«QILADURG‘ON BU KO‘NGULDUR, BU KO‘NGUL»
«Bu ko‘ngildir, bu ko‘ngil» radifli g‘azalining mavzusi nima ?
⏩ Ishq.
Necha bayt?
⏩ Yetti.
Radifi qanday?
⏩ Besh so‘zdan iborat: «qiladurg‘on bu ko‘ngildir, bu ko‘ngil». G‘azal radifidagi barcha so‘zlar – turkiy.
Qofiyasi qanday?
⏩ Arabiy-forsiy so‘zlar: shaydo — rasvo — yo — tamanno — taqozo — savdo — po — daryo.
G‘azalda lirik qahramon nima demoqchi ?
⏩ U ishq bobida barcha aybni ko‘ngilga qo‘ymoqchi. Chunki, tasavvuf ta’limotiga ko‘ra, Alloh kishining ko‘nglidagina aks etadi. Ishq ham — ko‘ngil ishi.
“Meni shay do qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul ,
Xor-u rasvo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul” bayt ma’nosini izohlang.
⏩ Lirik qahramon ishq bobida barcha «ayb»ni ko‘ngliga qo‘ymoqchi: uni shaydo, xor-u rasvo qiladigan - shu ko‘ngil.
“O‘qdayin qomatimizni qora qoshlig‘lar uchun
Muttasil yo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul” bayt ma’nosini izohlang.
⏩ Lirik qahramonning ishq bobida qora qoshliklar uchun o‘qdayin tik qomatini yoydek egik qiladigan ham - shu ko‘ngil.
“Meni yozg‘urma: «Sevar», — debki, mening haddim emas,
Ul tamanno qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul” bayt ma’nosini izohlang.
⏩ «Meni sevdi deb ayblama, buni istayotgan ham — ko‘ngil» (uchinchi bayt)
“Borma, – derlar, – eshiki sori damo-dam», – netayin,
Ko‘p taqozo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul” bayt ma’nosini izohlang.
⏩ «Eshigiga tez-tez boraverma, – deyishadi, – lekin ko‘ngil shuni talab qilsa (taqozo etsa), nima qilay» (to‘rtinchi bayt).
“Tori mo‘yin havasi birla qorong‘u kechada
Jonni savdo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul” bayt ma’nosini izohlang.
⏩ Qorong‘i kechada sochining tolasiga havasi kelib, jonni unga almashadigan («savdo qiladurg‘on») ham ko‘ngildur. (beshinchi bayt)
“Dushman-u do‘st orasinda meni g‘ofilni mudom,
Besar-u po qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul” bayt ma’nosini izohlang.
⏩ Do‘st-u dushman ichida men g‘ofil bandani boshsiz-oyoqsiz qilib qo‘yadigan ham (oltinchi bayt) — shu ko‘ngil.
«Qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul» radifli g‘azali aruzning qaysi vaznida bitilgan?
⏩ Ramali musammani mahzuf (yoki maqsur), ya’ni foilotun – foilotun – foilotun – foilun (yoki foilon). Taqte’si: – V – – / – V – – / – V – – / – V – (yoki – V ~).
G‘azal maqta’sida nima haqida so‘z boradi?
⏩ Lirik qahramon Lutfiyga qarata: «Ko‘z yoshlaringni daryodek to‘kayotgan ham ko‘ngil», — demoqchi bo‘ladi.
Bu g‘azalga kim o‘xshatma yozgan?
⏩ XIX asr birinchi yarmida Nodira.
Do'stlaringiz bilan baham: |