O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 oktabrdagi “ Ekalogiya va atrof – muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora – tadbirlar to’g’risida “ gi PQ-3956-sonli ijrosini taminlash bo’yicha quyidagi 5 ta yo’nalishda ishlar amalga oshirildi: Davlat ekalogik nazorati tizimini rivojlantirish , sohaga oid qonunchilik talablari ijrosini ta’minlsh yuzasidan davlat nazoratini olib borish va uning samaradorligini oshirish; Ekalogik holatni sog’lomlashtirish bo’yicha sanitariya jixatidan tozalash tizimini rivojlantrish , o’simlik dunyosi obyektlaridan oqilona foydalanishni taminlash , suv resurslari va atmosfera xavosi ifloslanishini qisqartirish ; Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini sohaga oid qonunchilik normalariga asosan tartibga solish; Ekalogik targ’ibotni tashkil etish va olib borish bo’yicha boshqarma faoliyatining oshkoraligini taminlash , axborot-tushuntirish ishlarining samaradorligini oshirish; Boshqarma faoliyatiga zamonaviy axborot-komunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish. “ O’zbekiston Respublikasi Ekalogiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat ekalogiya qo’mitasi xodimlari mehnatiga haq to’lash va ularni moddiy rag’batlantirish tartibi to’g’risida ” gi 2019 yil 9 yanvardagi 12-son qarorining 2-bandiga asosan, xodimlarning mehnat qobilyati , ishchanlik sifatlari, bilim saviyasi , kasb bo’yicha malakasi va alohida erishgan yutuqlarini hisobga olib , qo’mita buyrug’ining ilovasida ko’rsatilgan Boshqarma raxbar xodimlari va inspeksiya boshlig’iga 2022 yil 2-chorak uchun , qo’mitaning moliya boshqarmasi tomonidan boshqarmaga maqsadli tushurib berilgan mablag’lari xisobidan , o’rnatilgan tartibd ustama haqini to’lashni amalga oshirildi. Asos qilib olindi : Davlat ekalogiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo’mitasi raisining 2022 yil 28 apreldagi 167-son buyrug’i . Oʼzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʼmitasining 2021 yil 12 martdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni toʼxtatish boʼyicha milliy dasturni tasdiqlash toʼgʼrisida” 2021 yil 9 martdagi 126-son qarori ijrosi toʼgʼrisida” 88-sonli buyrugʼini toʼliq va sifatli taʼminlash maqsadida:
1. Oʼzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʼmitasining 2021 yil 12 martdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni toʼxtatish boʼyicha milliy dasturni tasdiqlash toʼgʼrisida” 2021 yil 9 martdagi 126-son qarori ijrosi toʼgʼrisida” 88-sonli buyrugʼi ijro uchun qabul qilindi. 2. Qaror 2021 yil 9 iyundan boshlab kuchga kirishi maʼlumot uchun qabul qilindi. 3. Yigʼma axborot-tahlil boʼlimi: Qarorning 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni toʼxtatish boʼyicha milliy dasturni amalga oshirishning “yoʼl xaritasi”da belgilangan tadbirlar ijrosini oʼz vaqtida bajarishda; Milliy dasturni amalga oshirish bilan bogʼliq ishlarni muvofiqlashtirishda; Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni toʼxtatish boʼyicha majburiyatlarni bajarishda; Boʼlgan mahsulotlarning importi va eksportiga ruxsatnomalarni elektron ariza taqdim etilgandan soʼng “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi, Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali berishda; Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʼmitasi bilan birgalikda ozon qatlamini buzuvchi moddalar va tarkibida ushbu moddalar mavjud boʼlgan mahsulotlarning importi va eksportini nazorat qilish, maxsulotlar miqdorini xisobga olish hamda ularning maʼlumotlar bazasi shakillantirishi va yuritilishi uchun masʼul etib belgilandi; Ozonni buzuvchi yoki ularga bogʼliq boʼlgan moddalardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan sovutish jihozlari va havoni konditsionerlash uskunalarining Oʼzbekiston Respublikasiga importni taqiqlash boʼyicha qatʼiy nazorat oʼrnatish choralarini koʼrilishi buyurildi; Arizachilar tomonidan mahsulotlarni import va eksport qilishga ruxsotnoma olish uchun kelib tushgan murojatlarni belgilangan talablar va tartiblar asosida koʼrib chiqishini va tegishli xujjatlar taqdim etilishini taʼminlandi. 4. Qarorning 3-ilovasi bilan tasdiqlangan Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 9 yanvardagi 17-son qarori bilan tasdiqlangan Tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasidan eksport qilish ruxsatnomalar boʼyicha amalga oshiriladigan mahsulotlar turlari roʼyxatiga kiritilgan oʼzgartirishlar maʼlumot uchun qabul qilindi.