NAVOIY FARDLARI
Arabcha «fard» so‘zi eski o‘zbek tilida qanday ma’nolar anglatadi?
⏩ «Yakka», «tanho», «yolg‘iz», «boshi ochiq», «sheriksiz», «yagona», «benazir», «bir kishi», «ajralib turadigan»
Adabiyotshunoslikda «fard» qanday janr?
⏩ Eski o’zbek tilida fard g‘azalning alohida ajralib turadigan, eng ta’sirchan bir bayti, ya’ni «shohbayt» ma’nosida ham ishlatilgan bo‘lsa-da, hozir bu so‘z o‘zbek mumtoz she’riyatidagi faqat bir baytdangina iborat alohida, mustaqil lirik janrdir
Alisher Navoiy mustaqil asar sifatida bitilgan barcha fardlarini bir yerga jamlab, qaysi devoniga kiritgan?
⏩ «Favoyid ul-kibar»
«Favoyid ul-kibar» devonida nechta fard bor?
⏩ Sakson olti (86)ta.
Nima uchun Navoiyning aksar fardlari xalq maqoli yoki hikmatli so‘z (aforizm) kabi jaranglaydi, kuchli ta’sirchanlikka ega bo‘ladi, o‘quvchilar tarafidan tez yod olinadi?
⏩ Chunki fardlarda Navoiy fikr-mulohazasi, ko‘rgan-kechirganidan chiqargan xulosasining mag‘zini aytib qo‘ya qoladi.
Navoiy fardlarida qanday xususiyat ustunlik qiladi?
⏩ Pand-nasihat xususiyati
Fardlar qanday qofiyalanadi?
⏩ Xuddi g‘azalning matlasi kabi, a-a tarzida juft qofiyaga ega bo‘lishi ham, xuddi g‘azalning qolgan baytlari kabi, ikki misra o‘zaro qofiyalanmagan shaklda kelishi ham mumkin.
Navoiyning: «Belu og‘zidin, — dedilarkim, — degil afsonae», Boshladim filholkim: «Bir bor edi, bir yo‘q edi...» fardi qanday qofiyalangan?
⏩ Ikki misra o‘zaro qofiyalanmagan
Navoiyning «Yuqar yamonlig’ angakim, kirar yamon el aro...» fardida qaysi maqol mag‘zidagi fikr boshqacharoq tarzda ifodalangan?
⏩ «Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqadi»
Navoiyning «Yuqar yamonlig’ angakim, kirar yamon el aro...» fardi ma’nosini izohlang.
⏩ 1-misra: «Yomon odamlar davrasiga kirgan kishiga (ulardan) yomonlik yuqadi».
2-misra: ana shu fikrga hayotiy dalil-isbot yanglig’ jaranglaydi: «(Axir), ko‘mirga qo‘l tekkizgan (kishi) qo‘lini qora qiladi(-da)».
«Ulki, sanga eldin erur aybgo‘, Elga dog‘i sendin o‘lur aybjo‘» fardidagi «dog‘i», «aybgo‘», «aybjo‘» so’zlarining ma’nosini izohlang.
⏩ «Dog‘i» — «tag‘in», «yana», «ham»; «aybgo‘» — «ayb aytuvchi»; «aybjo‘» — «ayb qidiruvchi», «ayb topuvchi»
«Ulki, sanga eldin erur aybgo‘, Elga dog‘i sendin o‘lur aybjo‘» fardidagi asosiy mazmunni izohlang.
⏩ «Kimki senga odamlaming aybini aytsa, (esingdan chiqarmaginki), u sendan ayb topib, boshqalarga ham aytadi», — deydi shoir.
«Men — sinuq, ko‘nglum — sinuq, sabrim uyi xud — yerga past, Bilmagay holim shikastin ko‘rmagan muncha shikast» fardida nechta so’z qo’llangan?
⏩ Fardda asli arab tilidan olingan ikkita («sabr» va «hol») va fors-tojik zabonidan kirib kelgan uchta («xud», «past» va «shikast») so‘z qo‘llangan. Qolgan kalimalarning hammasi — sof turkiy.
Fardda qaysi so’z hozirgi «ham» ma’nosini ifodalab kelgan?
⏩ «Xud» so’zi
«Men — sinuq, ko‘nglum — sinuq, sabrim uyi xud — yerga past, Bilmagay holim shikastin ko‘rmagan muncha shikast» fardida qaysi so’z hozirgi «siniq» yoki «buzuq» so‘zining forscha-tojikcha ifodasi?
⏩ «Shikast» so’zi
Fardda qaysi so’z ko‘proq «zarar yetkazmoq» ma’nosida qo‘llanadi?
⏩ «Shikast» so’zi
Fardda ifodalangan fikrni bayon qiling.
⏩ «Men — siniq, ko‘nglim — siniq, sabrim uyi ham — yerga past bo‘lgan (ya’ni buzilgan), buncha shikast ko‘rmagan (kishi) holim shikast(zabunlig)ini bilmaydi (tasavvur qilolmaydi)».
Qaysi fardda bevosita Navoiyning hasbi holi ifodalangan?
⏩ «Men — sinuq, ko‘nglum — sinuq, sabrim uyi xud — yerga past, Bilmagay holim shikastin ko‘rmagan muncha shikast» fardida
Nodira (1792—1842)
Nechanchi asrda yashab, ijod etgan?
⏩ XIX asrning 1-yarmi.
Asl ismi va taxalluslari nima?
⏩ Ismi — Mohlaroyim, taxalluslari — Komila, Maknuna.
Forsiy asarlarini qaysi taxallus bilan yozgan va ma’nosi nima?
⏩ Maknuna (Maknuna — yashirin degani).
Qayerda, qanday oilada dunyoga kelgan?
⏩ Andijonda. Andijon hokimi Rahmonqul otaliqning qizi.
Qaysi misralarda Nodira o‘zini va ajdodlarini A. Temur xonadoniga mansub deb ta’riflaydi?
⏩ «Siyodat xonadoni, shohi Bobur nasli poki men Xudoyo, rahmat ayla barcha ajdodi izomimni»
Onasi kim?
⏩ Oyshabegim.
Rahmonqul otaliq Qo‘qon xoni Olimxonga kim?
⏩ Tog‘asi edi.
Nodira qachon Umarxonga turmushga chiqdi?
⏩ 1807-yili.
Nodira necha yoshida Umarxon (Amiriy) dan ayrildi?
⏩ 30 yoshida.
Nodiraning «Eshit» radifli g‘azalida ma’shuq kim?
⏩ Amir Umarxon va Yaratgan (Alloh).
Nodiraning qaysi g‘azallari tasavvufiy ma’no kasb etib, ham majoziy ham ilohiy ishq jihatidan talqin etish zarur?
⏩ «Jilva ko‘rsatdi, shu ul sarvi diloro bog‘aro», «Fig‘onkim gardishi davron ayirdi shohsuvorimdin», «Kel, sanga, ey shahijahon, mamlakati jahon fido «, «Na gul sayr ayla, na fikri bahor et»
Qachon va kim tomonidan Nodira va uning o‘g‘il va nevaralari qatl etildi?
⏩ 1842-yili Buxoro amiri Nasrulloxon tomonidan.
Nechta devoni qoldi?
⏩ 2 ta.
Turkiy devonida nechta g‘azal bor?
⏩ 189 ta.
Forsiy devoni qanday nomlanadi?
⏩ «Devoni Maknuna»
Qaysi ijodkor Nodira asarlariga nazira bitgan?
⏩ Furqat.
Do'stlaringiz bilan baham: |