«KERAKMAZMI SANGA»
«Kerakmazmi sanga» radifli g‘azali necha baytdan iborat?
⏩ Yetti baytli
«Kerakmazmi sanga» radifli g‘azali qanday mavzuda bitilgan?
⏩ Ishqiy mavzuda
«Kerakmazmi sanga» radifli g‘azali qaysi vaznda bitilgan?
⏩ Vazni — ramali musammani mahzuf (yoki maqsur). Taqtesi: – V– – / – V – – / – V – – / – V – (yoki – V ~).
«Kerakmazmi sanga» radifli g‘azalidagi qofiyadosh so’zlar va radif qaysilar?
⏩ Qofiyalari — joning – uryoning – xandoning – parishoning – paykoning – raxshoning – iymoning – giryoning; radifi — kerakmazmi sanga
«Kerakmazmi sanga» radifli g‘azalida lirik qahramon qaysi vositadan ustalik bilan foydalanadi?
⏩ Undalmalardan. Izchil ravishda har baytda bittadan undalma qo‘llangan. Matlada bevosita «ko‘ngul»ga murojaat etiladi. 2-baytda «bog‘bon», 3-baytda «ey pari», 4-baytda «ey kamonabro‘», 5-baytda «osmon», 6-baytda «so‘fiy», maqtada «ey Fuzuliy»
«Kerakmazmi sanga» radifli g‘azalida undalmalar kimga qaratilgan?
⏩ Matlada «ko‘ngul»ga murojaat bo‘lsa-da, bayt mazmunida ham ma’shuqa turibdi, Keyingi baytlardagi «bog‘bon», «ey pari», «ey kamonabro‘» undalmalari bevosita, «osmon» esa bilvosita ma’shuqani bildirib kelgan. Faqat matla bilan maqtadagi murojaatlarni shoirning o‘ziga o‘zi da’vat etishi deb tushunish kerak.
“G‘amzasin sevding, ko‘ngul, joning kerakmazmi sanga?
Tig‘a urdung, jismi uryoning kerakmazmi sanga?” Ushbu baytning mazmunini izohlang.
⏩ Ey ko‘ngil, (sen yorning) nozli qarashini sevding, senga joning kerak emasmi?
(O‘zingni) tig‘ga urding, senga yalong‘och jisming kerak emasmi? (matla)
“Otashin ohim-la aylarsan manga taklifi bog‘,
Bog‘bon, gulbargi xandoning kerakmazmi sanga?” Ushbu baytning mazmunini izohlang.
⏩ Olovdek yonib turgan ohim bilan meni bog‘ (sayriga) taklif qilasan,
Ey bog‘bon, senga kulib turgan gul barglaring kerak emasmi? (2-bayt);
“Yela verma dog‘idub haryon, ayoqlardan ketur,
Ey pari, zulfi parishoning kerakmazmi sanga?” Ushbu baytning mazmunini izohlang.
⏩ Har yon silkitib, yelga berma, qadahlardan keltir,
Ey pari, senga yoyilgan sochlaring kerak emasmi? (3-bayt);
“Ey kamonabro‘, raqiba verma g‘amzangdan nasib,
O‘q otarsan tosha, paykoning kerakmazmi sanga?” Ushbu baytning mazmunini izohlang.
⏩ Ey qoshlari kamondek egik, raqibga nozli qarama,
Toshga o‘q otyapsan, senga o‘qlaring (kipriklaring) kerak emasmi? (4-bayt);
“Yondirib jonim, jahonso‘z etma barqi ohimi,
Osmon, xurshidi raxshoning kerakmazmi sanga?” Ushbu baytning mazmunini izohlang.
⏩ Jonimni yondirib, ohim chaqmog‘idan jahonga o‘t qo ‘yma,
Ey osmon, senga porloq Quyoshing (yuzing) kerak emasmi? (5-bayt);
“Kufri zulfindan mani man’ aylamak loyiqmudur,
So‘fiy, insof ayla, iymoning kerakmazmi sanga?” Ushbu baytning mazmunini izohlang.
⏩ Kofirlik sochi(ga qarash)dan meni man’ etmoq loyiq edimi,
Ey so‘fiy, insof qil, senga iymoning kerak emasmi? (6-bayt);
“Tutalimkim, ashk selobina yo‘qdur e’tibor,
Ey Fuzuliy, chashmi giryoning kerakmazmi sanga?” Ushbu baytning mazmunini izohlang.
⏩ Ko‘zyoshlar seliga e’tibor yo ‘q, deb ham hisoblayin,
Ey Fuzuliy, senga yig‘layotgan ko‘zlaring kerak emasmi? (maqta).
Rabindranath Thokur (1861—1941)
Thokur kim?
⏩ Hindistonlik buyuk shoir, yozuvchi, bastakor va tarbiyashunos, taniqli jamoat arbobi, xalqaro Nobel mukofotining laureati.
Otasi qanday odam edi?
⏩ Baland martabali, yuksak saviyali kishi edi.
Oilada nechanchi farzand edi?
⏩ 14 farzandning kenjasi.
Necha yoshidan she’r yoza boshlagan?
⏩ 8 yoshida.
Qayerlarda tahsil olgan?
⏩ Xususiy maktablarda, Kalkuttadagi seminariya, Bengaliya akademiyasida, 1878—1880-yillarda London Universitetining kollejida.
Ilk she’riy to‘plami qachon e’lon qilingan?
⏩ «Oqshom qo‘shiqlari» (1882-yil).
Pok insoniy muhabbat ulug‘langan romanlari qaysi?
⏩ «Tonggi qo‘shiqlar», «Suratlar va qo‘shiqlar»
Mustamlakachilik zulmi va ijtimoiy adolatsizlik qoralangan romanlar qaysi?
⏩ «Bibha sohili», «Donishmand Roja»
Adib qaysi tilda ijod qilgan?
⏩ Bengal tilida.
Hind xalqining ingliz istilochilariga qarshi kurashi adibning qaysi asarlarida o‘z ifodasini topgan?
⏩ «Chitra», «Lahza» she’riy to‘plamlari, «Roja va Rani», «Qurbonlik», «Chitrangoda», «Malini» falsafiy dramalari, o‘zbek tiliga tarjima qilingan «Hisob-kitob», «Jazo», «Nur va soyalar» hikoyalarida.
1912-yilda ingliz tiliga tarjima qilgan she’riy to‘plami qanday nomlanadi?
⏩ «Gitanjali»
«Gitanjali» asari uchun qaysi mukofotga sazovor bo‘ldi?
⏩ Xalqaro Nobel mukofotiga.
Mukofot pulini nimalarga sarflaydi?
⏩ Hindiston bolalariga bepul maktab ochadi. Bu maktabni Birinchi jahon urushidan keyin bepul o‘qitiladigan universitetga aylantiradi.
Shoir yozgan qaysi qo‘shiqlar milliy madhiyaga aylandi?
⏩ 1911-yilda yozgan «Xalq qalbi» nomli qo‘shig‘i Hindiston Respublikasining milliy madhiyasiga, 1913-yilda yaratilgan «Mening oltin Bengaliyam» qo‘shig‘i Bangladesh Xalq Respublikasining madhiyasiga aylandi.
Adibning o‘zbek tilida nashr etilgan kitoblari qaysi?
⏩ 8 jildlik tanlangan asarlar to‘plami, «Nur va soyalar» (1957), «Ko‘zga tushgan cho‘p» (1973) nomli kitoblari.
Hamza nomidagi akademik teatr (hozirgi Milliy teatr) da uning qaysi asari sahnalashtirilgan?
⏩ «Pochta» pyesasi va «Halokat» romani asosida tayyorlangan «Gang daryosining qizi» dramasi yaratildi.
Xuddi shu nomdagi badiiy film qachon yaratildi?
⏩ 1961-yilda («O‘zbekfilm» studiyasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |