Tumani ­­­­ umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi



Download 1,56 Mb.
bet5/12
Sana09.10.2019
Hajmi1,56 Mb.
#23244
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3- SINF tabiatshunoslik yangi


Savollar

1.Atrofimizda havo borligini qanday sezish mumkin?

2.17- rasmda aks etgan tajribani tushuntirib bera olasizmi?

3.Havo tarkibida nimalar bor?

4.Havo qanday ahamiyatga ega?

5.Yelpig‘ich va shar yordamida shamolni qanday hosil qilish mumkin?



V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish. Topshiriq

Ichimlik suvidan bo‘shagan plastmassa idishni o‘rtasidan uzunasiga bo‘ling. Undan plastmassa naycha, qog‘oz, yelim yordamida yelkanli qayiqcha yasang. Qayiqchani suv soling idishga qo‘ying va yelpig‘ich bilan yelping. Qayiqcha nima sababdan suza boshlaydi? Savollarga jajob berishga tayyorlanib kelish.



6-DARS


MAVZU: OB-HAVOning belgilari


Sana____________

Darsning maqsadi.ta`limiy: O'quvchilarni mavzuga oid yangi atama va tu­shunchalar, tabiat fasllari, kuzda bo'ladigan o'zgarishlar bilan tanishtirish, ularga ob-havo haqida to'liq tushuncha berish va tabiat go'zalliklariga oshno etish. T.k.1 muloqotga kirishish uchun zarur bo‘ladigan og‘zaki nutqni o‘zlashtirish, T.k.2 mavzuga doir ma’lumotlarni kompyuter va boshqa manbalardan izlab topib, ulardan samarali foydalana olish.

Tarbiyaviy: — tabiatga muhabbat tarbiyasini shakllantirish,— kishilar mehnatini qadrlashga o`rgatish. T.k.3

o‘zini tuta olish, to‘g‘riso‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunish. T.k.5 uyi, maktabi, turar joyini qadrlash;



Rivojlantiruvchi:— ijodiy izlanish, bunyodkorlikni rivojlantirish. F.k.1 Ob-havodagi o‘zgarishlarni kuzata oladi, uni mahalliy belgilarga qarab aniqlay oladi; yog‘in turlarini aytib bera oladi.

Darsning turi.Yangi bilim beruvchi.

Darsning jihozlanishi. Termometr, yomg'ir o'lchagich, Quyoshning turish holatini kuzatish uchun tayoqcha, ob-havoning turli holatdagi manzarasi tasvirlangan rasmlar.

Darsning borishi.

I.Tashkiliy qism. Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish.O'tilgan mavzuni takrorlash.

II. Uy vazifasini so`rash:

Savollar

1.Atrofimizda havo borligini qanday sezish mumkin?

2.17- rasmda aks etgan tajribani tushuntirib bera olasizmi?

3.Havo tarkibida nimalar bor?

4.Havo qanday ahamiyatga ega?

5.Yelpig‘ich va shar yordamida shamolni qanday hosil qilish mumkin?



III.Yangi mavzuni bayon etish.

O'tilajak yangi mavzuni bayon etishdan avval o'quvchilarga ushbu savollar bilan murojaat qilinadi:



1. Bugun ob-havo qanday?



2. Qanday ob-havo belgilarini bilasiz?

3. Sizga qaysi fasl yoqadi?

Havoning qisqa vaqtdagi holati ob-havo deyilishi,

ob-havo tez-tez o'zgarib turishi, kuz va bahor

oylarida havo salqin bo'lib, yomg'ir ko'p yog'ishi,

qishda qor yog'ib sovuq bo'lishi, yozda esa

havoning isib ketishi xususiyatlari ochib beriladi.

Havo nima sababdan o'zgaradi, yozda kunlar nega issiq yoki qishda nima uchun sovuq bo'ladi kabi

savollarga atroflicha javob berish, bu savollarga javob berishda o'quvchilarni ham jalb qilish darsning samaradorligini oshirishini unutmang.Yilning to'rt faslida, hatto kunning turli vaqtida havo harorati har xil bo'lishini termometr yordamida aniqlab, o'quvchilarga ko'rsatish mumkin. Havo harorati shartli belgilar orqali yoziladi.Masalan, havo issiq bo'lsa, +40°C, havo sovuq bo'lsa, -10°C deb yozib qo'yiladi. Dars o'tilayotgan xonada havo harorati necha daraja issiq? Tashqaridachi, kabi savollar bilan mavzuning qiziqarli bo'lishiga erishiladi.

Ob-havo nima?

Radio va televizorda har kuni ob-havo haqida ma'lumot beriladi. Bunda havoning ma’lum bir joy vaqt davomidagi holatlari — harorati, ochiq yoki bulutli bo’lishi, shamolning qaysi tomondan esishi, yog‘inlarning yog‘ish yoki yog‘masligi haqida aytiladi. Havoning holatlari ob-havo deb ataladi.

Havoning holatlariga uning namligi va bosimi ham kiradi. Havoning namligi va bosimi nima ekanini yuqori sinflarda bilib olasiz.

Yer yuzining turli joylaridagi ob-havoni internet orqali ham bilib olish mumkin.

Havo harorati

Ob-havoning eng muhim holati havo haroratidir. Havo harorati termometr yordamida qanday o‘lchanishini bilasiz.

Havoni quyosh nurlari isitadi. Quyosh nurlari tikroq tushsa, havo harorati yuqori bo‘ladi.

Yoz oylarida quyosh nurlari o‘lkamiz hududiga qishga nisbatan tikroq tushadi. Shuning uchun yozda o‘lkamizda havo harorati yuqori bo‘ladi. Ba’zi kunlari havo harorati +40C dan oshadi.

Qish oylarida quyosh nurlari yotiq tushadi. Shu tufayli qishda havo harorati past bo‘ladi. Osmondagi bulutlar quyosh nurlarini to‘sib, havo haroratini yanada pasaytiradi. Qishda ayrim kunlari o‘lkamizda harorat — 10C dan ham past bo‘lishi mumkin.



IV . Darsni mustahkamlash.

Ob-havoning mahalliy belgilari

O’zingiz yashab turgan joyda mahalliy belgilarga qarab, havoning o‘zgarishini oldindan aytib berishingiz mumkin. Buning uchun quyidagilarni bilib olishingiz lozim:

-agar mo‘ridan yoki gulxandan chiqayotgan tutun osmonga tik ko‘tarilayotgan bo‘lsa, havo ochilib ketadi;

-agar tutun osmonga ko‘tarilmasdan pastlab ketsa, tez orada yomg‘ir yog‘ishi mumkin;

-agar qaldirg‘och osmonda baland parvoz qilayotgan bo`lsa havo ochiq bo‘ladi;

-agar qaldirg‘och pastlab uchayotgan bo‘lsa, yomg‘ir yog‘ishi mumkin;

-agar quyosh qora bulutlar orqasiga botsa, yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin;

-agar quyosh botayotganda uning atrofi qizg‘ish-sarg‘ish tusda bo‘lsa, ertasiga havo ochiq bo‘ladi.

Qadimdan ota-bobolarimiz shu kabi mahalliy belgilarga qarab, ob-havoning o‘zgarishini oldindan ayta olganlar.

Savollar

1.Ob-havo deb nimaga aytiladi?

2.Nima uchun havo harorati yozda yuqori bo‘ladi?

3.Yomg‘ir qanday hosil bo‘ladi?

4.Mahalliy belgilarga qarab, ob-havo o‘zgarishini qanday aytib berish mumkin?

5.Tabiatda suvning aylanishini tushuntirib bering.



V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish. Topshiriq Savollarga javob berishga tayyorlanib kelish.

Tabiatda suvning aylanishini daftaringizga chizing.



7-DARS


MAVZU: Yog`inlar


Sana____________

Darsning maqsadi.ta`limiy: O'quvchilarni mavzuga oid yangi atama va tu­shunchalar, tabiat fasllari, kuzda bo'ladigan o'zgarishlar bilan tanishtirish, ularga ob-havo haqida to'liq tushuncha berish va tabiat go'zalliklariga oshno etish. T.k.1 muloqotga kirishish uchun zarur bo‘ladigan og‘zaki nutqni o‘zlashtirish, T.k.2 mavzuga doir ma’lumotlarni kompyuter va boshqa manbalardan izlab topib, ulardan samarali foydalana olish.

Tarbiyaviy: — tabiatga muhabbat tarbiyasini shakllantirish,— kishilar mehnatini qadrlashga o`rgatish. T.k.3

o‘zini tuta olish, to‘g‘riso‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunish. T.k.5 uyi, maktabi, turar joyini qadrlash;



Rivojlantiruvchi:— ijodiy izlanish, bunyodkorlikni rivojlantirish. F.k.1 Ob-havodagi o‘zgarishlarni kuzata oladi, uni mahalliy belgilarga qarab aniqlay oladi; yog‘in turlarini aytib bera oladi.

Darsning turi.Yangi bilim beruvchi.

Darsning jihozlanishi. Termometr, yomg'ir o'lchagich, Quyoshning turish holatini kuzatish uchun tayoqcha, ob-havoning turli holatdagi manzarasi tasvirlangan rasmlar.

Darsning borishi.

I.Tashkiliy qism. Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish.O'tilgan mavzuni takrorlash.

II. Uy vazifasini so`rash:

Savollar

1.Atrofimizda havo borligini qanday sezish mumkin?

2.17- rasmda aks etgan tajribani tushuntirib bera olasizmi?

3.Havo tarkibida nimalar bor?

4.Havo qanday ahamiyatga ega?

5.Yelpig‘ich va shar yordamida shamolni qanday hosil qilish mumkin?



III.Yangi mavzuni bayon etish. O'tilajak yangi mavzuni bayon etishdan avval o'quvchilarga ushbu savollar bilan murojaat qilinadi:

Yog‘inlar

Okean, dengiz, daryo va ko‘llardagi suv muntazam bug‘lanib turadi. Dala, bog‘ va boshqa joylardagi o‘simliklardan va nam yerlardan ham bug‘lanadi. Osmon ko‘tarilgan suv bug‘lari bulutlarni hosil qiladi. Sham bulutlarni bir joydan boshqa joyga haydaydi.

(Bulutdagi suv zarrachalari birlashib, suv tomchilari: hosil qiladi. Suv tomchilari yerga yomg‘ir bo‘lib yog‘adi)

Havo sovuq paytlarda bulutda muz zarrachala hosil bo‘ladi. Ular birikib, qor uchqunlarini hos qiladi.

Bahorda ba’zan do‘l ham yog‘ishi mumkin. Do’l no‘xatdek, ba’zida undan ham katta bo‘ladi. Do‘l ekinlar payhon qilishi, bog‘dagi mevalarga shikast yetkazish mumkin.

Yomg‘ir, qor va do‘l — yog‘inlardir.



Amaliy ish

O ‘qituvchi yordamida suv solingan stakanni quruq yoqilg‘i ustiga qo‘yib qaynating. Undan chiqayotgan bug’ oyna bilan to‘sing.

Bunda oyna sirtida suv tomchilari hosil bo‘lishini va pastga tushishini kuzatish mumkin (22- rasm).

Kuzatilgan jarayonni yomg‘irning hosil bo‘lishi bilan taqqoslang va xulosa chiqaring.



IV . Darsni mustahkamlash. Tabiatda suvning aylanishi

Tog‘larga qishda qalin qor yog‘adi. Bahordan boshlab bu qorlar eriy boshlaydi. Qor suvlari yig‘ilib irmoqlarni, irmoqlar esa daryolarni hosil qiladi. Yomg‘ir suvlari ham yig‘ilib, daryolarga quyiladi. Daryoga yer osti suvlari ham qo‘shiladi.

Daryolar aksariyat hollarda o‘z suvini dengiz va okeanlarga quyadi. Okean va dengiz suvlarining bir qismi bug‘lanib, osmonga ko‘tariladi. Suv bug‘lari osmonda bulutlarni hosil qiladi. Bulutlarning bir qismini shamol quruqlikka haydab keladi. Bulutlardan qor va yomg‘irlar yog‘ib, yana daryolarni hosil qiladi. Shu tariqa suv tabiatda aylanib yuradi (23- rasm).

Tayanch so‘zlar: havo holati, ob-havo, havo harorati, bulut, yomg‘ir, qor, do‘l, yog‘in.

Savollar

1.Ob-havo deb nimaga aytiladi?

2.Nima uchun havo harorati yozda yuqori bo‘ladi?

3.Yomg‘ir qanday hosil bo‘ladi?

4.Mahalliy belgilarga qarab, ob-havo o‘zgarishini qanday aytib berish mumkin?

5.Tabiatda suvning aylanishini tushuntirib bering.



V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish. Topshiriq Savollarga javob berishga tayyorlanib kelish.

Tabiatda suvning aylanishini daftaringizga chizing.




8-dars Mavzu : Foydali qazilmalar qayerdan olinadi? 1-nazorat ishi

Sana__________

Darsning ta'limiy maqsadi: o'quvchilarda yer osti boyliklari haqida tasavvurlar hosil qilish, O'zbekiston hududidagi asosiy foydali qazilmalarni xaritadan topish ko'nikmasini shakllantirish, metall foydali qazilmalar haqida ma'lumotlar berish. T.k.2 mavzuga doir ma’lumotlarni kompyuter va boshqa manbalardan izlab topib, ulardan samarali foydalana olish. F.k.3 foydali qazilmalarni tejab, isrof qilmasdan foydalanish kerakligini tushunadi,

Darsning tarbiyaviy maqsadi: o'quvchilarda O'z­bekiston hududi foydali qazilmalarga boy ekanligi haqida ma'lumotlar berish orqali Vatanimizga bo'lgan iftixorni oshirish. T.k.5 do‘stlari, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘lish. T.k.6 tabiiy boyliklarni, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish,

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: yer osti boy­liklari, O'zbekiston hududidagi foydali qazilmalar, metall foydali qazilmalar haqida o'quvchilarning dunyoqa-rashlarini shakllantirish. F.k.1

Foydali qazilmalar qayerdan qazib olinishini, yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan qazilmalarni, temir va rangli metallar

eritib olinishini, qurilishda foydalaniladigan qazilma boyliklarni, ularning ishlatilishini hayotda kuzatadi va tushunadi

Darsning jihozlari: O'zbekiston hududidagi asosiy foydali qazilmalar tasvirlangan xarita, temirtosh, mis, alyuminiy rudalari, darslik.

Darsda qo'llaniladigan metod: suhbatlashish, «Aqliy hujum» interfaol metodi.

DARSNING BORISHI

I. Tashkiliy qism. O'quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, O'zbekiston hududidagi asosiy foydali qazilmalar tasvirlangan xaritani osib qo'yish, temirtosh, mis, alyuminiy rudalari namunalarini o'quvchilarga ko'rinadigan joyga qo'yish.

II. Uy vazifasini so'rash. Uy vazifasi sifatida berilgan «Suvni asraylik» mavzuyidagi bayon o'quvchilardan yig'ib olinadi. Bayon darsdan tashqari paytda tekshirib chiqiladi. Uning natijalari keyingi darsda aytiladi. Avvalgi darsda o'tilgan mavzu oxirida berilgan savollar asosida o'quvchilar bilan suhbatlashiladi. Bundan tashqari quyidagi savollar bo'yicha ham suhbatlashish davom ettirilishi mumkin:

Savollar

1.Ob-havo deb nimaga aytiladi?

2.Nima uchun havo harorati yozda yuqori bo‘ladi?

3.Yomg‘ir qanday hosil bo‘ladi?

4.Mahalliy belgilarga qarab, ob-havo o‘zgarishini qanday aytib berish mumkin?

III.Yangi mavzuning bayoni:

Foydali qazilma nima?

Yer ostida va uning yuzidagi tog’larda tabiy gaz, neft, ko’mir, oltin, kumush, mis, aluminiy, temir, osh tuzi, marmar, granit, qum kabi tabiiy boyliklar bor, Bunday boylikdan odamlar foydalanadi. Shuning uchun ular foydali qazilmalar deyiladi.

Foydali qazilma to’plangan joy kon deb ataladi. Konlarni qidirib topish ishlari bilan geologlar shug’ullanadi.

Konlar xaritadan shartli belgilar bilan ko’rsatiladi. Har bir belgi shu joyda qanday foydali qazilma borligini bildiradi.



Vatanimiz hududida turli foydali qazilma konlari bor.

24-rasmda tasvirlangan O’zbekiston Respublikasi xaritasida Vatanimiz hududidagi asosiy konlar qayerda joylashganligini bilib olish mumkin.



Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish