Umumiy o'rta ta'lim maktablari yuqori sinf o'quvchilariga Sodda gaplar'' mavzusini o'qitish usullari



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/27
Sana02.07.2022
Hajmi0,85 Mb.
#729499
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
ona tili talimida yigiq gapni oqitish muammolari (1)

O‘qiyman. Borasan. Ishchidir 
gapida kesim orqali o‘qish, borish, 
ishchi va ularning subyekti haqidagi ikki xil axborot yaxlitlangan va bu butunlikda bu 
informatsiyaning mavqei turlicha. Masalan, o‘qiyman gapida o‘qish harakatining 
bajarilishi, ya’ni W dan anglashiluvchi qism axborotning bir qirrasi bo‘lsa, Pm 
uzatuvchi kelasi zamon, aniqlik mayli, birinchi shaxs birlik, tasdiq (bo‘lishlilik) 
axborotning ikkinchi qirrasi. Axborotning ikkala qismi ham kommunikativ niyat 
uchun muhim bo‘lib, shu holatda axborotning W dan anglashiluvchi qismi 
muhimlikda birinchi va Pm dan anglashiluvchi qismi ikkinchi darajali. Axborot 
qismining bunday muhimlik darajasiga ko‘ra farqlanishi kesimlik shaklining 
qo‘llanish xususiyatini, ya’ni uning mustahkamlovchi vositaga ehtiyojini belgilaydi. 
Bu ehtiyojdan kommunikativ niyat talabiga ko‘ra ayrimi (bittasi yoki bir nechtasi), 
ba’zan barchasi bir vaqtning o‘zida kuchayishi mumkin. Natijada Pm kengayadi. Men 
o‘qiyman. Bugun o‘qiyman. Men bugun o‘qiyman kabi. Bunda Pm kengaytiruvchisi 
mustahkamlovchi unsur sanaladi. 
38
Raupova L. O‘zbek tilida nomustaqil kesim masalasi va [WPm-WPm] qurilishli gaplar: filol.fan.nomz. ...diss. 
avtoref. –T., 1999; -B.97. 


35 
Barcha kengaytiruvchi mustahkamlovchi bo‘lavermaydi. Masalan, [WPm] dagi W 
unsurini kengaytiruvchi tarz, payt kabi kengaytiruvchi mustahkamlovchi vosita 
sanalmaydi. Chunki W unsurida mustahkamlanadigan unsur yo‘q. Mustahkamlanishda 
takrorlanish mavjud bo‘lishi lozim. Masalan, Men o‘qiyman gapidagi [WPm] unsuri 
hosilasida “birinchi shaxs birlik” ma’nosini ifodalovchi vosita mavjud (-man). Men 
olmoshi va –man shaxs-son qo‘shimchasi semantikasi bir xil. Demak, bu gapda shaxs-
son ma’nosining ikki qavat ifodalanishi – mustahkamlanishning yorqin namunasi. 
Qavatlanish davom etishi mumkin. Masalan, Men o‘zim o‘qiyman gapida shaxs-son 
ma’nosi uch qavat ifodalovchiga ega. Demak, yoyilish (kengayish) mustahkamlash 
asosida ham, boshqa holda ham bo‘lishi mumkin. Mustahkamlashga ehtiyoj nol 
darajaga tushganda yig‘iq gap ko‘rinishi vujudga keladi. Mustahkamlash 
mustahkamlovchining ta’kid ohangi, mantiqiy urg‘u olishi bilan quvvatlanadi. 
Kuzatiladiki, mustahkamlash kuchayishi natijasida Pm ning semantik va funksional 
quvvati mustahkamlovchining funksional salmog‘i oldida sezilarsiz holga tushishi 
mumkin. Bu, odatda, kesimdagi W ning ifodalovchisi ismga mansub, Pm zamoni 
hozirgi zamon bo‘lganda yuz beradi. Men o‘qituvchi. Biz ishchi. Sen shifokor kabi. 
Bunda ega tushirib qoldirilsa, kommunikativ ifoda nol darajaga tushadi. [WPm] ning 
Pm Qismi ifodalanmishi uchun qurshov va ega kengaytiruvchisi ifodalovchi sifatida 
yuzaga chiqadi. Kesimning W qismi egasiz nomustaqil holga tushadi. Natijada 
kesimning nomustaqil ko‘rinishi paydo bo‘ladi. Bu nomustaqillikni nomustaqil 
kesimlik shaklidan farqlash lozim, albatta. Nomustaqil kesimlik shaklida Pm 
ifodalovchisi mavjud bo‘lib, u ma’no anglatishda nomustaqil. YA’ni uning ma’nosini 
farqlash uchun qurshov zarur bo‘lsa, nomustaqil kesim Pm ma’nosini ifodalay 
olmayotganligidan egaga zarurat tug‘ilganligi sababli nomustaqil sanaladi. Demak, 
nomustaqil kesimlik shakli va nomustaqil kesim tushunchasi prinsipial farqqa ega. 
Nomustaqil kesim mavjud bo‘lganda gap qurilishi kesimlik shakli rivojlanmagan 
Hind- Yevropa tillari gap qurilishiga monandlik kasb etib, [S-P] qolipiga tushadi. 
Qiyoslang: 
Men ishchi. Я рабочий. I am a worker. 


36 
Ko‘rinadiki, Men ishchi gapidagi ishchi uzvida Pm nol ifodalovchiligina emas
balki mutlaqo ifodalovchiga ega emas. Demak, kesim egasiz mutlaqo yuzaga 
chiqmaydigan bunday gap ham o‘zbek tili sintaktik qurilishida yig‘iq gapning o‘ziga 
xos shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Bunday gapning yig‘iq gap sifatida qaralishi 
yangi hodisa emas. Uning yig‘iq gap ekanligi o‘zbek formal tilshunosligida aytilgan. 
Zero, u rus tilidagi [ega+kesim] tipik qolipli yig‘iq gapning aynan o‘zi, sintaktik 
universaliyaning yorqin namunasidan biri edi. Biz buni ishda yig‘iq gapning tipik 
ko‘rinishidan biri sifatida qaraymiz. 
O‘zbek tilidagi so‘z-gapni substansial tahlil qilgan R.Bobokalonov ularning 
semantik va struktur mohiyatini ochar ekan, bunday gapning strukturasida kesimlik 
qo‘shimchasi mutlaqo yo‘q bo‘lib, atov birligi o‘zida ham lug‘aviy ma’noni, ham 
kesimlik ma’nosini yaxlit holda tashishini ta’kidlaydi. “Kesimlik ma’no va vazifalari 
[W] ning o‘zida mujassamlashgan bo‘ladi va ularning shunday lisoniy birliklarini 
tashkil etadiki, gap yoki gap markazi vazifasida kelish ham, kesimlik ma’nosini 
ifodalash ham ularning ontologik tabiatida birlashgan bo‘ladi. Shu sababli 
grammatik shakllangan gapalarning minimal qolipini [WPm] sifatida bersak, 
semantik-funksional shakllangan co‘z-gaplarning eng kichik qurilish qolipi ramzini 
[WP] sifatida berish ma’qul. Bu ramz kesimlik ma’no va vazifasini [W] ning ichida, 
uning tarkibiy qismi sifatida mavjudligiga ishoradir. Shu bilan birga, bu ramz xuddi 
shunday gaplarda kesimlik qo‘shimchalari (markerlari) ning bo‘lolmasligiga, 
shuning uchun bunday gaplarda [WPm] qurilishli sodda gaplarda bo‘ladigan 
kesimlik ma’nolarining rang-barangligi ham xos emasligiga ayni bir zamonda ishora 
qilib turadi”. 
39
Semantik-funksional 
shakllangan 
so‘z-gapning
kesimlik qo‘shimchasidan xoliligi ularning 
kengaymasligiga asos. Bu esa, o‘z o‘rnida, uning ma’no imkoniyati 
chegaralanganligi, o‘zida grammatik shaklni talab 
39
Bobokalonov R. O‘zbek tilida gap sintaksisi va so‘z-gaplarning sistem-struktur talqini: monografiya. –T.: Fan, 2006. 
–B.38. 


37 
etmasligi, har qanday so‘z bilan birikish imkoniyatidan mahrumligi, gapda bajaradigan 
vazifasi cheklanganligi xususiyatiga egaligini ta’minlaydi.
40
O‘zbek tilshunosligida semantik-funksional shakllangan so‘z-gapning substansial 
mohiyati o‘zbek formal sintaktik ta’limotida ochilmagan. Bu borada ish olib borgan 
tadqiqotchilar bunday tipdagi gap yig‘iq gapning [ega+kesim] ko‘rinishli 
“o‘zbekcha” qolipiga mos kelmaganligidan chetlab o‘tishgan. “Tilshunoslarimiz 
o‘tgan asrning 40-90-yillari davomidagi taraqqiyotida bu majmua mohiyatini ochib 
berolmadi, ikkinchi tomondan, bu majmua funksional sintaksis tadqiqotchilari ilgari 
surgan sodda va qo‘shma gaplarning minimal qoliplari [WPm] va [WPm,WPm] 
talablariga ham javob bermaydi. Demak, formal sintaksis tahlilida bo‘lganidek, 
substansial tahlilda ham bu geterogen (tabiatan xilma-xil bo‘lgan – R.B.) hodisalar 
majmui so‘z- gaplar mohiyatini ochishda to‘g‘anoq bo‘lib qoldi”
41
. Ko‘rinadiki, bu 
holat semantik-funksional shakllangan so‘z-gapni ham o‘zbek tilidagi yig‘iq 
gapning bir ko‘rinishi sifatida qarashga ilk asos bo‘lib xizmat qiladi. 
[WPm] qurilishli yig‘iq gap. Lisoniy sathda fikr ifodalovchi eng kichik asosiy 
birlik - [WPm]. Bu qolip o‘zbek nutqida voqelangan aksariyat gap uchun umumiy va 
majburiy bo‘lib, aslida yig‘iq gap. Yevropa tillarida, xususan, rus tilida [ega+kesim] 
ramzi gapning eng kichik qurilish qolipini va, bir vaqtning o‘zida, yig‘iq gapni 
ifodalasa, shuningdek, bu tillarning turkiy va kesimlik shakli rivojlangan boshqa 
tildan ontologik farqini ifodalasa, o‘zbek tili gapining eng kichik qurilish qolipi 
bo‘lmish [WPm] ramzi gapning bu tildagi eng kichik qurilish qolipini va, bir 
vaqtning o‘zida, yig‘iq gapni ifodalab, shuningdek, bu tillarning Yevropa va 
kesimlik shakli rivojlanmagan boshqa tildan substansial farqini ko‘rsatuvchi 
barqaror belgisi. 
[WPm] qurilishli yig‘iq gapda W va Pm komponenti yoyiq gapdagidan shaklan 
farqlanmaydi. Pm yig‘iq gapda turli struktur ko‘rinishga ega. 
40
Bobokalonov R. O‘zbek tilida gap sintaksisi va so‘z-gaplarning sistem-struktur talqini: monografiya. –
T.: Fan, 2006. –B.39. 
41
Bobokalonov R. O‘zbek tilida gap sintaksisi va so‘z-gaplarning sistem-struktur talqini: monografiya. –T.: Fan, 
2006. –B.35. 


38 
[WPm] qurilishli yig‘iq gapda kesimlik kategoriyasi ma’nosi kesimlik 
qo‘shimchacining faqat o‘zi bilan yoki bog‘lama va kesimlik qo‘shimchaci 
vositasida ifodalanishi mumkin. 
O‘zbek tili yig‘iq gapida kesimlik qo‘shimchasining quyidagi turi mavjud: 
1.
Pm ning ma’nosi sinkretik holda bitta qo‘shimcha orqali 
ifodalanadi: Bor-ay. Ishla-ylik. Yur-di. Belgilangan qo‘shimcha (-y, -ylik, -di) dan 
har birida shaxs-son, zamon, tasdiq-inkor, mayl ma’nosi birgalikda umumiy 
ifodalanmishga ega. Masalan, Bor-ay gapidagi -ay qo‘shimchasi birinchi I shaxs (II 
shaxs Bor), birlik (ko‘plikda Boraylik) kelasi zamon, tasdiq (-may uning inkor 
shakli), buyruq-istak mayli (bunda –sin, -ng, (masalan, Borsin. Boring) bilan 
assotsiativ munosabatga kirishadi), ma’nosiga ega. Bunday holatni Borsa. Yozsa 
gapi Pm voqelantiruvchisi tarkibidagi shart mayli qo‘shimchasida ham ko‘rish 
mumkin. Bunday sinkretik shaklli ma’no nol morfemada ham mavjud: 1.Bor! 
2.Qish. 
2.
Pm tarkibida tasdiq-inkor alohida shakl orqali, modallik, zamon, 
shaxs-son sinkretik ifodalanadi: Bor - ma – di. Kel – di. 
3.
Pm tarkibida shaxs-son ma’nosi boshqa shakl, tasdiq-inkor, 
modallik, zamon ma’nosi qorishiq holda bir shakl bilan beriladi: 
Bor - sa –ng. Kel - sa – ngiz. Bil - di – mi? 
4.
Pm tarkibida tasdiq-inkor, shaxs-son alohida-alohida shakl bilan
modallik va zamon ma’nosi sinkretik tarzda ifodalanadi: Bor-ma-di-ngiz. 
5.
Pm ning har bir ma’nosi alohida-alohida shakl orqali ifodalanadi: 
Bor-ma-sa-ydi-ngiz. 
6.
Pm ma’nosini ifodalashga bog‘lama yoki to‘liqsiz fe’l xizmat 
qiladi. Masalan: Ishchi bo‘laman (A.Muxtor ). Hamon yodimdadir: gul chog‘i erdi 
(Uyg‘. I.Sult.) 
7.
Pm ma’nosi harakat tarzida shakli bilan analitik usulda 
ifodalanadi: Baqirib yubordi. Bora ko‘rma. 


39 
[WPm] qurilishli yig‘iq gap kommunikativ niyat va uning ifodalanishi bilan yoyiq 
gap, xususan, yig‘iq gapdan farqlanadi. Bu haqda ishning uchinchi bobida so‘z 
yuritiladi. 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish