mujassamlashadi. Gumus massasining asosiy qismini (60-70 %) gu-
min kislota va fulvokislotalar tashkil etadi. Tuproqning gumus ho
lati bilan tuproqning zonal qator lari o‘rtasida
mustahkam aloqa
mavjud. Yer shari tuproqlaridagi gumus zaxirasi miqdori gidroter-
mik sharoit bilan bog‘liq. Eng ko‘p gumus zaxirasi yillik o‘rtacha
harorat uncha yuqori bo‘lmagan va namlik meyorda bo‘lgan tuproq
larda kuzatiladi. Gumus moddalarining tarkibi va xossalaridagi
tafovutlar unga ta’sir etuvchi jarayonlar, ya’ni nurash,
tuproq
tuzilmasining paydo bo‘lishi, moddalaming kesimdagi migratsiyasi,
tuproq minerallari miqdorining o‘zgartirilishiga bog‘liq.
Tayanch ibora va atamalar:
Mikroorganizm, biokimyoviy jarayon, organik modda, biomas-
sa, tropik mintaqa, boreal mintaqa, tuproqning organik qismi, tuproq
minerallari, tuproq gumusi.
Nazorat uchun savollar:
1. Mikroorganizmlar tuproq hosil boiishida qanday vazifani
bajaradi?
2. Mikroorganizmlar faoliyati bilan tuproq zonalari o‘rtasidagi
bogiiqlikning mohiyatini tushuntiring.
3. 0 ‘simliklaming tuproq hosil bo‘lishidagi ahamiyati nimada?
4. 0 ‘simliklar fitomassasi miqdori bilan tuproq zonalari
aloqadorligini tushuntiring.
5. Nima uchun daraxt va o‘tsimon o‘simlik biomassasining
ildiz va yer ustki qismlarida farq katta?
6. Opad nima va uning tuproq uchun ahamiyati nimada?
7. Zoomassaning asosiy
qismi nima uchun umurtqasiz
hayvonlarga to‘g‘ri keladi?
8. Hayvonlarning tuproq hosil boiishidagi rolini tushuntirib
bering.
9. Hayvonlarning yashash faoliyatini tuproq zonalligi asosida
tushuntiring.
10. Tuproqning organik qismi va chirindi (gumus) to‘g‘risida
nimalami bilasiz?
34
II BOB. TUPROQ HOSIL BO‘LISHIDA IQLIM VA
GIDROLOGIK OMILLARNING 0 ‘RNI
2.1. Tuproqning issiqiik tartibi
Iqlim tuproq hosil boiishida va tuproqlar geografiyasida
muhim omillardan biri hisoblanadi.
Tuproqlar geograflyasining
umumiy qonuniyatlari ham iqlim bilan bogiiq. Iqlim tuproq hosil
boiishiga bevosita ta’sir etib tuproqning energetik darajasi va
gidrotermik tartibini belgilaydi hamda tuproq hosil qiluvchi boshqa
omillarga (o‘simlik,
organizmlaming hayot faoliyati, tuproq hosil
qiluvchi jinslar va b.) ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Tuproqning issiqiik va suv tartibi tuproqda kechadigan barcha
fizik, kimyoviy, biologik jarayonlar xarakteri hamda jadalligiga ta’sir
ko‘rsatadi. Tog‘ jinslarining fizik parchalanishi va ulaming
g‘ovaklashishi, kimyoviy reaksiyalaming jadalligi, tuproq aralashma-
larining
birikishi, qattiq va suyuq bosqichlar nisbati kabilar harorat
orqali amalga oshadi. Vant-GofF qoidasi bo‘yicha haroratning har
10 °C ga ortishi, kimyoviy reaksiyalar tezligini 2-3 martta orttiradi5.
Bakteriyalaming biokimyoviy faoliyati,
organik qoldiqlaming
chirish tezligi, organizmlaming hayot faoliyatlari kabilar ham
harorat bilan bogiiqligiga shubha yo‘q. Shu tufayli Yer sharining
turli hududlarida issiqiik tartibining bir xil emasligidan nurash va
tuproq hosil boiish tezligi, tuproq kesmasi (profili) va nurash po'sti
ham turlicha boiadi.
Tuproqning
issiqiik tartibi deb, yerning yuza qatlamidagi
havo - tuproq - tuproq hosil qiluvchi ona jins tizimidagi issiqiik
almashinuvi bilan bogiiq barcha hodisalar yigindisiga aytiladi.
Radiatsiya muvozanati (balansi)ning o‘zgarishi joyning keng-
ligi va yil mavsumlariga bogiiq. Bu tundrada - 10-20 kkal/sm2,
janubiy taygada - 30-40 kkal/sm2, qora tuproq zonasida - 30-50
kkal/sm2, tropiklarda esa yiliga 75 kkal/sm2 dan ortadi.
5
Krasilnikov, P., Carre, F. & Montanareila, L. (eds ) Soil geography and geostatistics. European Communities, 2008.
Tuproqning issiqlik tartibi atmosferaning yer yuzasiga yaqin
qismidagi issiqlik tartibiga bo‘ysinadi, ammo undan farqlanadi. Havo
va tuproqning o‘rtacha yillik harorati shimoldan janubga va sharqdan
g‘arbga tomon ko‘tariladi. Havo haroratining ortishi
bilan tabiat min-
taqalarining issiqlik bilan ta’minlanishi ham o'zgaradi. Issiqlik tartibi
bo‘yicha shimoliy yarim sharda 5 ta mintaqa ajratiladi (II.2.1 .l-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: