Tuproqlar geografiyasi


o‘simlik - tuproq - o‘simlik



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/85
Sana27.05.2023
Hajmi5,22 Mb.
#944955
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   85
o‘simlik - tuproq - o‘simlik 
tizimidagi tirik moddalaming 
ta’siri hamda mineral moddalaming aylanishi bilan bevosita 
belgilanadi. Ayni damda o‘simlikning o‘zi tuproq va iqlimning 
mahsuli hisoblanadiki, qaysiki uning shakllanishini ular hal qiladi.
1.3. Hayvonot olamining tuproqlar geografiyasidagi ahamiyati
va tuproqlaming organik qismi
Tuproqlaming zonal tarqalishiga hayvonlaming ta’siri o‘sim- 
liklamikiga qaraganda kam darajadaligi ma’lum boisa-da, biroq 
ulaming indikatsion ahamiyati juda yuqori. Tuproq turli - tuman 
hayvonlari uchun yashash muhiti hisoblanadi, ba‘zilari unda bir umr 
yashasa, boshqalari hayot ma‘romining ma’lum qismini unda o‘tka- 
zadi. Tirik organizmlar biomassasi o‘simliklar biomassasiga qara­
ganda ancha kam va 5 % dan ko‘p boimagan fitomassani tashkil 
etadi. Nisbatan eng ko‘p hayvon biomassasi o‘tloq-dashtlarga to‘g‘ri 
keladi.
Zoomassaning asosiy qismi juda mayda va o‘z o‘rnida 
hayvonot dunyosining eng ko‘p sonli vakillari - umurtqasizlar 
hissasiga to‘g‘ri keladi (97-99 %). 1 ga maydondagi tuproqda 200 
ming dan 5 mln gacha yom gir chuvalchanglari uchrashi mumkin.
Umurtqalilarning massasi umurtqasiz hayvonlarga taqqosla- 
ganda ancha kam. 0 ‘tloq-dashtlarda u taxminan umumiy biomassa- 
ning taxminan 1 % ini, emanzorlarda - 0,12 %, aralash o‘rmonlar va 
taygada - 1,6 dan 4 % gacha, tundrada - 5 % gachani tashkil etadi.
32


Tuproq hosil bo‘lishida hayvonlarning ahamiyati juda katta. 
Ular organik moddalarning to‘planishi va parchalanishida qatna- 
shadi, tuproqning fizik va kimyoviy xossalariga, eroziya jarayon- 
larining rivojlanishiga, tuproq qoplamining tuzilmasiga ta’sir ko‘r- 
satadi. Tuproq hayvonlari tuproq yuzasi va qatlamlaridagi organik 
qoldiqlami taqsimlash, maydalash hamda tuproqning mineral qismi 
bilan aralashtirish qobiliyatiga ega.
Tuproq hosil boiishida yomg‘ir chuvalchangining ahamiyati 
qadimdan ma’lum. Chuvalchang sutka mobaynida o‘z og‘irligidan 
176-192 
%
ko‘p miqdordagi tuproqni ichagidan o‘tkazishi mumkin. 
Och sur o‘rmon tuproqlarida chuvalchanglar yiliga 40 s/ga yer osti 
o‘simlik qoldiqlarini qayta ishlashga qodir ekan, o'rmon-dasht qora 
tuprcfqlarda bu ko‘rsatkich - 35 s/ga va undan ortiq. janubiy kam 
gumusli qora tuproqlarda esa - 10 s/ga gacha yetadi.
Umuman har bir tabiat zonasi unda yashashga moslashgan 
ko‘plab turli tuproq faunasi uchun makon hisoblanadi. Kenglik 
bo‘ylab qaralganda ayrim turlaming dominantligi ortadi yoki aksin- 
cha kamayadi.
Hayvonot olami 
ichida suv eroziyasini 
rivojlantirish, 
shuningdek, qumliklarda deflyatsiya jarayonlarini tezlanishiga ta’sir 
etadiganlari ham uchraydi.
Tuproqlam ing organik qismi. Tuproqning paydo bo‘lishini 
avvalo tog‘ jinslariga biologik omillaming ta’siri natijasi deyish 
mumkin. Shu tufayli tuproq hosil bo‘lishida biologik omilni 
ko‘pincha „yetakchi” sifatida qaraladi. Ular tuproqning organik 
moddalarini sintezlab, uning kimyoviy va mineralogik tarkibi, fizik 
xossalari, shuningdek, issiqlik hamda suv tartibiga ta’sir ko‘rsatadi.
Tuproqning organik qismining asosiy manbai - tuproq 
gumusi4 - o‘simliklar hisoblanadi. Uning bir qismining chirishi 
tufayli to‘q tusli va murakkab tarkibli majmuali organik birikma -
chirindi (gumus) vujudga keladi. Gumusning shakllanishi murakkab 
jarayon. U turli geografik zonalarda turlicha - o‘ziga xos tarzda ke- 
chadi. Uning zaxirasi podzol tuproqlarda 100 t/ga, qo‘ng‘ir o‘rmon 
tuproqlarda - 150-300, oddiy qora tuproqlarda 700 t/ga dan ortadi. 
Uning asosiy qismi (yarmi) tuproqning 0-20 sm yuqori qismida

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish