistonda, 
Bu qanday yuz qarolik deb 
Yotarlar Zimistonda» 
Keyingi 2 misrada nima nazarda tutilgan?

⏩ «Bobur Xalqaro jamg‘armasi» ekspeditsiyasi olgan suratlarga ko‘ra, Afg‘oniston hududidagi Navoiy, Lutfiy kabi bobolarimizning qabrlari tashlandiq holda ekan.

“Sen …san, Xalqda tumor, Balxda dorga osilgan”. “Vatanim” she’ridan olingan misrada nuqtalar o’rnida qaysi so’z mavjud?

⏩ Mashrab

“ …san, shoh yonida Faqirni duo qilgan”. “Vatanim” she’ridan olingan misrada nuqtalar o’rnida qaysi so’z mavjud?

⏩ Navoiy


“ … san, meniki deb, Ko‘ringan da’vo qilgan”. “Vatanim” she’ridan olingan misrada nuqtalar o’rnida qaysi so’z mavjud?

⏩ Yassaviy

“Sen …san, Chingizlarga Darvozasin ochmagan, Temur Malik orqasidan Sirdaryoga sakragan”. “Vatanim” she’ridan olingan misrada nuqtalar o’rnida qaysi so’z mavjud?

⏩ Xo‘jand

“… san, qorachig‘i Olovlarga sachragan”. “Vatanim” she’ridan olingan misrada nuqtalar o’rnida qaysi so’z mavjud?

⏩ Muqanna

“Mehr qolur” she’rida badiiy asar qahramonlaridan kimlarning nomi tilga olingan?

⏩ Tohir, Zuhro

“Mehr qolur” she’rida insonlarda uchraydigan qaysi illat qoralangan?

⏩ G’iybat (Nima deysan, ey, g‘ayur inson? G‘iybatlaring qildi meni qon)

Tilimizdagi «nekbin tuyg‘ular» degan ibora qanday ma’no anglatadi?

⏩ Bu — toza, pok, samimiy tuyg‘ular deganidir.

“Yurtim, ado bo‘lmas armonlaring bor” she’rida “Aybin bilmay ketgan” deya qaysi vatandoshimiz tilga olingan?

⏩ Akmal Ikromov

“Yurtim, ado bo‘lmas armonlaring bor” she’rida “mardi maydonlaring bor” deganda kim nazarda tutiladi?

⏩ Fayzullo Xo’jayev

“Yurtim, ado bo‘lmas armonlaring bor” she’rida “Osmonlaringda ham diydoringga zor, Jayrondek termilgan” deganda kim nazarda tutiladi?

⏩ Cho‘lpon

Shoirning «Mehr qolur» she’ri necha band va unda qanday fikr ilgari surilgan?

⏩ 5 bandli, har bandi 4 qator. Bu she’rda hayotni, tiriklikni insonlar o‘rtasidagi mehr-muhabbat atalmish qudrat asrab qoladi, degan g‘oya bor.

«Yurtim, ado bo‘lmas armonlaring bor» she’ri necha band va she’rda yurtning qaysi asl farzandlari haqida so‘z boradi?

⏩ 6 bandli, har bandi 4 qator she’r. Unda sobiq sho‘ro davrida erk uchun kurashib jon bergan: Akmal Ikromov, Fayzulla Xo‘jayev, Cho‘lpon, Usmon Nosir, A. Qodiriy kabi jadidlar haqida so‘z boradi.

Shoirning qaysi she’rlarida A. Qodiriy asarlari tilga olinadi?

⏩ «Yurtim, ado bo‘lmas armonlaring bor» she’rida «Mehrobdan chayon» romani, «Vatanim» she’rida «O‘tkan kunlar» romani tilga olinadi.

«Biz baxtli bo‘lamiz» she’rida «Kipriklari uzun kokillaridan», — deya shoir o‘z sevgilisini ta’riflaydi. Xuddi shunga o‘xshash ta’rif yana qaysi shoir ijodida uchraydi?

⏩ Usmon Nosirning «Naxshon» dostonida «Kiprigi ko‘ksiga soya solgan qiz» degan ta’rif bor.

«Barcha farishtalar sening qalbingda, Ijarada turgan qizlar men uchun» kabi misralar qaysi she’rda uchraydi?

⏩ «Biz baxtli bo‘lamiz» she’rida.



Muhammad Fuzuliy (1498—1556)

Qaysi ijodkor turkiy she’riyatida Alisher Navoiydan keyingi eng mashhur qalam sohiblaridan biri hisoblanadi?

⏩ Ozarbayjon shoiri Muhammad Sulaymon o‘g‘li Fuzuliy.

Fuzuliy o‘zining qaysi asarida tabiiy ravishda Navoiyni ustoz yanglig‘ tilga oladi?

⏩ «Layli va Majnun» dostonida.

Fuzuliy «Layli va Majnun» dostonida Navoiyni kim deya ulug‘laydi?

⏩ «Manzuri shahanshohi Xuroson», ya’ni «Xurosondagi shohlar shohiga manzur bo‘lolgan shoir»

Fuzuliy qachon, qayerda dunyoga kelgan?

⏩ 1498-yili hozirgi Iroqning Karbalo shahrida ziyoli oilada.

Shoir qaysi urug‘dan?

⏩ Ozarbayjon xalqining bayot urug‘idan.

Fuzuliyning otasi qayerlik edi?

⏩ Asli Karbaloga Arash degan joydan ko‘chib kelib, qolib ketgan.

Fuzuliyning o‘g‘li — Fazliy bobo qayerda yashagan?

⏩ Bobo yurti bo‘lmish Arashga qaytib borib, qarindosh-urug‘lari yonida.

Fuzuliy qayerlarda hayot kechirgan?

⏩ Iroqning Bag‘dod, Hilla, Najaf degan shaharlarida.

Umrining oxirida-chi?

⏩ O‘zi tug‘ilib-o‘sgan Karbaloga ko‘chib kelgan. 1556-yili shu yerda vabo kasali bilan vafot etgan.

Fuzuliy qaysi tillarda devon tuzgan?

⏩ Turkiy, forsiy va arabiy tillarda.

Shoirning turkiy devonidan qaysi janrlardagi she’rlar o‘rin olgan?

⏩ 300 ga yaqin g‘azal, 75 ruboiy, 42 qit’a, 27 qasida, bir nechtadan tarje’band, tarkibband, murabba’ va muxammas.

Fuzuliy g‘azallarining asosiy mavzusi…?

⏩ Ishq. Ularda shaklan majoziy (insonga bo‘lgan) ishq tasvirlansa ham, zimdan haqiqiy (Yaratganga bo‘lgan) ishq ham ko‘zda tutilaveradi.

Fuzuliy devonlaridan tashqari, qanday risola va asarlar yozdi?

⏩ «Layli va Majnun» dostoni, 
«Matla ul-e’tiqod» («E’tiqodning boshlanish joyi») falsafiy risolasi,  
«Hadiqat us-suado» («Baxtiyorlar bog‘i»), 
«Suhbat ul-asmor» («Mevalar munozarasi») 
«Shikoyatnoma»,  
«Yetti jom» («Soqiynoma» ham deb yuritiladi),  
«Rind va zohid» («Mayparast va tarkidunyochi»), 
«Sihhat va maraz» (sog‘lik va bemorlik») kabi asarlar.

Qaysi institutda saqlanayotgan Fuzuliy «Kulliyot»i qo‘lyozmasining dunyoda yagona nusxasi eng muhim manba hisoblanadi?

⏩ Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Sharqshunoslik institutida

Fuzuliy «Kulliyot»i qo‘lyozmasining dunyoda yagona nusxasi nima uchun eng muhim manba hisoblanadi?

⏩ Chunki u, birinchidan, shoir vafotidan 34 yil keyin ko‘chirilgani uchun nihoyatda ishonchli, ikkinchidan, bu kitobga muallifning deyarli barcha asarlari jamlangan.

Fuzuliy g‘azallari qaysi xususiyati bilan ajralib turadi?

⏩ Tilining ravonligi, ifoda va tasvirning jozibadorligi, vazn, qofiya, radif va badiiy san’atlar qo‘llashda yuksak professional darajasi, uslubining o‘ynoqiligi, lirik qahramon ruhiyatida ko‘tarinki kayfiyat, otashinlik va shiddatkorlik borligi, falsafiy mushohada-mulohaza va hukm-xulosalarning yangiligi, ya’ni ohoriyligi va o‘ziga xosligi bilan

Abdulla Qodiriy qaysi asarlarida Fuzuliy bilan bog‘liq sahifa mavjud?

⏩ “O’tkan kunlar” romani bosh qahramoni Otabek eng qiyin vaziyatlarda Fuzuliyning «Devon»ini mutolaa qilib o‘tiradi. Bu yerda Abdulla Qodiriy, Fuzuliyni o‘qigan kishi ana shunday madaniyatli, ma’naviyatli, farosatli bo‘ladi, ham demoqchi.

Qaysi asardagi oddiy qorovul bo‘lgan Tohir aka Fuzuliyning: «Dahr bir bozordur — har kas mato’in arz edar», — degan misrasini keltiradi?

⏩ Abdulla Qodiriyning «Mehrobdan chayon» romanida

Qaysi ijodkor o’z she’rida “Fuzuliyni oldim qo‘limga, Majnun bo‘lib yig‘lab qichqirdi” deya misralar bitadi?

⏩ Hamid Olimjon

“Oshiqlar uxlaydi saharga tomon Fuzuliy devonin boshiga qo ‘yib. 


Mening shoirligim yolg‘ondir, ammo Fuzuliy she’riga oshiqligim — rost”,– deya Fuzuliy ijodiga yuksak hurmat ko’rsatadi?

⏩ Erkin Vohidov

Qaysi shoir «Bir lahza qo‘lidan qo‘yganmi o‘zbek, O‘zing ayt, Fuzuliy bitgan devonni», — kabi misralari orqali Fuzuliy asarlarini naqadar yuksak qadrlashini ifoda etgan?

⏩ Abdulla Oripov




Download 171,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish