8-MAVZU: TRANSPORT TURLARINI TANLASH TAMOYILLARI VA
USLUBLARI
Reja:
8.1. Transport xizmatlarining iste’molchilari tomonidan transport turlarini
tanlash tamoyillari
8.2. Yuklarni tashish uchun transport turini tanlash uslublari
8.3. Yo’lovchilarni tashish uchun transport turini tanlash uslublari
8.4. Transportning har xil turlaridan samarali foydalanish sohalari
8.1. Transport xizmatlarining iste’molchilari tomonidan transport turlarini
tanlash tamoyillari
Yuklarni yetkazib berish va yo’lovchilarni ko’chirish muammosi mamlakatda
ishlab chiqarish-iqtisodiy tizimlari va aholi punktlarini yaratishda asosiy
muammolardan biri bo’lib hisoblanadi. Bunda bunday tanlashning joriy va
kelgusidagi (strategik) shart-sharoitlarilarini farqlash lozim bo’ladi. Birinchi holatda
transport xizmatlarining iste’molchilari mamlakat yoki hududda amalda bor
transport turlaridan tanlov qiladi, ikkinchi holatda esa — ularning mumkin bo’lgan
rivojlanishi va tovarlar va odamlarni ko’chirishning yangi usullari yaratilishini
hisobga olish bilan tanlaydi. Shunga mos ravishda ko’chishga ketadigan xarajatlarni
hisobga olish ham farqlanadi. Joriy shart-sharoitlarda
tovar harakati yoki
yo’lovchilarni ko’chirish kanallarini tanlashda tashishlar va boshqa xizmatlar uchun
tarif to’lovlari hisobga olinadi, kelajak uchun hisob-kitoblarda esa — keltirilgan
ekspluatatsiya-qurilish xarajatlari hisobga olinadi. Bunda har ikkala holatda ham,
tashish narxidan tashqari yetkazib berish uzoqligi, muddatlari va tezliklari,
transportning
universalligi va unumdorligi, yuklarning saqlanish darajasi va
tashishlarning xavfsizligi, mijozlarga transport xizmatlari ko’rsatishning
majmuaviyligi va qulayligi va boshqa ko’rsatkichlar hisobga olinadi.
Iqtisodiyotning tarkibiy qayta qurilishi va tashishlar hajmlari va
geografiyasining sezilarli o’zgarishlari davrida bunday tanlash sezilarli darajada
kengayishi mumkin. U davlatning transport-yo’l majmuasining rivojlanishiga jiddiy
ta’sir ko’rsatishi mumkin. Masalan, temir yo’l transporti bilan avtomobil transporti
o’rtasida yuklarni faqat qisqa masofalaraga emas, balki o’rtacha
va uzoq
masofalarga tashishda ham raqobat sezilarli darajada o’sgan. Yo’lovchilarni
tashishda temir yo’llar biln havo transporti o’rtasidagi raqobat ham o’smoqda. Temir
yo’llar bilan avtomobil transporti o’rtasida Shahar atrofi va mahalliy bog’lanishlarda
ham raqobat kuchaymoqda. Bu yangi intermodal texnologiyalarni qidirish, transport
xizmatlrining iste’molchilariga transport xizmatlari ko’rsatishning sifatini oshirish,
tashishlarni tashkil qilishda logistika va marketing tamoyillaridan foydalanishga
yangi turtki beradi. Shunga mos ravishda transport turini ularning har birining
texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari va raqobatbardoshliligini hisobga olish bilan tanlash
imkoniyati ham ortadi.
Xo’sh, transport turlarini tanlashning asosiy tamoyillari qaysilar?
Birinchi va asos bo’lib hisoblanadigan tamoyil Shundan iboratki, transport
turi yoki ko’chish usulini tanlashni, yuklarni tashish
sohasida avval amal qilgan
markazlashgan taqsimlashdan farqli o’laroq, transport xizmatlari iste’molchilarining
o’zlari amalga oshiradi. Bu Shuni bildiradiki, transport xodimlari transport bozorida
transport xizmatlarini sotishni (taqsimlashni emas) o’rganishlari lozim bo’ladi.
Bundan ikkinchi tamoyil kelib chiqadi — transport turini tanlashning asosiy
kriteriysi iste’molchilarni transport xizmatlariga qiladigan xarajatlari bo’lib
hisoblanadi. Qo’shimcha (ba’zi bir hollarda hal qiluvchi) kriteriylar minimal
ko’chish muddatlari, tashishlarning ishonchliligi, xavfsizligi, ekologikligi,
yuklarning saqlanishi va boshqa ko’rsatkichlar bo’lishi mumkin.
Uchinchi tamoyil taqqoslanadigan tashish variantlarini qiymat ko’rsatkichlari
va natural ko’rsatkichlarda taqqoslash mumkin bo’lishidan iborat.
Yukning
jo’natuvchining omboridan qabul qilib oluvchining omborigacha (“eshikdan-
eshikkacha”) ko’chishida yoki yo’lovchining “uydan-uygacha” borishida butun yo’l
davomidagi xarajatlarning barcha elementlari taqqoslanadi, bunda yukni mumkin
bo’lgan oraliq qayta yuklashlar va yo’lovchilarning boshqa transportga almashib
o’tirishi ham hisoba olinadi. Bunda xarajatlarning tarkibidagi transport turlari va
tashish jarayonining operatsiyalari bo’yicha farqlarni taqqoslasa bo’ladigan
ko’rinishga keltirish zarur bo’ladi. Variantlar bo’yicha hisoblashlarni xuddi o’sha
bir xil punktlar o’rtasida bir xil tashishlar hajmi uchun bajarish zarur bo’ladi.
Va nihoyat, to’rtinchi tamoyil — transport xizmatlari iste’molchilarining,
xususan, reklama orqali, mijozlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha yaxshi ekspeditorlik
xizmatining borligi va transport korxonasining ishida marketing yondaShuvlarining
rivojlanishi tufayli bu xizmatlarning hajmi, sifati va narxi to’g’risida ishonchli va
yetarlicha xabardorligini ta’minlash. Transport xizmatlari to’g’risidagi ob’ektiv
ma’lumotlar iste’molchilarga o’zlarining transportga ketadigan xarjatlarini
optimallashtirish bo’yicha solishtirma
hisoblashlarni bajarish, tashishlarni
ratsionallashtirish va buyurtmalarni samaraliroq joylashtirish, o’zining mahsulotini
sotish uchun ko’proq qulay bo’lgan bozorlarni aniqlash, tovarlar va xizmatlarning
narxida transport tarkib toptiruvchisini boshqarish imkonini beradi.
Sanab o’tilgan tamoyillar katta darajada transport turlarini tanlash uslubini
belgilab beradi, bu uslublar o’zaro u yoki bu taqqoslanadigan omillarni
(ko’rsatkichlarni) hisobga olish usuli va to’laligi bilan farqlnadi. Transport turini
tanlashga ta’sir ko’rsatadigan ko’p sonli omillarni bir paytning o’zida hisobga olish
juda qiyinligini
hisobga olish bilan, amaliyotda avval umumlashtiruvchi qiymat
ko’rsatkichlari hisoblanadi, so’ngra zarurat va imkoniyatlarga qarab natural va
ekspluatatsion-texnik ko’rsatkichlar taqqoslanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida transport turini tanlashning muhim umumiy
tamoyili u yoki bu tashishlar variantida transport xizmatlarining raqobatbardoshliligi
hisoblanadi. Shu bois tovarning harakatlanish kanalini tanlashda faqatgina tashishga
ketadigan xarajatlarni taqqoslash yetarli bo’lmaydi. Transport xizmatlari
iste’molchilariga transport xizmatlari ko’rsatishning sifatini, intermodal tashishlar
texnologiyalaridan foydalanilganda iste’molchilar ko’radigan foyda (iqtisodiy va
ijtimoiy samara) va hokazolarni hisobga olish lozim bo’ladi.
Shuningdek
taqqoslanadigan transport vositalarining mulkchilik shakli, tashishlarni sug’urtalash
tizimi va mijozlarga bank xizmatlari ko’rsatish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Transport turini tanlashga transport bilan yuk egalari o’rtasida moliyaviy-sanoat