Umumiy o'rta ta'lim maktablari yuqori sinf o'quvchilariga Sodda gaplar'' mavzusini o'qitish usullari


O‘zbek tilidagi yig‘iq gapning ko‘rinishi haqida



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/27
Sana02.07.2022
Hajmi0,85 Mb.
#729499
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Bog'liq
ona tili talimida yigiq gapni oqitish muammolari (1)

O‘zbek tilidagi yig‘iq gapning ko‘rinishi haqida. 
Gapning bosh bo‘laklaridan 
bo‘lgan kesim va uning mavqei haqida keyingi yillarda o‘zbek tilshunosligida qator 
tadqiqotlar yuzaga keldi. Ayniqsa, V.Egamberdiyev, J.Omonturdiyev tadqiqotlaridan 
so‘ng va ular asosida substansial tadqiq usullarida ish olib borgan R.Sayfullayeva, 
M.Abuzalova, L.Raupova, R.Bobokalonov kabi tadqiqotchilarning ishlarida, oliy va 
o‘rta maktab darslik va qo‘llanmalarida ham maxsus bo‘lmasa-da, yo‘l-yo‘lakay 
kesim haqida bahs bordi. Mazkur olimlarning tadqiqotlarida kesimning o‘ziga xos 
morfologik belgilarga ega ekanligi, kesimni ifoda etadigan so‘z o‘zining grammatik 
strukturasi bilan boshqa bo‘laklardan ajralib turishi, ba’zi bir gaplarda ega maxsus 
so‘z bilan ifodalanmasa-da, kesim orqali egani aniqlash mumkinligi alohida 
ta’kidlandi. Shuningdek, faqat kesimdan iborat so‘z gap bo‘lib kelishi mumkinligi, 
buning uchun u kesimlik maqomiga ega bo‘lishi lozimligi uqtirildi. 
Zero, gap lisoniy sathda kesimlik kategoriyasi bilan shakllanadi. Nutqda esa gapning 
muhim belgisidan biri – uning tugallangan ohangga ega bo‘lishi. “Har qanday gap 
shakl va mazmun birligidan iborat. Gapning lisoniy sathidagi 
36
Sayfullayeva R.Hozirgi o‘zbek tilida qo‘shma gaplarning formal-funksional talqini: monografiya. 
–T.: Fan, 1994; -B.8. 


33 
shakliy va mazmuniy jihati uning nutqiy sathdagi shakliy va mazmunidan 
farqlanadi”
37

Gap turli-tuman bo‘lgani kabi lisoniy sintaktik qolip ham turlicha bo‘ladi. Bu tilda 
shakllangan va so‘zlovchining kommunikativ niyati, uzatilayotgan axborotning o‘ziga 
xosligi umumiyliklarining barqarorlashuvi natijasida shakllanadi. Gap minimal 
qolipini tiklashda ana shu jihat asos qilib olinadi. 
Kesimni sintaktik kategoriya sifatida substansial tadqiq qilgan L.Raupova uning 
mustaqil va nomustaqil shaklini ajratadi. Mustaqil va nomustaqil kesim farqlanishida 
tadqiqotchi qurshov omiliga tayanadi. 
Turkiyshunoslikda kesim muammosiga bag‘ishlangan qator ishlar bo‘lsa- da, ularda 
mustaqillik-nomustaqillik masalasi kun tartibiga qo‘yilmagan va masala tadqiq 
etilmagan. “Buning sababi turkiy tillar bo‘yicha XVIII asrning ikkinchi yarmidan 
boshlab, XX asrning uchinchi choragigacha bo‘lgan davrda turkiy tillar sintaksisi 
bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarda qiyos mezoni Hind- Yevropa tillarining 
sintaksisi, xususan, rus tili sintaksisi bo‘lgan bo‘lsa, ajab emas”. Chunki bu tillarda 
sodda gap tarkibida ham, qo‘shma gap tarkibida ham kesimning formal xususiyati 
farqlanmaydi. Shu boisdan yaratilgan tadqiqotlarda kesim deyilganda faqat sodda gap 
kesimi olinib, qo‘shma gapning kesimi, u o‘zbek tilidagi kesimning mezoniga 
muvofiq kelmaganligi sababli, ko‘pincha chetlab o‘tilgan. Bu masala, ilk bor 
substansial sintaksis tezisida, so‘ngra R.Sayfullayeva va M.Abuzalova, L.Raupova 
tadqiqotida masalaning yechimi darajasida kun tartibiga qo‘yildi. 
L.Raupova o‘zbek tilida gap markazini tashkil etuvchi va ko‘p holda uning qurilish 
tipini belgilovchi kesimlik shaklini ikki turga ajratdi: 
1.
Mustaqil kesimlik shakli. 
2.
Nomustaqil kesimlik shakli. 
“Mustaqil kesimlik shakli deganda qo‘shma gap tarkibida ham, sodda gap tarkibida 
ham bemalol qo‘llana oladigan vositalar tushunildi“.
38
Nomustaqil 
37
Qurbonova, R.Sayfullayeva, G.Boqiyeva, B.Mengliyev. O‘zbek tilining struktural sintaksisi. 
-T. 2004; –B. 53. 


34 
kesimlik shakli qat’iy belgilangan sintaktik vazifaga ega bo‘lib, ular qo‘shma gap 
tarkibidagina voqelana oladi. Qo‘shma gap tarkibidan boshqa holda ular yo tamoman 
boshqa ma’no va vazifada qo‘llanadi, yo qo‘shimcha matniy va nutqiy sharoit hamda 
vositaning mavjudligini talab qiladi. Olima nomustaqil kesimlik shakli sifatida o‘zbek 
tilida -sa, -sa ham, -sa-ku, -sa-yu, -sa-ya, -a(r) ekan, -a(r)di, -gan ham edi, -di-yam 
kabi shaklni oladi. Bu shakllar o‘zlarining polisemantiklik xossasi asosida mazkur 
belgisiga ega bo‘ladi. YA’ni ma’lum bir nomustaqil kesimlik shakli sodda gap 
tarkibida boshqa, qo‘shma gap tarkibida boshqa ma’noviy xususiyatini yuzaga 
chiqaradi. Masalan, 1. Salim kelsa, boramiz. (shart yoki payt). 2. Salim kelsa. (istak). 
Demak, -sa shaklli kesim tegishli qurshov doirasidan tashqarida boshqa semantik 
qirrasini namoyon qiladi. 
Kesimning qurshovga “ehtiyoji” darajasi turli ko‘rinish va shaklda yuzaga chiqishi 
mumkin. Masalan, 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish