Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinf adabiyot darsligi yuzasidan savollar



Download 171,14 Kb.
bet13/17
Sana18.01.2022
Hajmi171,14 Kb.
#384115
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
8-sinf

«Chinor» romani

«Chinor» romanining kompozitsion tuzilishi qanaqa?

⏩ Unda go‘yo bir-biri bilan bog‘lanmaydigan qator hikoyalar, rivoyatlar, hatto qissalar aralash kelaveradi. Ularda tasvirlangan voqea-hodisalar ham zamon, vaqt nuqtayi nazaridan izchil tizimiga bo‘ysunmaydi.

Roman markazida turuvchi obraz kim?

⏩ 93 yoshli Ochil bobo.

Adabiyotshunoslikdagi «shafqatsiz realizm» ko‘rinishlarini o‘tgan asrning 60-yillaridayoq romanchiligimizga olib kirgan ijodkor kim?

⏩ Asqad Muxtor.

Romanda qaysi davr voqealari hikoya qilinadi?

⏩ Ularda tasvirlangan voqea-hodisalar ham zamon, vaqt nuqtayi nazaridan izchil tizimga bo‘ysunmaydi. Masalan, roman yaratilgan davr (o‘tgan asrning 60-yillari) hodisalari hikoya qilib borilib, birdaniga asrning boshida yuz bergan fojialar tafsilotiga o‘rin beriladi…

Ochil bobo shajarasi nimaga qiyoslangan?

⏩ Azim chinorga.

Ochil bobo shajarasidagi «mo‘rt bir barg» kim?

⏩ Akbarali.

Ochil buva Akbaralini izlab kelganda uni qayerdan topdi?

⏩ Mehmonxonadan.

Ochil buva bilan birga kelgan Azimjon Akbaraliga kim bo‘ladi?

⏩ Ammavachcha.

Akbarali Azimjonga kim bo‘ladi?

⏩ Xolavachcha

Akbarali qayerda yashardi?

⏩ Shodasoyda.

Akbarali nega yolg‘iz yashardi?

⏩ Otasi 2-jahon urushi birinchi yiliyoq halok bo‘lgan, onasi boshqa er qilib ketgan.

Bektemir kim?

⏩ Akbaralining otasi bilan birga eshalonda urushga jo‘nagan tanishi.

Bektemir qayerlik?

⏩ Kapsanlik.

Bektemir qachon dushmanga asir tushdi?

⏩ 1942-yil Mozdok yaqinida, 17 yarador bilan birga.

Urushdan so‘ng asirlarni kimlar qutqarib oldi?

⏩ Amerikalik askarlar.

Bektemir vataniga necha yilda qaytdi?

⏩ 13 yilda.

Bektemir nima uchun uyiga: xotini va qizining oldiga borishni istamadi?

⏩ Mehnat qilib, o‘zini ko‘rsatish, shu orqali gunohini yuvish, so‘ng uyiga qaytishni rejalashtirgan edi.

Bektemirning ko‘rinishi qanaqa edi?

⏩ Baland bo‘yli, yuzini chuqur ajinlar tilkalagan, ko‘r ko‘zi yumuq, ichiga cho‘kkan, qora, cho‘tir odam edi.

Bektemir nima uchun aynan Akbaralini qora tortib keldi?

⏩ Akbaralining dadasini yaxshi ko‘rib qolgan edi.

Bektemir kon ichida qanday xavfni sezib qoldi?

⏩ Yo‘l chetida devorlari betonlangan katta kameraning shifti o‘pirilib, yo‘g‘on relslardan yasalgan temir balkalar transformatorni bosib qolishi va transformator portlashi mumkin edi.

Bektemir xavfni oldini olish uchun nima qilmoqchi bo‘ldi?

⏩ Transformatorni o‘chirmoqchi bo‘ldi.

Bektemir Akbaralidan qanday yordam so‘radi?

⏩ Og‘ir yashikni ko‘tarib yuborishini. Bektemir yacheykadan oshib tushib transformatorni o‘chirmoqchi edi.

Akbarali nima uchun yordam bermadi?

⏩ Temir balkalar uni bosib qolishidan qo‘rqdi.

Akbarali kondagi voqeadan so‘ng qayerda yashadi?

⏩ Shaharda, onasining yonida.

Akbarali nimaga vijdon azobida qoldi?

⏩ Taqdir Akbaralini bir necha daqiqalik sinovga solgan edi: bir marotaba undan o‘zining ham inson ekanligini isbotlashni so‘ragan edi. U esa qo‘rqoqlik qildi.

Akbarali dardini faqat kimga aytdi?

⏩ Bufetchi xotin Sonyaga.

Kim Akbaraliga “Faqat shodasoyliklar oldiga borib gunohingni o‘tinishing kerak. Faqat o‘shalar gunohingdan kecha oladi. O‘zingni ko‘rsat, bosh eg. Boshqalarga yorilganing bilan u la’nati bo‘yinturug‘ing gardaningda qolaveradi”,– deya maslahat beradi?

⏩ Sharofat xola

Sharofat xola nimani orzu qilar edi?

⏩ Shodasoyga ketishni.

Mehmonxonada Ochil buva Akbaralining yuziga qaramagan bo’lsa ham, uni qanday tanib qoldi?

⏩ Tovushidan

Nima uchun Akbaralining sheriklari ham kelmay qo’ydi?

⏩ Akbarali ularga qulfi dilini ocholmadi, el bo‘lolmadi. Dardingni aytolmaganingdan keyin el bo‘lolmaysan-da.

Vijdon azobida qolgan Akbaralining ruhiy holatiga qanday baho berish mumkin?

⏩ U yana o‘sha-o‘sha, gardanidan bosgan ko‘rinmas yukdan bukchayib, dardini birovga aytolmay yo ishida zavq, yo uyqusida halovat, yo oshida ta’m sezmay kunlami, oylarni yolg‘iz, yer suzib o‘tkazdi.

Sharofat xola nimani vasiyat qildi?

⏩ Vafot etgach, ota-buvalarining yoniga ko‘mishlarini.

Nima uchun tirik yurgan Akbaralini nomi abadiylashtirildi?

⏩ Odamlar konchilarning hayotini saqlab qolgan odam Bektemir emas, Akbarali deb o‘ylashadi. Chunki yuzi tanib bo‘lmas holga kelgan Bektemirning yon cho‘ntagidan Akbaralining guvohnomasi chiqadi.

«Odam deb o‘lgan odam — doim tirik.» Romanda bu fikrni kim aytgan?

⏩ Ochil buva.

«Siz hech qachon ayanch holga tushmaysiz… Siz hamma narsaga xo‘jayinsiz. Nazarimda, qismat ham sizning qo‘lingizda.» Bu fikr kimga va kim tomonidan aytilgan?

⏩ Azimjonning Ochil buva haqida aytgan so‘zlari.

«O‘zini deb yashagan o‘lik.» Romanda aytilgan fikr kimga tegishli?

⏩ Akbaraliga.

Akbaralining taqdiri qanday yakun topdi?

⏩ O‘z joniga qasd qildi.

Romanda Akbaraliga nisbatan «mo‘rt bir barg» iborasini kim qo‘llagan?

⏩ Ochil buva.

«Bizning shirkatimizning bosh direktori keksa odam. Nufuzli pirga qo‘l bergan. U pirni ko‘rganman. Juda xasis odam. Nasha chekar edi. Mashina bosib ketdi.» Romanda keltirilgan ushbu parcha qaysi qahramon tilidan aytilgan?

⏩ Azimjon.

Akbaralining o‘limiga Ochil buva qanday munosabat bildirdi?

⏩ «Xatoni tuzatish, haqiqatni yuzaga chiqarish uchun jasorat kerak. U yana qo‘rqoqlik qildi. Hayot berahm. Qo‘rqoqqa aynyqsa berahm»

Qanday xislat Asqad Muxtor uslubiga mutlaqo yot ekani «Chinor» romanida yaqqol o‘zini ko‘rsatgan?

⏩ Qahramonlar taqdiriga behuda aralashish, ularni «to‘g‘ri yo‘lga solib yuborish»

Akbarali obraziga qanday tavsif berish mumkin?

⏩ Akbarali tuppa-tuzuk yigit. Onasini yaxshi ko‘radi, urushda o‘lgan otasining xotirasiga hurmatni yo‘qotmagan. U «bersang — yeyman, ursang — o‘laman» deydigan odamlar xilidan ham emas. Konda, og‘ir sharoitda halol mehnat qiladi, yaxshi ishlagani uchun hatto faxriy yorliqlar bilan ham taqdirlanadi. Odobli, itoatli, yumshoqtabiat yigit

Akbarali yaxshi yigit bo’ishiga qaramay nega hayotda o’z o’rnini topolmadi?

⏩ Asar dunyoda faqat yaxshi bo‘lishning o‘zi yetmasligini uqtiradi. Zero, hayot shunchalar shafqatsiz, uning kutilmagan zarbalari, sinovlari shu qadar ko‘pki, inson ularga doimiy tayyor turmog‘i lozim. Taqdir deganlari o‘z aytganidan qolmadi — Akbaralini bir necha daqiqalik sinovga soldi va ... shafqatsizlarcha sindirdi! O‘zbek xalqi topib aytganidek, «Uyning gapi ko‘chaga to‘g‘ri kelmaydi!»

Ozod Sharafiddinov (1929—2005)

O. Sharafiddinov kim?

⏩ Adabiyotshunos olim.

Qayerda tug‘ilgan?

⏩ Qo‘qon shahri yaqinidagi Oxunqaynar qishlog‘ida.

Onasi haqida nima bilasiz?

⏩ 50 yillik umrini Sho‘ro partiyasiga xizmat qilish uchun sarflagan ayol.

Onasining hadeganda tilga chiqavermaydigan qanday pinhoniy dardi bor edi?

⏩ Bir umr shu partiyaga xizmat qilsa-da, umrinig so‘nggida qadrlanmadi: «Partiya shiramni so‘rib olib, po‘stimni tuflab tashladi»

Oilada nechta farzand edilar?

⏩ 4 ta.

Onasi qaysi kasallikdan vafot etdi?

⏩ Qandli diabetdan.

Sho‘ro hukumatiga xizmat qilib, evaziga ozgina mehr va e’tibor ko‘rmay hayotdan ko‘z yumgan onasidan farqli o‘laroq, adib O. Sharafiddinov o‘z xalqi tomonidan qanday taqdirlandi?

⏩ Prezident farmoni bilan «Mehnat shuhrati» (1997); «Buyuk xizmatlari uchun» (1999) ordenlari bilan va «O‘zbekiston Qahramoni» (2002) oliy unvoni bilan taqdirlandi.

Nomzodlik dissertatsiyasini qachon himoya qilgan?

⏩ O‘zMUni 1951-yilda yakunlab, 3 yil o‘tar-o‘tmas Moskvada nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi.

Mehnat faoliyati haqida nima bilasiz?

⏩ 1955—1995-yillar oralig‘ida O‘zMUda dars berdi.

Qaysi jurnallarda ishlagan?

⏩ 1996—1997-yillarda «Tafakkur» jurnali bosh muharriri o‘rinbosari, 1997-yildan to umrining oxirigacha «Jahon adabiyoti» jurnali bosh muharriri.

Adabiyotshunoslikka oid dastlabki kitobi qaysi va qachon nashr etilgan?

⏩ «Zamon. Qalb. Poeziya» (1962-yil).

Yana qanday kitoblar nashr ettirdi?

⏩ «Adabiy etyudlar» (1968), «Yalovbardorlar» (1974), «Iste’dod jilolari» (1976), «Birinchi mo‘jiza», «Talant — xalq mulki» (1979), «Adabiyot — hayot darsligi» (1980), «Hayot bilan hamnafas» (1983), «Go‘zallik izlab» (1985).

Jamoatchilik orasida shov-shuvga sabab bo‘lgan maqolalari qaysilar?

⏩ «Zaharxanda qahqaha», 1962; «Hayotiylik jozibasi, sxematizm inersiyasi», «Yurtin madhi bo‘ldi so‘nggi satri ham», 1979; «She’r ko‘p, ammo shoir-chi?», 1983; «Bir tilda gaplashaylik», 1987.

Adibning qaysi to‘plami Cho‘lpon, Fitrat singari ijodkorlar haqida bo‘lgani uchun mustabid tuzum davrida tazyiqqa uchraydi?

⏩ Adib muharrirlik qilgan «Tirik satrlar» (1968) to‘plami.

Mustaqillik yillarida qanday ijod qildi?

⏩ «Yo‘lboshchi», «Mustaqillik me’mori», «Istiqlol jilolalari» singari maqolalar, «Istiqlol fidoyilari» (1993), «Sardaftar sahifalari» (1999), «Ma’naviy kamolot yo‘llarida» (2001), «Dovondagi o‘ylar», «Ijodni anglash baxti» (2004) singari kitoblarni nashr ettirdi.

«Jahon adabiyoti» jurnali qachon va kimning tashabbusi bilan tashkil etildi?

⏩ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 1997-yilda.

O. Sharafiddinov jurnalning nechta sonini tayyorlashda qatnashdi?

⏩ 100 ta.

Adibning o‘limi oldidan farzandlariga aytgan so‘nggi so‘zlari nima haqida edi?

⏩ «Kitoblarimni asranglar, mening eng katta boyligim mana shu kitoblar edi»

Prezidentimiz I. Karimov o‘zining qaysi asarida adib ijodiga yuksak baho bergan edi?

⏩ «Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch» asarining «Eng buyuk jasorat» nomli faslida.


Download 171,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish