Umumiy o'rta ta'lim maktablari yuqori sinf o'quvchilariga Sodda gaplar'' mavzusini o'qitish usullari



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/27
Sana02.07.2022
Hajmi0,85 Mb.
#729499
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Bog'liq
ona tili talimida yigiq gapni oqitish muammolari (1)

Ha, yo‘q 
so‘zlari hamda modal so‘zlar bilan ifoda langan, oldingi gap mazmuniga 
so‘zlovchining munosabatini ifodalovchi gaplarga so‘z-gaplar deyiladi. 
Ko‘rinadiki, mazkur darslikda ham so‘z-gaplar yig‘iq gapning bir ko‘rinishi sifatida 
talqin etiladi. 
2.3.
 
Oliy ta’limda yig’iq gap va uning ko’rinishlari xususida 
 
 
Gap nutqiy hosila sifatida xilma-xil, cheksiz ko‘rinishga ega. Lekin ular qanchalik 
cheksiz turlanmasin, lisoniy sathda umumiylikka ega bo‘ladi. Bu umumiylik – 
gapning eng kichik sintaktik qolipi. Gapning eng kichik sintaktik qolipini aniqlash 
uchun gap nosintaktik hodisadan xoli qilinadi va fikrni ifodalay oladigan, hokim 
bo‘lak – kesim vazifasidagi so‘z shakli qoladi. Ayni shu so‘z shakli uchun [WPm] 
qolipini qabul qilindi. 
Gapning umumiy qolipini tiklashda shakllantirishda barcha atov birliklari uchun 
umumiy bo‘lgan bitta xususiyat – “atash ma’nosi” va unga kesimlik maqomini 
beruvchi vosita uchun “kesimlikni shakllantirish” vazifa va ma’nosi olindi.. 
[WPm] – o‘zbek tili sintaktik qurilishida gapning eng kichik qurilish qolipi 
hisoblanadi va u yuqorida aytib o‘tganimizdek, boshqa tillardagi gap qurilishidan farq 
qiladi. Xususan, Hind-Yevropa tillari bilan qiyoslasak, bu farqlar tezda ko‘zga 
tashlanadi. Masalan: Tadqiqotchi R.Sayfullayeva ta’kidlaganidek, «Hind-Yevropa 
tillariga bir tarkibli gaplar umuman xos emas va gap hech qachon egasiz bo‘la 
olmaydi».
33
Turli strukturali til oilalariga mansub o‘zbek va ingliz tilidagi matn 
qiyosiy o‘rganilganda o‘zbek tilidagi matnda bir tarkibli (egali va egasiz) gap ko‘p 
qo‘llanganligi, kirish komponentli gap boshlanmasi rang-barang va ko‘p ekanligi 
(aniq, albatta, modomiki, sir emaski, aslini olganda, kerak bo‘lsa...) ma’lum bo‘ldi. 
Ingliz tili matnlarida Roderik A. Yakobs ta’kidlaganidek, “...majhullik nisbatidagi 
gaplarga urg‘u berish, tinglovchining diqqatini tortish, gap ta’sirini kuchaytirish 
uchun muhim 
33
Qurbonova M. Hozirgi zamon o‘zbek tili. –T.: 2002.-B 67. 


31 
omil bo‘lib xizmat qilgan”
34
. O‘zbekcha gaplarning ichki o‘rinlarida ham bir fikrdan 
ikkinchisiga o‘tish uchun alohida so‘z, ibora va, hatto gap qo‘llangan (nega desangiz, 
avvalo, hech shubhasiz, ko‘rib turganimizdek, taassufki, barchamizga ayon bo‘lishi 
kerakki va boshqalar) Ingliz tilidagi variantida esa o‘zbekcha bir tarkibli gap o‘rnida it 
formal egali gaplar ishlatilishi kuzatiladi. Demak, kesimlik kategoriyasi rivojlangan 
o‘zbek tilidagidan farqli ravishda ingliz tiliga xos gaplar gap doimo ega bilan 
ifodalanishi shart: 
I read. I write. He went

O‘zbek tilida esa kesim shaxs-son jihatdan mukammal shakllanganligi uchun u egasiz 
ham gap hosil qilaveradi. Masalan: Yozayapman. va Men yozayapman. gaplari 
orasida ega haqida axborot uzatishda hech qanday farq yo‘q. 
Xuddi shuningdek, «o‘zbek tilida ot, sifat, son yoki boshqa so‘z turkumi bilan 
ifodalangan kesim predikativlikning shaxs-son ko‘rsatkichini qabul qila oladi yoki 
predikativ so‘zlar orqali ifodalaydi, shuning uchun ular egasiz gapda ham kesim 
vazifasini bajara oladi. Ammo rus tilida esa otlar predikativlik ko‘rsatkichiga ega 
bo‘la olmaydi, shuning uchun predikativ otlar ega bilan kelgandagina kesim vazifasini 
bajara oladi».
35
Bu holatni quyidagimisolda ko‘rishimiz mumkin: 
Sog‘-salomatmisiz? - Здоровы ли вы? O‘qituvchiman. - Я 
учителъница. 
O‘zbek va rus tilida kesim o‘ziga xos grammatik xususiyatiga ham ega. 
O‘zbek tilida kesim sodda va tarkibli bo‘lib, turli kesimlik ko‘rsatkichi bilan 
shakllanadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, kesim vazifasida kelgan so‘zlarda shaxs-
son, modallik va zamon va ma’nosi bo‘lishi lozim. 
O‘zbek tilida ot-kesimdan iborat gap ham mavjud. Bu ot-kesimda birlik va ko‘plik, 
shaxs qo‘shimchasi shaxs ma’nosi bilan birga, hozirgi zamon ma’nosini ham 
ifodalaydi. Masalan, 
34
Roderick A.Jacobs. English Syntax. A Grammar for English Language Professionals/ Oxford University Press. 
1993. P. 55. 
35
Azizov O. O‘zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi. -T. 1994. -B.200. 


32 
Тадбиркорман. Уйдаман

O‘zbek tili sintaktik qurilishida ot-kesim ham, fe’l-kesimdagi kabi egali yoki egasiz 
qo‘llanishi mumkin. Rus tilida esa, aytib o‘tganimizdek, otga qo‘shiladigan 
predikativ shaxs-son qo‘shimchasi yo‘qligi tufayli bu tilda 
«otning o‘zi mustaqil holda ma’lum bir morfologik ko‘rsatkich yordami bilan 
kesimga aylana olmaydi. U faqat ega bilan kelib, kesim vazifasini bajarishi 
mumkin».
36
Masalan, Tadbirkorman
. - Я бизнесмен. 
Demak, o‘zbek tilidagi gaplarning lisoniy sathdagi eng kichik qurilish qolipi [WPm] 
shaklida bo‘lsa, Hind-Yevropa tillarida gapning minimal qolipi [S-P] tarzida. Bu esa 
bu tillar orasidagi asosiy tipologik va milliy farqlardan. 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish