33
chorak qismi stoldan chiqquncha muvozanatda turdi. Chizgʻichning massasi
nimaga teng? Agar yukning massasi 125 g boʻlsa, chizgʻichni qancha
masofagacha surish mumkin?
181.
Doska yuzasida
chuqurcha hosil qilinib, unga sharcha qoʻyildi (rasmga
qarang). Chuqurchaning chuqurligi sharcha radiusidan ikki marta kichik.
Sharcha chuqurchadan chiqishi uchun doskani qanday burchakka qiyalatish
kerak?
175-masalaga.
181-masalaga.
182-masalaga.
182.
A va B podshipniklardan oʻtuvchi valning uchiga C disk oʻrnatilgan (rasmga
qarang). Valning massasi – 7 kg, diskning massasi – 28 kg, AB=70 cm,
BC=10 cm. Podshipniklardagi bosim kuchlari aniqlansin.
183.
Uzunligi
l=1,6 m
boʻlgan doskaning massasi
m=70 kg
. U uchlaridan
a
1
=40
cm
va
a
2
=20 cm
masofalarda ikkita tayanchda yotadi.
Doskaning har bir
uchini koʻtarish uchun oʻsha uchiga yoki qarama-qarshi uchiga qanday
vertikal kuch qoʻyish kerak?
g=10 m/s
2
deb olinsin.
184.
Uzunligi 1 m boʻlgan vaznsiz silliq AC sterjen vertikal devorning chuqurligi
AB=0,2 m boʻlgan tirqishiga gorizontal holda qoʻyildi. Sterjenning C uchiga
P=100 N ogʻirlikdagi yuk osildi. A va B nuqtalarda devorning reaksiya
kuchini aniqlang.
184-masalaga.
185-masalaga.
185.
Uzunligi 1 m boʻlgan vaznsiz silliq AC sterjen
vertikal devorga gorizontga
nisbatan α=30° burchak ostida qoʻyildi. Sterjenning C uchiga P=100 N
ogʻirlikdagi yuk osildi. A va B nuqtalarda devorning reaksiya kuchini
aniqlang. Sterjen qanday kuch bilan qisilmoqda? AB oraliq 0,2 m ga teng.
186.
Bir jinsli nozik sterjen A nuqtasi sharnirli mahkamlangan boʻlib, sterjen
gorizontal ip yordamida muvozanatda turibdi (rasmga qarang). Sterjenning
34
massasi
m=1 kg
, uning gorizontdan qiyaligi α=45°. Sharnirning
N
reaksiya
kuchining miqdori hamda yoʻnalishi aniqlansin.
187.
Vaznsiz AB va BC sterjenlar oʻzaro va devor bilan sharnirli bogʻlangan;
sterjenlar orasidagi burchak α ga teng (rasmga qarang).
AB sterjenning
oʻrtasiga
m
massali yuk osilgan. AB sterjenning A va B sharnirlarga bosim
kuchlari aniqlansin.
186-masalaga.
187-masalaga.
188-masalaga.
188.
Richagning AB, BC va CD tomonlari oʻzaro teng boʻlib, bir-biri bilan 90°
burchak tashkil etadi (rasmga qarang). Richagning oʻqi – B nuqtada. A
nuqtaga AB ga perpendikulyar F kuch qoʻyildi. Richag muvozanatda turishi
uchun D nuqtaga qoʻyilishi kerak boʻlgan minimal kuchni toping. Agar
richagning oʻqi C nuqtaga koʻchirilsa, javob oʻzgaradimi? Richag massasi
hisobga olinmasin.
189.
R radiusli va m massali halqa h balandlikli zina oldida turibdi. Halqa oʻqiga
gorizontal yoʻnalishda qanday kuch qoʻyilsa, u zinadan chiqadi?
190.
Oldingi masalada
h
boʻlib, F kuch ixtiyoriy yoʻnalishi mumkin. U qanday
yoʻnalishi kerak?
191.
Yerda ikkita bir xil silindr shaklidagi jism bir-biriga tegib, yonma-yon
yotibdi. Ular yuqorisiga ham huddi shunday silindr qoʻyildi. Silindrlar
orasidagi μ ishqalanish koeffitsiyentining qanday qiymatida ular dumalanib
ketmaydi? Silindrlar yer sirtida sirpanmaydi.
192.
Do'stlaringiz bilan baham: