24
«Ixcham gap» mavzusi ostida faqat kesimdan iborat bo‘lgan gap talqin etilib, ular
sodda yig‘iq gap tarkibiga kiritilmadi. Ammo «Sodda yig‘iq gap» mavzusida Oldim.
Ko‘rgansiz. Uchuvchi bo‘ladi. Sinfdoshimiz. Yozgansiz□. (H.Ne’matov,
A.G‘ulomov, M._Qodirov, M.Abduraimova. Ona tili. 5-sinf. 14-bet, 28-mashq.)
kabi misol ham keltirildi. Zotan, xuddi shu darslikda sodda yig‘iq gapga «faqat ega
va kesimdan iborat bo‘lgan gap» deb ta’rif berilgan edi. Shu tariqa
ixcham gap
atamasi ostida o‘rganiladigan hodisa bilan yig‘iq gap atamasi anglatadigan
tushunchalarni farqlashda chalkashlik vujudga keldi.
Ko‘rinadiki, gapga substansial yondashuv omili asosida ta’lim mazmuniga kiritilgan
ixcham gap atamasi ona tilimizning substansial mohiyatini o‘zida aks ettiruvchi
hodisa bo‘lsa, yig‘iq gap atamasini saqlash maqsadida yangi ixcham gap
atamasining olinishi dastur va darslik mualliflarining an’anaviy sintaktik nazariya
qolipini buzishga jur’at etolmaganligidan dalolat beradi.
Mazkur mualliflarining 8-sinf uchun “Ona tili” darsligida ixcham gap atamasi
mutlaqo ishlatilmaydi va yoyiq gapga “gap tarkibida ikkinchi darajali bo‘laklaridan
birortasi ishtirok etsa, bunday gap yoyiq gap deyiladi”
24
degan ta’rif berildi. Bu esa
zimdan yig‘iq gap ega va kesimdangina iborat gap deb tushunilganligidan dalolat
beradi. Nazarimizda, mualliflarning ixcham gap atamasini ta’lim mazmuniga olib
kirishi bu borada oldinga qo‘yilgan bir qadam bo‘lsa, yig‘iq gap atamasining
saqlanishi orqaga
tashlangan birinchi, 8-sinf darsligida ixcham gap atamasining
chiqarilishi va yig‘iq gapning eskicha talqinini qoldirish ikkinchi qadam.
Bunday hol boshqa sintaktik hodisa talqinida ham uchraydi. Chunonchi, mazkur 5-
sinf “Ona tili” darsligida gap va uning turiga berilgan ta’riflarda ham
tushunmovchilik mavjud edi. Ma’lumki maktab o‘quvchisi gap deb ma’lum bir
tugallangan ohangga ega bo‘lgan fikrni, nutq birligini tushunadi. Darsliklarda gap
ikkiga – sodda va qo‘shma gapga bo‘lib o‘rganiladi va “qo‘shma gap ikki va undan
ortiq sodda gaplarning birikishidan
24
Ne’matov H., G‘ulomov A., va boshq. Ona tili 5-sinf uchun darslik . –T.: Ijod dunyosi, 2001.
25
iborat bo‘ladi” deya talqin etiladi. Ammo yuqorida ko‘rsatilgan mualliflarning 8-sinf
ona tili darsligida Paroxod pristanga kelib to‘xtagach
,
bolalar
birin- ketin undan
tushdilar (160-bet) gapi berilgan va qo‘shma gapning Paroxod pristanga kelib
to‘xtagach qismidagi kesimda shaxs-son, zamon, mayl ko‘rsatkichi yo‘q. Vaholanki,
leksemalarning mazkur unsurlar bilan shakllanishi orqali kesimlik xususiyati
muayyanlashadi. Bu o‘rinda tilshunoslarning «fe’l fe’l bo‘lgani uchun emas, balki
kesim bo‘lgani uchun tuslanadi»,
25
- degan fikrini eslab o‘tish kifoya. 5-sinf ona tili
darsligida
ham kesim hamisha shaxs- son, zamon, mayl ko‘rsatkichi bilan
shakllanishi uqtiriladi. Gap va qo‘shma gapga berilgan ta’riflar esa ziddiyatni
keltirib chiqaradi. Demak, Paroxod pristanga kelib to‘xtagach sodda gap emas,
shuning uchun Paroxod pristanga kelib to‘xtagach, bolalar
birin-ketin undan
tushdilar gapi qo‘shma gap bo‘la olmaydi. Bu gap sodda gap sifatida talqin etilishi
lozim.
Ona tili darsliklarining yangi avlodini yaratish, uning mazmuni va uslubini
takomillashtirish davom etdi. Xususan, darsliklarda sintaktik bilim silsilasini
berishda ham bu yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shu o‘rinda N.Mahmudov va
A.Nurmonovlarning 5-sinf ona tili darsligida Kesim. Sodda yig‘iq va sodda yoyiq
gaplar mavzusiga berilgan ta’riflarga to‘xtalsak. Unda
«Shaxs-son ma’nolarini ifodalab, nima qil(-di, -yapti va boshq.)?, nima bo‘l(- di, -
yapti va boshq.)?, kimdir?, nimadir?, qayerdir? so‘roqlariga javob bo‘luvchi
mustaqil so‘z gapda kesim vazifasini bajaradi. Kesim gapning mazmuniy markazi. U
boshqa bo‘laksiz ham gap bo‘la oldi»,- deyiladi va Yaxshimisiz? Keldi
26
.
kabi
misollar keltiriladi. Shuningdek, kesim qanday mustaqil so‘zlar orqali ifodalanishiga
ko‘ra ikki xil bo‘lishi, fe’l orqali ifodalanib, nima qilmoq? nima bo‘lmoq?
so‘roqlariga javob bo‘luvchi kesimlar fe’l kesim, fe’ldan boshqa so‘zlar orqali (ot,
sifat, son, ravish,olmosh)ifodalanib, kim? nima? qanday? so‘roqlariga
javob
bo‘luvchi
25
G‘ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis: universitetlar va pedagogika institutlarining filologiya
fakultetlari uchun darslik. –T.:O‘qituvchi, 1987. –B. 68.
26
Mahmudov N., Nurmonov A. va b. Ona tili: 5 sinf uchun darslik. –T.: Ma’naviyat, 2004. –B.39.
26
kesimlar ot kesim sanalishi uqtiriladi hamda «Faqat kesimdan iborat bo‘lgan gap
yig‘iq gap hisoblanadi.
Masalan:
Kuz. Qara.
Kesimning boshqa bo‘lak bilan kengayishidan hosil bo‘lgan gap yoyiq gap deyiladi.
Masalan: Men uni ko‘rdim».
27
kabi ta’rifu misol keltiriladi. Ammo barcha ta’rifu
misolda ixcham gap atamasi chetlab o‘tiladi va umuman ishlatilmaydi.
O‘zbek tili grammatik qurilishining ona tili ta’lim mazmunidagi bunday ta’rifu
tavsiflari, uning zamiridagi chigal muammo o‘zbek tilshunosligi va ona tili ta’limida
rus tili andazaliligi qanchalik chuqur ildiz otganligi, bunday g‘ayriilmiy talqindan
qutulishning nechog‘lik mushkul ekanligidan dalolat beradi. Tilshunos G‘.Zikrillayev
ta’kidlaganidek, “millatni uyg‘otish – uyg‘onganlarning vazifasi”.
28
Ruh uyg‘onmas
va inson ozod idrokka ega bo‘lmas ekan, bunday chalkashlik yashovchandir.
Do'stlaringiz bilan baham: