NAVOIY RUBOIYLARI
Ruboiy qanday janr?
⏩ O‘zbek mumtoz she’riyatining lirik janrlaridan biri, to‘rt satrli kichik lirik janr
«Ruboiy» so‘zining lug’aviy ma’nosi nima?
⏩ Arabchadan olingan so’z bo’lib, «to‘rttadan», «to‘rtlik» degan ma’nolarini bildiradi.
Ruboiy dastlab qaysi she’riyatda vujudga kelgan?
⏩ Forsiy (Rudakiy, Shahid Balxiy) va turkiy (Lutfiy) she’riyatda
Ruboiyning qofiyalanishi qanday?
⏩ a-a-a-a yoki a-a-b-a tarzida
Ruboiy qanday mavzuda yaratiladi?
⏩ Falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, ishqiy va axloqiy mavzularda
Ruboiy aruzning qaysi vaznida bitiladi?
⏩ Faqat aruzda mavjud hazaj bahrining axram va axrab shajaralaridagi jami 24 vazndagina bitiladi
O‘zbek adabiyotida eng ko‘p ruboiy yozgan shoir kim?
⏩ Navoiy
Navoiyning o‘zbekcha ruboiylari «Xazoyin ul-maoniy»ning qaysi devoniga kiritilgan?
⏩ Birinchi devoni — «G‘aroyib us-sig‘ar»ga
«G‘aroyib us-sig‘ar»dagi ruboiylar soni qancha?
⏩ 133 ta.
«Xazoyin ul-maoniy»ga yozilgan nasriy «Debocha» tarkibida nechta ruboiy keltiriladi?
⏩ 30 ta ruboiy
Navoiy kimning asarini she’rga solib tarjima qiladi?
⏩ Muhammad payg‘ambar alayhissalomning kuyovlari — hazrati Alining hikmatli so‘zlari jamlangan, «Nasr ul-laoliy» («Marvarid hikmatlar») asarini
«Nasr ul-laoliy» («Marvarid hikmatlar») asarining o’zbek tilidagi tarjimasi qanday nomlanadi?
⏩ «Nazm ul-javohir»
«Nazm ul-javohir» to‘plamida nechta she’r bor va u qaysi janrda?
⏩ 270 ta to‘rt satrli she’rning hammasi ham janr jihatidan ruboiy hisoblanadi.
Navoiy o‘zbek tilida nechta ruboiy bitdi?
⏩ 500 ga yaqin
Navoiyning forsiy devoni — «Devoni Foniy»da nechta ruboiy mavjud?
⏩ 100 ga yaqin
«Gardun gah manga jafo-u dunluq qildi...» ruboiysi Navoiyning qaysi asarida uchraydi?
⏩ «Mahbub ul-qulub»
«Gardun gah manga jafo-u dunluq qildi...» ruboiysi qanday ruboiy sirasiga kiradi?
⏩ Unda to‘rtala misra ham o‘zaro qofiyalangan («dunluq» — «zabunluq» — «rahnamunluq» — «buqalamunluq»). Shuning uchun she’r bu janrning taronayi ruboiy turiga kiradi.
«Gardun gah manga jafo-u dunluq qildi...» ruboiysida radif qaysi so’z?
⏩ «Qildi» so‘zi
«Gardun gah manga jafo-u dunluq qildi...» ruboiysida qanday xususiyat mavjud?
⏩ Hasbi hol. Ya’ni unda muallifning taijimayi holi bilan bog‘liq vaziyat aks ettirilgan.
«Gardun gah manga jafo-u dunluq qildi...» ruboiysida «gardun» deganda qanday ma’no ko‘zda tutilgan?
⏩ «Taqdir»
«Gardun gah manga jafo-u dunluq qildi...» ruboiysida nima haqida so’z boradi?
⏩ Taqdir esa unga ba’zan jafo-yu pastliklar qilgan («Gardun gah manga jafo-u dunluq qildi»). Xuddi baxti kabi, har ishda unga shikast, xor-u zorlik yetkazgan («Baxtim kibi, har ishta zabunluq qildi»). Lekin gohida u maqsadi sari yo‘l ko‘rsatdi ham («Gah kom sari rahnamunluq qildi»). Xullas, u shoirga ko‘p buqalamunlik qildi («Alqissa, base buqalamunluq qildi»).
Taqdirning buqalamunligi deganda nimani tushunasiz?
⏩ Ruboiyda taqdir ham unga nisbatan shunaqa(buqalamun singari) rang-baranglik qilgani, ya’ni goh jabr-u jafo o‘tkazib, goh siylagani nazarda tutilgan
«Gardun gah manga jafo-u dunluq qildi...» ruboiysida qanday g‘oyasi ilgari surilgan?
⏩ Inson taqdirining bunday buqalamunligidan ustun kela olishi lozimligi
«Gardun gah manga jafo-u dunluq qildi...» ruboiysida ilgari surilgan g‘oya qaysi xalq maqoliga mos?
⏩ «Oyning o ‘n beshi — qorong‘i, o‘n beshi — yorug‘»
«Ahbob, yigitlikni g‘animat tutunguz...» ruboiysi qaysi asarda uchraydi?
⏩ «Mahbub ul-qulub» asarining «Shabob ayyomi zikrida» («Yoshlik davri zikrida») degan sarlavha qo‘yilgan 105-tanbehida
«Mahbub ul-qulub» asarining 105-tanbehida nima haqida so’z boradi?
⏩ Unda «umr gulshanining bahori... va hayot shabistoni (kechasi)ning nahori (kunduzi)» bo‘lgan yigitlik davri xususiyatlari ta’riflanadi.
Ruboiy 105-tanbehning qaysi o’rnida keladi?
⏩ Tanbehning xulosasi sifatida
“Ahbob, yigitlikni g‘animat tutunguz.
O‘zni qariliq mehnatidin qo‘rqutunguz.
Oyini adovat-u hasaddin o‘tunguz,
Har nav’ ila o‘zni necha kun ovutunguz” ruboiysining ma’nosini izohlang.
⏩ 1-misrada shoir do‘stlariga yigitlik davrini g‘animat bilishni;
2-misrada o‘zni hali oldinda qarilik mashaqqatlari borligi bilan qo‘rqitishni, ya’ni hozirgi kuch-quvvatga to‘la davming qadriga yetishni;
3-misrada boshqalarga adovat va hasad qilish odatlarining bahridan o‘tishni;
4-misrada esa, har qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham, o‘zni necha kun, ya’ni ana shu yoshlik davrida ovutishni nasihat qiladi.
«Ahbob, yigitlikni g‘animat tutunguz...» ruboiysida qanday fikr targ’ib qilingan?
⏩ Qarilik shabadalari esmasidan burunroq yoshlikning qadriga yetishni, ya’ni uni g‘animat bilishni
«Ey umri aziz» radifli ruboiysi Navoiyning qaysi asarida uchraydi?
⏩ «G‘aroyib us-sig‘ar» devonida
«Ey umri aziz» radifli ruboiysi nima haqida?
⏩ Hayotning azizligi haqida
“Xushdurur bog‘i koinot guli, Borchadin yaxshiroq - hayot guli” degan bayti Navoiyning qaysi asarida uchraydi?
⏩ «Sab’ayi sayyor»da
Tilimizga arabchadan olingan «umr» so‘zining yana qanday ma’nosi bor?
⏩ «Hayot»
«Ey umri aziz» radifli ruboiysi ma’nosini izohlang.
⏩ Lirik qahramon aziz hayotni jonidan ham ortiq (ko‘p) sevadi (1- misra). Jon nima bo‘libdi?! Agar, mabodo hayotga mehr miqdorini o‘lchash uchun son ishlatiladigan bo‘lsa, lirik qahramon muhabbati uchun son yetishmas edi (2- misra). Biror narsani sevishning bundan ortiq darajasi bo‘lmasa, ey aziz hayot, men ana o‘shandan ham ko‘p sevaman seni, deydi link qahramon (3- va 4- misralar).
«Ey umri aziz» radifli ruboiysida nechta so’z ishlatilgan?
⏩ Bor-yo‘g‘i 13 ta so‘z: «jondin», «seni», «ko‘p», «sevamien» («sevmak»), «ey», «umri», «aziz», «sondin», «har», «neniki», «ondin», «ortuq», «bo‘lmas».
«Ey umri aziz» radifli ruboiysida qaysi vosita ruboiy jozibasini ta’min etib turibdi?
⏩ So’zlar takrori
«Ey umri aziz» radifli ruboiysida qofiya va radif qaysi so’zlar?
⏩ «Jondin», «sondin», «ondin» — qofiya, ulardagi qolgan so‘zlar («seni ko‘p sevamien, ey umri aziz») esa — radif.
«Bo‘lmas emish» radifli ruboiy Navoiyning qaysi asariga kiritilgan?
⏩ «Xazoyin ul-maoniy»ning «G‘aroyib us-sig‘ar» devonidagi ruboiy
«Bo‘lmas emish» radifli ruboiy Navoiy hayotining qaysi davrida yozilgan?
⏩ Hozirgi Eronning Mashhad shahrida — musofirlikda yashagan davrida
«Bo‘lmas emish» radifli ruboiysida qanday ohang ustuvor?
⏩ Musofirlik — begona yurtdagi Vatan hijroni-yu sog‘inch
Qaysi so’z musofirlik, begona yurtda yashash, degan ma’noni anglatadi?
⏩ «G‘urbat» so‘zi
«G‘arib» so’zi qanday ma’no anglatadi?
⏩ Begona joyda yashayotgan kishi.
“G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,
El anga shafiq-u mehribon bo‘lmas emish” bayti ma’nosini izohlang.
⏩ Odam o‘zga diyorda shodmon, ya’ni xush-u xursand hayot kechirishi qiyin. 1-misra ana shu bir insoniy holatni ifodalab kelgan. 2-satrda bu fikr dalil bilan isbotlanadi: shodmon bo‘lmaslikka sabab shuki, begona yurtning eli musofir — notanish odamga shafqat qilmas va aslo mehribonlik ko‘rsatmas ekan...
Qaysi xalq maqoli ma’nosiga ko‘ra, «Bo‘lmas emish» radifli ruboiy mazmuni bilan hamohanglik qiladi?
⏩ «O‘zga yurtda shoh bo‘lguncha o‘z yurtingda gado bo‘l»
Navoiy qaysi asarida “Navoiy, chu g‘urbatda sen shod bo‘l! Vatan yodi ranjidin ozod bo‘l!” (ya’ni «Vatan yodini unutgin-u, musofirlikda shod bo‘l») – deydi?
⏩ «Saddi Iskandariy» dostonida
«Bo‘lmas emish» radifli ruboiysining 3- va 4-misralarida nima haqida so’z boradi?
⏩ Dastlabki ikki satrda aytilgan yalpi fikrning qiyosiy isboti berilgan. Bulbul — dala-yu dasht, bog‘-u bo‘stonda erkin uchib yuradigan qush. Qafas uning asl makoni emas. Bu tutqunlikda u xuddi o‘zga yurtda yashayotgan kishidek musofir. Chunki oltin qafas ichidagi qizil guldan ko‘ra unga, tikanli bo‘lsa ham, o‘z oshyoni — ma’qul.
«Bo‘lmas emish» radifli ruboiysining 3- va 4-misralarini yana qanday tushunish mumkin?
⏩ «Oltin qafas ichida qizil gul bitsa ham, bulbulga bu qafas oshyon, ya’ni Vatan bo‘la olmaydi, gul esa tikandek sanchiladi», — deb tushunish ham mumkin.
Qush uchun qafasdagi har qanday go‘zal hayotdan ko‘ra, vayrona bo‘lsa ham, tikanli oshyoni ming chandon a’lo ekani g‘oyasini Navoiy ruboiydan tashqari yana qaysi asarida ham talqin etadi?
⏩ «Saddi Iskandariy» dostonidagi «Kabutar hikoyati...»da
«Kabutar hikoyati...»da erkin uchib yurgan bir kabutar kimning tuzog‘iga tushib, bandi bo‘ladi?
⏩ Ovga chiqqan bir podshohning
«Zindon»dan qochish imkonini topgan kabutar nega uyasini topa olmaydi?
⏩ O‘tgan ana shu yillar mobaynida uning uyasi buzilib ketgan edi...
Kabutar nimadan xursand bo’ladi?
⏩ Uyasi xarobalarini topgach
«Bo‘lmas emish» radifli ruboiyning tasavvufiy mohiyati qanday?
⏩ G‘ariblik insonning tiriklik chog‘ini bildiradi. Umr kechirish esa faqat shodliklardangina iborat emas. Lirik qahramonning el, ya’ni kishilardan mehr-shafqat kam ko‘rganidan nolishi ham — tabiiy. Tasavvufiy talqinga ko‘ra, bu dunyo - bir qafas. Qizil gul bitgan qafas bulbulga tikandek oshyon bo’lolmagani kabi, bu dunyodagi azob-uqubatli hayot ham, shohona hayot ham insonga asl Vatan bo‘la olmaydi...
Do'stlaringiz bilan baham: |