Aralash turdagi murakkab qo‘shma gaplar



Download 95,64 Kb.
Sana20.04.2022
Hajmi95,64 Kb.
#566535
Bog'liq
10-taqd. Aralash turdagi murakkab qo‘shma gaplar.

ARALASH TURDAGI MURAKKAB QO‘SHMA GAPLAR

Reja:

1. Aralash turdagi murakkab qo‘shma gaplarning ta’rifi va xususiyatlari.

2. Aralash turdagi murakkab qo‘shma gaplarning turlari:

1) bog`lanish va ergashish yo`li bilan tuzilgan aralash turdagi murakkab qo‘shma gaplar;

2) bog`lanish va bog`lovchisiz tuzilgan aralash turdagi murakkab qo‘shma gaplar;

3) bog`lovchisiz va ergashish yo`li bilan tuzilgan aralash turdagi murakkab qo‘shma gaplar;

4) bog`lanish, bog`lovchisiz va ergashish yo`li bilan tuzilgan aralash turdagi murakkab qo‘shma gaplar.

ARALASH TURDAGI MURAKKAB QO‘SHMA GAPLARNING TA’RIFI

Tarkibida ham ergashgan qo‘shma gap, ham bog‘langan qo‘shma gap yoki bog‘lovchisiz qo‘shma gap ishtirok etgan gaplar aralash turdag qo‘shma gaplar deyiladi:

Eshik birdan taraqlab ochildi, shuning uchun hamma qayrilib qaradi, lekin hech kim kirmadi; sovuq havo xonani qopladi.

ARALASH TURDAGI MURAKKAB QO‘SHMA GAPLARNING XUSUSIYATLARI

  • Tarkibida bog`langan va ergashgan qo`shma gaplar qatnashadi.
  • Tarkibida bog`langan va bog`lovchisiz qo`shma gaplar qatnashadi.
  • 3. Tarkibida bog`lovchisiz va ergashgan qo`shma gaplar qatnashadi.

    4. Tarkibida har uchala qo`shma gaplar qatnashadi.

Bog`lanish va ergashish yo`li bilan tuzilgan aralash turdagi murakkab qo‘shma gaplar

Bunday gaplar tarkibidagi sodda gaplar o`zaro teng va tobe munosabatga kirishadi:

Qutidor do‘koniga jo‘nagandan keyin, Oftob oyim To‘ybekani mehmonxonaga buyurdi va o‘zi xamir qilishga o‘tirdi. (A.Qodiriy).

Bog`lanish va bog`lovchisiz tuzilgan aralash turdagi murakkab qo‘shma gaplar

Bunday gaplar qismlari o`zaro teng va bog`lovchisiz shakllanadi:

Kiyimlari bezaksiz, odmi ipakdan, kichkina sallasiga ham gavhar yoki boshqa toshlar qadalmagan, ammo burgutnikiga o'xshah ko'z qarashlari va mag'rur o'ltirishi Bayramxonda hayiqishga o'xshash bir tuyg'u uyg'otdi (P.Q.).

Bog`lovchisiz va ergashish tuzilgan aralash turdagi murakkab qo‘shma gaplar

Bunday aralash murakkab qo‘shma gap qismlari o‘zaro ham ergashtiruvchi bog‘lovchilar yoki ergashtiruvchi bog‘lovchi vositalar, ham bog‘lovchisiz munosabatga kirishadi: Dilda saqlangan adovat temir zangiga o‘xshaydi, zang temirni yegani kabi, adovat qalbni azob va iztirob bilan yemiradi. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»).

Bog`lanish, bog`lovchisiz va ergashish yo`li bilan tuzilgan aralash turdagi murakkab qo‘shma gaplar

Tolib aka eski xodim, umri shu redaksiyada o‘tgan va uni bu yerdan haydab bo‘lmaydi, shuning uchun Ahmadning o‘zi ketishi kerak. (F.Musajonov).

Bu aralash murakkab qo‘shma gap to‘rtta gapdan tuzilib, birinchisi ikkinchisiga bog‘lovchi vositalarsiz, ikkinchisi uchinchisi bilan va biriktiruv bog‘lovchisi yordamida bog‘lanish yo‘li bilan munosabatga kirishgan, birinchi uchala gap yaxlit holda to‘rtinchi gapga sabab munosabati orqali ergashish yo‘li bilan birikib kelgan.

UYGA VAZIFA

  • Mavzu bo`yicha badiiy asardan gap turlariga bittadan misol ko`chirib kelish.
  • “Ona tilidan jadvalli mashqlar to’plami”dagi tegishli mashqlarni bajarish.
  • LTQdagi mavzuga tegishli qoliplarni to’ldirish.

Download 95,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish