Toshkent davlat Transport universiteti Avtomabil transport muhandisligi fakulteti Ekalogiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo’nalishi 2-bosqich talabasi Qo’ldashev Adhamjon Abdulaziz o’g’lining Toshkent shahari Ekalogiya va atrof-muhit muhofaza qilish boshqarmasi Chilonzor tuman Kadrlar bo’yicha bosh mutaxassis bo’limida o’tkazgan amalyot
Hisoboti
Korxona xodimlarining majburyatlari bilan tanishildi. Ular quydagilardan iborat: Mehnat va texnologiya intizomiga rioya qilish; Ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini va boshqa topshiriqlarni bajarish; Lavozim yo’riqnomalariga ripoya qilish; YATMM , MM bilan nazarda tutilgan malaka majburyatlarga rioya qilish; Qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarga rioy qilish; Jamoat shartnomasi shartlariga rioya qilish; Ish beruvchining mol –mulkini avaylab –asrash va ish beruvchiga zarar yetkazilishiga yo’l qo’ymaslik; Boshqarma faoliyati bilan bog’liq xizmat va davlat sirlarini qonunchilikka zid bo’lgan shaxslarga oshkor qilmaslik; Xodim tomonidan qabul qilinadigan boshqa majburyatlari. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktabrdagi “ O’zbekiston Respublikasida qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020 – 2030 yillarga mo’ljallangan strategiyasini tasdiqlash tog’risida “ gi PF-5853-sonli farmoni va O’zbekiston Respublikasi Ekalogiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qomitasining 2021 yil 17 martdagi 98 sonli buyrug’i ijrosi o’rganildi. Quydagilar strategiyani amalga oshirishning ustuvor yo’nalishlari etib belgilandi : Oziq - ovqat mahsulotlari xavfsizligini taminlash va iste’mol rasionini yaxshilash , talab etiladigan miqdordagi oziq – ovqat mahsulotlari yetishtrishni nazarda tutuvchi oziq – ovqat xavfsizligi davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish; Yer va suv resurslari, o’rmon fondidan oqilona foydalanishni nazarda tutuvchi tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof – muhitni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish ; Qishloq xo’jaligiga davlat boshqaruv tuzilmasini restrukturizasiya qilish va yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi boshqaruvning zamonaviy tizimlarini rivojlantirish; Qishloq joylarini muvozanatli va barqaror taraqqiy ettirishga ko’maklashishni nazarda tutuvchi qishloq hududlarini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish. Mexnat ta’tili beriladigan xodimlarni royxati tuzilib, “Mehnat ta’tili berish to’g’risida” gi buyrug’i tayyorlandi va boshqarma boshlig’iga imzolatildi. Ta’tilga chiqqan sana , qaysi muddatgachanligi va buyruq nomeri T-2 ga yozib qoyildi. Tayyorlangan buyruq nusxasi yig’ma jildga tikib qo’yildi. Xodim buyruqni tanishdim deb imzolagandan so’ng buyruqni haqiqiy nusxasi “Kadr buyruqlari 2-chorak “ papkasiga tikildi. Xodimlarning 2022 yil iyun oyi uchun tabel tayyorlandi. Unga quyidagi bo’lim xodimlarining F.I.SH va lavozimi yozildi: Bioxilmaxillik va muhofaza etadigan tabiiy hududlar masalalari bo’limi; Atrof-muhit ifloslanishini monitoring qilish bo’limi; Suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish bo’limi; Atmosfera havosini muhofaza qilish bo’limi; Yig’ma axborot taxlili bo’limi; Ijro intizomini nazorat qilish bo’limi; Texnik personal. Shu bo’lim xodimlarning stavkalari yozildi. Har bir xodimning mehnat ta’til kunlari aniqlanib , ro’yxatga kiritildi. Shu ma’lumotlar asosida xodimlarning haqiqiy ishlagan kunlar soni va Otgul soni aniqlandi. Tayyor bo’lgan tabelni boshqarma boshlig’iga tasdiqlatildi. Boshqarma boshlig’ining 2022 yil 20 iyunda o’tkazgan yig’ilishi 7-N/22-son bayonomasida ko’rsatilgan kamchiliklarga yo’l qo’yganliklari uchun mehnat qonunchiligiga asosan intizomiy jazo choralarini qo’llash maqsadida , jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni o’rganish muddatini o’tkazib yuborgan xodimlarga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 181-moddasi 1-qism 1-bandiga asosan “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo’llanildi.