Tajriba. Bo‘sh stakanni to‘nkarilgan holatda suv idishga botiraylik.
Bunda suv stakan ichiga deyarli kirmaydi (17-a ). Go‘yoki, stakan ichida nimadir bor. Shu narsa havodir. Stakan ichidagi havo o‘z suvga bo‘shatib bermaydi. Endi stakanni bir tomonga og’diraylik. Shu zahoti stakan ichidagi havo bulqillab suv yuziga chiqa boshlaydi.Stakan ichidan chiqayotgan havo o‘rniga suv kira boshlaydi (17- b rasm) Avvaliga havo suvning kirishiga qo‘ymagan bo‘lsa, stakan og‘dirilganda shu havo suv yuziga chiqadi. Demak, stakan bo‘sh emas ekan, uning ichida havo bo‘lgan. Faqat stakan ichida emas, balki ichi bo‘shdek tuyul barcha idishlar ham havo bilan to‘lgan. Bizga ko‘ maydigan havo turli moddalardan tashkil topgan. H tarkibida azot, kislorod, karbonat angidrid, suv bug`i va boshqa moddalar bor. 17-rasm Stakan ichida havo bor
Amaliy ish
1.Sharni puflab, og‘zini idishdagi suvga botirilgan holda qo‘yib yuboring. Shardan nima chiqadi?
2.Stakandagi suvga bir bo‘lak kesakni tashlang. Suv yuziga ko‘tarilayotgan mayda pufakchalar ichida nima bor? Havoning ahamiyati
Yer yuzidagi barcha o‘simlik va hayvonlar, jumladan, odamlar ham havodan nafas oladi. Odam hayvonlar havodagi kislorodni yutib, havoga karbanad angidrid chiqaradi (18- rasm). Odamlar ham, hayvonlar ham havosiz yashay olmaydil Baliq, akula, delfin, kit suv hayvonlari ham kislorod yutib, o‘zidan karbonat angidrid chiqaradi. Chunki suv ichida 1 havo bor.
Tuproq orasida yashaydigan chuvalchang va boshqa ma jonivorlar ham havodan nafas oladi. Chunki tuproq orasida 1 havo bo‘ladi.
O‘simliklar bargi orqalidan nafas oladi. Ular havodagi karbonat angidridni yutib, o‘zidan kislorod chiqaradi. Shuning uchun Yer yuzida
18-rasm. Biz havodan nafas olamiz
o‘simliklar qancha ko‘p bo`lsa, havoda kislorod shuncha ko‘p bo‘ladi.
O‘rmon, yaylov va tog‘ yonbag‘irlarida o‘simliklar qalin o‘sadi. Bu joylardagi havoda kislorod ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun o‘rmon, yaylovva tog‘ yon bag’irlarida sayr qilganlar havodagi kisloroddan to‘yib nafas oladi.
Havoning harakati
Tajribalar. Qog‘oz parchalarini stol ustiga sochib qo‘yaylik. Daftar bilan yelpisak, ular uchib ketadi (19- rasm). Shar og‘zini qog‘oz parchalariga yo‘naltiraylik. Undan chiqayotgan havo qog‘oz parchalarini uchirib yuboradi (20- rasm).
Birinchi tajribada biz daftar bilan havoni bir tomondan ikkinchi tomonga harakatlantirib, shamolni hosil qildik.
Ikkinchi tajribada esa shardan chiqqan havo harakatlanib, shamolni hosil qildi.Demak, shamol — havoning harakati.Shamol esayotganini daraxt barglarining tebranishidan ham sezish mumkin. Shamol kuchli bo‘lsa, daraxt shoxlar egiladi (21- rasm).
Qadimda odamlar yelkanli kemalar yasaganlar. Bur day kemalar suvda shamol yordamida suzgan.
IV . Darsni mustahkamlash.
Tayanch so‘zlar: havo, kislorod, azot, karbonat angidrid, shamol, yelkanli kema.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |