Umumiy o'rta ta'lim maktablari yuqori sinf o'quvchilariga Sodda gaplar'' mavzusini o'qitish usullari


O‘zbek tilidagi [S-P] ko‘rinishli yig‘iq gaplar



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/27
Sana02.07.2022
Hajmi0,85 Mb.
#729499
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
Bog'liq
ona tili talimida yigiq gapni oqitish muammolari (1)

O‘zbek tilidagi [S-P] ko‘rinishli yig‘iq gaplar
. O‘zbek tilshunosligi substansial 
tamoyilga tayangan holda ish olib bora boshlagandan so‘ng sintaktik kategoriya – 
so‘z birikmasi, sodda so‘z, qo‘shma gapga yangicha talqinda yondashila
boshlandi. Aytilganidek, o‘zbek tili sintaksisini 
«baynalminallashtirgan» va «sintaksis internatsional» degan xulosani bergan formal 
o‘zbek tilshunosligi tilning grammatik qurilishini ko‘p holda uning o‘z ichki 
imkoniyatidan kelib chiqib emas, «balki rus tilining grammatik-semantik qurilishi
tabiatidan kelib chiqib ag‘darmachilik zaminida»
47
yaratdi. 
«Fanimizda gap qurilishi tahlili, dastlab Hind-Yevropa tilshunosligida G‘arbiy 
Yevropa tillarining sintaktik qurilishi tahlili asosida qo‘lga kiritilgan gapning asosi 
(mantiqiy hukm kabi) ikki bosh bo‘lakdan – ega va kesimdan iboratligi va eganing 
mutlaq hokimligi asosida amalga oshirildi».
48
O‘zbek tilida A.G‘ulomovning gap 
haqidagi mufassal ta’limoti vujudga keldi va darsligi yaratildi. Lekin 80-yilga kelib, 
fanimizda sistemaviy – struktural tadqiqot kuchaya borishi bilan bog‘liq ravishda 
Hind – Yevropa tilshunosligi va G‘arbiy Yevropa tillarning o‘ziga xos sintaktik 
qurilishi bilan aloqador bo‘lgan gap negizining «ega-kesim»dan iborat ekanligi 
haqidagi fikr o‘zbek tili sintaksisi uchun muvofiq emasligi oydinlasha bordi. Bunga 
sabab, o‘zbek substansial tilshunosligining vujudga kelishi hamda “turkiy 
gapning turkona – kesim 
46
Bobokalonov R. O‘zbek tilida gap sintaksisi va so‘z-gaplarning sistem-struktur talqini: monografiya. –T.:Fan, 2006. 
47
Sayfullayeva R.Hozirgi o‘zbek tilida qo‘shma gaplarning formal-funksional talqini:monografiya. – 
T.:Fan, 1994; 8-bet. 
48
G‘ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis. -T.:O‘qituvchi, 1965. –B. 43. 


42 
markazli qurilishini ochishi, uni [WPm] sifatida ko‘rsatishi”
49
bo‘ldi. Shu asosda ona 
tilimizning grammatik qurilishi butunlay yangicha talqin etildi. [WPm] – gapning eng 
kichik qurilish qolipi ramzi sifatida olindi. Bu qolip asosida faqat kesimlik 
ko‘rsatkichi (zamon, shaxs, mayl) bilan shakllangan gap berildi. «Lekin tilimizda 
Yevropa (xususan, G‘arbiy Yevropa – roman, german tillar guruhiga mansub) tillarida 
keng tarqalgan [S-P] qurilishli (ya’ni, eganing ifodalanishi shart va majburiy bo‘lgan) 
gap ham yashirin imkoniyat sifatida xos»
50
ligi aniqlandi. 
Masalan, 
Men o‘qituvchi. U - shoir. 
Bunday gap o‘zbek tilida ot-kesim qurilishi ko‘rinishida bo‘lib, ba’zi tadqiqotchilar 
bu shakldagi gapni rus tili ta’sirida paydo bo‘lgan degan fikrni aytdi.
51
Lekin [S-P] 
qurilishli gap tilimizda qadimgi davrdanoq yashirin imkoniyat sifatida xos bo‘lgan. 
Hatto Mahmud Koshg‘ariy o‘zining «Devonu lug‘otit turk» asarida [S-P] qurilishli 
sifatdosh kesimli gap turkiy til qurilishiga qadimdan xosligini quyidagi misol orqali 
izohlaydi: 
Men yay qurduq. 
Biz yay 
qurduq. Sen yay qurduq. 
 Siz yay qurduq. 
U yay qurduq. 
Alar yay 
qurduq. 
Hozirgi o‘zbek tilida ba’zi gapda kesimni shakllantiruvchi maxsus morfologik 
ko‘rsatkich bo‘lmasa-da, bu gaplarning kesimidan zamon, shaxs– son, tasdiq va 
aniqlik ma’nosi anglashilib turadi. Masalan: Bu yer - maktab gapida kesim maktab 
so‘zi bo‘lib, u morfologik ko‘rsatkichsiz shakllangan. Ammo bunda ham III shaxs, 
birlik, hozirgi zamon, tasdiq va aniqlik mayli ma’nosi anglashilib turadi. Hozirgi 
o‘zbek tiliga xos bo‘lgan Men - o‘qituvchi. Siz – shifokor. U - talaba kabi gap esa 
rus tili ta’siri asosida shakllanmagan. Bu shakldagi gapni biz tilimizga imkoniyat 
sifatida xos ekanligini bilishimiz darkor. 
49
«G‘.G‘ulo m va davrimiz» (To‘plam).- Qarshi, 2003.- B. 81. 
50
Yuqoridagi to‘plam. 
51
G‘ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis. -T.:O‘qituvchi, 1965. 
52
G‘.G‘ulom va davrimiz (To‘plam).- Qarshi, 2003.- B. 81 


43 
[S-P] qurilishli gap mavjudligini shoir G‘.G‘ulomning «Men yahudiy» she’rida ham 
uchratishimiz mumkin. Shoir bu asarida xuddi «shu gapni (hamisha ta’kid ma’nosini 
kuchaytiruvchi eksplitsit – ifodalangan ega bilan) yetti marta qo‘llaydi».
52
Lekin 
G‘.G‘ulom o‘z asariga «Men – yahudiy» deb sarlavha qo‘yadi. Bu yerda «Men 
gapning zaruriy - majburiy – struktur qismi»□ bo‘lib, unda faqat ta’kid ma’nosi 
berilmagan, balki fikr zaruriy tarkibiy qism sifatida aks ettirilgan. 
Demak, aytish mumkinki, o‘zbek tilida gapning turkona – kesim markazli qurilishi 
[WPm] qolipi asosida shakllangan. Shu qolip asosida shakllangan gapni sodda yig‘iq 
gap deb atash imkoni mavjud. Bunda gap kesimlik ko‘rsatkichi bilan shakllanishi 
shart. Biroq nutqimizda ot(ism) kesimli gap ham qadimdan mavjud bo‘lganligi tufayli 
sodda yig‘iq gapning egasi ifodalanishi shart bo‘lgan ko‘rinishi ham bor. Men – 
o‘qituvchi. U - talaba kabi. Agar bunday gap qurilishidagi ega tushirib qoldirilsa, 
hamda O‘qituvchi. Talaba shaklida berilsa, fikr faqat qayd mohiyatini aks ettirib, atov 
gap sifatida namoyon bo‘lishi mumkin va gapning kommunikativ substansiyasi 
butunlay o‘zgarib ketadi. Shunga ko‘ra, o‘zbek tilining substansial sintaksisida 
[ega+ot- kesim] ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi Sen – shifokor tipidagi yig‘iq 
gaplarni [E+WP] qolipi asosida ifodalash mumkin. Bunda Sen so‘zi qolipning [E] 
uzvi voqelanishi bo‘lsa, shifokor birligi - [WP] ning voqelanishi. 
Ko‘rinadiki, o‘zbek tilshunosligining substansial sintaksisida sodda yig‘iq gapning 
qurilish qolipi faqat [WPm] ko‘rsatkichli emas, balki [S-P] tarzida ham berilishi 
mumkin. Bunda Pm unsurining P qismi qoldirilib, m qismi tushirilganligining sababi 
shundaki, kesim vazifasida kelayotgan so‘zda markazlik xossasi morfologik 
ko‘rsatkichsiz namoyon bo‘lgan hamda u ega va kesimning o‘zaro munosabatidan 
yuzaga chiqadi. 



44 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish