[WP] qurilishli yig‘iq gap.
O‘zbek tilshunosligida gapning eng kichik qurilish qolipi
[WPm] sifatida talqin etilgach, ba’zi o‘rinda ziddiyatli, izohtalab holat ham vujudga
keldi. Chunki tilimizda shunday so‘zlar borki, ular o‘zining alohida belgisi bilan
mustaqil so‘zdan ham, yordamchi so‘zdan ham, sodda yoki qo‘shma gapdan ham farq
qiladi. Bu so‘z – bo‘lakka ajralmaydigan gap yoki so‘z-gapdir.
So‘z-gap mustaqil holda gap bo‘la olishi, gap tarkibida esa shu gapning biror bo‘lagi
bilan sintaktik aloqaga kirisha olmasligi, kesimlik shakli qo‘shimchasi – mayl, zamon,
shaxs-son ko‘rsatkichini mutlaqo qabul qila olmasligi, bog‘lama bilan birika
olmasligi, shuningdek, o‘ziga xos g‘ayrioddiy ma’noga ega bo‘lishi bilan boshqa til
birligidan farq qiladi. Masalan, Boysun yo‘lidan borganmisiz? – Yo‘q. Bormaganman.
Bu so‘roq gapning javobi ikki gapdan iborat. Ulardan birining kesimi bormaganman
so‘zi bilan ifodalangan bo‘lib, rang-barang kesimlik shakliga ega bo‘la oladi
(bormaganman, bormagansan; bormagan edim, bormagan eding; bormagan bo‘lsangiz
va h.k.) Yo‘q so‘zi esa yakka o‘zi gap bo‘lib kelayapti va kesimlik shakliga ega
emasligi, ya’ni kesimlik ko‘rsatkichini qabul qilmaganligi bilan ajralib turadi.
“So‘z-gap shunday so‘zki, gap vazifasida qo‘llanish, uning lug‘aviy, ichki
ma’nosidan o‘rin olgan va ular boshqa so‘z kabi kesimlik shakli qo‘shimchasiga
muhtoj emas. Lekin qo‘llanishda so‘z-gap ohang, matn bilan bog‘liq bo‘ladi».
42
O‘zbek tilshunosligida so‘z-gap kam o‘rganilgan hodisadan biri.
43
Chunki so‘z-
gapning qo‘llanish doirasi ancha tor va xususiyati ziddiyatli bo‘lgani uchun uning
tadqiqi va tatbiqi doim «keyin»ga ko‘chiriladi.
So‘z- gap ma’no va vazifasiga ko‘ra to‘rt guruhga bo‘linadi:
42
X.Ne’matov, A.G‘ulomov va boshkalar. Ona tili: 7-sinf uchun darslik. - T., 2000. –B.106.
43
Шодмонов Э.Слова-предложения в современном узбекском литературном языке: автореф.дисс.
...канд.филол.наук. –Т.,1970; Bobokalonov R. O‘zbek tilida gap sintaksisi va so‘z-gaplarning sistem-struktur talqini:
monografiya. –T.: Fan, 2006.
40
1.
Modal.
2.
Undov.
3.
Tasdiq-inkor.
4.
Taklif-xitob.
44
So‘z-gap so‘zlovchining bayon etilayotgan fikrga munosabatini (modal), kishining
his-tuyg‘usini, haydash, to‘xtatish kabi xitobini buyrug‘ini (undovlar) ifodalaydi.
Masalan:
1. Chamasi, kechasi biroz yomg‘ir yoqqan edi. 2. “Hoy, kim bor?» - deb
chaqirdi eshik tabaqasini biroz ochib Anzirat xola. (O.Mux.). 3. - Labbay, ukajon,
hozir chiqaman,-deb Zebiniso darrov o‘rnidan turdi. (Oyb.) 4. Komilaxon, mang, bu
kitobni oling. 5. Kecha bir voqeaning guvohi bo‘ldim. - Qani, so‘zlang-chi. 6. Ko‘p
gapirish ko‘p bilishdanmi? – Yo‘q. 7. Kam gapirish ko‘p bilishdanmi? –Ha.
So‘z-gapning kattagina qismi mustaqil so‘zdan (shukur, rahmat, mayli, yo‘q,
shubhasiz, ehtimol, sira), so‘z birikmasidan (har holda, har qalay), gaplardan (xudo
xohlasa, nasib bo‘lsa) o‘sib chiqqanligi uchun mustaqil so‘z, so‘z birikmasi va gap
bilan aloqasi hozir ham sezilib turadi.
«So‘z-gap ixcham gap sifatida ma’no va vazifasi jihatdan xoslanganligi tufayli ular
sodda gap tarkibida kelganda ham boshqa bo‘lak bilan bog‘lanmaydi, undan ajralib
turadi».
45
Mualliflar, yuqorida aytilganidek, ixcham gap atamasini bizning
talqinimizdagi yig‘iq gapga nisbatan qo‘llashgan. Shunday ekan, so‘z-gap mustaqil
gap bo‘la olish qobiliyatiga ega bo‘lganligi uchun ularga nisbatan semantik funksional
shakllangan so‘z-gap atamasi ham uning o‘zida so‘zlik va gaplik xususiyatini
mujassamlashtirganligi uchun qo‘llansa, yig‘iq gap atamasi esa kengaymaganligi va
shunday xossaga ega bo‘lganligi uchun qo‘llanadi. Shuningdek, ular atipik gaplar ham
deyiladi. Bunday gap hodisaning lug‘aviy tomoniga ishora qilib turadi va sintaktik
vazifa bajarishi jihatidan faqat gap markazi vazifasida kela olishi bilan farqlanadi.
44
Bobokalonov R. O‘zbek tilida gap sintaksisi va so‘z-gaplarning sistem-struktur talqini: monografiya. –T.:Fan, 2006.
45
.Yuqoridagi asar. –B. 24.
41
Kesimlik ma’nosi so‘zning lug‘aviy ma’nosi va so‘zning egallagan sintaktik
pozitsiyasi va morfologik shakllanmaganligidan anglashilib turganligi uchun
substansial sintaksis tadqiqotchilari bunday gapning lisoniy qolipini [WP] ramzi
bilan belgilaydi.
46
Biz ham bu tipdagi gapni yig‘iq gapning bir ko‘rinishi sifatida
qabul qilamiz.
Tadqiqotchi R.Bobokalonov tadqiqotida [WP] qurilishli yig‘iq gap semantik-
funksional shakllangan so‘z-gap sifatida batafsil monografik tadqiq qilganligi bois
takrorlashdan chekinish maqsadida unga havola berish bilan kifoyalanamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |