Quyon. Quyonlar ikki xil bo'ladi: yovvoyi quyon va xonaki quyon. Yovvoyi quyon yerda uzun in qazib, unda bolalarini boqadi va dushmanlaridan himoyalanadi. Yovvoyi quyon o'simliklar bilan oziqlanadi. Ular kechasi ovqat qidirib yuradi. Yovvoyi quyonning yungi kulrang-qo'ng'ir bo'ladi. Shuning uchun u tepalik joylarda ko'zga yaqqol tashlanib turmaydi.
Xonaki quyonlar yovvoyi quyonlardan tarqalgan. Quyonning har xil zotlari bor. Rus oq quyoni, katta oq quyon, to'q qo'ng'ir quyoni, angor quyoni va boshqalar. Quyonlar sabzi, lavlagi, karam va pichan bilan boqiladi. Yaxshi boqilgan ona quyon bir yilda besh marta bolalaydi.
Quyonning kichkina boshi, ikki juft oyog'i va kalta dumi bor. U keyingi uzun oyoqlari bilan depsinib, sakrab-sakrab yuradi. Barmoqlarida qattiq tirnoqlari bo'ladi. Xonaki quyon terisi, tivit va go'shti uchun boqiladi. Quyon terisidan palto, shapka va yoqa tikiladi. Quyon tivitidan esa yengil va issiq ro'mol, sharf va boshqa narsalar to'qiladi.
Yaxshi parvarish qilingan quyondan shirin go'sht ham olinadi.
Qo'ylar
Qo'ylar, asosan, go'shti va juni uchun boqiladi. Qo'y o'rtacha 10 — 15 yil yashaydi. Har yili bitta yoki ikkitadan qo'zilaydi. Qo'zichoqlar bir yilda voyaga yetadi. Qo'chqorlar esa bir necha yil bo'rdoqiga boqilib, go'shtga topshiriladi. Qo'ylar junidan ip yigiriladi va issiq kiyim-kechaklar to'qiladi.
Qo'y laming qorako'l, hisor kabi zotlari ko'proq boqilib ko'paytiriladi .Qorako'l qo'yining terisidan telpak, pal toning yengi va yoqalari tikiladi.Hisor qo'ylari eng yirik zotli qo'ylar hisoblanadi. Bunday qo'ylar go'sht va yog'i uchun boqiladi. Qo'ylar tog' va cho'l yaylovlarida katta poda qilib boqiladi.
Otlar
Dunyoda otlarning 200 dan ortiq zotlari mavjud. O'zbekistonda qorabayir, arabi, vladimir otlari ko'p uchraydi.Qadimdan ot ulov vazifasini bajargan. Odamlar otga minib, uzoq joylarga borganlar, dushmanlarga qarshi jang qilganlar. Hozirgi kunda ham qishloq joylarda yuklarni tashishda otlardan foydalaniladi. Cho'ponlar mol va qo'ylarni yaylovlarda ot minib yurishib boqishadi.Ot go'shti iste'mol qilinadi, sutidan qimiz tayyorlanadi. Biya har yili bitta, ayrim hollarda ikkita bolalaydi. Otning bolasi 2 — 3 yoshgacha toy deyiladi.
Tayanch so‘zlar: qoramol, sigir, buzoq, qo‘y, qo‘zichoq,
qo‘chqor, qorako‘l qo‘yi, hisor qo‘yi,qorabayir, arabi ot,
vladimir oti, qimiz, toy.
Savollar
1.Uy hayvonlari qanday ahamiyatga ega?
2.Odamlar ayrim yovvoyi hayvonlarni qay tarzda uy hayvonlariga aylantirishgan?
3.Sigir qanday boqiladi va undan o‘rtacha qancha sut sog‘ib olinadi?
4.Qo‘ylar nima maqsadda boqiladi?
5.Otlardan qanday foydalaniladi?
Topshiriq
0‘zingiz yoqtirgan uy hayvoni haqida hikoya yozing.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
1.O'quvchilar bilan quyidagi savollar bo'yicha savol-javob o'tkaziladi:
2. Uy hayvonlari qayerdan kelib chiqqan?
3. Qoramollar nima bilan oziqlanadi? Bo'sh kataklarni to'ldiring:
4. Qo'ylar nima uchun boqiladi?
5. Ot haqida nimalarni bilasiz?
6.O'quvchilarning javoblarini o'qituvchi to'ldiradi.
V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish.
O'quvchilarga darslikdagi mavzuni o'qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topish, topshiriqni bajarish uyga vazifa sifatida beriladi. «Men sevgan uy hayvoni» mavzusida hikoya yozish
29 - dars. Mavzu: Suvda yashaydigan hayvonlar.
Sana___________
Darsning ta'limiy maqsadi: o'quvchilarga baliq, baqa va qurbaqa, o'txo'r va go'shtxo'r hayvonlar, oziq zanjiri haqida ma'lumotlar berish, yovvoyi hayvonlarning turli xillari bo'yicha o'quvchilarda bilim va ko'nikmalarni shakllantirish. T.k.1 jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalariga oid tayanch so‘z va atamalarning ma’nosini aytib bera olish. T.k.2 mavzuga doir ma’lumotlarni kompyuter va boshqa manbalardan izlab topib, ulardan samarali foydalana olish. F.k.1 jonli va jonsiz tabiat, atrofimizdagi tabiatning tarkibiy qismlari va tabiat hodisalarini, suvning uch holatini va tabiatda
aylanib yurishini kuzatadi va suvning tirik organizmlar va insonlar uchun ahamiyatini aytib bera oladi.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: tabiatda tirik organizmlarning oziq zanjiri orqali o'zaro bog'liqligini tushuntirishda o'quvchilarda tabiatga to'g'ri munosabatda bo'lish hissini tarbiyalash. T.k.3 o‘zini tuta olish, to‘g‘riso‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o'quvchilarning hayvonlar haqidagi bilimlarini rivojlantirish, oziq zanjiri haqida dunyoqarashlarini shakllantirish va kengaytirish. F.k.3 o‘zi yashaydigan joyda tuproqni muhofaza qilish, uni o‘g‘itlab, minerallar bilan boyitish tadbirlarida ishtirok eta oladi.
Darsning jihozlari: turli yovvoyi hayvonlar, suvda yashovchi hayvonlar, baqa va qurbaqa tasvirlangan rasmlar, darslik.
Darsda qo'llaniladigan metod: suhbatlashish, «Aqliy hujum» interfaol metodi.
DARSNING BORISHI
I, Tashkiliy qism. O'quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, turli yovvoyi hayvonlar, suvda yashovchi hayvonlar, baqa va qurbaqa, oziq zanjiri tasvirlangan rasmlarni osish.
II.Uy vazifasini so'rash. Avvalgi darsda o'tilgan “Uy hayvonlari” mavzuyi yakunida berilgan savollar bo'yicha o'quvchilar bilan suhbat o'tkaziladi. O'quvchilar bilan quyidagi qo'shimcha savollar bo'yicha ham suhbatlashish davom ettirilishi mumkin:
1. Qoramollar, qo'ylar va otlar qayerda boqiladi?
2. Qoramollar, qo'ylar va otlar qishda qanday boqiladi?
3. Boshqa uy hayvonlari haqida nimalarni bilasiz?
4. Qaysi uy hayvonini ko'proq yaxshi ko'rasiz? U qanday boqiladi?
Yozib kelgan hikoyalar o'qitiladi.
III. Yangi mavzuning bayoni. «Hayvonlarning xilma-xilligi» mavzuyi boshida keltirilgan quyidagi savollar bo'yicha suhbatlashiladi:
1. Yovvoyi hayvonlarning uy hayvonlaridan farqi nimadan iborat?
2. Suvda qanday jonivorlar yashaydi?
Yangi mavzu bo'yicha o'quvchilarga suvda yashovchi hayvonlar, baliq, suvda ham quruqlikda yashovchi hayvonlar, baqa va qurbaqa, o'txo'r va go'shtxo'r, oziq zanjiri haqida batafsil so'zlab beriladi. Bundan tashqari o'quvchilarning qiziqishlariga qarab boshqa yovvoyi hayvonlar haqida ham so'zlab berish tavsiya etiladi. Shu maqsadda quyidagi matnlardan foydalaniladi.
Yo'lbars. Yovvoyi hayvonlardan eng yirtqichi yo'lbarsdir. U daryo bo'yi va katta ko'l qirg'oqlaridagi qamishzor, to'qayzor hamda changalzorlarda yashaydi. Yo'lbars suvda yaxshi suzadi, ammo daraxtga chiqa olmaydi. Terisidagi qora yo'llar yashaydigan yerning umumiy ko'rinishiga mos keladi. Uning terisi quyosh nurida sarg'aygan poya va qamishlarning rangiga o'xshash sariq, ola-bula bo'ladi.Yo'lbars suv ichgani kelgan yovvoyi hayvonlarga birdan tashlanib, ularni tutib yeydi. Yo'lbars yovvoyi cho'chqa, bug'u, yovvoyi echki va boshqa hayvonlar bilan ovqatlanadi.
Arslon. Arslon sher deb ham ataladi. U barcha yirtqich hayvonlar ichida zo'ri hisoblanadi. Uni hayvonlar shohi deb bejiz aytmaganlar. Erkak arslonning bo'yin va ko'kragini qoplab olgan yoli bo'ladi. Bunday yol urg'ochi arslonda va yoshlarida bo'lmaydi. Dumining uchida chiroyli popugi bor. Arslon cho'l va dasht singari ochiq yerlarda yashaydi.Arslon kechasi ovga chiqadi. Kunduzi esa cho'l va dashtdagi chuqurchalarda yotadi. U kiyik, zebra va yovvoyi cho'chqa kabi hayvonlar bilan ovqatlanadi. Ko'pincha qo'y, echki, ot va sigir kabi uy hayvonlariga ham hujum qiladi.
Ilon. Ilonlar suvda va quruqlikda yashaydi. Ilonlarning oyog'i bo'lmaydi. Shuning uchun ham u sudralib yuradi. Ilonlar vaqt-vaqti bilan po'st tashlaydi. Ular sichqon, qushlarning bolasi, kaltakesak, baqa va baliqlar bilan ovqatlanadi. Ilon toshlar orasiga, sichqon va kalamushlar iniga, yer yoriqlari va kovaklarga, daraxtlarning ildizi ostiga kirib qishki uyquga ketadi. U bitta, bir nechta, ba'zan esa 100 tadan 200 tagacha bo'lib qishlaydi. Ilonlar zaharli va zaharsiz bo'ladi. Zaharli ilonning zahari olinadi. Ilon zaharidan tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Zaharsiz ilonning eng ko'p tarqalgani suvilonidir. Suvilon mart oyida qishki uyqudan uyg'onadi. Ular bahorning dastlabki kunlarida suvga bormaydi. Soatlab oftobda isinib yotadi. Aprel oyida suvga tushib oladi.Suvilon suvda yaxshi suzish bilan birga, quruqlikda ham tez sudralib yura oladi. U ko'pincha ariq, hovuz va anhorlarga yaqin joyda yashaydi. Baqa va mayda foaliqlar bilan ovqatlanadi.Zaharsiz ilonga bo'g'ma ilon ham kiradi. Bu ilon tutib olgan hayvonlarini bo'g'ib o'ldiradi, so'ngra butunligicha yutib yuboradi. O'zbekistonda uchraydigan zaharli ilonlarga qora ilon, charx ilon, ko'lvor ilon, qalqontumshuq ilon va ko'zoynakli ilon kiradi.Zaharli ilon chaqqanda shifokorga borishdan oldin qo'1-oyoqning ilon chaqqan joyidan yuqori qismi bog'lanadi. Ilon chaqqan joydagi qon qo'l bilan siqib chiqariladi yoki so'rib tashlanadi. Ilon zahari so'lak tekkanda qisman kuchsizlanadi. So'ngra kaliy permanganat yoki soda eritmasiga dokani ho'llab jarohatlangan joyga bosiladi. Ilon chaqqan kishiga suv, limonad, sut va kofe ichirish foydalidir. Dastlabki tadbirlar ko'rilgach, shifokorga murojaat qilish lozim.
Kaltakesak. U, ayniqsa, cho'lda ko'p bo'ladi. Kaltakesak oyoqlari bo'lishi bilan ilondan farq qiladi. Sariq ilon ham kaltakesakdir. Kaltakesaklarning 2 juft oyog'i bo'ladi. Faqat sariq ilonning qo'1-oyog'i bo'lmaydi. Ular juda tez yuguradi.Kaltakesak qo'ng'iz, o'rgimchak, chumoli, chigirtka, beshiktebratar va pashshalar bilan ovqatlanadi. U biror daraxt tagiga yoki qum tepalarning yon bag'riga in quradi. Sovuq tushganda iniga yashirinib, ko'klamgacha karaxt bo'lib yotadi.
Toshbaqa. U dala, qir va tog'larda ko'p uchraydi. Toshbaqa tanasining ustida va ostida suyak kosasi bo'lishi bilan ilon hamda kaltakesakdan farq qiladi. Toshbaqa o't bilan oziqlanadi. Chigirtka va qo'ng'izlarni ham yeydi. Aprel-may oylarida urg'ochi toshbaqalar qumga uchtadan beshtagacha tuxum qo'yadi. Avgust oyida tuxumlardan yosh toshbaqalar chiqadi. Ular qum orasiga kirib, kelgusi bahorgacha uyquga kiradi.Toshbaqa daraxtlar tagiga, past va baland joylarga in qaziydi. U iyun oyida iniga kirib olib, oldin yozgi uyquga, keyin esa qishki uyquga kiradi. Bitta inda ba'zan ikki-uchta va hatto beshta toshbaqa bo'ladi.
Suvda yashaydigan hayvonlar
Baliqlar. Okean Va dengizlarda bahaybat kit, yirtqich akulalar, odamlarga tez o‘rganuvchi delfinlar, An- tarktika muzliklarida pingvinlar yashaydi. Ular, aso- san, baliqlar, planktonlar (juda mayda suv jonivorlari) bilan oziqlanadi.
Suvda baliqlarning ko‘plab turi hayot kechiradi (99- rasm). Yirik baliqlar, asosan, mayda baliqlar, mayda baliqlar esa suvdagi turli mayda jonivorlar bilan oziqlanadi.
Baliqlar suvga tuxum qo‘yadi.
Tuxumidan mayda baliqchalar chiqadi. Ular to‘p-to‘p bo‘lib hayot kechiradi.
Okean, dengiz va ko‘llarda katta miqdorda baliqlar ovlanadi. Baliqlardan turli oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlanadi. Baliqlar suv omborlarida, sun’iy ko‘llarda ham boqiladi. Baliq mahsuloti odam organizmi uchun foydali bo‘lgan vitaminlarga boy. Baliqlarning mayda turlari akvariumda ham boqiladi.
Delfinlar. Delfinning rangi chiroyli, yon tomondagi suzgichlari o‘tkirlashgan, orqasidagi suzgichi egilgan, tumshug‘i uzun bo‘ladi (100- rasm).
Delfinlar guruh bo‘lib yashaydi. Bitta guruhda 20 dan 100 tagacha delfin bo‘ladi. Agarda ulardan biri kasal bo‘lib qolsa yoki yaralansa, boshqa delfinlardan bir nechtasi unga birgalikda yor- dam beradi. Ko‘pincha bu qiziquvchan va o‘ymqaroq dengiz hayvoni suvdan sak-
rab, kemalarni kuzatib yuradi. Ular baliqlar bilan oziqlanadi.
a
Kitlar. Kitlar Yer yuzidagi eng yirik hayvon hisoblanadi. Ularning uzunligi 32 metrgacha, og‘irligi 145 tonnagacha yetadi. Bu bahaybat hayvonlar mayda planktonlar, baliqlar va kril (qisqichbaqasimon mayda suv jonivori) kabi suv hayvonlarini tutib yeydi .
Baqa va qurbaqa
Baqa ko ‘proq suvda yashaydi (102- rasrri). Lekin havodan nafas oladi. Baqalar, asosan, kasallik tar- qatuvchi chivinlar bilan oziqlanadi. Bu bilan ular odamlarga foyda keltiradi. Baqalar ko‘lmak suvlarga, botqoqliklarga tuxum qo‘yadi.
Qurbaqalar quruqlikda yashaydi. Ular baqalarga o‘xshaydi.Qurbaqa sakrab yoki qadamlab yuradi, yirik hasharotlarni tutib yeydi. Kunduzi nam joylarda, kovak- larda yashirinib yotadi, kechasi ovga chiqadi. Qurbaqalar ham baqalar kabi suvga tuxum qo‘yadi.
Ozuqa zanjiri
Tabiatdagi tirik organizmlar o‘zaro ozuqa zanjiri orqali bog‘langan. Masalan:
1.0‘txo‘r hayvon — bug‘u o‘tni yeydi. Bug‘uni esa go‘shtxo‘r hayvon — bo‘ri tutib yeydi. Bunda o‘t — bug‘u — bo‘ri ozuqa zanjirini hosil qiladi .
2.Chivin o‘t shirasi bilan oziqlanadi. 0‘zi esa qurbaqaga ozuqa bo‘lishi mumkin. Qurbaqani ilon yutib yuboradi. Ilonning kushandasi esa boyo‘g‘lidir. Bu holda tirik organizmlar o‘t — chivin — qurbaqa — ilon — boyo‘g‘li ozuqa zanjiri orqali o‘zaro bog‘langan .
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Yangi mavzu bayon qilingandan so'ng o'quvchilarga
Quyidagi savollar bilan navbatma-navbat murojaat qilinadi:
1. Suvda yashaydigan qaysi hayvonlarni bilasiz?
2. Baqa va qurbaqa qanday hayot kechiradi? Ular bir-biridan qanday farq qiladi?
3. O'txo'r hayvonlardan qaysilarini bilasiz?
4. Go'shtxo'r hayvonlardan-chi? Jadvalni to'ldiring:
5. Oziq zanjiri nima?
1- savol bo'yicha javob berishga tayyor bo'lgan o'quvchidan fikr-mulohazasini bayon qilish so'raladi. Javob bergan o'quvchining fikr-mulohazasi boshqa o'quvchilar tomonidan to'ldiriladi.
Keyingi har bir savol bo'yicha ham avvaliga bir o'quvchining fikr-mulohazasi eshitiladi, so'ngra boshqa o'quvchilar shu savol bo'yicha fikr-mulohazalarini aytadilar. Bunda o'qituvchi o'quvchilarning fikr-mulohazalari to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini oshkor qilmaydi. Bu bilan o'quvchilarni erkin fikrlash va o'z fikrini bayon qilishga o'rgatiladi.Barcha savollar bo'yicha fikr-mulohazalar bildirib bo'lingandan so'ng o'qituvchi o'z fikrini aytishi va faol qatnashgan o'quvchilarni rag'batlantirishi mumkin.
V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish.
O'quvchilarga darslikdagi mavzuni o'qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topish uyga vazifa sifatida beriladi. Mustaqil ravishda bitta oziq zanjirini tuzish.
30 - dars.Mavzu: ODAM TANASINING TUZILISHI.
Sana___________
Darsning ta’limiy maqsadi: o'quvchilarga odam tanasi, terisi, skeleti, muskullari va ularning vazifalari haqida ma'lumotlar berish, odam tanasining tuzilishi bo'yicha o'quvchilarda bilim va ko'nikmalarni shakllantirish. T.k.2 mavzuga doir ma’lumotlarni kompyuter va boshqa manbalardan izlab topib, ulardan samarali foydalana olish. F.k.1 O‘z o‘lkasining tabiati va tarixiy yodgorliklari haqida aytib bera oladi.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: o'quvchilarga terini toza tutish, to'g'ri o'tirish, muskullarni chiniqtirishni o'rgatish. T.k.4 farzandlik va o‘quvchilik burchini bilish, unga rioya qilish, T.k.5 o‘zi yashaydigan o‘lkaning tabiati, tarixiy obidalari haqida bilish; uyi, maktabi, turar joyini qadrlash;
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: odam tanasining tuzilishi, skeleti va muskullari haqida o'quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish va kengaytirish. F.k.3 havoni ifloslantirish inson sog‘ligi uchun zararli ekanligini anglaydi,
Darsning jihozlari: odam tanasi, skeleti va muskullari tasvirlangan rasmlar, darslik.
Darsda qo'llaniladigan metod: savol-javob, amaliy ishlar o'tkazish.
DARSNING BORISHI
1. Tashkiliy qism. O'quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, odam tanasi, skeleti va muskullari tasvirlangan rasmlarni osib qo'yish.
2. Uy vazifasini so'rash. Avvalgi darsda o'tilgan «Hayvonlarning xilma-xilligi» mavzusi yakunida berilgan savollarga o'quvchilar javob beradilar. Ularga quyidagi qo'shimcha savollar berilishi mumkin:
1. O'rmonda qanday hayvonlar yashaydi?
2. Tog'larda yashovchi yovvoyi hayvonlardan qaysilarini bilasiz?
3. Dashtlarda qanday hayvonlar yashashini bilasizmi?
4. Suvda yashovchi hayvonlardan qaysilarini bilasiz?
5. Baqa va qurbaqalar qayerda yashaydi?
6. Tuzgan oziq zanjiri o'qib beriladi.
3. Yangi mavzuning bayoni. «0dam tanasining tuzilishi» mavzuyi boshida berilgan quyidagi savollar bo'yicha o'quvchilar bilan savol-javob o'tkaziladi:
1. Odamning sezgi organlari nimalardan iborat?
2. Odam tanasining tashqi va ichki organlaridan qaysilarini bilasiz?
O'quvchilardan bir nechtasi bu savollarga javob beradi, qolganlari to'ldiradi.
Yangi mavzu bo'yicha o'quvchilarga odam tanasi, terisi, skeleti, muskullari va ularning vazifalari bo'yicha darslik matnida keltirilgan ma'lumotlar tushuntirib beriladi. Yangi mavzuni bayon etishda o'qituvchi darslikdan tashqari quyida keltirilgan matndan ham foydalanishi tavsiya etiladi.
Odam tanasi. Odam — tabiatning bir bo'lagidir. U jonli tabiat orasida o'zining aql-idroki va mehnat qilish qobiliyati bilan alohida ajralib turadi. Odam — fikr yuritish, gapirish, o'qish, yozish, yangiliklar yaratish kabi xislatlarga ega bo'lgan mavjudotdir.Odam o'zining aql-zakovati va mehnati bilangina emas, tanasining mukammalligi va jismonan yetukligi bilan ham boshqa jonzotlardan farq qiladi. Odam tanasi nimalardan tashkil topgan?Bosh, bo'yin, gavda, qo'l va oyoqlar — odam tanasining qismlaridir. Bizning tanamiz teri bilan qoplangan. Terimiz ostida mushaklar, ya'ni muskullar bor. Muskullar suyaklarga paylar orqali birikkan.Odam tanasi tashqi va ichki a'zolardan iborat. Ularning har biri hayotimiz uchun zarur bo'lgan vazifalarni bajaradi. Masalan, ko'z — ko'rish a'zosi. Til — ta'm bilish a'zosi. Quloq — eshitish a'zosi.Ko'pgina a'zolar tana ichidagi bo'shliqlarda joylashgan. Odam tanasida, asosan, uchta bo'shliq — kalla suyagi, ko'krak qafasi va qorin bo'shliqlari mavjud. Kalla suyagi bo'shlig'ida bosh miya, ko'krak qafasi bo'shlig'ida yurak va o'pka, qorin bo'shlig'ida oshqozon, ichaklar, jigar va boshqa a'zolar joylashgan. Ko'krak va qorin bo'shlig'i bir-biridan yupqa parda bilan ajralgan.
Odam skeleti. Tanamizda 200 dan ortiq suyak bor. Ular shakli va katta-kichikligiga qarab bir-biridan farq qiladi. Suyaklar o'zaro birikib, skeletni hosil qiladi. Skelet juda katta ahamiyatga ega. Odam turganda, harakat qilganda, o'tirganda, hattoki, yotganda ham u tayanch vazifasini bajaradi. Skelet ichki a'zolarni o'zaro shikastlanishlardan saqlashda ham katta ahamiyatga ega. Masalan, kalla suyagi bosh miyani, umurtqa pog'onasining suyaklari orqa miyani, ko'krak qafasi suyaklari esa yurak va o'pkani himoyalab turadi. Odam skeleti kalla, gavda, qo'l va oyoq skeletlaridan iborat.
Suyaklar mustahkam va qattiq bo'ladi. Masalan, oyoq suyaklari butun tana og'irligidan tashqari biz ko'targan yukni ham ko'taradi. Suyaklar juda yengil bo'ladi. Masalan, tana og'irligi 70 kilogramm bo'lgan odam skeletining og'irligi bor-yo'g'i 8 kilogramm keladi.
Umurtqa pog'onasi gavdamizning asosiy tayanchi bo'lib xizmat qiladi. Umurtqa pog'onasi umurtqalardan tashkil topgan. Ularning soni 33 ta yoki 34 ta bo'ladi. Har bir umurtqa bir-biri bilan pay va bo'g'imlar yordamida birikkan. Shuning uchun umurtqa pog'onasi egiluvchan bo'lib, biz oson egilamiz yoki burilamiz. Bolalar va o'smirlarning umurtqa pog'onasi hali to'liq rivojlanmagan bo'ladi. Sport bilan, har xil harakatli o'yin yoki jismoniy mehnat bilan shug'ullanish umurtqa pog'onasini to'g'ri o'stiradi va mustahkamlaydi. Agar kimki doimo qiyshayib yoki bukchayib o'tirsa, engashib yursa, shu odamning umurtqa pog'onasi qiyshayib o'sadi. Odam umurtqa pog'onasining 12 ta umurtqa suyagiga 12 juft qovurg'a birlashgan bo'ladi. Bu umurtqa suyaklari, qovurg'alar hamda to'sh suyagi ko'krak qafasini tashkil etadi. Nafas olganda qovurg'alar ko'tariladi va kengayadi. Nafas chiqarganda esa pasayadi va torayadi. Bukilib yurish va qiyshayib o'tirish ko'krak qafasining noto'g'ri rivojlanishiga olib keladi. Agar siz dars vaqtida ko'kragingizni stolga tirab o'tirsangiz, ko'krak qafasi suyaklari qiyshayib o'sadi. Uning to'g'ri rivojlanishini ham
qiyinlashtiradi va tez-tez kasalliklarga chalinib turishga sabab bo'ladi. Ko'krak qafasi yaxshi rivojlanishi uchun badantarbiya bilan, ayniqsa, yugurish bilan shug'ullanish foydalidir. Odam muskullari. Skelet suyaklarining holati muskullar yordamida o'zgaradi. Natijada odam harakatlanadi. Qo'lingizni tirsakdan buking. Bunda tirsagingizning yuqori qismi bo'rtib chiqqanini va qattiq bo'lib qolganini sezasiz. Shuning o'zi qo'l suyaklarini harakatga keltiradigan muskullardir. Tanamizning terisida osuda muskullar bor. Odatda muskullar suyaklarga birikadi. Bunday muskullar skelet muskullarini tashkil etadi. Ular skelet suyaklarini harakatga keltiradi. Skelet muskullari suyaklarga pishiq paylar bilan birikadi.
Odamning har bir harakati muskullarning ishi bilan bog'liq. Tananing bukilishi va to'g'rilanishi, boshning burilishi, qo'l va oyoqlar harakati muskullar orqali bajariladi.Yuzning turli xil — jiddiy, muloyim, quvnoq yoki g'amgin ko'rinishi ham muskullarning holatiga bog'liq. Yuz muskullari qisqarganda terining ayrim joylari holati va yuzning ko'rinishi o'zgaradi. Odamning ko'pgina ichki a'zolari, masalan, yurak, o'pka, oshqozon va boshqalar ham muskullardan iborat. Barcha muskullarning massasi odam tanasining deyarli yarmini tashkil etadi. Muskullar uzoq vaqt ishlashi natijasida toliqadi. Masalan, uzoq yurganda yoki yugurganda oyoq muskullari, biror ishni qo'l bilan uzoq vaqt davomida bajarilganda qo'l muskullari toliqadi. Jismoniy tarbiya, sport va mehnat bilan shug'ullanmaydigan odamlarning muskullari pishiq bo'lmaydi. Bunday odamlar tez charchab qoladilar. Yoshlikdnii harakatli o'yinlar, jismoniy mehnat va jismoniy tarbiya bilan shug'ullangan, ko'p harakat qiladigan odamlaning muskullari baquvvat, kuchli, yaxshi rivojlangan bo'ladi. Bunday odamlarning salomatligi yaxshi bo'ladi. Ularning qaddi-qomatlari chiroyli va kelishgan bo'lib, yengil va erkin harakat qiladilar. Mavzu oxirida keltirilgan amaliy ishlar bajariladi. O'quvchilardan quyidagi topishmoqlar javoblarini topish so'raladi:
1. Bir otadan besh o'g'il. 2. Dumaloq cho'lga mayda tol ekdim.
Barmoqlar) , (Bosh va sochlar)
3. Jar yoqalab tosh quydim, 4. Ikki aka-uka yashaydi,
Jiyronchani bo'sh qo'ydim. (Tishlar va til) Bir-birini ko'rmaydi. (Ko'zlar)
«Yurak va qon tomirlari»
mavzuyi boshida berilgan quyidagi savollar bo'yicha suhbatlashiladi:
1. Yuragingiz tanangizning qayerida joylashgan?
2. Qon tomirlari haqida nimalarni bilasiz?
“Yurak va qon tomirlari” mavzuyi bo'yicha o'quvchilarga qon tomirlari, unda qonning harakati, yurak va uning vazifasi haqida so'zlab beriladi. Bunda o'qituvchi quyidagi matndan ham foydalanishi mumkin.
Qon aylanish sistemasi. Kimki nojo'ya harakat qilib, biror joyini kesib olsa, shu zahotiyoq jarohatlangan joydan qon chiqadi. Tananing jarohatlangan joyidan chiqayotgan qon havoda tez ivib quyuqlashadi. Natijada jarohat yopilib, qon oqishi to'xtab qoladi. Mabodo qon qotmaganda edi, bunday kichik jarohatda ham qon ketishi to'xtamasdan odamni yomon oqibatga olib kelar edi.
Qon o'z-o'zidan qon tomirlari bo'ylab harakatlana olmaydi. Uni yurak harakatga keltiradi. Qon yurakdan arteriyalar bo'ylab oqadi.Arteriyalar tanamizdagi organlarga borib ingichka qon tomirlarga — kapillarlarga bo'linib ketadi. Kapillarlar odam sochidan 15 marta ingichkaroq bo'ladi. Ular tanamizdagi barcha a'zolarda mavjud. Shuning uchun ham bexosdan kesib yoki igna sanchib olingan joydan qon chiqadi.Qon arteriya tomirlari va kapillarlar orqali turli a'zolarni oziq moddalar va kislorod bilan ta'minlab turadi. Turli a'zolardan ajralib chiqqan moddalar va karbonat angidrid boshqa kapillarlar va venalar orqali yurakka qaytib boradi. Demak, qon arteriyalar orqali yurakdan, venalar orqali esa yurakka tomon oqadi. Yurak. Tanamizda qonning beto'xtov aylanib turishini yuragimiz ta'minlab turadi. Yurak odamning ko'krak qafasi bo'shlig'ida joylashgan. Yurak muskullari doimiy ravishda goh qisqarib, goh bo'shashib turadi. Buni, odatda, yurak yuryapti deymiz. Odam qancha umr ko'rsa, yurak ham shuncha yil beto'xtov ishlaydi. Yurak ishlashdan to'xtadi, degan so'z, odamning boshqa barcha a'zolari ham ishlashdan to'xtadi, degan so'zdir. Chunki yurak ishlamasa, boshqa a'zolar oziq modda va kislorod bilan ta'minlanmay qoladi. Odam yugurganda yurak tez uradi. Bunga sabab, harakatlanayotgan muskullarga oziq moddalar va kislorod ko'proq kerak bo'ladi. Mashq qildirilmagan yurak tez charchaydi. Bunday chiniqmagan yurakli odamlar kasallikka ko'proq chalinadilar. Shuning uchun ham yurakni chiniqtirib borish kerak. Buning uchun badantarbiya qilish, sport bilan shug'ullanish, jismoniy mehnatlarni ko'proq qilish, toza havoda ko'proq nafas olish zarur.
«O'pka va nafas olish» mavzuyini bayon qilishdan oldin o'quvchilar bilan quyidagi savollar bo'yicha suhbatlashiladi:
1. Havo qanday moddalardan tashkil topgan?
2. O'pka odam tanasining qayerida joylashgan?
Mavzu bo'yicha qanday nafas olishimiz, o'pka va uning vazifasi, havoni toza saqlash bo'yicha o'quv-chilarga ma'lumotlar bayon qilinadi. Bunda darslikda keltirilgan matndan tashqari quyidagi matndan ham foydalaniladi:
Mavzu oxirida keltirilgan amaliy ishlar bajariladi. O'quvchilardan quyidagi topishmoqlar javoblarini topish so'raladi:
Kichik bir maydonchada , 2. Ko'zga ko'rinmas, qo'lga tutilmas,
Pirpirar ikki chiroq. Burunga kirmay qolmas. (Havo)
Ularning qoq o'rtasidan
Kesib o'tgan katta tog'. (Ko'zlar va burun)
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. O'quvchilar bilan quyidagi savollar bo'yicha savol-javob o'tkaziladi:1. Odamning asosiy ichki a'zolarini ayting va yozing. Ular tanamizning qayerida joylashgan? Jadvalni to'ldiring.
Ichki a'zolar
|
Tashqi a'zolar
|
1.
|
1.
|
|
2
|
2
|
|
3
|
3
|
|
4.
|
4.
|
|
5
|
5
|
|
2. Terining vazifasi nimadan iborat?
3. Skeletimiz qanday vazifani bajaradi?
4. Muskullarimiz nima uchun kerak?
1. Yurak qanday vazifani bajaradi?
2. Yurakni chiniqtirish uchun nima qilish kerak?
3. O'pka qanday vazifani bajaradi?
4. Nafas olayotgan havo nima uchun toza bo'lishi zarur?
O'quvchilarning javobi o'qituvchi tomonidan to'ldiriladi.
V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish.
O'quvchilarga darslikdagi mavzuni o'qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topish uyga vazifa sifatida beriladi.
31 - dars. Mavzu: Odam miyasi, hazm qilish a’zolari, o’pka. Salomatlik darslari.
Ichkilikbozlik (alkogol) va salomatlik
Sana_____________-
Darsning ta'limiy maqsadi: miya va nerv tolalari, ularning vazifalari, dam olishning ahamiyati, zararli moddalarning organizmga ta'siri haqida o'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini shakllantirish. T.k.1 muloqotga kirishish uchun zarur bo‘ladigan og‘zaki nutqni o‘zlashtirish, F.k.3 havoni ifloslantirish inson sog‘ligi uchun zararli ekanligini anglaydi,
Darsning tarbiyaviy maqsadi: o'quvchilarga kun tartibiga rioya qilish, tamaki chekish, zararli moddalarni iste'mol qilish odam organizmi uchun xavfli ekanligini tushuntirish. T.k.5 do‘stlari, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘lish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: odamning nerv sistemasi, zararli moddalarning organizmga ta'siri haqida o'quvchilarning dunyoqarashlarini shakllantirish va kengaytirish. T.k.3 manbalar asosida mavzuga doir kichik referatlar tayyorlash. dunyoqarash va tafakkurini mustaqil ravishda o‘stirib borish, o‘zini tuta olish, to‘g‘riso‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunish.
Darsning jihozlari: odamning bosh miyasi, orqa miyasi, nerv tolalari, chekishning ta'sirida o'pkadagi o'zgarishlar tasvirlangan rasmlar, darslik.
Darsda qo'llaniladigan metod: savol-javob.
DARSNING BORISHI
1. Tashkiliy qism. O'quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, odamning bosh miyasi, orqa miyasi, nerv tolalari tasvirlangan rasmlarni osib qo'yish.
II. Uy vazifasini so'rash. Avvalgi darsda o'tilgan « Odam tanasining tuzilishi mavzusi yakunida berilgan savol asosida o'quvchilar bilan suhbatlashiladi. Quyidagi qo'shimcha savollar bo'yicha suhbatlashish davom ettirilishi mumkin:
2. Terining vazifasi nimadan iborat?
3. Skeletimiz qanday vazifani bajaradi?
4. Muskullarimiz nima uchun kerak?
1. Yurak qanday vazifani bajaradi?
2. Yurakni chiniqtirish uchun nima qilish kerak?
3. O'pka qanday vazifani bajaradi?
4. Nafas olayotgan havo nima uchun toza bo'lishi zarur?
O'quvchilarning javobi o'qituvchi tomonidan to'ldiriladi.
III. Yangi mavzularning bayoni. «Nerv sistemasi. Dam olishning ahamiyati» mavzusi boshida ikkita savol berilgan.
1. Nima uchun hamma o'quvchilar bir xil o'qimaydi?
2. Siz kuniga necha soatdan uxlaysiz?
O'quvchilardan bir nechtasi bu savollarga javob beradi, qolganlari to'ldiradi.
Yangi mavzu bo'yicha o'quvchilarga odamning bosh miyasi, orqa miyasi, nerv tolalari, ularning vazifalari, dam olishning ahamiyati haqida batafsil so'zlab beriladi. Bunda darslikdagi matndan tashqari quyidagi matndan ham foydalanish tavsiya etiladi.
Miya va nerv tolalari. Odam o'ylaydi, tevarak-atrofda bo'layotgan hodisalar haqida fikr yuritadi, eshitadi, o'qiydi, yozadi. Bularning barchasi bosh miya faoliyatining natijasidir. U bir necha bo'limdan iborat. Bosh miyaning har bir bo'limi odam hayoti uchun juda katta ahamiyatga ega. Kasallik yoki jarohatlanish tufayli bosh miyaning ma'lum bir bo'limi zararlangan odam gapirolmaydi. Boshqa bir bo'limi zararlangan odam esa o'z xatti-harakatini boshqarolmay qoladi. Odamning qon aylanish sistemasi, nafas olish a'zolari, ovqat hazm qilish a'zolari va boshqa ko'plab a'zolar, qo'l-oyoqlar harakati bosh miya va orqa miya orqali boshqariladi. Agar orqa miyadan oyoq muskullariga keladigan nerv tolalari zararlanib qolsa, oyoq ishlamay qoladi. Bunday holatda odam yurish u yoqda tursin, tik turolmaydi ham. Mabodo qo'llarga keladigan nerv tolalari shikastlanib qolgan bo'lsa, qo'llar ishlamay qoladi. Bu narsa hayvonning orqa miyasidan, masalan, oldingi oyoqlar muskuliga keladigan nerv tolalari zararlangan bo'lsa, oyoq harakatlanishdan qoladi, chunki bu oyoqning muskullari qisqarmay qo'yadi. Nerv tolalari tanamizning barcha a'zolarini bosh va orqa miya bilan bog'laydi. Ular orqali miyaga har xil qo'zg'alishlar uzatiladi. Qo'limizga bexosdan tikan kirib ketsa, shu zahoti qo'limizni tortib olamiz. Bu shuning uchun sodir bo'ladiki, teridagi nerv tolalarining uchlari qabul qilgan signallar zudlik bilan orqa miyaga yuboriladi. Orqa miyadan esa nerv tolalari orqali qo'lni bukib-yozib turuvchi muskullarga bir zumda signal keladi. Bunda qo'limizni xohlasak-xohlamasak harakatga kelganini, ya'ni tikandan tortib olganimizni ko'ramiz. Tanamizdagi barcha a'zolarning ishi o'zaro bog'liq. Masalan, kislorod yetishmaganda nafas olish tezlashadi va yurak tezroq uradi. Havo harorati ko'tarilganda teridagi qon tomirlar kengayib, terlash kuchayadi, shu zahoti yurakning ishi va nafas olish tezlashadi.
Dam olishning ahamiyati. Nerv sistemasi kuchli charchaganda ko'pincha bosh og'riydi, uyqu yo'qoladi, ishtaha yomonlashadi, ishlash qobiliyati ham pasayadi. Bunday holat bo'lmasligi uchun nerv sistemasiga vaqtida dam berish kerak. Nerv sistemasini mustahkamlash va unga dam berish uchun kun tartibiyaga rioya qilish, mehnat va dam olishni to'g'ri tashkil qilish, sog'lom uyqu qoidalariga rioya qilish lozim. Kun tartibiga rioya qilish — bu ma'lum bir vaqtda ovqatlanish, dars tayyorlash, sayr qilish, mehnat qilish va uyquga yotishga o'zini o'rgatish demakdir.
Mehnat va dam olishni to'g'ri tashkil etish katta ahamiyatga ega. Maktabda har bir darsdan so'ng dam olish uchun qisqa muddatli tanaffus beriladi. Tanaffus paytida biroz bo'lsa ham maktab hovlisiga chiqib sayr qilish foydalidir. Maktabdan keyin bo'sh vaqtlarda havoda serharakat o'yinlar, sport va jismoniy mehnat bilan shug'ullanish kerak. Aqliy va jismoniy mehnatni almashtirib turish nerv sistemasi uchun yaxshi damdir. O'quvchilardan quyidagi topishmoq javobini topish so'raladi:
Bir narsa bor ko'p asl,
Seni etar mustaqil.
U ilmingni boyitar,
Kamroq bo'lsa koyitar.
O'zingda ham bordir bil,
Boshingda ham bordir bil,
Boshingdagi bu ... (Aql)
Ovqat qanday hazm qilinadi?
Odam tanasidagi a’zolar tinimsiz ishlaydi. Bunda ular ko‘p quvvat sarflaydi. Sarflangan quvvatning o‘rnini to‘ldirib turish uchun oziq moddalar kerak bo‘ladi. Tanadagi a’zolarning o‘sishi uchun ham oziq moddalar talab etiladi.
Tanamizdagi a’zolar uchun zarur bo‘lgan oziq moddalar biz iste’mol qilayotgan oziq-ovqatlardan o‘tadi.
Shuning uchun biz doim ovqatlanib turamiz.
Og‘izga tushgan ovqat so‘lak bilan ho‘llanadi va tishlar yor- damida chaynaladi (110-rasm). Hazm qilish a’zolari:1 - og‘iz va til;2 - tomoq;3 - qizilo‘ngach; 4 - oshqozon; 5 - ingichka ichak; 6 — yo‘g‘on
Ovqatni yaxshi chaynab yutish kerak. Yutilgan ovqat bo‘laklari to- moq va qizilo‘ngach orqali oshqo- zonga tushadi. Ovqat tushganda oshqozonning 110-rasm. devorlari cho‘ziladi va oshqozon kattalashadi.
Ovqat oshqozonda 4 soatdan 8 soatgacha turadi. So‘ngra ovqat ingichka ichakka o‘tadi. Ichak devorla- rining muskullari qisqarib-bo‘shashib turishi natijasida ovqat ichak bo‘ylab harakatlanadi.
Ingichka ichakning uzunligi 6 — 7 metr bo‘ladi. Ovqat ingichka ichakdan o‘tguncha 3 — 5 soat vaqt ketadi. Bu vaqt davomida ovqatdagi kerakli oziq moddalar bata- mom hazm bo‘ladi. Ingichka ichakdan qonga o‘tganoziq moddalar qon tomirlari va naychalari orqali tana- mizning barcha a’zolariga yetib boradi.
Qonga o‘tgan oziq moddalar jigar va buyrakda tozalanadi.
Jigarda qonning tozalanishi natijasida hosil bo‘lgan o‘t suyuqligi o‘t pufagi orqali oshqozonga tushadi. 0‘t suyuqligi oshqozonda oziq moddalarning parchalanishida ishtirok etadi.
Buyrak qon tomiridagi ortiqcha moddalarni tutib qoladi va siydik pufagiga yuboradi. Oshqozondagi ortiqcha suyuqliklar ham siydik pufagiga kelib tushadi va tashqariga chiqarib turiladi. Ingichka ichakda hazm bo‘lmagan ovqat qoldiqlari yo‘g‘on ichakda yig‘ilib boradi. Undagi ovqat qoldiqlari tanadan tashqariga chiqarib turiladi.
Ovqatlar va ovqatlanish qoidalari
Odam organizmi uchun hayvon va o‘simlik mahsu- lotlari zarur. Hayvon mahsulotlari go‘sht, yog‘, baliq, sut, tuxum kabilardan iborat. 0‘simlik mahsulotlariga kraxmal, qandli, moyli va oqsilli o‘simliklar, jumladan, kartoshka, sabzavotlar, mevalar, o‘simlik moyi, donlar kiradi.
Hayvon mahsulotlari ko‘proq solingan ovqat to‘yimli bo‘ladi. 0‘simlik mahsulotlari unchalik to‘ymili bo‘lmasa- da, ular organizm uchun zarur bo‘lgan vitaminlarga
Bolalar shirinlikni yaxshi ko‘radilar. Lekin shirinlikni ko‘p iste’mol qilish organizm -QcYrnn i,asard\r. Sbirin.- liklar, ayniqsa, qanA-aYiS^«c, kwvfeVs>\vokoladlarm ko‘p
«2K yeyish ishtahani bo‘g‘adi. Ishtahasiz iste’mol qilingan ovqatning hazm bo‘lishi qiyin bo‘ladi.
Odam organizmi uchun yeyiladigan ovqat xilma-xil bo‘lishi lozim. Ayniqsa, bolalar yaxshi o‘sishi, turli a’zolarining rivojlanishi uchun xilma-xil vitaminlarga boy bo‘lgan ovqatlarni iste’mol qilishi kerak.
Ovqat yaxshi hazm bo‘lishi uchun ovqatlanish qoida- lariga rioya qilish lozim.
Bir kunda to‘rt mahal, har doim ma’lum bir vaqtda ovqatlanish zarur:
ertalab maktabga ketishdan oldin — nonushta;
maktabdan qaytgandan keyin - tushlik;
oradan 3 — 4 soat o‘tgach — choshgohlik;
kechqurun — kechki ovqat.
Ovqatlanish gigiyenasiga qat’iy rioya qilish lozim.
Amaliy ish
1.106- rasmga qarab, oshqozoningiz joylashgan joyni toping.
2.Hazm qilish a’zolari nomini ayting va daftaringizga yozing.
Tayanch so’zlar:nerv sistemasi,bosh miya,orqa miya,qizilo’ngach,oshqozon,ichak,ingichka ichak,buyrak,siydik pufagi,yo’g’on ichak.
Savollar
1.Nerv sistemasi nimalardan tashkil topgan? Bosh miya va orqa miya odamning qayerida joylashgan?
2.Bosh miya va orqa miyaning vazifasi nimadan iborat?
3.Ovqat oshqozonga qanday yetkaziladi?
4.Oshqozonning vazifasi nimadan iborat?
5.Ovqatlanish qoidalariga qanday rioya qilasiz?
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
O'quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
1. Nerv sistemasi nimalardan iborat?
2. Miya qanday vazifani bajaradi?
3. Odam nima uchun dam oladi?
4. Tamaki chekishning qanday zarari bor?
5. Nima uchun spirtli ichimliklarni ichish zararli?
6. Giyohvand moddalarni iste'mol qilish qanday oqibatlarga olib keladi?
O'quvchilarning javobi o'qituvchi tomonidan to'ldiriladi.
V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish.O'quvchilarga darslikdagi mavzuni o'qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topish uyga vazifa sifatida beriladi.
32- dars. MAVZU: Tabiat va inson.
Sana______
Darsning ta'limiy maqsadi: O'quvchilarga ekologiya, insonning tabiatga ta'siri, «O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobi», unga kiritilgan o'simliklar va hayvonlar haqida ma'lumotlar berish, tabiat va insonning o'zaro bog'liqligi haqida ularning bilim va ko'nikmalarini shakllantirish. T.k.1 muloqotga kirishish uchun zarur bo‘ladigan og‘zaki nutqni o‘zlashtirish, F.k.3 havoni ifloslantirish inson sog‘ligi uchun zararli ekanligini anglaydi,
Darsning tarbiyaviy maqsadi: tabiatni ardoqlash, asrash, muhofaza qilishga o'rgatish. T.k.4 farzandlik va o‘quvchilik burchini bilish, unga rioya qilish, T.k.5 uyi, maktabi, turar joyini qadrlash;
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: ekologiya, O'zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi» tabiat va insonning o'zaro bog'liqligi haqida o'quvchilarning dunyoqarashlarini shakllantirish va kengaytirish. F.k.1
jonli va jonsiz tabiat, atrofimizdagi tabiatning tarkibiy qismlari va tabiat hodisalarini, suvning uch holatini va tabiatda aylanib yurishini kuzatadi va suvning tirik organizmlar va insonlar uchun ahamiyatini aytib bera oladi
Darsning jihozlari: «O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobi»ga kiritilgan o'simliklar va hayvonlar tasvirlangan rasmlar, darslik.
Darsda qo'llaniladigan metod: suhbatlashish.
DARSNING BORISHI
I.Tashkiliy qism.
O'quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, «O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobi»ga kiritilgan o'simliklar va hayvonlar tasvirlangan rasmlarni osish.
II.Uy vazifalarini so'rash.
Avvalgi darsda o'tilgan «Nerv sistemasi. Dam olishning ahamiyati» va « Zararli moddalarning organizmga ta'siri » mavzulari yakunida berilgan savollar asosida suhbat o'tkaziladi. Quyidagi qo'shimcha savollar bo'yicha suhbatlashish davom ettiriladi:
1. Odam boshqa jonzotlardan nimasi bilan farq qiladi?
2. 9—10 yoshli bola kuniga necha soatdan uxlashi kerak?
3. Jahldor bo'lish, baqiriq-chaqiriq qilish qanday zarar keltiradi?
4. Tamaki ko'p chekadigan odamning o'pkasi qanday zararlanadi?
5. Ko'p spirtli ichimlik ichish qaynday oqibatlarga olib keladi?
6. Giyohvand moddalarni iste'mol qilish nimaga olib keladi?
III.Yangi mavzuning bayoni.
«Tabiat va inson — bir butun» va «0'zbekiston Respublikasi Qizil kitobi» mavzulari boshidagi quyidagi savollar asosida o'quvchilar bilan suhbatlashiladi:
1. Uylar quriladigan yog'ochlar qayerdan olinadi? Uyimizda yoqiladigan tabiiy gaz, mashinalarga quyiladigan benzinlar-chi? — Ko'chalardagi mashinalardan chiqayotgan benzin qoldiqlari (tutun) biz nafas olayotgan havoga qanday ta'sir ko'rsatadi? Yangi mavzu bo'yicha o'quvchilarga ekologiya nima ekanligi, insonning tabiatga ta'siri, «O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobi», unga kiritilgan o'simliklar va hayvonlar haqida batafsil so'zlab beriladi. Bunda quyidagi matnda keltirilgan ma'lumotlarni o'qituvchi o'zlashtirib olishi, ulardan zarur deb hisoblaganini o'quvchilarga bayon qilib berishi tavsiya etiladi.
Insonning tabiatga ta'siri. Inson tabiatdan oziq-ovqat mahsulotlari, uy-joy qurilish materiallari, suv, foydali qazilmalar va boshqalarni ko'p miqdorda olishi natijasida tabiatga ta'sir ko'rsatib kelmoqda. Insonning tabiatga ta'siri, ayniqsa, keyingi asrlarda kuchaydi. Inson faoliyati natijasida shaharlar, qishloqlar, dalalar, bog'lar, suv omborlari, kanallar bunyod etildi.Yer sharining atmosfera, gidrosfera va litosferadagi tirik organizmlar yashaydigan qismlari biosferani tashkil etadi. Yunonchadan bio— hayot, sfair— shar demakdir.Biosferaga tirik organizmlar hosil qilgan yoki o'zgartirgan jonsiz jinslar ham kiradi. Masalan, tuproq, o'g'itlar ham Yerning hayot qobig'iga taalluqlidir.Hozirgi davrda iosfera gidrosferaning hammasini, atmosferaning quyi qismini hamda litosferaning yuqori qismini qamrab olgan. Biosferaning quyi chegarasi quruqlikda 3—3,5 km chuqurlikda bo'lsa, yuqori chegarasi Yer sirtidan 20 km balandlikdan o'tadi.Biosferaning asosiy qismini tashkil etgan tirik organizmlar juda ko'p va xilma-xildir.Tirik organizmlarning barchasi oziqlanish, nafas olish, o'sish, rivojlanish, ko'payish kabi asosiy belgilarga ega.Tirik organizmlar eng ko'p tarqalgan joy quruqlik yuzasi, uning ustidagi 150 m balandlikkacha bo'lgan havo, Quyosh nuri yetib boradigan 150 m chuqurlikkacha bo'lgan okeanning yuza qismi, Yerning tuproq qatlamidir. Bu joylarda hayot uchun zarur bo'lgan harorat, namlik, kislorod, oziq moddalar yetarlidir. Sernam va issiq bo'lgan joylarda o'simliklar va hayvonot dunyosi, ayniqsa, boy va xilma-xil. Masalan, ekvatorial o'rmonlarning organik dunyosi sermahsul va juda xilma-xildir.Iqlimi issiq, yog'ingarchilik kam bo'lgan joylarda o'simlik va hayvonlar ko'p emas. Bunday joylar cho'llarni tashkil etadi.O'simlik va hayvonlarning Yer yuzida tarqalishiga odam faoliyati katta ta'sir ko'rsatgan. Masalan, odam Shimoliy Amerikadan Yevrosiyoga pomidor, makkajo'xori, kungaboqar, tamaki kabi o'simliklarni, hayvonlardan ondatrani olib keldi va tarqatdi.Inson qo'li bilan ko'pgina yovvoyi o'simliklar madaniylashtirildi, yovvoyi hayvonlar uy hayvonlariga aylantirildi. O'simliklarning yangi navlari yetishtirildi va tarqatildi.Insonning tabiatga munosabati ba'zan salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Hayvonlarni ko'p miqdorda ovlash ham ularning ba'zi turlari yo'qolib yoki kamayib ketishiga, okean boyliklarining tez kamayishiga sabab bo'lmoqda. O'rmonlardagi daraxtlarning ko'p miqdorda kesib yuborilishi tabiat muvozanatini buzadi, undagi hayvonlarning qirilib ketishiga olib keladi.Inson o'z aql-zakovati va kuchi bilan kamayib ketgan o'simlik va hayvonlarni ko'paytirishi, noyob o'simlik va hayvonlarning qirilib ketishiga yo'l qo'ymasligi lozim.Odamzod Yer yuzida yashash bilan bir qatorda mehnat qiladi, o'z faoliyati bilan tabiatga ta'sir ko'rsatadi, uni o'zgartiradi. Kishilarning mehnati natijasida fan va texnika taraqqiy etmoqda, aholining ijtimoiy turmush tarzi yuksalib bormoqda. Shu bilan birga insonning xo'jalik faoliyati tabiat komplekslariga ta'sir etib, uning o'zgarishiga sabab bo'lmoqda.Qishloq xo'jaligini rivojlantirish tabiat komplekslarini kuchli o'zgartirmoqda. Madaniy o'simliklarni yetishtirish, uy hayvonlarini ko'paytirish uchun katta maydonlar kerak bo'lmoqda. Dashtlarni haydash, cho'llarni o'zlashtirish, o'rmonlarni kesish natijasida tabiiy o'simliklar maydoni qisqardi. Tuproq tarkibi o'zgardi, hosildorligi kamaydi. Ishlab chiqarish korxonalarining ko'payishi, sanoatning o'sishi havo, suv va tuproqlarni ifloslantirib, tabiatga halokatli ta'sir ko'rsatmoqda. Gazsimon moddalar atmosferaga, qattiq va suyuq moddalar tuproqqa va suvga tushmoqda. Aholi sonining ortishi natijasida shaharlarni kengaytirish, uylar, sanoat korxonalari va yo'llar qurish uchun yer maydonlari zarur bo'lmoqda. Katta shaharlar atrofidagi yerlarning tabiati ham o'zgarmoqda.Turli kimyo vositalarini ishlab chiqarayotgan korxonalarning temir quvurlaridan chiqayotgan tutun ham havoni buzmoqda.Zararkunanda hasharotlarni yo'q qilish uchun dala ekinlariga, bog'lardagi mevali daraxtlarga ko'p miqdorda kimyoviy vositalar sepilmoqda. Bunday kimyoviy vositalar zararkunanda hasharotlar bilan birgalikda foydali hasharotlarni ham qirib yubormoqda. Kimyoviy vositalar qushlarga ham zarar keltirmoqda.Inson o'zi yashashi uchun sharoitlarni yaratibgina qolmay, shu bilan birga, tabiatga salbiy ta'sir etayotgani haqida ham o'ylashi kerak.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Sav ollarBundan 100 — 150 yil avvalgi Yer yuzidagi tabiatni qanday tasavvur qilasiz?Insonning tabiatga salbiy ta'siri nimalardan iborat?Tabiat va insonning o'zaro bog'liqligi deganda nimani tushunasiz?Topshiriq
«Insonning tabiatga ta'siri» mavzusi bo'yicha rasm ishlang.
V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish.
33- dars. TabiatNI MUHOFAZA QILISH.
Sana_______________
Darsning ta'limiy maqsadi: Tabiat — insonning yashash muhiti, u odamga oziq-ovqat, kiyim-kechak, yoqilg'i va elektr quvvati, sanoat xomashyosi, qurilish materiallarini bermoqda. Tabiatni qo'riqlash, avaylab-asrash, uning boyliklarini reja bilan ishlatish zarurligi, buning uchun O`zbekiston Respublikasi hukumatining tabiiy boyliklarni himoya qilish sohasida olib borayotgan chora tadbirlari. Haqida tushuntirish.T.k.1 muloqotga kirishish uchun zarur bo‘ladigan og‘zaki nutqni o‘zlashtirish, F.k.1 jonli va jonsiz tabiat, atrofimizdagi tabiatning tarkibiy qismlari va tabiat hodisalarini, suvning uch holatini va tabiatda aylanib yurishini kuzatadi va suvning tirik organizmlar va insonlar uchun ahamiyatini aytib bera oladi.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: o'z-o'zini anglash shart sharoitlarini, inson qadri va hurligini anglash, uning tabiatini, milliy va umurninsoniy madaniyatni, ona tilini saqlash, ma'naviy taraqqiyotni bozoriq tisodiyoti bilan uzviy rivojlanishini tushunib etish; T.k.4 farzandlik va o‘quvchilik burchini bilish, unga rioya qilish, T.k.5 uyi, maktabi, turar joyini qadrlash;
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o'quvchida yosh xususiyatlari va salomatligi holatini hisobga olgan holda qiziqishlarni shakllantirish; F.k.3 havoni ifloslantirish inson sog‘ligi uchun zararli ekanligini anglaydi,
Darsning jihozlari: Hukumatimiz tomonidan tabiatni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi qarorlardan namunalar.
Darsda qo'llaniladigan metod: suhbatlashish, yangi bilim berish .
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism. O'quvchilarning darsga tayyorligini va davomatini tekshirish, o`tgan mavzu yuzasidan o`rgangan bilimlarini mustahkamlash.
II.Uy vazifalarini so'rash.
Avvalgi darsda o'tilgan «Nerv sistemasi. Dam olishning ahamiyati» va « Zararli moddalarning organizmga ta'siri » mavzulari yakunida berilgan savollar asosida suhbat o'tkaziladi. Quyidagi qo'shimcha savollar bo'yicha suhbatlashish davom ettiriladi:
1. Odam boshqa jonzotlardan nimasi bilan farq qiladi?
2. 9—10 yoshli bola kuniga necha soatdan uxlashi kerak?
3. Jahldor bo'lish, baqiriq-chaqiriq qilish qanday zarar keltiradi?
4. Tamaki ko'p chekadigan odamning o'pkasi qanday zararlanadi?
5. Ko'p spirtli ichimlik ichish qaynday oqibatlarga olib keladi?
6. Giyohvand moddalarni iste'mol qilish nimaga olib keladi?
III.Yangi mavzuning bayoni.
Inson o‘z ehtiyojini qondirish maqsadida tabiatga ta’sir etishni orttiraversa, bu yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, o'rmon daraxtlari kesilib, katta o‘rmonlar shahar va qishloqlarga aylantirilsa, tabiatda salbiy o‘zgarishlar yuz beradi. Jumladan, havodagi kislorod kamayib ketib, odamlarning salo- matligiga jiddiy xavf tug‘iladi. Chunki odam havodagi kisloroddan nafas olib yashaydi.
0‘rmonlar egallagan yerlar o‘zlashtirilsa, o‘rmonlarda yashaydigan hayvonlarning barchasi qirilib ketadi. Cho‘l va dashtlarning o‘zlashtirilishi ham o‘simlik va hayvonot dunyosiga jiddiy ta’sir etadi. Tabiatdagi o‘zaro bog‘liqlik va muvozanat buzilib, inson hayoti ham xavf ostida qoladi.
Tabiatdagi salbiy o‘zgarishlarning oldini olish uchun tabiatdagi bog‘liqlik va muvozanatning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Odamlar tabiatdan o‘z ehtiyoji uchun foydalanibgina qolmay, uni tiklashga ham e’tiborni qaratishi zarur. Shuning uchun endilikda tabiatni muhofaza qilishga alohida e’tibor berilmoqda.Tabiatdagi salbiy o‘zgarishlarning oldini olish, tabiatni muhofaza qilish va uni asrash muammolari bilan ekologiya fani shug‘ullanadi. «Ekologiya» so‘zi yunoncha «oykos» — «uy», «yashash joyi» va «logos» — «ta’limot» degan so‘zlardan hosil bo‘lgan.Ekologiya fani tirik organizmlar va ular yashaydigan tabiiy muhit o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni o‘rganadi. Ekologiya bilan shug‘ullanuvchi olimlar atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish, uni tiklash ustida ish olib boradi.Tabiatni muhofaza qilish uchun, birinchi navbatda, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish kerak. Oqilona foydalanish deganda, tabiat boyliklarini tejab-tergab sarflash, uning oqibatlarini o‘ylash, ishlatilgan boyliklarni tiklashga harakat qilish tushuniladi. Masalan, shahar va qishloqlarni barpo etish, madaniy o‘simliklarni yetishtirish uchun o‘rmonlar egallagan maydonlarni qisqartirmaslik kerak. Qurilish xomashyosi sifatida ishlatish uchun o‘rmon daraxtlarini tejab kesish maqsadga muvofiq. Kesilgan har bir daraxt o‘rniga boshqasini ekish lozim bo‘ladi. Shunda mavjud o‘rmonlar ming yillar davomida saqlanib qoladi.Yer osti boyliklarini ham tejash zarur. Aks holda tugab qoladi. Ulardan oqilona foydalanish maqsadga muvofiq.Tabiatdan oqilona foydalanishga dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida harakat qilinmoqda. Bizning mamlakatimizda bu masalaga alohida e’tibor berilmoqda. Masalan, 0‘zbekistonda o‘rmonlar, asosan, tog‘ yonbag‘irlarida mavjud. 0‘rmon daraxtlarini kesish va ulardan qurilish xomashyosi sifatida foydalanish taqiqlangan. Chunki mamlakatimizda o‘rmonlar kam bo‘lib, ular kesib yuborilsa, bu o‘lkamiz tabiatiga salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun ham o‘lkamizga yog‘och mahsulotlari xorijiy mamlakatlardan sotib olib keltiriladi.0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55- moddasida shunday deyilgan: «Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir».Tabiatni muhofaza qilishning boshqa bir yo‘li — qo‘riqxonalar tashkil etishdir. Qo‘riqxona insonning tabiatga ta’sir etishi taqiqlangan katta hududni o‘zichiga oladi. Bunday hududda yo‘qolib ketish xavfi bo‘lgan hayvonlar qo‘riqlanadi. Shu bilan bir qatorda, qo‘riqxona egallagan katta hududdagi o‘simliklar dunyosi ham nazoratga olinadi.Masalan, tog‘ va o‘rmonlarni o‘z ichiga olgan katta hududdagi tabiat qo‘ynida yo‘lbars, qoplon, ayiq, bo‘ri, tog‘ echkisi, bug‘u, burgut, kalxat kabi turli hayvonlar hayot kechiradi. Agar bu hudud qo‘riqlanmasa, odamlar hayvonlarni ovlab, ularni qirib yuborishi mumkin.0‘rmon daraxtlarini kesib, tog‘ yonbag‘ridagi daraxt va butalarni sindirib, tabiatga shikast yetkazishadi. Shuning uchun bunday hududdagi tabiatni o‘z holicha saqlash va qo‘riqlash maqsadida qo‘riqxonalar tashkil etilgan.Hozirgi davrda Yer yuzida juda ko‘p qo‘riqxonalar mavjud. Shu jumladan, bizning mamlakatimizda 9 ta qo‘riqxona bor. 0‘lkamizdagi tog‘li hududlarda tashkil etilgan qo‘riqxonalarda ayiq, qoplon, to‘ng‘iz, bo‘ri, tog‘ echkisi, bug‘u, silovsin, jayra, burgut, kalxat, qirg‘iy kabi hayvonlar qo‘riqlanadi.Inson faoliyati natijasida qadimda o‘sgan o‘simliklarning, yashagan hayvonlarning ko‘plab turlari yo‘qolib ketgan. 0‘simlik va hayvonlarning ba’zi noyob turlari bugun ham kamayib, hatto, yo‘qolib bormoqda.Olimlar yo‘qolib ketish xavfi bo‘lgan o‘simlik va hayvonlarni o‘rganib, ularni «Qizil kitob»larga kiritganlar. Qizil rang xavotirlik, ogohlik belgisidir. «Qizil kitob» yo‘qolib ketish xavfi bo‘lgan o‘simlik va hayvon turlari haqida ogohlantiruvchi kitobdir.
«Xalqaro Qizil kitob»ga butun dunyo bo‘yicha yo‘qolib borayotgan o‘simlik va hayvonlar kiritilgan. Undan tashqari, turli mamlakatlarning o‘z «Qizil kitob»lari bor. Bizning mamlakatimizning bunday kitobi — «0‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi» deb ataladi.
«0‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi»da mamlakatimiz hududidagi kamyob va kamayib borayotgan o‘simlik va hayvon turlari, ular haqida ma’lumotlar bayon qilingan. «0‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi »ning 1-jildi o‘lkamizdagi noyob o‘simliklarga bag‘ishlangan bo‘lib, unga 302 ta o‘simlik turi kiritilgan. 115-rasmda ushbu kitobga kiritilgan kamyob o‘simlik turlaridan namunalar tasvirlangan.
«0‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi »ning 2- jildiga 200 dan ortiq hayvon turlari kiritilgan.
116-rasmda ushbu kitobga kiritilgan yo‘qolib ketish xavfi bo‘lgan hayvon turlarining bir nechtasi keltirilgan.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Tayanch so‘zlar: tabiat muhofazasi, ekologiya, tabiatdan oqilona foydalanish, qo‘riqxona, «Qizil kitob», «0‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi».
Savollar
1.Tabiatni nima uchun muhofaza qilish zarur bo‘lib qoldi?
2.Ekologiya so‘zi qanday ma’noni bildiradi?
3.Tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish deganda nimani tushunasiz?
4.Qo‘riqxonalar qanday maqsadda tashkil etiladi?
5.«Qizil kitob» deb qanday kitobga aytiladi? «0‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi »ga kiritilgan o‘simlik va hayvon turlaridan qaysilarini bilasiz?
Topshiriq
«Tabiatdan oqilona foydalanamiz» mavzusida hikoya yozing.
V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish.
34-dars TAKRORLASH. 4-NI O'TKAZISH
Sana_________
Darsning maqsadi. 27—33- darslarda o'tilgan mavzularni takrorlash, o'quvchilarning bu darslarda egallagan bilim, ko'nikma, malakalarini mustahkamlash, tekshirish va baholash. F.k.1 O‘z o‘lkasining tabiati va tarixiy yodgorliklari haqida aytib bera oladi. F.k.2 globus va xaritalardan tog‘lar, tekisliklar, okeanlar, dengizlar, daryo va ko‘llarni ko‘rsata oladi. F.k.3 o‘zi yashaydigan joyda tuproqni muhofaza qilish, uni o‘g‘itlab, minerallar bilan boyitish tadbirlarida ishtirok eta oladi.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: o'z-o'zini anglash shart sharoitlarini, inson qadri va hurligini anglash, uning tabiatini, milliy va umurninsoniy madaniyatni, ona tilini saqlash, ma'naviy taraqqiyotni bozoriq tisodiyoti bilan uzviy rivojlanishini tushunib etish; T.k.4 farzandlik va o‘quvchilik burchini bilish, unga rioya qilish, T.k.5 uyi, maktabi, turar joyini qadrlash;
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o'quvchida yosh xususiyatlari va salomatligi holatini hisobga olgan holda qiziqishlarni shakllantirish; F.k.3 havoni ifloslantirish inson sog‘ligi uchun zararli ekanligini anglaydi,
. Darsning jihozlari: 27—33- darslarda foydalanilgan jihozlar.
Darsda qo'llaniladigan metod: savol-javob, test sinovi o'tkazish.
DARSNING BORISHI
Bu dars ikki qism — 27—33- darslarda o'tilgan mavzularni takrorlash va shu darslarda o'tilgan mavzular bo'yicha 4- MSNI ni o'tkazishdan iborat.
Darsning birinchi qismida 27—33- darslarda o'tilgan har bir mavzuning eng muhim joylari bo'yicha savol-javob o'tkaziladi. O'quvchilarning javobiga qarab ayrim joylari takrorlab beriladi.
Darsning ikkinchi qismida 4- MSNI test sinovini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. O'quvchilarning o'tirgan qatorlariga qarab, o'qituvchi ularni ikki variantga ajratadi.
Test topshiriqlari ikki variantda beriladi. Quyida test topshiriqlari namunasi keltirilgan. O'qituvchi shu test sinovlaridan foydalanishi yoki qayta tuzishi mumkin.
NAMUNAVIY TEST TOPSHIRIQLARI
1. Odamlar birinchi bo'lib qaysi hayvonni uy hayvoniga aylantirganlar?
a) qo'yni;
b) otni;
d) mushukni;
e) itni.
2. Yirtqich hayvonlar to'g'ri ko'rsatilgan javobni aniqlang:
a) bo'ri, tulki, maymun;
b) yo'lbars, arslon, quyon;
d) bo'ri, yo'lbars, arslon;
e) arslon, ayiq, fil.
3. Odamning ichki a'zolariga nimalar kiradi?
a) ko'z, o'pka, oshqozon;
b) yurak, jigar, ichaklar;
d) burun, yurak, jigar;
e) o'pka, yurak, qo'llar.
4. Katta yoshdagi odamda necha litrgacha qon bo'ladi?
a) 3 litr;
b) 4 litr;
d) 5 litr;
e) 6 litr.
5. O'pkaning vazifasi nimadan iborat?
a) tanamizdagi qonning aylanishini ta'minlash va tozalash;
b) ichki a'zolarni oziq moddalar bilan ta'minlash;
d) qonni kislorodga to'yintirish va karbonat angidriddan ozod qilib turish;
e) ichki a'zolarga havo yetkazib turish.
6. Nima uchun ovqatlanamiz?
a) qornimiz och bo'lgani uchun;
b) tanamizdagi a'zolar sarflagan quvvatini to'ldirib turish uchun;
d) tanamizdagi a'zolarning o'sishi uchun;
e) tanamizdagi a'zolar sarflagan quvvatini to'ldirib turish va bu a'zolarning o'sishi uchun.
7. 9—10 yoshli bola kuniga necha soat uxlashi kerak?
a) 8 soat;
b) 9 soat;
d) 10 soat;
e) 11 soat.
8. «Qizil kitob»ga nimalar kiritiladi?
a) barcha o'simlik va hayvonlar;
b) qimmatbaho o'simlik va hayvonlar;
d) odamlarga foyda keltiradigan o'simlik va hayvonlar;
e) yo'qolib ketish xavfi bo'lgan o'simlik va hayvonlar.
II variant
1. Qaysi javobda uy hayvonlari ko'rsatilgan?
a) sigir, ot, qaldirg'och;
b) qo'y, echki, eshak;
d) sigir, mushuk, fil;
e) qo'y, tuya, ayiq.
2. Yovvoyi hayvon ....
a) ovqatni o'zi topib yeydi, odam qurgan inda yashaydi;
b) odamlar qo'lidan ovqat yeydi, o'ziga in quradi;
d) ovqatni o'zi topib yeydi, odamlardan hurkmaydi;
e) ovqatni o'zi topib yeydi, o'ziga in quradi.
3. Odam tanasiga oid quyidagi fikrlarning qaysi biri noto'g'ri?
a) bosh, bo'yin, gavda, qo'l va oyoqlar odam tanasining asosiy qismlaridir;
b) teri tanamizni shikastlanishdan, suv, chang va mikroblardan himoya qiladi;
d) skelet ichki a'zolarni shikastlanishdan himoya qilib turadi;
e) muskul odam turganda, yurganda, o'tirganda tayanch vazifasini bajaradi.
4. Yurakning vazifasi nimadan iborat?
a) tanamizdagi qonning aylanishini ta'minlash va tozalash;
b) tanamizdagi qonning aylanishini ta'minlash;
d) tanamizdagi qonni tozalash;
e) ichki organlarni kislorod bilan ta'minlash.
5. 9—10 yoshli bola bir minutda necha marta nafas oladi?
a) 16—18 marta;
b) 20—25 marta;
d) 30—45 marta;
e) 50—60 marta.
6. Og'izga tushgan ovqatning hazm qilish a'zolaridan o'tish ketma-ketligi qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?
a) og'iz—tomoq—qizilo'ngach—oshqozon—yo'g'on ichak—ingichka ichak;
b) og'iz—tomoq—qizilo'ngach—oshqozon—ingichka ichak—yo'g'on ichak;
d) og'iz—tomoq—oshqozon—qizilo'ngach—ingichka ichak—yo'g'on ichak;
e) og'iz—tomoq—qizilo'ngach—ingichka ichak— oshqozon—yo'g'on ichak.
7. Nerv sistemasi nimalardan iborat?
a) bosh miya, orqa miya va nerv tolalari;
b) bosh miya va orqa miya;
d) yurak, bosh miya, orqa miya va nerv tolalari;
e) nerv tolalari.
8. «Ekologiya» so'zi qanday ma'noni anglatadi?
a) yunoncha «oikos» — uy, «logos»—fan;
b) yunoncha «oikos» — uy, «logos»—tabiat;
d) yunoncha «oikos» — tabiat, «logos»—inson;
e) yunoncha «oikos» — tabiat, «logos»—fan.
V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |