8-mavzu: transport turlarini tanlash tamoyillari va uslublari reja


 Transportning har xil turlaridan samarali foydalanish sohalari



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana18.02.2022
Hajmi0,51 Mb.
#456924
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-MAVZU (1)

8.4. Transportning har xil turlaridan samarali foydalanish sohalari 
Transportning har xil turlaridan ko’proq samarali foydalanish sferalari 
ularning texnik-iqtisodiy o’ziga xos xususiyatlari, tashish narxlari va mamlakat 
hududi bo’ylab transport infratuzilmasining joylashishi bilan belgilanadi. Bu o’rinda 
gap tashishlarning bir nechta variantlarining solishtirma samaradorligini hisoblash 
asosida raqobat qiluvchi transport liniyalari tomonidan o’rnatiladigan sferalar 
xususida boradi. Ba’zi bir hollarda esa alohida transport turlarining tabiiy 
monopoliyasi mavjud bo’ladi, bunday sharoitlarda transportning qo’llanilish 
soxasini aniqlash maxsus hisoblashlarni talab qilmaydi. Masalan, ommaviy 
qithalararo tashishlar va mamlakatning orollar bilan bog’lanishini asosan dengiz 
transporti amalga oshiradi. SHoshilinch va qimmatli yuklarni yetkazish, Shuningdek 
yo’lovchilarni o’ta uzoq masofalarga tashishda ko’proq havo transportidan 
foydalaniladi. Gaz quvurlari tarmoqlari va aksariyat hollarda neft quvurlari 
tarmoqlari tabiiy monopolistlar bo’lib hisoblanadi. Quruqlikda yoqilg’i va 
xomashyolarni ommaviy tashishlarni temir yo’l transporti bilan amalga oshirish 
maqsadga muvofiq bo’lib hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda, tashishlarni rejalashtirish va tashkil qilishda ko’pincha 
yuklarni yetkazish va yo’lovchilarni tashishning raqobatlaShuvchi variantlari 
orasidan tanlashga to’g’ri keladi. Batafsil solishtirma hisoblashlarni o’tkazish uchun 
har doim ham imkoniyat bo’lavermasligi sababli, yuklarni tashishlar uchun transport 
turlaridan 
foydalanishning 
oldindan 
asoslangan 
tiplashgan 
sferalardan 
foydalaniladi. Ular yuklarning turlari, tashishning mumkin bo’lgan sferalari, 
bog’lanishlarning turlari va tashish shart-sharoitlari bo’yicha farqlanadi.
Odatda 100-200 km gacha tashish masofalarini shartli ravishda qisqa, 200 dan 
800 km gacha o’rtacha, 800 dan 1500 km gacha uzoq va 1500 —2000 km dan oshiq 
masofalarni o’ta uzoq masofalar deb atash qabul qilingan. Yuklarni tashishlar 
bo’yicha masofalarning bu tasnifiga muvofiq transportning har xil turlaridan 
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq foydalanishning quyidagi asosiy sferalari 
tarkib topadi.


Temir yo’l transportidan o’rtacha va uzoq masofalarga, yuklarni 
korrespondentsiyalaydigan yuk egalarida kirish-chiqish temir yo’llari bor bo’lganda 
esa – qisqa masofalarga tashishlarda ham ko’proq samarali foydalaniladi. 
Toshko’mir, temir rudasi, qora va rangli metallarning rudalari, yog’och materiallari, 
kimyoviy va mineral o’g’itlar va boshqa ba’zi bir yuklarni o’ta uzoq masofalarga 
tashishda temir yo’llar juda qo’l keladi. Ba’zi bir hollarda intermodal tashishlarda, 
texnologik marshrutlar va barqaror yuk oqimlari bor bo’lganda temir yo’llar 
yuklarni o’rta masofalarga yetkazib berishda ham, qisqa masofalarga yetkazib 
berishda ham raqobat qila oladi.
Avtomobil transportidan foydalanishning anhanaviy soxasi — qisqa 
masofalardir. Bunda agar ilgari 50-100 km gacha bo’lgan masofalar qisqa masofalar 
deb hisoblangan bo’lsa, endilikda avtomobilsozlikda texnik rivojlanish va yo’l 
tarmog’ining kengayishi tufayli ular 200—300 km gacha oshgan. 
Avtomobil transportining foydalanish soxasiga boshqa transport turlari bilan 
raqobat katta ta’sir ko’rsatadi. Avtotransportning yuqori mobilligi (safarbarligi) 
tufayli, yuklarni yetkazib berishning boshqa muqobil usullari bo’lmaganda undan 
o’rtacha va uzoq masofalarda samarali foydalanish mumkin. Temir yo’l transporti 
bilan raqobat qilishda avtomobillarning qo’llanilish soxasi tashishlarning iqtisodiy 
va vaqt omillari bilan chegaralanadi. Temir yo’l bo’ylab tashishning muqobil 
sxemalari bor bo’lganda ba’zi bir yuklarni avtotransport bilan tashishning iqtisodiy 
foydali sferalari 10.2 jadvalda keltirilgan. Bu jadvalda ko’rsatilgan masofalardan 
katta masofalarda temir yo’l varianti ko’proq foydali bo’ladi. Sferalarni hisoblash 
“o’rtacha” tashish sharoitlari uchun amalga oshirilgan, Shu sababli konkret 
korrespondentsiyalar uchun bu sferalar 10.2 jadvalda keltirilgan sferalardan sezilarli 
farq qilishi mumkin. Masalan, kichik partiyali shoshilinch va tez buziladigan 
yuklarni, Shuningdek konteynerlarni maxsus va katta yuk avtomobillarida 1000 km 
dan oshiq masofalarga tashish foydali bo’ladi.
Avtotransportning o’ziga xos afzalligi — yuklarni "eshikdan-eshikkacha" 
sxemasi 
bo’yicha 
to’g’ridan-to’g’ri 
yetkazib 
berishdir. 
Bu 
uning 
raqobatbrdoshliligini sezilarli darajada oshiradi va foydalanish soxasini 
kengaytiradi. Avtomobil transporti sanoat markazlarining ichida, konlarni 
o’zlashtirishda va qishloq xo’jaligi rayonlarida, Shuningdek yuklarni magistral 
transportg olib kelish va undan iste’molchilarga yetkazib berish uchun ayniqsa keng 
qo’llaniladi. Yuk avtomobillaridan uzoq Shaharlararo va xalqaro tashishlarda 
foydalaniladi. Biroq yoqilg’i narxlarining ortishi va avtotransportning past 
ekologikligi undan foydalanish sferalarini qo’shimcha asoslashni talab qiladi.
Daryo transportidan ko’proq foydalaniladigan sferalar — ommaviy yuklarni 
bitta daryo yo’lida joylashgan punktlar o’rtasida, boshqa transport turlari bo’lmagan 
rayonlarda, Shuningdek boshqa transport turlari bilan aralash bog’lanishlarda bitta 
transport turi bilan qayta yuklashlarsiz to’g’ridan-to’g’ri tashishlarga qaraganda 
samaraliroq bo’lgan yo’nalishlarda o’rta va uzoq masofalarga tashishdir. “Daryo-
dengiz” tipidagi aralash suzadigan kemalardan foydalanish, turli daryolarning 
havzalarini kanallar bilan tutashtirish, gidrotexnik inshootlarni qurish va hokazolar 
daryo transportining qo’llanilish sferalarini sezilarli darajada kengaytiradi.


Yukning nomi 
Yuklarni avtotrnsport bilan tashishlarning eng chekka 
teng foydali masofalari, temir yo’l transporti bilan 
tashish variantining muqobil sxemalari bor bo’lganda 
p - m - p 
p - m - A 
A- M - A 
Qattiq yoqilg’i 
10 
30-50 
65-85 
Yog’och materiallar 
25 
80-100 
150- 200 
O’ebeng’, graviy, qum 
10 
30-50 
60-80 
TSement 
15 
50-70 
100-120 
Neft mahsulotlari 
30 
70-90 
120-150 
Qora metallolom 
35 
80-90 
100-120 
Temir-beton buyumlar 
30 
65-85 
120-140 
Qurilish g’ishti 
25 
60-80 
110-130 
Mebelg’ 
65 
120-150 
220-260 
Oyna 
30 
70-90 
100-140 
Universal konteynerlar 
125 
250-300 
400-500 
Don 
25 
50-70 
80-100 
Qand lavlagi 
75 
100-120 
200-250 
Kartoshka, 
sabzavotlar, 
mevalar 
100 
180-250 
500-900 
Go’sht, 
go’sht 
mahsulotlari 
230 
280-350 
480-600 
Poyafzal, galantereya 
150 
200-250 
350-500 
Havo transportidan qimmatli, shoshilinch va tez buziladigan yuklarni sanoat 
markazlari va mamlakatning uzoq shimoliy rayonlariga uzoq va o’ta uzoq 
masofalarga tashishda foydalanish samarali bo’ladi. Havo transportining asosiy 
faoliyat ko’rsatish soxasi — yo’lovchilarni tashishdir, Shu sababli yuklarni 
tashishning katta qismi yo’lovchi samoletlariga qo’shimcha yuklash tartibida 
amalga oshiriladi.
Quvur tarmoqli transportdan qisqa masofalarda ham, o’rta, uzoq va o’ta uzoq 
masofalarda ham foydalanish mumkin. Barchasi yukning turi, yuk oqimining 
quvvati va quvurning diametriga bog’liq bo’ladi. Tabiiy gaz 1220 va 1400 mm 
diametrli quvurlar tarmog’i bo’ylab odatda o’ta uzoq masofalarga, jumladan 
eksportga, kichik diametrli quvurlar bo’ylab esa — qisqa masofalarga 
transportirovka qilinadi. Neft va neft mahsulotlari esa 500 dan 3—5 ming km gacha 
masofalarga haydaladi. Quruq yuklar (ko’mir, ruda, qum, o’ebeng’, graviy) 
gidravlik yoki pnevmokonteynerli quvur tarmoqli transport bo’ylab 20—50 km 
gacha masofaga transportirovka qilinadi. Ko’mir pulg’potarmoqlar bo’ylab 250 km 
gacha va unlan ham ko’proq masofaga ko’chiriladi.
Yo’lovchilarni tashish sohasida transport turlaridan foydalanish sferalari 
rayonlarning transport infratuzilmasining rivojlanishi, magistral transport 
turlarining aholi punktlari bilan bg’lanishlarining borligi, yo’lovchilarni yetkazish 
tezliklari, tariflar, harakat jadvalining muntazamligi va qulayligi, borishdan maqsad, 
transport xizmatlari ko’rsatishning sifati va hokazolarga bog’liq bo’ladi. Temir yo’l 


transportidan qisqa masofalarga borish uchun ham (Shahar atrofi), o’rtacha 
(mahalliy) va uzoq masofalarga borish uchun ham foydalaniladi. Shahar ichida va 
Shahar atrofida tashishlarning katta qismini, ayniqsa temir yo’l bog’lanishlari 
bo’lmagan yo’nalishlarda, avtobus transporti bajaradi. Avtobuslar bilan 
Shaharlararo tashishlar 500-800 km gacha masofalarda ko’pincha temir yo’l 
transporti bilan raqobatlashadi. Uzoq va o’ta uzoq masofalarga tashishlarni havo 
transporti bilan amalga oshirish ko’pgina ko’rsatkichlar bo’yicha ko’proq foydali 
bo’ladi. Biroq agar uzoq masofaga (800— 1000 km) bir kechada (10—12 soatda) 
borish kerak bo’lsa va poezdda normal dam olish va uyqu ta’minlansa, u holda 
yo’lovchi temir yo’lni afzal ko’radi.
Dengiz va daryo transportida yo’lovchilarni tashish asosan uzoq masofalarga 
va boshqa transport turlari bo’lmagan yo’nalishlarda, Shuningdek sayyohlik uchun, 
jumladan, o’ta uzoq kruiz sayohatlarida amalga oshiriladi. Sohilbo’yi aholi 
punktlarida yo’lovchilarni qisqa va o’rta masoflarga Shahar atrofida va Shaharlararo 
tashish uchun dengiz va daryo kemalari, jumladan, suv osti qanotlaridagi 
kemalardan keng foydalaniladi. 

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish