Tumani ­­­­ umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi



Download 1,56 Mb.
bet6/12
Sana09.10.2019
Hajmi1,56 Mb.
#23244
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3- SINF tabiatshunoslik yangi


Amaliy ish

24-rasmdagi xaritadan konlarning shartli belgilarini ko’rib chiqing.

Siz yashab turgan hudud yaqinida qanday foydali qazilma konlari borligini aniqlang.

Foydali qazilmalar qanday hosil bo’ladi?

Yer ostidagi ko‘mir, neft, tabiiy gaz kabi yonuvchi qazilmalar qanday hosil bo‘lgan?

Qadimda qalin o‘rmonlardagi daraxtlar bir-biri ustiga qulab, vaqt o‘tishi bilan chirigan. Ular ko‘pligidan chirindi qatlamlar hosil bo‘lgan. Minglab, millionlab yillar davomida chirindi qatlamlar ko‘mirga aylangan.

Qadimda dengiz va ko‘llarning tubida ixtiozavr, kit, kashalot, baliq kabi suv hayvonlari, turli suv o’tlarlarining qoldiqlari yig‘ilib borgan. Ular loyqalar bilan ko‘milgan. Millionlab yillar davomida chirindi qatlamlar neftga aylangan. Ba’zi dengiz va ko‘llarning suvi qurib, ko‘milib ketgan. Shuning uchun neft qumlari Yer sharining quruqlik qismida ham, suv qismida ham uchraydi.

Odatda, neft bor joyda tabiiy gaz ham bo‘ladi. Suyuq holatdagi neft bug‘lanib, yer ostining yoriqlarida yig‘ilib borgan. Shu tariqa tabiiy gaz hosil bo‘lgan.

Tuzsiz ovqatni yeb bo‘lmasligini bilasiz. Non mahsulotlariga ham tuz qo‘shiladi. Daryo va ko‘l suvlarida ham tuz bo‘ladi. Oziq-ovqat, ichish uchun yaroqli bo‘lgan suv tarkibidagi bunday tuzlar osh tuzi deb ataladi. Osh tuzi qayerdan olinadi?

Ma’lumki, dengiz suvi sho‘r bo‘lib, osh tuziga boy bo‘ladi. Qadimdan uzoq davrlar davomida dengiz suvlari bug‘lanib, tubida osh tuzi yig‘ilib borgan. Ba’zi dengizlarning suvi butunlay qurib, o‘rnida osh tuzi konlari hosil bo‘lgan. O’zbekiston hududida ham yirik osh tuzi konlari mavjud.

Yer ostida temir, mis, aluminiy kabi metallar ham bor. Yer ostidagi turli jarayonlar natijasida yer yorilib, bu yoriqlaridan turli moddalar otilib chiqqan. Yer ostidan qaynoq suyuq holatdagi moddalarning otilib chiqish joyi vulqon deb ataladi.Ba’zi tog’lar shunday vulqonlarning otilishi natijasida hosil bo’lgan. Vulqon paytida, ayrim hollarda, turli moddalar bilan birgalikda metallar ham yer ostidan otilib chiqqan. Yer ostidan otilib chiqqan metalllar juda yuqori haroratda suyuq holatda bo’lgan. Yer yuziga chiqqan suyuq metallar tosh va qumlar bilan aralashib, soviganda qotishmalarni hosil qilgan. Boshqa foydali qazilmalar ham yer osti va yer yuzidagi turli jarayonlar natijasida uzoq davrlar davomida hosil bo’lgan.



Amlaiy ish Nazorat ishi amalga oshiriladi.

NAMUNAVIY TEST TOPSHIRIQLARI: 1-variant

1. Jonli tabiat jismlarini ko'rsating:

a) toshlar, o'simliklar, hayvonlar; boychechak, olma daraxti, chumoli;

d) suv, qushning sayrashi, quyon;

e) Quyosh, Yer, Oy.



2. Tabiat hodisalariga keltirilgan misollardan qaysi biri to'g'ri?

a) tog', qush, qushning sayrashi;

b) baliq, baliqning suzishi, yomg'ir yog'ishi;

d) tosh, shamolning esishi, yomg'ir yog'ishi;

e) chaqmoq chaqishi, momaqaldiroq gumburlashi, shamolning esishi

3. Shamol — bu ... .

a) havoning harakati;

b) yomg'ir manbayi;

d) bulut haydovchi;

e) haroratni o'zgartiruvchi.

4. Globusda okean va dengizlar qanday rangda tasvirlanadi?

a) qizil;

b) yashil;

d) havorang;

e) sariq.

5. Muz necha darajada eriydi?

a) 0°;


b) +5°;

d) +10°;

e) +20°.

6. Quyidagi mulohazalardan qaysi biri noto'g'ri?

a) qor, yomg'ir, yer osti suvlari daryoni hosil qiladi;

b) suv ombori muzliklarning suvidan hosil bo'ladi;

d) daryolar o'z suvini dengiz va ko'llarga quyadi;

e) okean, dengiz va quruqlikdagi suvlardan bug'langan suv zarralari bulutlarni hosil qiladi.

7. Javoblarning qaysi birida foydali qazilma to'g'ri ko'rsatilgan?

a) oltin, ko'mir, neft;

b) paxta, temir, gaz;

d) suv, oltin, neft;

e) kumush, ko'mir, bug'doy.

8. Qaysi qatorda yoqilg`i sifatida yonuvchi moddalar berilgan?

a) granit, bo'r, ohaktosh;

b) kvars, granit, slyuda;

d) slyuda, bo'r, ohaktosh;

e) toshko`mir, neft, gaz

2- variant

1. Jonsiz tabiat jismlarini ko'rsating:

a) toshlar, o'simliklar, hayvonlar;

b) boychechak, olma daraxti, chumoli;

d) suv, qushning sayrashi, quyon;

e) Quyosh, Yer, Oy.

2. Tabiat hodisalariga keltirilgan misollardan qaysi biri to'g'ri?

a) chaqmoq chaqishi, tosh, kitob;

b) avtomobilning harakati, shamolning esishi, qor yog'ishi;

d) Quyosh, momaqaldiroq gumburlashi, bulut.

e) yulduzlar, musiqa ovozining tarqalishi, qush.

3. Havo tarkibidagi moddalardan odam va hayvon­lar uchun eng muhimi qaysi modda?

a) suv;

b) karbonat angidrid;

d) azot;



e) kislorod.

4. Muz necha darajada qaynaydi?

a)0°; b)+20°; d)+50°; e)100



5. Yomg'ir qanday hosil bo'ladi?

a) bulutdagi qorning erishidan;

b) bulutdagi tutun zarralarining birlashishidan;

d) bulutdagi suv bug'i zarralarining birlashishidan;

e) tumandagi suv bug'larining birlashishidan.

6. Suv qanday sharoitda kengayadi, qanday sharoitda siqiladi?

a) issiqlikdan kengayadi va siqiladi; ,

b) sovuqlikdan kengayadi va siqiladi;

d) sovuqlikdan kengayadi va issiqlikdan siqiladi;

e) issiqlikdan kengayadi va sovuqlikdan siqiladi.

7. Gildan qanday buyumlar tayyorlanadi?

a) oyna, g'isht, chinni buyumlar;

b) shisha buyumlar, sopol buyumlar, g'isht;

d) g'isht, chinni buyumlar, sopol buyumlar;

e) shisha buyumlar, chinni buyumlar, sopol buyumlar.

8. Ohaktosh qanday maqsadlarda ishlatiladi?

a) qurilish materiali sifatida;

b) yozish maqsadida;

d) chinni buyumlar tayyorlashda;

e) sopol buyumlar tayyorlashda.

Yangi mavzuni mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlashda «Aqliy hujum» interfaol metodi qo'llaniladi. Bunda o'quvchilar muhokamasiga quyidagi savollar havola qilinishi tavsiya etiladi:

1. Nima uchun yer ostidan olinadigan qazilmalar foydali qazilmalar deyiladi?

2. Mamlakatimiz hududida qanday foydali qazil­malar bor?

3. Metallar qanday maqsadlarda ishlatiladi?

4. Ruda deganda nimani tushunasiz?

5. Oltin va kumush foydali qazilmalari qanday holatda uchraydi?



V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish. Tayanch so’zlar: foydali qazilma, kon, geolog, osh tuzi, vulqon, metal, qotishma.


9-dars Mavzu: Yoqilg’i sifatida foydalaniladigan qazilmalar

Sana_____________

Darsning ta'limiy maqsadi: o'quvchilarda toshko'mirning hosil bo'lishi, qazib olinishi, ishlatilishi, undan olinadigan mahsulotlar haqida tasavvurlar hosil qilish. o'quvchilarga neft va tabiiy gaz, ularning ahamiyati haqida ma'lumotlar berish, ularda neftdan qanday mahsulotlar olinishi haqida tasavvurlar hosil qilish. T.k.2 mavzuga doir ma’lumotlarni kompyuter va boshqa manbalardan izlab topib, ulardan samarali foydalana olish.F.k.1

Foydali qazilmalar qayerdan qazib olinishini, yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan qazilmalarni, temir va rangli metallar eritib olinishini, qurilishda foydalaniladigan qazilma boyliklarni, ularning ishlatilishini hayotda kuzatadi va tushunadi.



Darsning tarbiyaviy maqsadi: o'quvchilarga o'lkamiz hududi toshko'mir foydali qazilmalarga boyligi haqida ma'lumotlar berish orqali ularning Vatanga bo'lgan g'ururlarini oshirish. o'quvchilarga o'lkamiz hududi neft va tabiiy gaz foydali qazilmalariga boyligi haqida ma'lumotlar berish orqali Vatanga bo'lgan g'ururlarini oshirish, yer osti boyliklarini tejab ishlatish zarurligini tushuntirish. T.k.5 do‘stlari, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘lish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o'quvchilarning toshko'mir energiya manbayi haqida dunyoqarashlarini shakllantirish va kengaytirish. o'quvchilarning neft va tabiiy gaz haqidagi dunyoqarashlarini kengaytirish. F.k.3 foydali qazilmalarni tejab, isrof qilmasdan foydalanish kerakligini tushunadi, T.k.6 tabiiy boyliklarni, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish,

Darsning jihozlari: toshko'mir namunasi, toshko'mirning qazib olinishi, toshko'mirdan olinadigan mahsu­lotlar tasvirlangan rasmlar, asosiy foydali qazilmalar tasvirlangan O'zbekiston xaritasi, darslik. neftni qazib olish, tabiiy gazning olinishi, neftdan olinadigan mahsulotlar tasvirlangan rasmlar, asosiy foydali qazilmalar tasvirlangan O'zbekiston xaritasi, darslik.

Darsda qo'llaniladigan metod: savol-javob, amaliy ishlar o'tkazish.

DARSNING BORISHI I.Tashkiliy qism.

O'quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, toshko'mir namunasini o'quvchilarga ko'rinadigan joyga qo'yish, toshko'mirning qazib olinishi, toshko'mirdan olinadigan mahsulotlar tasvirlangan rasmlarni va xaritani osib qo'yish.



II.Uy vazifasini so`rash:

1. Foydali qazilma deb nimaga aytiladi?

2. Kon qanday joyda hosil bo’ladi?

3. Foydali qazilmalar qanday hosil bo’lgan?



III. Yangi mavzuning bayoni.Kirish suhbati.

  1. O'quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi:

1. Toshko'mirni ko'rganmisiz? Undan qayerda foydalaniladi?

2. Toshko'mirning yonishi o'tinning yonishidan qanday farq qiladi?

Bu bilan o'quvchilarni yangi mavzuga qiziqtiriladi.

Toshko'mir yer ostida qanday hosil bo'lganligi, bundan million yillar avval yer ustida o'sgan daraxtlar chirib toshko'mirga aylanganligi, konlarda toshko'mir qanday qazib olinishi, toshko'mir juda katta issiqlik manbayi ekanligi, undan turli xil mahsulotlar olinishi haqida savol-javol o'tkaziladi.Amaliy ishlar bajarilib, o'quvchilar bilan quyidagi savollar bo'yicha savol-javob o’tkaziladi. Toshko'mir.

1. Toshko'mir qanday rangda bo'ladi?

2. Toshko'mir bilan qog’ozga yozganda nima bo’ladi?

3.Toshko’mirning yumshoq-qattiqligi qanday (mo'rt)?

Toshko'mirning issiqlik manbayi ekanligi bayon qilib beriladi. Undan qanday mahsulotlar olinishi haqida ma'lumotlar beriladi.O'zbekiston xaritasidan qaysi joylarda toshko'mir qazib chiqarilishi ko'rsatib beriladi.



Ko’mir Ko’mirning ikki xili bo’ladi: toshko’mir va qo’ng’ir ko’mir. Tosh kabi qattiq bo’lgani uchun ulardan birinchisi toshko’mir deb ataladi. Qo’ng’ir ko’mir toshko’mirga nisbatan yumshoqroq bo’lib, oson maydalaniladi.

Ko’mir koni yer yuzasiga yaqin joyda ham, juda chuqurda ham bo’lishi mumkun. Yer yuzasiga yaqin joydagi ko’mir turli texnika vositalari yordamida qazib olinadi.

Yer ostidagi ko’mirni qazib olish uchun chuqur shaxtalar qaziladi. Shaxtalarda ko’plab odamlar ishlaydi. Ular texnika vositalari yordamida ko’mirni qazib, yuqoriga chiqaradilar.

Ko’mir yoqilganda undan katta miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Elektrostansiyalarda ko’mir yoqilib, ulkan qozonlarda suv bug’ga aylantiriladi.

Bug’ katta turbinalarni aylantirib, elektr tokini hosil qiladi. O’zbekistonda elektr tokining katta qismi shu tarzda olinadi. Ko‘mir yoqilganda undan gaz ajralib chiqadi. Gaz maxsus qurilmalar yordamida suyuqlikka aylantirilib, undan turli mahsulotlar tayyorlanadi (26- rasm). Respublikamizning Surxondaryo viloyatida tosh ko‘mir konlari, Toshkent viloyatida esa qo‘ng‘ir ko‘m konlari mavjud.

Neft: 1. Mashinalarning yurishi uchun nima zarur? 2. Benzindan qayerda foydalaniladi?

3. Tabiiy gazdan foydalanishni bilasizmi? Oshxonadagi gaz qanday yoqiladi?



Bu bilan o'quvchilarni yangi mavzuga qiziqtiriladi. Neftning million yillar davomida o'simlik va hayvonlarning chirishidan hosil bo'lganligi, neftning issiqlik energiyasi ko'mirnikidan ko'p marta yuqoriligi, uning yer ostidan qanday olinishi, xaritadan neft qaysi joylardan qazib chiqarilishi ko'rsatiladi, neftdan qanday mahsulotlar tayyorlanishi bayon etiladi.Neftga oid amaliy ishlar bajariladi. Uni bajarish davomida quyidagi savollar asosida o'quvchilar bilan suhbatlashiladi:

1. Neft qanday rangda bo'ladi? 2. Neft suvdan og'irmi yoki yengilmi? Uni qanday bilish mumkin?

3. Neft qanday yonadi?

Amaliy ish

Qog‘ozga o‘ralgan toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mirni oling. Ular bolg‘acha bilan maydalashga harakat qiling va xulosangizni ayting.



Darslik bilan ishlash: Neft Neft suyuq holatdagi yoqilg’i hisoblanadi. Neftdan samolyot, avtomobil va boshqa transport vositalari uchun yoqilg’i sifatida foydalaniladi. Undan tashqari, tosh-ko’mirdan olinadigan narsalarni neftdan ham olish mumkin.

Neftdan qazib chiqarish uchun quduqlar qazilib, ularga quvurlar tushuriladi.

Neft nasoslar yordamida yer ostidan tortib olinadi (27-rasm)

Amaliy ish

1.Probirkaga quyilgan neftni ko‘rib chiqing. Uning rangiga e’tibor bering.

2.Tunuka likopchaga neft tomizing. Unga yonib turgan gugurt cho‘pini yaqinlashtiring. Qanday hodisa yuz beradi?

Tabiiy gaz Tabiiy gaz haqida ma'lumotlar beriladi. Xaritadan O'zbekiston hududining qayerlarida tabiiy gaz konlari borligi ko'rsatiladi. Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari haqida suhbatlashiladi. Foydali qazilmalarni nima uchun muhofaza qilish kerakligi haqida suhbatlashiladi. O'quvchilardan quyidagi topishmoqni topish so'raladi:

O'tinsiz pishar palov,

Xizmatda u qishin, yoz.

Kuli yo'q, yonar lov-lov

Zangori rang, nomi ... (Tabiiy gaz)

Tabiiy gaz

Tabiiy gaz neft bor joyda bo‘ladi. Tabiiy gaz deb gaz ko‘mir holatdagi yoqilg‘iga aytiladi.

Tabiiy gaz rangsiz bo‘lib, yonganda zangori alanga beradi. Uni quvurlar orqali uzoq masofalarga uzatish qulay. Deyarli barcha shahar va qishloqlarga quvurlar orqali tabiiy gaz olib borilgan. Uzoq qishloqlardagi xonadonlarga tabiiy gaz ballonlarda yetkaziladi. Aholi turmush tarzining farovon bo‘lishida tabiiy gaz muhim o‘ri tutadi.

Tabiiy gaz zaharli va tez yonuvchan. Shuning uchun undan ehtiyot bo‘lib foydalanish lozim.



IV.Darsni mustahkamlash:

Amaliy ish 24- rasmdagi xaritadan mamlakatimizning qaysi hududlarida toshko‘mir, qo‘ng‘ir ko‘mir, neft, tabiiy gaz konlar mavjudligini ko‘rib chiqing va ularni daftaringizga yozing.

Tayanch so‘zlar: toshko‘mir, neft, tabiiy gaz, shaxta, elektrostansiya, elektr toki, yelim, sun’iy charm, polietilen, mashina moyi, bo‘yoq, lok, plastmassa, rezina.

Savollar

1. Toshko‘mir qanday holatda bo‘ladi? Neft va tabiiy gaz-chi?

2. Toshko‘mirdan qanday maqsadlarda foydalaniladi?

3. Neft nima sababdan qimmatbaho foydali qazilma hisoblanadi?

4. Tabiiy gazdan qanday maqsadlarda foydalaniladi?

5. Toshko‘mir, neft va tabiiy gazdan qanday mahsulotl olinadi?



V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish. Topshiriq

Krossvordni daftaringizga ko’chiring va yeching.



Krossvord

Bo’yiga:1.Qattiq holatdagi yoqilg’i.

2. Neftdan olinadigan yoqilg’i.

3.Toshko’mir qazib olinadigan yer osti joyi .


Eniga: 4. Suyuq holatdagi yoqilg’i.

5. Tabiiy gazning holati.



6.Toshko’mir, neft va tabiiy gazdan olinadigan mahsulot.

Savollarga jajob berishga tayyorlanib kelish.


10 - dars QORA VA RANGLI METALLAR

Sana___________

Darsning ta'limiy maqsadi: o'quvchilarda yer osti boyliklari haqida tasavvurlar hosil qilish, O'zbekiston hududidagi asosiy foydali qazilmalarni xaritadan topish ko'nikmasini shakllantirish, metall foydali qazilmalar haqida ma'lumotlar berish. F.k.1 Foydali qazilmalar qayerdan qazib olinishini, yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan qazilmalarni, temir va rangli metallar eritib olinishini, qurilishda foydalaniladigan qazilma boyliklarni, ularning ishlatilishini hayotda kuzatadi va tushunadi.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: o'quvchilarda O'z­bekiston hududi foydali qazilmalarga boy ekanligi haqida ma'lumotlar berish orqali Vatanimizga bo'lgan iftixorni oshirish. . T.k.4 sinfdagi jihozlar, o‘quv qurollarini asrab-avaylash. T.k.5 do‘stlari, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘lish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: yer osti boy­liklari, O'zbekiston hududidagi foydali qazilmalar, metall foydali qazilmalar haqida o'quvchilarning dunyoqa-rashlarini shakllantirish. F.k.3 foydali qazilmalarni tejab, isrof qilmasdan foydalanish kerakligini tushunadi,
Darsning jihozlari :O'zbekiston hududidagi asosiy foydali qazilmalar tasvirlangan xarita, temirtosh, mis, alyuminiy rudalari, darslik.

Darsda qo'llaniladigan metod: suhbatlashish, «Aqliy hujum» interfaol metodi.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism. O'quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, darsda foydalaniladigan jihozlarni joylashtirish. O'quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, O'zbekiston hududidagi asosiy foydali qazilmalar tasvirlangan xaritani osib qo'yish, temirtosh, mis, alyuminiy rudalari namunalarini o'quvchilarga ko'rinadigan joyga qo'yish.

II. Uy vazifasini so`rash:

Savollar

1. Toshko‘mir qanday holatda bo‘ladi? Neft va tabiiy gaz-chi?

2. Toshko‘mirdan qanday maqsadlarda foydalaniladi?

3. Neft nima sababdan qimmatbaho foydali qazilma hisoblanadi?

4. Tabiiy gazdan qanday maqsadlarda foydalaniladi?

5. Toshko‘mir, neft va tabiiy gazdan qanday mahsulotl olinadi?



III. Yangi mavzuning bayoni.

Temirtosh

Temir oltin, kumush, mis, alyuminiy, volfram kabilar metallarni etadi. Metallardan eng ishlatiladigani temirdir.

Biz turmushda foydalanadigan pichoq, qaychi, bolta, tesha, ombir, belkurak kabi buyumlar temirdann yasalgan (28- rasm). Turli mashina va mexanizmlarning qismlari ham temirdan tayyorlanadi.

Konlarda temir boshqa moddalar bilan aralashgan qotishma holda, ya’ni tosh shaklida bo‘ladi. Bunday tosh temirtosh deyiladi.



Qora metall rudalari 3 xil —qo’ng‘ir temirtosh va qizil temirtoshdan iborat bo‘ladi



Magnitli temirtosh Qo'ng'ir temirtosh Qizil temirtosh

Maxsus pechlarda temirtosh rudalaridan temir eritib olinib, turli buyumlar, mashina va mexanizm qismi quyiladi



Rangli metallar

Rangli metallarga oltin, kumush, mis, aluminiy, qo’ g‘oshin kabi metallar kiradi.



Oltin va kumush qimmatbaho metallar hisoblanadi. Ulardan turli zeb-ziynatlar tayyorlanadi.

Oltin va kumushdan yasalgan zeb-ziynatlar.

Oltin va kumush zarralari qum zarralari orasida sof holda ham, rudalar tarkibida ham uchraydi (32-rasm) Qimmatbaho metallar qum zarralari orasidan maxsus qurilmalar yordamida ajratib olinadi. Ruda ichida uchraydigan oltin va kumush juda yuqori haroratda eritib olinadi.

Mis va aluminiy faqat ruda shaklida uchraydi. Rangli metallar qora metall rudalaridan farq qilib, ruda tarkibida juda oz miqdorda bo’ladi.

Kundalik turmushda ishlatiladigan ko’pgina buyumlar mis va aluminiydan yasalgan (33-rasm).



Elektr simlar ham, asosan, mis va aluminiydan tayyorlanadi.

Mamlakatimiz hududida oltin, kumush, mis, alyuminiy konlari mavjud. Rangli metall kombinatlarida rudalar eritilib, toza metall ajratib olinadi (34- rasm)

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish