Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinf adabiyot darsligi yuzasidan savollar


«Jaloliddin Manguberdi» tarixiy fojiasi



Download 171,14 Kb.
bet10/17
Sana18.01.2022
Hajmi171,14 Kb.
#384115
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
8-sinf

«Jaloliddin Manguberdi» tarixiy fojiasi

Sulton Muhammad Alovuddin Xorazmshoh kim?

⏩ Xorazm shohi.

Jaloliddin Manguberdi kim?

⏩ Xorazmshohning o‘g‘li.

Sultonbegim kim?

⏩ Xorazmshohning qizi, Jaloliddinning tug‘ishgan singlisi.

Amir Badriddin kim?

⏩ Samarqand hokimi, Sultonbegimning qaylig‘i.

Temur Malik kim?

⏩ Sardor. Xo‘jand hokimi.

Elbors pahlavon kim?

⏩ Cho‘pon.

Muhammad Nasaviy kim?

⏩ Tarixchi. Jaloliddinning kotibi.

«Ona» kim?

⏩ Jaloliddin va Sultonbegimning onasi.

Yaroqbek kim?

⏩ Badriddinning mulozimi.

Dramadagi voqealar qachon bo‘lib o‘tadi?

⏩ XIII asrning birinchi choragida

Uchinchi pardada kim boshiga tushgan ko’rguliklarni quyidagicha ta’riflaydi: «Boshim ko‘rgan baloni ko‘rsa edi bitta fil, Erib sichqon bo‘lurdi, o‘lmaganda... Tingla, bil!»?

⏩ Parishon sochli, devonasifat bir chol

Devonasifat bir chol mo‘g‘ul xoni Chingizxon boshiga solgan ko’rguliklarni kimga aytib zorlanadi?

⏩ Sultonbegimga

Chingizxonning xunrezliklari chol tilidan qanday hikoya qilinadi?

⏩ Ko‘z oldimda so‘yildi avlodlarim, xotinim, Yosh qizginam zo‘rlandi, men urildim betinim. O‘g‘lim halok etildi bog‘lanib ot dumiga, Bir qizim qaynatildi tashlanib xum suviga. Kichik o‘g‘lim ko‘mildi tiriklayin tuproqqa, Bundan keyin ne kerak umr menday ahmoqqa?

Sultonbegim choldan “Kattamidi aybingiz?”,– deb so’raganida chol qanday javob berdi?

⏩ Inson edim, vassalom.

Chol o’zining ruhiy holatini qanday izohlaydi?

⏩ Qo‘l – butog‘i kesilgan samarasiz bir to‘nka — Mana menman...

Cholning yashamog’i uchun yagona bir ma’no bor, u ham bo’lsa…?

⏩ Intiqom (ya’ni qasos)

Sultonbegim choldan “Bobo ayt, shu tepaning qanaqa bir nomi bor?”, — deb so’raganida chol qanday javob berdi?

⏩ Ko‘p g‘alati bir minor, kallalardan bu minor...! Shu qishloqda aholi to‘lamagan edi boj, Mo‘g‘ul kesib boshlarin, shunday topdi tez iloj.

Sultonbegim va uning mulozimini kimlar izma-iz poylab kelib yo’lda yo’qotadilar?

⏩ Yaroqbek to‘ra va uning orqasidan bir to‘da mo‘g‘ul izchilari

Sultonbegim va uning mulozimi nima uchun soy tomon ketishdi?

⏩ Jaloliddin o’rdasiga uni topish uchun

Sultonbegim va uning mulozimi nima uchun soy tomon ketishdi?

⏩ Jaloliddin o’rdasiga uni topish uchun

Qodog‘on no‘yon Yaroqbekka nimalarni tutqazadi?

⏩ Bir bo‘g‘cha va xanjar

Qodog‘on no‘yon Yaroqbekka nimalarni uqtiradi?

⏩ Bo‘g‘chani Jaloliddinga “Sultonbegimning tuhfasi deb berasan!”. Xanjarni ko’rsatib “Buni ulug‘ xoqonning jazosi deb urasan!

Yaroqbek nima uchun Jaloliddinni o’ldirmoqchi?

⏩ Otasining tabarruk xuni uchun qasos olmoqchi

Temur Malik o‘qidan bu ko‘zi ko’r bo’lib qolgan obraz qaysi?

⏩ Qodog‘on no‘yon

Qodog‘on no‘yon Yaroqbekka “Bilaman u otangning qotili”, – deganda kimni nazarda tutgan?

⏩ Temur Malikni

Qodog‘on no‘yon Yaroqbekka “Burgutlar boshlig‘iga xanjar ur” deganda kimni nazarda tutgan?

⏩ Jaloliddinni

«Xorazmshoh voz kechdi jangdan, janggohdan, Laqqa baliq qochganday yutqich timsohdan. Xarob bo‘ldi Buxoro, mahv o‘ldi Urganch, Pok tuproqni toptadi majusiy jirkanch”. Dramada ushbu so’zlar kimning tilidan aytilgan?

⏩ Nasaviy

Dramada kim Jaloliddinni o’ldirmoqchi bo’lgan Yaroqbekning orqasidan pichoq sanchadi?

⏩ Devonasifat chol

Yaroqbek Jaloliddinga “Sultonbegimning tuhfasi” deb nimani kiydiradi?

⏩ To’nni

Dramada “urganchlik g‘arib qiz, jajji kelin” deya kim ta’riflanadi?

⏩ Sultonbegim

Sultonbegim Jaloliddinga onasi bilan qayerga yashirinishganini aytadi?

⏩ Eronda

Sultonbegim Badriddin haqida qanday ma’lumot beradi?

⏩ Shoh ziyoratiga ketganligini aytadi

Sultonbegim Jaloliddinga qanday sovg’a keltirdi?

⏩ Uzuk

Sultonbegim Jaloliddinga nima maqsadda uzuk keltirdi?



⏩ “Nizo-yu janglarda har dam xaloskor, Kim buni barmoqqa bir taqsa agar o‘limlar, yaralar bo‘lur bexatar”

Uzuk aslida kimniki edi?

⏩ Samarqand shahrida ulug‘ alloma buni Badriddinga hadya qilgan edi

Sultonbegim nima uchun Badriddinga berilgan hadyani Jaloliddinga keltirdi?

⏩ “Badriddin jangda yurmasa uzuk ne kerak? Sarkarda og‘amga berur deb ko‘mak – Bir omad keldi-yu, qo‘lga tushirdim, Esdalik qatori sizga keltirdim”

Kim uzukni olib davotdagi siyohni uning ko‘ziga surkaydi va so‘ngra ipak qog‘ozga bosib, Jaloliddinga ko ‘rsatadi?

⏩ Nasaviy

Uzukdagi so’zlardan («Podsho Badriddin shohi barru bahr, Sultoni Samarqand, Movarounnahr») Jaloliddin nimani bilib oldi?

⏩ Badriddin Chingiz bilan til biriktirgan, Chingiz Badriddinga podshohlikni olib bermoqchi

“Senga nishon bosmish sevgi, deydilar, Seni ishq qasridan belgi, deydilar. 


Lekin voqif bo‘lgach maxfiy muhringdan, Voz kechdim husningdan, ishq-u mehringdan, Voz kechdim u nokas sohibingdan ham”. Sultonbegim tilidan aytilgan ushbu jumlalar kimga yoki nimaga qaratilgan?

⏩ Uzuk va uning sohibi Badriddinga

Elbors Jaloliddinga qanday xabar keltirdi?

⏩ Temur Malik mo‘g‘ullarni quvib Banokent qal’asini qo’lga kiritganini

Ayni paytda Temur Malik qayerda?

⏩ Amir Badriddin bilan kengashib, hozir hamma lashkari bilan katta o‘rmonda pistirmada tayyor turibdi

Jaloliddin kim haqida: «Ko‘p ulug‘ sardor Va lekin dil sodda, hiylada nochor” deya ta’rif beradi?

⏩ Temur Malik

Jaloliddin mulozimga qanday buyruq beradi?

⏩ Borib ayt, qo‘shinning so‘l qanotiga — o‘rmondan chiqsinlar, soyga o‘tsinlar, Badriddin xoinni darhol tutsinlar! U, Temur Malikka bir hiyla qurgan, Yomon bir niyatda u yerda yurgan.

Jaloliddin Elbors pahlavonga qanday topshiriq berdi?

⏩ Jarning bo‘yida to’dasi bilan pinhon berkinib turishini

Jaloliddin ikkinchi mulozimga qanday topshiriq beradi?

⏩ “Otlanib jo‘nagin, chiqqin sen toqqa, Qo‘shin tog‘dan tushsin orqa qishloqqa”

Jaloliddin qanday hujumni rejalashtirdi?

⏩ Kun botmasdan mo’g’ullarga hujum qilishni

Jaloliddin Nasaviyga nimani ta’yinlaydi?

⏩ “Sultonbegim hozir serqayg‘u, Chodirida tinch uxlasin u. So‘rab qolsa meni basharti, Tag‘in oshib ketmasin dardi Ot solaman bostirib yovga, Unga, meni chiqdi de, ovga!”

Chopar Jaloliddinga qanday yomon xabar keltirdi?

⏩ Temur Malik bo’lmishdir asir!

Jaloliddinning “A, Badriddin, amir Badriddin?! Qani, qo‘lga tushdimi xoin?!” – degan savoliga chopar qanday javob berdi?

⏩ Darvozani Badriddin ochgan, Sardor asir tushgach, u qochgan.

“Kim deydi Jalolning yo‘qdir inisi?.. Tuhmatdur bu... Mana botir er”. Jaloliddin bu so’zlarni kimga nisbatan ishlatgan?

⏩ Jangovar kiyinib og’asining yonida jang qilishni xohlagan singlisi Sultonbegimga

Jaloliddin “Tiriklikda eng shirin holat” deganda nimani nazarda tutgan?

⏩ Yov(dushman)ning qochishin ko‘rmoqlikni

Beshinchi parda birinchi ko‘rinishda Jaloliddin tushida kimni ko’rib yig’laydi?

⏩ Temur Malikni

Jaloliddinning tushida Temur Malik qanday ko’rinishda namoyon bo’ladi?

⏩ Chaman... Urganchda... Amudaryoda — Arg‘uvoniy kosada xushbo‘y bir bodani Jaloliddinga tutarkan, kulib der: «Ko‘p sog‘indim, shahzoda, sendan ayrilib!»

Onasining kelayotgani xabarini Jaloliddinga kim yetkazdi?

⏩ Sultonbegim

Jaloliddin nimadan ozorlandi?

⏩ Amirlari qochib ketdi, tog‘ yo‘lidan mo‘g‘ullar bostirib kelmoqda, 


Onasini shu holda kutarmi o‘g‘il?

Bu paytga qadar Jaloliddin mo’g’ullar bilan necha marta jang qildi?

⏩ Olti marta

Kulfatli bir lahzada tashrif buyurgan onasi haqida Jaloliddin nimalarni o‘yladi?

⏩ “Onamni qutqazaymi daryodan o‘tib, Yoxud yana urishay saflarni tutib?! 
Yaxshi o‘g‘il yaxshimi, yo yaxshi sardor? Yaxshi o‘g‘il maydonda turgay ustuvor!

Jangni kuzatib turgan Sultonbegim Jaloliddinni nimadan ogohlantirish uchun uning yoniga ketadi?

⏩ So‘l yoqdan afg‘onlar qochib, dushman yoqqa o‘tib ketayotganlarini

Sultonbegim jangda dushman bag‘oyat ko‘pligi, musulmonlarning ozligini nimaga qiyoslaydi?

⏩ Ming kalxatga ne qilur bitta shunqorboz?

Ona “Ikki lochin yetkazib bo‘ldim nomdor” deya faxrlanganda kimlarni nazarda tutgan?

⏩ O‘g‘li va qizi: Jaloliddin va Sultonbegimni

Onasi o‘limidan oldin Jaloliddinga nimani qoldiradi?‘

⏩ Tomiridan olingan sof xundan tayyorlangan bir shishada ma’jun berib, aytadiki: «Och qolsa Jaloliddin, ichsin ma’jundan, Toqatsizlik va ochlik daf bo‘lur undan».

Onasi qanday halok bo’ladi?

⏩ O‘zini suvga tashlaydi

Kim “Mo‘g‘ullarga bir oqsoch bo‘lishdan ko‘ra, Baliqlarga yem bo‘lsam — afzal ming karra” deydi?

⏩ Jaloliddinning onasi

Jangda yaralangan Nasaviy daftariga so’nggi bor qaysi ma’lumotlarni yozib qoldirdi?

⏩ Yettinchi jang hali tugamaganini

Chekinish uchun daryodan o’tish uchun qayiq topa olmagan Jaloliddin qanday yo’l tutadi?

⏩ Darhol, chopog‘on tulporlarni egarlashni buyuradi

Mulozim nima uchun Jaloliddinning buyrug’iga e’titoz bildiradi?

⏩ Jangda otlarning ayillari egarlardan uzilgani, daryoning suvi toshqin bo’lib, sellar quturganini aytadi

Kim o‘n besh otga bemalol ayil chiqadi, deya xanjari bilan o‘z kokillarini kesib beradi?

⏩ Sultonbegim

Uzoqdan kim chalgan nay ovozi eshitiladi?

⏩ Elborsning

«Jaloliddin Manguberdi» tragediyasi o’zbek adabiyotida qanday o’rin tutadi?

⏩ O‘zbek dramaturgiyasining yetuk namunasi hisoblanadi.

Jaloliddin Manguberdining to‘liq ismi nima?

⏩ Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad bo‘lib, Xorazmshohlarning so‘nggi hukmdori

Mo‘g‘ul istilochilari bostirib kelgach Jaloliddinning otasi Muhammadshoh qanday yo’l tutadi?

⏩ Mo‘g‘ul istilochilarining haybatidan cho‘chigan otasi dushmanga qarshi kurashish o‘rniga, go‘yo mamlakat xalqi hayotini saqlab qolish bahonasida Samarqandni tashlab orqaga chekinadi. Kaspiy dengizi bo‘yidagi Obeskun shahriga yo‘l oladi, u yerdan panoh topadi.

O‘g‘li Jaloliddin qanday yo’l tutadi?

⏩ Yosh sarkarda kuchli mo‘g‘ul qo‘shiniga qarshi bir o‘zi kurashga otlanadi.

Qaysi buyuk tarixchilarning asarlarida Jaloliddin Manguberdi hayoti va faoliyatini mufassal yozib qoldirganlar?

⏩ Shahobiddin Muhammad al-Nasaviyning «Tarixi Jaloliya», Mirxondning «Ravzat us-safo»

Mamlakatimizda Jaloliddin Manguberdi tavalludining necha yilligi keng nishonlandi?

⏩ 800 yilligi

Qayerda Jaloliddin Manguberdiga haykal o‘rnatildi, yirik ko‘cha, maydonlar, maktab va muassasalarga uning nomi qo‘yildi?

⏩ Yurti Xorazmda

Qachon oliy darajadagi harbiy mukofot «Jaloliddin Manguberdi» ordeni ta’sis etildi?

⏩ 2000-yilda

Maqsud Shayxzoda «Jaloliddin Manguberdi» tragediyasini qachon yaratdi?

⏩ 1944-yilda, ikkinchi jahon urushining qizg‘in bir davrida

«Jaloliddin Manguberdi» tragediyasi qachon va qayerda sahnalashtirildi?

⏩ 1945-yilning yanvarida Hamza nomidagi O‘zbek davlat akademik drama teatri (Hozirgi O’zbek Milliy akademik drama teatri)da

Qaysi ijodkorlar: «Ko‘pdan buyon uzun umrli, badiiy salmoqdor sahna asarlarini orzu qilar edik. «Jaloliddin» bu orzumizga javob berishga qodir», — deya e’tirof etganlar?

⏩ Oybek va G‘afur G‘ulom

Jaloliddinning nurli qiyofasini qaysi taniqli haykaltarosh tiklagan yodgorlikda va qaysi iste’dodli rassom chizgan «Jaloliddin Manguberdi» portretida ko‘ramiz?

⏩ Haykaltarosh I. Jabborov va iste’dodli rassom T. Quryozov
nazariy ma'lumot. Tragediya (Fojia)

Tragediya adabiyotning qaysi turiga mansub?

⏩ Dramatik tur janrlaridan biri.

Tragediya so‘zining lug‘aviy ma’nosi nima?

⏩ Yunoncha tragos — echki, ode — qo‘shiq; echki qo‘shig‘i.

Tragoslar kimlar?

⏩ Qadim yunonlarda hosil xudosi Dionis sharafiga o‘tkazilgan bayramlarda qatnashuvchi qiziqchilar.

Tragediyaning boshqa sahna asarlaridan farqi nimada?

⏩ Tragediya qahramonlar o‘rtasidagi kuchli ziddiyatlar asosiga quriladi, qahramonlar taqdiri fojia bilan yakun topadi, ular o‘rtasidagi konflikt (ziddiyat) shiddatli va keskin tus oladi. Fojiiy asar qahramonlar xarakterining yorqinligi, ichki kolliziya kuchliligi bilan farqlanadi.

Kolliziya nima?

⏩ Qarama-qarshilik, to‘qnashuv.

So‘nggida asar qahramonining o‘limi bilan yakun topadigan sahna tomoshasida dramaturg ko‘zda tutgan ezgu g‘oya nimadan iborat?

⏩ Ezgulikning tantanasi, kelejakka katta ishonch bilan yo‘g‘rilgan ijtimoiy ruhning tantanasi, qahramon halokati yovuz kuchlarning ham ma’naviy o‘limi bilan tugashi — bu dramaturg ko‘zda tutgan asosiy maqsaddir.

Tragediya janrida uyg‘onish va undan keyingi davrda qaysi ispan dramaturglari ijod qildi?

⏩ Lope de Vega, Kalderon.

Yevropada yana qaysi ijodkorlar tragediyada samarali ijod qildi?

⏩ V. Shekspir (ingliz), Gyote, Shiller (nemis), A. S. Pushkin (rus).

Qaysi tragediyalar bugungi kunda jahon teatrlari sahnalarida qayta-qayta o‘ynalmoqda?

⏩ «Otello», «Gamlet», «Romeo va Julyetta», «Boris Godunov»

O‘zbek adabiyotida tragediyaning go‘zal namunalarini kimlar yaratgan?

⏩ M. Behbudiy — «Padarkush» (1911), A. Fitrat «Abulfayzxon» (1926), M. Shayxzoda «Jaloliddin Manguberdi» (1944), «Mirzo Ulug‘bek» (1961).

Usmon Nosir (1912—1944)

Usmon Nosir qachon, qayerda tug’ilgan?

⏩ 1912-yilning 13-noyabrida Namangan shahrining «Chuqur ko‘cha» dahasida

Usmon Nosirning dunyoga kelishi oilasi uchun qanday ahamiyatga ega bo’ldi?

⏩ U tug‘ilganida hech kim sevinmadi ham, hech kim xafa ham bo‘lgani yo‘q.

Usmon Nosirning otasi haqida nima bilasiz?

⏩ To‘shakda yotgan bemor ota bola go‘dakligidayoq bu olamdan ko‘z yumdi...

Otalik mehrini to‘rt yashar Usmon qaysi xonadonidan topdi?

⏩ Masodiq o‘g‘li Nosirhoji xonadonidan

Ikkinchi ota oilasini qayerga ko‘chirib olib keldi?

⏩ Qo‘qon shahriga

Usmon Nosir qayerda o‘qib tarbiyalandi?

⏩ Internatda

Usmon Nosir qachon shoir bo‘lib tanildi?

⏩ O‘rta maktabda va Samarqanddagi O‘zbekiston dorilfununida o‘qib yurgan yillaridanoq

Usmon Nosir qachon asarlarini kitobxonlar intiqlik bilan kutadigan shoirga aylandi?

⏩ O‘ttizinchi yillarda

«Geyne bilan o‘rtoq tutindim, Lermontovdan ko‘mak o‘tindim»deya jahon poeziyasini ijodiy talqin etgan ijokor kim?

⏩ Usmon Nosir.

Usmon Nosir necha yil ijod qildi?

⏩ Qisqa 6-7 yil: 18 yoshidan to 24 yoshigacha bo‘lgan davrda.

Nechta sheriy to‘plami bor?

⏩ 5 ta: «Quyosh bilan suhbat», «Safarbar satrlar», «Traktorobod», «Yurak», «Mehrim»

Nechta doston yozgan?

⏩ «Norbo‘ta», «Naxshon»

Dramalari qaysilar?

⏩ «Atlas», «Zafar», «So‘nggi kun», «Dushman»

Badiiy tarjima sohasida qanday ishlarni amalga oshirdi?

⏩ N. A. Dobrolyubovning «Haqiqiy kun qachon keladi?» asarini, V. I. Kirshonning «Ulug‘ kun» dramasini, A. S. Pushkinning «Bog‘chasaroy fontani», M. Yu. Lermontovning «Iblis» nomli dostonlarini, Geyne, Gyote, Bayron ijodidan ko‘pgina namunalarni tarjima qildi.

U. Nosirning qaysi she’rida uning she’riyat va hayotga oshiqligi namoyon bo‘ladi?


«Yana she’rimga» she’rida: 
«She’rim! Yana o‘zing yaxshisan, 
Boqqa kirsang, gullar sharmanda. 
Bir men emas, hayot shaxsisan, 
Jonim kabi yashaysan manda»

Shoirning qaysi yillardagi ijodida publitsistika, publitsistik pafos va ritorika ko‘proq ko‘zga tashlanadi?

⏩ 1927-yildan 1932-yilgacha bo‘lgan ijodida.

«Sen yuragimning chashma suvisan, 


Sen ko‘zlarimning gavhar nurlari. 
Sening bahongni kim so‘rasa, de: 
«Bahom — umrning bahosiga teng» misralarida gap nima to‘g‘risida ketyapti va bu misralar qaysi she’rdan olingan?

⏩ «She’rim» she’ri, gap ijod, sheriyat haqida.

Shoir qaysi yosh ijodkorlarga murabbiylik qildi?

⏩ Amin Umariy, Nasrulla Davron, Ibrohim Nazir, O‘tkir Rashid.

Uni o‘zimizda «O‘zbekning Lermontovi», Moskva gazetalarida «Sharqda Pushkin paydo bo‘ldi» deb yozishdi. Usmon Nosir haqida aytilgan bu fikrlar kimga tegishli?

⏩ Turob To‘laga.

Shoirning «Yurak» she’rida aytilishicha, yurakka faqat bir o‘rinda buyruq bermoq mumkin. Qachon?

⏩ Vatan rozi emas bo‘lsa…

Agar Vatan rozi bo‘lmasa…?

⏩ Yoril, chaqmoqqa aylan sen, yoril! Mayli, tamom o‘lsam!.. deydi shoir Yurakka.




Download 171,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish