Umumiy fizika kursidan masalalar to’plami


GIDROSTATIKA VA AEROSTATIKA



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/74
Sana17.07.2022
Hajmi3,48 Mb.
#811664
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74
Bog'liq
fayl 1029 20210520

GIDROSTATIKA VA AEROSTATIKA
213.
Uchta idish bir xil S yuzali asosga ega (rasmga qarang). Agar ularga bir xil 
miqdorda suv quyilgan boʻlsa, idishlar tubidagi bosim kuchlarini taqqoslang. 
Har biri uchun asosidagi bosim kuchini quyilgan suv ogʻirligi bilan 
taqqoslang. 
214.
Akvarium qirrasi 
a
boʻlgan kub shaklida boʻlib, u suvga toʻldirilgan. Suvning 
akvarium tubiga va yon devoriga bosim kuchini aniqlang. Atmosfera bosimini 
hisobga olmang. 
215.
Akvarium qirrasi 
a=60 cm
boʻlgan kub shakliga ega. Yon devoriga ta’sir 
qiluvchi bosim kuchi tubiga ta’sir qiluvchi bosim kuchiga nisbatan 6 marta 
kichik boʻlishi uchun akvariumga qanday balandlikkacha suv quyish kerak? 
216.
U-simon nayning ustunlariga quyilgan suv va spirtni simob ajratib turadi 
(rasmga qarang). Ikkala ustunda ham simob sathlari bir xil. Simob sathidan 
h
0
=24 cm
balandlikda ustunlar yopiq kranli nozik naycha bilan tutashtirilgan. 
Suv ustuni balandligi 
h
1
=40 cm
. Spirt ustunining 
h
2
balandligini aniqlang. 
Kran ochilsa, suyuqlik qanday harakatlanadi? 
213-masalaga.
216-masalaga.


38 
217.
Oldingi masalada spirt oʻrniga kerosin quyilsa, kran ochilgan keyin har bir 
suyuqlik sathlari qanday oʻzgaradi? Kerosin bilan spirtning zichliklari teng, 
lekin kerosinning spirtdan farqi u suv bilan aralashmaydi. Kapillyarlik 
effektlar hisobga olinmasin. 
218.
Stakandagi suvda muz parchasi suzib yuribdi. Muz erib ketsa, suv sathi 
qanday oʻzgaradi? Agar muz ichida poʻkak boʻlagi bor boʻlsa, javob 
oʻzgaradimi? Poʻlat gayka boʻlsachi? 
219.
Uncha katta boʻlmagan basseynda qayiq suzmoqda. Qayiq ichidagi tosh suvga 
tashlansa, suv sathi oʻzgaradimi (va qanday oʻzgaradi)? 
220.
Uncha katta boʻlmagan basseynda qayiq yarim choʻkkan holda suzmoqda. 
Qayiqdagi suv sathi basseyndagi suv sathi bilan bir xil. Qayiqdagi suvdan 
chelakni toʻldirib, basseynga quyildi. Endi qaysi birida suv sathi yuqori – 
qayiqdami yoki basseyndami? Basseyndagi suv sathi qanday oʻzgaradi? 
221.
Suv bilan toʻldirilgan shisha idish suvda choʻkadimi? Simobga toʻldirilgani – 
simobdachi? 
222.
Asos yuzasi 
S=5 m
2
va balandligi 
h=0,5 m
boʻlgan muz parchasi suvda 
suzmoqda. Muz parchasini suvga toʻliq botirish uchun qanday ish bajarish 
kerak? 
223.
Shisha sharcha aniq richagli tarozida 
m
1
=170 g
massali latunli tarozi toshi 
bilan muvozanatlashdi. Oʻlchash dengiz sathida 0°C temperaturada amalga 
oshirildi. Sharchaning 
m
massasi qanday? Agar sharcha havo zichligi ikki 
marta kamayadigan 
h=5,5 km
balandlikda oʻlchansa, uni muvozanatlash 
uchun qanday 
m
2
massali tarozi toshi kerak boʻladi? 
224.
Hajmi 
V=300 m
3
boʻlgan havo shari Yer sirti yaqinida uchib yuribdi. Shardan 
ballast tashlandi va shar havo zichligi ikki marta kam balandlikka koʻtarildi. 
Agar bunda shar hajmi 1,5 marta ortgan boʻlsa, ballastning massasi qanday? 
Havo temperaturasi 0°C deb hisoblansin. 
225.
Daryo tubida rasmda koʻrsatilgan shaklda beton konstruksiya oʻrnatilgan. Bu 
konstruksiya daryo tubini qanday kuch bilan bosadi? Atmosfera bosimini 
hisobga olmang. 
225-masalaga.
227-masalaga.


39 
226.
Plastmassa brusok suv sirtida suzmoqda. Agar suv ustiga brusok toʻliq 
botguncha moy quyilsa, brusokning suvga botish chuqurligi qanday 
oʻzgaradi? 
227.
Jism ikkita suyuqlik chegarasida joylashgan (rasmga qarang). Unga ta’sir 
qiluvchi Arximed kuchini hisoblang. 
228.
Zichligi ρ boʻlgan jism zichliklari ρ
1
va ρ
2
boʻlgan suyuqliklar chegarasida 
suzadi, bunda ρ
1

2
. Jism hajmining qanday qismi pastgi suyuqlikka botgan? 
229.
Qalinligi 5 cm boʻlgan doska suvda 70% qismi botgan holda suzmoqda. Agar 
suv sirtiga 1 cm qalinlikda neft quyilsa, doska neft sirtidan qancha chiqib 
turadi? 
230.
Qirrasining uzunligi 
a=10 cm
boʻlgan poʻlat kub simobda suzmoqda. Simob 
ustiga kubning yuqori qirrasigacha balandlikda suv quyildi. Suv qatlamining 
balandligini aniqlang. 
231.
Bir jinsli jism dinamometrga osildi. Dinamometrning koʻrsatkichi havoda 
P
1
=8,4 N
, suvda esa 
P
2
=5 N
ga teng. Jismning zichligi nimaga teng? 
232.
Liftda ustida koptok suzayotgan suvli chelak turibdi. Agar lift 
a
tezlanish 
bilan yuqoriga harakatlansa, koptokning suvga botish chuqurligi qanday 
oʻzgaradi? Pastga harakatlansachi? 
233.
Richagli tarozida suvli idish va tarozi toshi muvozanatlandi. Agar suvga ipga 
bogʻlangan poʻlat brusok idish devoriga tekkizilmay tushirilsa, tarozining 
muvozanati buziladimi? 
234.
Oldingi masalada brusok suvga toʻla botirilgan holda tarozi muvozanatini 
tiklash uchun tosh massasini qanchaga orttirish kerak? 
Poʻlat brusok oʻlchamlari 5 cm x 6 cm x 8 cm. 
235.
Oldingi masala shartida agar ipning uchini qoʻlda 
tutmasdan, oʻsha idish yuqorisiga bogʻlansa, javob 
qanday oʻzgaradi (rasmga qarang)? 
236.
Dengizning biror chuqurligida kovak shar suvga toʻliq botgan holda 
suzmoqda. Modomiki uning ogʻirligi suvda toʻliq “yoʻqolgan” boʻlsa, sharni 
vaznsiz deb ayta olamizmi? Shar ichidagi odam vaznsizlikni his qiladimi? 
237.
Oldingi masalada suzayotgan sharni yanada chuqurroq choʻktirib, qoʻyib 
yuborilsa, oldingi chuqurligiga qaytadimi? 
238.
Yaxlit alyuminiy va temir sharlar richagda muvozanatlashdi. Ikkala shar ham 
suvga botirilsa, muvozanat buziladimi? Ikki holni koʻring, sharlar bir xil: a) 
massaga; b) hajmga ega. 
239.
Yer atmosferasining massasini baholang (Yer radiusi R=6400 km). 
240.

massali poʻkak uchiga ogʻir yakor osilgan ipga bogʻlangan holda suv ostida 
h
chuqurlikda turibdi. Ip uzib yuborilsa qanday issiqlik ajralib chiqadi? 
235-masalaga. 


40 
241.
m=3 kg
massali va 
V=2 dm
3
hajmli jism suv ostida 
h=3 m
chuqurlikda 
joylashgan. Uni sekin suv sirtidan 
H=5 m
balandlikkacha koʻtarish uchun 
qanday ish bajarish kerak? Bunda bajarilgan ish jism potensial energiyasining 
oʻzgarishiga teng boʻladimi? 
242-masalaga.
243-masalaga.
242.
Massasi 
m
va radiusi 
R
boʻlgan silindrik idish toʻnkarilgan holda rezina sirtga 
chetlari bilan mahkam tegib turibdi (rasmga qarang). Idish tubida 
r
radiusli 
teshik ochildi va unga yengil vertikal nay oʻnatildi. Nay orqali idishga 
suyuqlik quyildi. Naydagi suyuqlik balandligi 
h
boʻlgan paytda idishning 
chetlaridan suyuqlik chiqa boshladi. Suyuqlikning zichligini aniqlang.
243.
U-simon ingichka naychaga vertikal tirsaklarining yarmigacha simob 
toʻldirilgan (rasmga qarang). Naycha gorizontal 
a
tezlanish bilan harakat-
lanadi. Uning vertikal tirsaklaridagi simob balandliklari farqini va A 
nuqtadagi bosimni aniqlang. Tezlanish qanday boʻlganda simob toʻkiladi?

Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish