Tumani ­­­­ umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi



Download 1,56 Mb.
bet3/12
Sana09.10.2019
Hajmi1,56 Mb.
#23244
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3- SINF tabiatshunoslik yangi


Okean va dengizlar

Ona zaminimiz -Yer shar shaklida. Yer yuzini o‘rganish uchun globusdan foydalaniladi.

Globus - Yer sharining kichraytirilgan shakli (4- rasm).

Globus sirtining katta qismini havorangda tasvirlangan suv egallagan.

Bu - okean va dengizlardir. Okeanning quruqlikka tutashgan qismida dengizlar joylashgan (5- rasm).

Dengiz — okeanning bir qismidir.

Ba’zi dengizlar quruqlik ichkarisiga kirib borgan, Dengiz va uning sohili

Okean va dengizlarning suvi sho‘r bo‘ladi va ichishga yaramaydi.

Odamlar okean va dengizlardan ko‘p miqdorda baliq ovlaydilar. Ulkan kemalarda yuklarni okean va dengizlar orqali tashiydilar.

Amaliy ish

1.Globusni ko‘rib chiqing. Okeanlarni toping, nomlarini daftaringizga yozing.

2.Globusdan bir nechta dengizni toping va ularning nomlarini daftaringizga yozing.

Daryo va ko‘llar

Globusda ilon izi shaklidagi havorang egri-bugri chiziqlar bor. Bunday chiziqlar daryolarni bildiradi.

Daryolar, asosan, tog‘lardan boshlanadigan jilg‘a- lardan hosil bo‘ladi (6- rasm). Daryolar o‘z yo‘lida shar- sharalarni hosil qilishi mumkin (7-rasm). Ularning suvi dengiz va ko‘llarga quyiladi. Daryolar suvidan dala va bog‘larni sug‘orishda, aholi ehtiyojini qondirishda foydalaniladi.


O‘lkamiz hududidan Amudaryo va Sirdaryo kabi yirik daryolar oqib o‘tadi.

Yer yuzining ba’zi joylarida tabiiy ravishda ko‘p niqdorda suv yig‘ilib qoladi. Bunday suv to‘plangan joy ko‘l deb ataladi (8- rasm).

Bir qismi o‘lkamiz hududiga tegishli bo‘lgan Orol dengizi aslida ko‘ldir. U dengiz kabi katta, suvi sho‘r va taxir bo‘lgani uchun qadimdan dengiz deb atalgan. O‘lkamizda Sariqamish, Aydarko‘l, Arnasoy kabi yirik ko‘llar ham mavjud.

Okean, dengiz, daryo va ko‘l suvlari yer usti suvlarini tashkil etadi.



Amaliy ish

Globusdan bir nechta daryo va ko‘lni toping. Ularning nomini daftaringizga yozing.

Muzliklar. Yer osti suvlari

Yer sharining Shimoliy va Janubiy qutblari eng sovuq joylardir (9-a, b rasm). Bu qutblar va ularning atrofini qoplagan muzliklar yozda ham erimaydi. Bunday joylar doimiy muzliklar deb ataladi.


9-rasm. Doimiy muzliklar egallagan joylar

Baland tog‘larning cho‘qqilaridagi qor va muzlar ham yozda erimaydi (9- d rasm). Ular ham doimiy muzliklarni tashkil etadi.

Yomg‘ir va qor suvlari hisobiga dala va bog‘lar sug‘oriladi. Suvlarning bir qismi yer ostiga singib ketadi. Bu suvlar yer osti suvlarini hosil qiladi. Ba’zi joylarda yer ostidagi suvlar dengiz, daryo yoki ko‘l suvlariga qo‘shilib ketadi. Ayrim joylarda buloq bo‘lib sizib chiqadi.

Suv. bormagan joylarda quvurlar orqali yer ostidan suv tortib chiqariladi. Ba’zi joylarda chuqur quduq qazib ham yer osti suvlaridan foydalaniladi.



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Tayanch so‘zlar: globus, okean, dengiz, yer usti suvlari, yer osti suvlari, buloq, quduq, daryo, ko‘l.

Savollar

1.Okean va dengiz bir-biridan qanday farq qiladi? Ularni globusdan ko’rsating.

2.Okean va dengiz suvlarini nima uchun ichib bo’lmaydi?

3.Daryo va ko’l deb nimaga aytiladi? O’lkamizda qanday yirik daryo va ko’llar mavjud?

4. Muzliklar qayerda bo’ladi?

5. Yer osti suvlari haqida nimalar bilasiz?



Topshiriq

Krassvordni daftaringizga ko’chiring va yeching.



Krassvord

Bo’yiga:

1.Oqar suv.2.Yer yuzining eng ko’p suv

yig’ilgan joyi. 3. Yozda ham qor va muz

bo’ladigan joy.



Eniga:

1.Okeanning bir qismi.4.Tabiiy

ravishda chuqurlikda yig’ilgan suv.

5.Yer ostidan sizib chiqadigan suv.



V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish.Mavzuni o`qib, gapirib berishga tayyorlanib kelish.

Savollarga jajob berishga tayyorlanib kelish.

3-DARS MAVZU: Suvning xususiyatlari Hayot xavsizligi7-dars:Suvdagi xavfsizlik

Sana___________

Darsning ta'limiy maqsadi: o'quvchilarda tabiatdagi suvlar okean va dengizlar, muzliklnr, yer osti suvlari hamda yer ustidagi suvlardan iborat ekanligi haqida tasavvurlar hosil qilish. T.k.2 mavzuga doir ma’lumotlarni kompyuter va boshqa manbalardan izlab topib, ulardan samarali foydalana olish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: o'quvchilarni suvni toza saqlash, ifloslantirmaslik va undan tejab- tergab foydalanishga o'rgatish. T.k.5 uyi, maktabi, turar joyini qadrlash; T.k.6 tabiiy boyliklarni, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish,

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: :o'quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini o'stirish, ekologik dunyoqarashini va tafakkur doirasini kengaytirish. F.k.1 jonli va jonsiz tabiat, atrofimizdagi tabiatning tarkibiy qismlari va tabiat hodisalarini, suvning uch holatini va tabiatda aylanib yurishini kuzatadi va suvning tirik organizmlar va insonlar uchun ahamiyatini aytib bera oladi

Darsning jihozlari; maktab globusi, okean, dengiz, muzlik, yer osti suvlari, daryo, ko'l tasvirlangan rasmlar, O'zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasi, darslik.

Darsda qo'llaniladigan metod: savol-javob o'tkazish, «Aqliy hujum» interfaol metodi.

DARSNING BORISHI

I. Tashkiliy qism. O'quvchilar davomatini tekshirish, ularning darsga tayyorligini aniqlash, maktab globusini o'quvchilarga ko'rinadigan joyga qo'yish, okean, dengiz, muzlik, yer osti suvlari, daryo, ko'l tasvirlangan rasmlarni osib qo'yish.

II. Uy vazifasini so`rash: Avvalgi darsda o'tilgan « Yer usti va yer osti suvlari» mavzuyi yakunida berilgan savollarga o'quvchilar javob beradilar. Javob bergan o'quvchilarga qo'shimcha savollar beriladi.

III.Yangi mavzuning bayoni.

Suvning ahamiyati

O’rmon, tog‘ yonbag‘irlari, yaylov va cho‘llardagi o'simliklar asosan yomg‘ir suvi hisobiga yashaydi. Cho’llar eng kam yomg‘ir yog‘adigan yerlardir. Shuning uchun cho‘llarda o‘simliklar kam o‘sadi. Yer yuzida shunday katta cho‘llar borki, ularning ayrim qismlarida yil bo‘yi yomg‘ir yog‘maydi. Bunday joylar qumli, tuproqli va toshloq bo‘lib, o‘simliklar deyarli o‘smaydi. Ayrim joylarda o‘sadigan o‘simliklar juda uzun ildizlari orqali yer ostidagi suvdan bahramand bo‘ladi.

O‘lkamizdagi Qizilqum cho‘lining ayrim joylarida bahorgi yomg‘ir suvidan so‘ng qumlar ostidan o‘tlar o‘sib chiqadi. Bu o‘tlar jazirama yozda qurib qoladi. Shuning uchun cho‘lda yoz oylarida o‘simliklar kam o‘sadi (10-rasm).



10-rasm. Qizilqum manzaralari

Hayvonlar ham, odamlar ham suvsiz yashay olmaydi. Shu bois, aytish mumkinki, suv Yer yuzidagi hayot manbayidir.

Suvning xususiyatlari

Xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda quyidagi tajribalarni o‘tkazing.



1.tajriba. Kolba olib, uni suv bilan to‘ldiring. Uning og‘ziga shisha nay o‘rnating. Kolbadagi suvni quruq yoqilg‘i yordamida asta-sekin isiting. Bunda kolbadagi suv isigan sari nay ichidagi suv yuqoriga ko‘taril boradi (11-rasm). Demak, suv isiganda kengayadi.

Shuning uchun chovgumga to‘latib quyilgan su isiganda kengayadi va toshadi (12- rasm).



2.tajriba. Suv to‘ldirilgan kolba og‘ziga shisha nayn o‘rnating. Suv nayni to‘ldirib tursin. Avvaldan muz latgichga qo‘yilgan ho‘l lattani olib, kolbani o‘rang Bunda kolba soviydi. Kolba sovigan sari naydagi suvpasaya boradi (13- rasm). Demak, suv soviganda siqiladi

3.tajriba. Muzlatgichdan olingan muzni stakanga soling. Termometrni stakan ichiga tushiring. Xona issiq


11-rasm. Suv 12-rasm. Suv 13-rasm. Suv

issiganda kengayadi. to’la chovgum toshadi. soviganda siqiladi



14-rasm. Muz 15-rasm. Suvning. 16-rasm. Suv

00 C da eriydi. I sishini kuzatish 1000Cda qaynaydi.

bo‘lgani uchun muz eriy boshlaydi. Stakandagi muz erib, suvga aylanib bo‘lgunga qadar termometr 0°C ni ko‘rsatib turadi (14- rasm).

Demak, muz 0°C da eriydi, ya’ni suv 0°C da qattiq holatdan suyuq holatga o‘tadi.



4.tajriba. Kolbaga suv quyib, uning ichiga termornetrni tushiring. Quruq yoqilg‘ini kolba tagiga qo‘yib, yoqilg‘ini yoqing. Bir necha minutdan keyin suv isib, shig‘illay boshlaydi (15-rasm).

Termometr ko‘rsatishi 100 °C ga yaqinlashganda suv qaynay boshlaydi. Suvning qaynashi qancha davom etsa ham uning harorati 100 °C dan oshmaydi (16-rasm).

Demak, suv 100 °C da qaynaydi.

Qaynab turgan suv vaqt o‘tgan sari bug‘lanib, kamayib boradi va tugaydi. Bunda suv bug‘ holatiga o‘tadi.

Suvni muhofaza qilish va tejash

Tog‘larda daryo boshlanishida suv juda tiniq va toza bo‘ladi. Lekin har xil chiqindilar tashlansa, daryo suvi ifloslanadi. Turli korxonalarning oqova suvlari ham daryoga quyilsa, suv ifloslanadi. Bunday daryo suvi ko‘lga quyilsa, uning suvini ham ifloslaydi.

Ifloslangan suvdan barcha tirik mavjudod zararlanadi. Bunday suv odam organizmi uchun xavflidir. Shuning uchun suvni, ayniqsa, oqar suvlarni, ko‘l va hovuz suvlarini qaynatmasdan ichmaslik kerak.

Suvlar ifloslanishining oldini olish uchun, birinchi navbatda, hech kim suvga chiqindi tashlamasligi kerak.

Aholi kundalik ehtiyoji uchun vodoprovod suvidan ham foydalanadi. Vodoprovod suvi maxsus ravishda zararli mikroblardan tozalangan bo‘ladi.

Ba’zi xonadonlarda vodoprovod suvi behudaga oqib yotadi. Vodoprovod suvini olib kelishda ko‘plab kishilar- ning mexnati sarflangan. Shuning uchun suv oqib turgan bo‘lsa, jo‘mragini burab, uni to‘xtatib qo‘yish zarur.

Suvni tejab ishlatish har birimizning burchimizdir.

Tayanch so‘zlar: suvning kengayishi, suvning siqilishi, muzning erishi, suvning qattiq holati, suvning qaynashi, suvning bug‘ holati, suvni muhofaza qilish, vodoprovod, suvni tejash.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Darslik, globus va xarita bilan

ishlanadi. Darslikdagi amaliy ishlar bajariladi. O'quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi:



Savollar

1.Suvning ahamiyati haqida nimalarni bilasiz?

2.Suv isiganda kengayadimi yoki siqiladimi? Soviganda-chi?

3.Muz necha darajada eriydi?

4.Suv necha darajada qaynaydi?

5.Suv muhofazasi va tejalishi uchun nima qilish kerak?



V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish.O'quvchilarga darslikdagi mavzuni o'qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topish, topshiriqlarni bajarish uyga vazifa sifatida beriladi.

Savollarga jajob berishga tayyorlanib kelish.

4-DARS MAVZU: Suvni muhofaza qilish va tejash.

Sana___________

Darsning ta'limiy maqsadi: o'quvchilarda tabiatdagi suvlar okean va dengizlar, muzliklnr, yer osti suvlari hamda yer ustidagi suvlardan iborat ekanligi haqida tasavvurlar hosil qilish. T.k.2 mavzuga doir ma’lumotlarni kompyuter va boshqa manbalardan izlab topib, ulardan samarali foydalana olish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: o'quvchilarni suvni toza saqlash, ifloslantirmaslik va undan tejab- tergab foydalanishga o'rgatish. T.k.5 uyi, maktabi, turar joyini qadrlash; T.k.6 tabiiy boyliklarni, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish,

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: :o'quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini o'stirish, ekologik dunyoqarashini va tafakkur doirasini kengaytirish. F.k.1 jonli va jonsiz tabiat, atrofimizdagi tabiatning tarkibiy qismlari va tabiat hodisalarini, suvning uch holatini va tabiatda aylanib yurishini kuzatadi va suvning tirik organizmlar va insonlar uchun ahamiyatini aytib bera oladi

Darsning jihozlari; maktab globusi, okean, dengiz, muzlik, yer osti suvlari, daryo, ko'l tasvirlangan rasmlar, O'zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasi, darslik.

Darsda qo'llaniladigan metod: savol-javob o'tkazish, «Aqliy hujum» interfaol metodi.

DARSNING BORISHI

I. Tashkiliy qism. O'quvchilar davomatini tekshirish, ularning darsga tayyorligini aniqlash, maktab globusini o'quvchilarga ko'rinadigan joyga qo'yish, okean, dengiz, muzlik, yer osti suvlari, daryo, ko'l tasvirlangan rasmlarni osib qo'yish.

II. Uy vazifasini so`rash: Avvalgi darsda o'tilgan « Yer usti va yer osti suvlari» mavzuyi yakunida berilgan savollarga o'quvchilar javob beradilar. Javob bergan o'quvchilarga qo'shimcha savollar beriladi.

III.Yangi mavzuning bayoni. Suvni muhofaza qilish va tejash

Tog‘larda daryo boshlanishida suv juda tiniq va toza bo‘ladi. Lekin har xil chiqindilar tashlansa, daryo suvi ifloslanadi. Turli korxonalarning oqova suvlari ham daryoga quyilsa, suv ifloslanadi. Bunday daryo suvi ko‘lga quyilsa, uning suvini ham ifloslaydi.

Ifloslangan suvdan barcha tirik mavjudod zararlanadi. Bunday suv odam organizmi uchun xavflidir. Shuning uchun suvni, ayniqsa, oqar suvlarni, ko‘l va hovuz suvlarini qaynatmasdan ichmaslik kerak.

Suvlar ifloslanishining oldini olish uchun, birinchi navbatda, hech kim suvga chiqindi tashlamasligi kerak.

Aholi kundalik ehtiyoji uchun vodoprovod suvidan ham foydalanadi. Vodoprovod suvi maxsus ravishda zararli mikroblardan tozalangan bo‘ladi.

Ba’zi xonadonlarda vodoprovod suvi behudaga oqib yotadi. Vodoprovod suvini olib kelishda ko‘plab kishilar- ning mexnati sarflangan. Shuning uchun suv oqib turgan bo‘lsa, jo‘mragini burab, uni to‘xtatib qo‘yish zarur.

Suvni tejab ishlatish har birimizning burchimizdir.

Tayanch so‘zlar: suvning kengayishi, suvning siqilishi, muzning erishi, suvning qattiq holati, suvning qaynashi, suvning bug‘ holati, suvni muhofaza qilish, vodoprovod, suvni tejash.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Darslik, globus va xarita bilan

ishlanadi. Darslikdagi amaliy ishlar bajariladi. O'quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi:



Savollar

1.Suvning ahamiyati haqida nimalarni bilasiz?

2.Suv isiganda kengayadimi yoki siqiladimi? Soviganda-chi?

3.Muz necha darajada eriydi?

4.Suv necha darajada qaynaydi?

5.Suv muhofazasi va tejalishi uchun nima qilish kerak?



V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish.O'quvchilarga darslikdagi mavzuni o'qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topish, topshiriqlarni bajarish uyga vazifa sifatida beriladi.

Savollarga jajob berishga tayyorlanib kelish.


TABIATDA HAVO
5-DARS


Sana___________

Darsning ta'limiy maqsadi: o'quvchilarga havo va uning ahamiyati haqida tushuncha berish, havoning harakati , shamol haqida tasavvur hosil qilish. F.k.1 Ob-havodagi o‘zgarishlarni kuzata oladi, uni mahalliy belgilarga qarab aniqlay oladi; yog‘in turlarini aytib bera oladi.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: havoni ifloslantirmaslik, havoni toza saqlashda yashil o'simliklarni kimyolashning ahamiyati haqida tushuncha berish.T.k.4 sinfdagi jihozlar, o‘quv qurollarini asrab-avaylash. T.k.5 do‘stlari, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘lish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: havo va uning tarkibi, shamol nima ekanligi haqida o'quvchilarning ilmiy tushunishini shakllantirish va kengaytirish. T.k.3 dunyoqarash va tafakkurini mustaqil ravishda o‘stirib borish, F.k.3 havoni ifloslantirish inson sog‘ligi uchun zararli ekanligini anglaydi,

Darsning jihozlari: tajriba o'tkazish uchun yuzasi kata bo'lgan shisha idishda suv, stakan, maydalash uchun qog'oz, bolalar shari, bir bo'lak kesak, shuningdek, havoning ahamiyati, shamol esishi tasvirlangan filmlar, darslik.

Darsda qo'llaniladigan metod: Suhbatlashish tajribalar o’tkazish

Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism. O'quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, havoning ahamiyati, shamolning esishi tasvirlangan rasmlarni osish.

II. Uy vazifasini so`rash: Avvalgi darsda o'tilgan Tabiat nima?» mavzuyi yakunida berilgan savollarga o`quvchilar javob beradilar. Javob bergan o'quvchilarga quyidagi qo'shimcha savollar beriladi:

O'quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi:



Savollar

1.Suvning ahamiyati haqida nimalarni bilasiz?

2.Suv isiganda kengayadimi yoki siqiladimi? Soviganda-chi?

3.Muz necha darajada eriydi?

4.Suv necha darajada qaynaydi?

5.Suv muhofazasi va tejalishi uchun nima qilish kerak?



III. Yangi mavzuning bayoni.

2-sinfda «Atrofimizdagi olam» darslarida olgan bilimlariga asoslanib savollar beriladi:

1. Jonli tabiat jismlarining xossalarini aytib bering (o'sadi, ko'payadi, nobud bo'ladi).

2. Ular yashashi uchun nimalar kerak? (yorug`lik issiqlik, suv, havo).

3. Agar havo bo'lmasa nima bo'ladi?

O'quvchilarga bizni o'rab turgan havoning ahamiyati, havo bo'lmaganida Yerda hayot bo'lmasligi, havo qanday moddalardan tarkib topganligi haqida ma'lumotlar beriladi. Odam va hayvonlar havodagi kisloroddan nafas olishi, nafas chiqarganda esa karbonat angidrid havoga chiqishi tushuntirib beriladi. Havoning harakatidan shamol paydo bo`lishi tajribalar yordamida tushuntirib beriladi. Xona derazasini ochib qo'yilsa, xonaga yengil shabada kiradi. Shunda ko'chadagi havo uyga, uydagi havo esa ko'chaga chiqadi, ya'ni havo harakatga keladi. Bu esa shamolni hosil qiladi.

O'quvchilarga Po'lat Mo'minning quyidagi she`ri o'qib beriladi:

SHAMOL

Shamol izg'ir har tomon, Bulutni ham haydaydi,

U ko'rinmas qahramon. Ham yoqimtoy, ham daydi.

Daraxtlarni egadi, Kun qizisa bemalol,

Tegmaganga tegadi. Orom beradi shamol.

Quyidagi topishmoqlarni topish o'quvchilardan so'raladi:

1.Oyog'i yoq, qochadi, 2. Mehmon bo'lib bog'imga,



Qanoti yo'q, uchadi. (Shamol) Hid purkar dimog'imga. (Shamol)

Havo nima?

Havo bizga ko‘rinmaydi. Harakatlanayotgan avtomobil ochganimizda yuzimizga havo uriladi. Yelpig‘ich yuzimizni yelpisak ham havoni sezamiz. Havoning nima?



Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish