Bob bo‘yicha xulosa
1.
O‘tgan asrning 30-yillarida ilk tamal toshlari qo‘yilgan o‘zbek
tilshunosligi tilni sinxron o‘rganish borasida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Natijada
fanimiz nisbiy mustaqil fan sifatida shakllandi va tavsifiy usulda keng qamrovli
ishlar olib borildi. Til va uning birliklari - ichki sistemasining tashkil etuvchilari
aniqlanib, bir qancha yutuqlarga erishildi.
2.
Bugungi kunda o‘zbek tilining sintaktik qurilishi, uning asosiy
birliklari masalasi, so‘z birikmasi va gap muammosi quyidagi tahlil metodlari asosida
shakllangan sinxronik formal-tavsifiy yo‘nalish. mantiqiy-grammatik
22
Qurbonova M. Hozirgi zamon o‘zbek tili. –T.: 2002.-B 67.
23
Yuqoridagi darslik. -B 67.
22
yo‘nalish struktural (sistemaviy) tahlil yo‘nalishi substansial tahlil yo‘nalish tipologik
umumiyliklar (lingvistik universaliyalar) tahlil yo‘nalishida transformatsion
(aylantirish) tahlil yo‘nalishlarida ko‘plab sintaktik qurilishga doir muammolar
bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borilgani holda, biz tadqiq manbai sifatida tanlagan
yig‘iq gap masalasi faqat zamonaviy formal-tavsifiy metod asosida ega+kesim
munosabati sifatida o‘rganilgan, xolos.
3.
Fanda milliy ong, milliy mafkura masalalarini qo‘yish va ularni
muhokama qilish sobiq sho‘ro hukmron mafkurasi sharoitida odat bo‘lmagan. Til va
tafakkur munosabati, til fikrni ifodalovchi asosiy vosita, qurol ekanligi, tilning
jamiyatda, insonlar hayotida tutgan o‘rni haqida o‘tgan asrlardayoq bir qator asarlar
yaratilgan va bu masala bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslikning alohida oqim va
yo‘nalishlari paydo bo‘lgan edi. Har bir xalqning, har bir millatning ruhiyati, o‘ziga
xosligi shu xalqning tilida, tilining grammatik qurilishida yaqqol aks etadi.
Mustaqillik tufayli bugungi kunda milliy til, milliy mafkura, milliy tafakkur va milliy
dunyoqarash kabi tushunchalarga alohida e’tibor qaratilib, ularning uzviy
aloqadorligi e’tirof etilmoqda.
4.
Formal sintaktik talqinlarda Hind-Yevropa tillari, xususan, rus tili
andozaliligi ham tilga munosabatning mantiqiy asoslari ta’siri natijasida turkiy
tillarning, xususan, o‘zbek tilining substansial mohiyatini namoyon qiluvchi
hodisalardan biri – yig‘iq gap masalasiga noto‘g‘ri yondashilib kelindi. Bugungi
kunda o‘zbek milliy sintaktik ta’limotining yaratilishi va o‘zga tillar andazasidan
xalos bo‘lish talabi mazkur masalani ham yangicha talqin qilishni taqozo etmoqda.
O‘zbek tilida kesimlik kategoriyasining ayricha mohiyatga egaligidan kelib chiqib
muammoga yondashish uning yangicha yechimini keltirib chiqaradi.
6. Gapga formal-funksional yondashuv omili asosida ta’lim mazmuniga kiritilgan
ixcham gap atamasi ona tilimizning zotiy mohiyatini o‘zida aks ettiruvchi hodisa
bo‘lsa, yig‘iq gap atamasini saqlash maqsadida yangi ixcham gap atamasining olinishi
dastur va darslik mualliflarining an’anaviy sintaktik nazariya qoliplarini buzishga
jur’at etolmaganligidan dalolat beradi.
23
Do'stlaringiz bilan baham: |