Umumiy fizika kursidan masalalar to’plami



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/74
Sana17.07.2022
Hajmi3,48 Mb.
#811664
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
fayl 1029 20210520





OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
 
 
BERDAQ NOMIDAGI
QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI 
 
 
 
 
 
Q.A.Ismaylov, M.A.Asqarov, E.J.Qosbergenov, T.B.Ismaylov 
 
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN 
MASALALAR TOʻPLAMI 
 
Oliy oʻquv yurtlarining nofizik bakalavr ta’lim yoʻnalishlari talabalari hamda 
fizikadan mustaqil tayyorlanuvchilar uchun oʻquv qoʻllanma 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
NUKUS – 2019



UOʻK 530.1(075.4) 
KBK 22.3 
 
Q.A.Ismaylov, M.A.Asqarov, E.J.Qosbergenov, T.B.Ismaylov. Umumiy fizika 
kursidan masalalar toʻplami. QDU. Nukus 2019. 172-b. 
Ushbu oʻquv qoʻllanma oliy oʻquv yurtlari nofizik bakalavr ta’lim 
yoʻnalishlari talabalari uchun moʻljallangan. Qoʻllanmada umumiy fizika kursiga 
tegishli masala va savollar quyidagi tartibda berilgan: oʻrtacha qiyinlikdagi 
masalalar, yuqori qiyinlikda hamda olimpiada masalalari. Dastlab har bir boʻlim 
boʻyicha masalalar yechish boʻyicha namunalar keltirilgan. Qoʻllanmada umumiy 
mingga yaqin masalalar berilgan boʻlib, masalalarning koʻpchiligi mulohazali, 
hayotiy hamda qiziqarli koʻrinishdagi masalalardir. Shuningdek ushbu qoʻllanma 
fizikadan mustaqil tayyorlanuvchilar uchun ham masala yechish boʻyicha 
koʻnikma va malakalarni hosil qilishda qimmatli dastur ul-amal boʻladi deb 
ishonamiz. 
Qoʻllanma boʻyicha fikr va mulohazalaringizni 
asqarovm@list.ru
elektron 
manzilida kutib qolamiz. 
Taqrizchilar: 
A.Kamalov – NDPI “Fizika oʻqitish metodikasi” kafedrasi mudiri, fizika-
matematika fanlari doktori, dotsent. 
M.Sharibaev – QDU “Yarimoʻtkazgichlar fizikasi” kafedrasi dotsenti, fizika-
matematika fanlari nomzodi. 
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Ilmiy kengashi tomonidan 
nashrga tavsiya qilingan (2019-yil 31-avgustdagi 1-sonli bayonnoma). 



SOʻZ BOSHI 
Oʻquv jarayonida mantiqiy xulosalar, matematik amallar va fizik qonun-
qoidalar asosida yechiladigan muammoga fizik masala deyiladi. Aslida fizika 
kursida oʻquv materialini oʻrganish bilan bogʻliq boʻlgan jumboq masala boʻladi. 
Masalalar yechishni oʻrganish oʻquvchilarning aqliy rivojlanishiga imkon beradi, 
mantiqiy tafakkur, diqqat, xotira va idrokni oʻsishiga koʻmak beradi. 
Masala yecha olish bu fizika kursini oʻrganish va oʻzlashtirishning asosiy 
mezonidir. Masala yechish davomida oʻquvchilar tabiat, texnika va turmushdagi 
turli fizik hodisalarni tahlil qilishda oʻz bilimlarini qoʻllash uchun bilim va 
koʻnikma hosil qiladilar. Chunonchi, chizmalar, rasmlar chizish, hisoblashlar 
bajarish, ma’lumotnomadan foydalanish, tajribaviy masalalarni yechishda asbob-
uskunalardan foydalanish uchun bilim va malakalar hosil qiladilar. 
Ushbu qoʻllanmada masalalarni yechish davomida oʻquvchilarning fizik 
tafakkurini shakllantiradigan, ularga amaliy bilim va malakalar beradigan mingga 
yaqin masala va savollar keltirilgan. Kelgusida ushbu masalalarni yechishning 
umumiy hamda muhim usullarini ham chop etish rejalashtirilgan. 

Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish