G‘o‘za
0‘zbekistonda eng ko‘p ekiladigan madaniy o‘si lardan biri g‘o‘zadir. G‘o‘za ildiz, poya, barg v (meva)dan iborat (52- rasm). Gulidan meva hosil b( G‘o‘zaning mevasi — ko‘sak, urug‘i — chigitls Ko‘sak ichidagi chigitdan oppoq tolalar tarqalgan b( Pishishi oldidan ko‘sak ochilib, tolalarga to‘la be paxta chanog‘ini hosil qiladi.
Paxta chigiti mart va aprel oylarida traktorlar ^ mida dalalarga ekiladi. Ekilgan urug‘ bir necha h* nihol bo‘lib o‘sib chiqadi. Bir joydan chiqqan ortiqcha
52- rasm. G‘o‘za: 1 - g‘o‘za tupi; 2 - chigit va uning tolal 3 - bargi; 4 - guli; 5 - ko‘sagi; 6 — ochilgan paxta chanog’i,
tuplari yulib chiqiladi,ya’ni yagana qilinadi. Traktorlar yordamida g’o’za
qator oralariga ishlov beriladi,o’g’itlar solinadi va sug’orib turiladi(53-rasm)
Iyul oyida g’o’za chaman bo’lib gullaydi. Avgust oyi boshlarida gullar
Birin-ketin ko’saklar ochila boshlaydi. Sentabr boshlarida paxtalar ochi-
Lib,dalalar oppoq tusga kiradi. Paxta yig’im-terimi boshlanadi.(54-rasm)
Terilgan paxtalar paxta punktlariga jo’natiladi. U yerdan esa qayta ishlash
korxonalriga yuboriladi. Maxsus mashinalar yordamida paxta tolasi chi-
gitdan ajratib olinadi. Paxta tolasidan ip yigiriladi. Ipdan turli gazlamalar
to’qiladi. Gazlamalardan esa turli-tuman kiyimlar tikiladi.
Paxta chigitidan yog’ olinadi,chiqindisi esa uy hayvonlari uchun to’yimli
ozuqa bo’ladi.Paxtadan chigitdan yog’ olinadi,chiqindisi esa uy hayvonlari
uchun to’yimli ozuqa bo’ladi.Paxtadan qog’oz,plastmassalar,charm,linoleum
,suvun,moy,lok ham olinadi.O’lkamizda tayyorlangan paxtaning katta
qismi xorijiy davlatlarga sotiladi.
Amaliy ish
1.G‘o‘za chanog‘ini ko‘rib chiqing. Chanoqda nimalar boi
2.Toladan chigitni ajratib, uni yoring va ichidan mag‘zii oling. Mag‘zi po‘stini olib, ikki pallaga ajrating. Unin o‘rtasidagi o‘zagini ko‘rib chiqing.
3.Paxta tolasini olib, undan ip yigirib ko‘ring. Bunin uchun tola bir uchidan tortilib barmoqqa o‘raladi. Yigirilga ipni korxonada yigirilgan g‘altak ip bilan solishtiring
“Donli ekinlar”
“Donli ekinlar” mavzuyi boshida ikkita savol berilgan:
1. Qanday donli ekinlarni bilasiz?
2. Bug'doydan nimalar tayyorlanadi? .
Boshqa donli ekinlar yuzasidan ham suhbat o'tkaziladi. O'quvchilardan bir nechtasi bu savollarga javob beradilar, qolganlari to'ldiradilar. Donli ekinlar qanday umumiy xususiyatga ega ekanligi, ularga qaysi o'simliklar kirishi, bug'doy, sholi va makkajo'xorining qismlari, ularni yetishtirish, hosilidan foydalanilishi batafsil bayon qilinadi. Bug'doy yumshoq va qattiq bug'doylarga bo'linishi, yumshoq bug'doy kuzda, qattiq bug'doy esa bahorda ekilishi tushuntiriladi. Shu bilan bir qatorda boshqa donli ekin-lar — arpa, suli, mosh, no'xot, loviya haqida ham ma'lumotlar beriladi. Darslikda keltirilgan amaliy ishlarni bajarish bir necha hafta davom etadi. Ushbu darsda bug'doy, sholi, makkajo'xori, arpa, suli, no'xot, mosh, loviya donlari dokaga tugilib, bankadagi suvga tushirib qo'yiladi. Donlarning doim suvga tegib turishi, bankadagi suvning kamayib ketmasligi nazorat qilib turilishi o'quvchilarga vazifa sifatida topshiriladi. Amaliy ishlarning keyingi bandlarini bajarish keyingi darslarda davom ettiriladi.
Bug‘doy
Dalalarda bug‘doy, sholi, makkajo‘xori, arpa, sul mosh, no‘xat, loviya kabi donli ekinlar yetishtirilac Donli o‘simliklarning ildizi mayda ildizchalardan tashl topgan. 0‘lkamizda bug‘doyning yumshoq va qatti navlari yetishtiriladi. Yumshoq bug‘doy navi kuzc ekiladi. Bahor kelishi bilan bug‘doy maysalari barq ui o‘sa boshlaydi.
Bug‘doy boshoqlari avgust oyida pishib yetiladi (55- rasm). Poya va boshoqlari qurigandan keyin kombaynk yordamida o‘rib, donlari ajratib olinadi Bug’doy donlari maxsus elevator va tegirmonda un mahsulotiga aylantiriladi.
Sholi
Guruch sholi donlaridan ajratib olinadi (57-rasm) Sholi suv ko‘p joylarga va tekis maydonlarga ekiladi.
Erta bahorda chuqurligi 30 — 40 sm bo‘lgan to‘rtburchak shaklda paykallar tayyorlanadi. Bu paykallarga suv to’ldiraladi. Sholi shu paykallar ichiga ekiladi. 0‘sish davrida paykalda muntazam 10-20 sm qalinlikda suv bo’lishi kerak (58- rasm).
Sholi sentabr oyida pishib yetiladi. Kombaynlar :da o‘rib, donlari ajratib olinadi. Sholi ko‘proq Qoraqalpog‘iston Respublikasida va viloyatida yetishtiriladi.
Makkajo’xori
Makkajo’xori donlari erta bahordan ekiladi. U tez o’sadi. Poyasi to’liq bo’lib,barglari ensiz va uzun bo’ladi.Bo’yi 2metrga yetadi,ba’zilari undan ham baland bo’ladi.
Iyun oyida pishib yetila boshlaydi (59- rasm).
Makkajo‘xori donidan makkajo‘xori uni, kraxmal, yorma va boshqa mah- sulotlar olinadi. Makkajo‘xori doni tovuq, o‘rdak va boshqa parrandalar uchun eng sevimli ozuqadir. Uning poyasi, bargi va so‘talaridan mollar uchun to‘yimli oziq hisoblangan silos tayyorlanadi.
Amaliy ish
1.Bug‘doy, sholi, makkajo‘xori, arpa, suli, no‘xat, mosh, loviya donlarini dokaga solib, bankadagi suvga tushirib qo‘ying.
2.Donlar .unib, ko‘karib, ildizlar chiqqach, bu o‘sira larning organlari bilan tanishib chiqing.
3.Unib chiqqan don o‘simliklarini tuproq solingan gultuvakka o’tqazing. Ularni parvarish qiling.
Tayanch so‘zlar: g‘o‘za, ko‘sak, chigit, gazlama, yog‘,
moy, linoleum, lok, bug‘doy, sholi, makkajo‘xori, arpa, suli, mosh, no‘xat, loviya.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. O'quvchilar bilan quyidagi savollar asosida savol-javob o'tkaziladi:
1. G'o'za qanday qismlardan iborat? i
2. G'o'za qanday parvarish qilinadi?
3. Paxta qanday terib olinadi?
4. Paxtadan qanday mahsulotlar tayyorlanadi?
Doskaga quyidagi shakl chiziladi va o'quvchilarga bo'sh kataklarga paxtadan olinadigan mahsulotlar yozish topshiriladi: O'quvchilarning javobi o'qituvchi tomonidan to'ldiriladi.
1. Donli ekinlar qanday umumiy xususiyatga ega? (Ildizi mayda g'uj ildizchalardan tashkil topgan bo'ladi).
2. Bug'doydan qanday mahsulotlar tayyorlanadi?
3. Sholi qanday yetishtiriladi?
4. Makkajo'xoridan nimalar tayyorlanadi? Donli ekinlar nima deb ataladi? (G'alla).
O'quvchilarning javobi o'qituvchi tomonidan to'ldiriladi.
V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish.
mavzuni o'qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topish, topshiriqlarni bajarish, krossvordni yechish uyga vazifa sifatida beriladi.
18-dars Mavzu: KARTOSHKA. SABZAVOT
Sana_______________
Darsning ta'limiy maqsadi: o'quvchilarda kartoshka, sabzavot ekinlari, qulupnay, ularni ekish va yetishtirish haqida bilim berish va ko'nikmalarni shakllantirish. o'quvchilarda begona o'tlar va ularga qarshi kurashish haqida bilim va ko'nikmalarni shakllantirish. T.k.1 jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalariga oid tayanch so‘z va atamalarning ma’nosini aytib bera olish T.k.2 mavzuga doir ma’lumotlarni kompyuter va boshqa manbalardan izlab topib, ulardan samarali foydalana olish.F.k.1 jonli va jonsiz tabiat, atrofimizdagi tabiatning tarkibiy qismlari va tabiat hodisalarini, suvning uch holatini va tabiatda aylanib yurishini kuzatadi va suvning tirik organizmlar va insonlar uchun ahamiyatini aytib bera oladi.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O'quvchilarga o'zlari iste'mol qiladigan kartoshka, sabzavot ekinlari, qulupnayni yetishtirishda odamlarning ko'p mehnati sarflanishini tushuntirish. ; ekinlarni yetishtirish uchun begona o'tlarga qarshi kurashishga o'rgatish. T.k.3 atrofidagi tabiat manzaralarini estetik his etish, T.k.4 farzandlik va o‘quvchilik burchini bilish, unga rioya qilish,
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o'quvchilarning kartoshka, sabzavot ekinlari, qulupnay haqida tasavvurlarini kengaytirish, ularni yetishtirish haqida dunyo-qarashlarini shakllantirish .o'quvchilarda begona o'tlar, yetishtirilayotgan ekinlarni begona o'tlardan saqlashda odamlarning mehnati haqidagi dunyoqarashlarini shakllantirish va kengaytirish F.k.3o‘zi yashaydigan joyda tuproqni muhofaza qilish, uni o‘g‘itlab, minerallar bilan boyitish tadbirlarida ishtirok eta oladi.
Darsning jihozlari. Piyoz, sabzi, pomidor, karam urug'lari, kartoshka hosili, qulupnay tupi namunalari, ularning ekin maydoni tasvirlangan rasmlar, darslik.
Darsda qo'llaniladigan metod: suhbatlashish, amaliy ishlar o'tkazish.
I. Tashkiliy qism.
O'quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, zarpechak, g'umay, sho'ra va boshqa turli begona o'tlar tasvirlangan rasmlarni osib qo'yish.
II. O'tkazilgan nazorat ishlarini tahlil qilish.
Avvalgi darsda o'tkazilgan «6 x 6» interfaol metodi va 2-MSNI natijalari e'lon qilinadi. Test topshiriqlari va ularning qaysi javoblari nima uchun to'g'ri ekanligi tahlil qilinadi.
III.. Yangi mavzuning bayoni. Sabzavotlar:
« Kartoshka va sabzavot ekinlari» mavzusi boshida ikkita savollar berilgan: 1. Qanday sabzavotlarni bilasiz?
2. Pishirib iste'mol qilinadiganlarini va xom yeyiladiganlarini aytib bering.
3. Kartoshkadan qanday ovqatlar pishiriladi?
4. Piyoz, sabzi va karam qaysi ovqatlarga solinadi?
O'quvchilardan bir nechtasi bu savollarga javob beradilar, qolganlari to'ldiradilar.
Yangi mavzu bo'yicha kartoshka, piyoz, sabzi, pomidor, karam, ularni ekish va yetishtirish haqida o'quv-chilarga batafsil so'zlab beriladi. Bunda darslikda bayon qilinganlardan tashqari quyidagi ma'lumotlar ham O'quvchilarga berilishi tavsiya etiladi. Qishloq xo'jalik mahsulotlaridan eng ko'p iste'mol qilinadiganlaridan biri kartoshkadir. Deyarli barcha ovqatlarga kartoshka solinadi.
Kartoshkaning ertagi navi erta bahorda ekiladi. Daladagi kartoshka tuplari yerdan 10 —15 sm ko'tarilgandan keyin atroflari yumshatilib ishlov beriladi. Kartoshka tupining kushandasi kalorida qo'ng'izidir. Bu qo'ng'iz kartoshka barglari va poyasi bilan oziqlanadi. Kalorida qo'ng'izi vaqtida terib yo'q qilinmasa, barglar orqasiga tuxum qo'yib tez ko'payib ketadi. Tuxumlardan chiqqan qurtlar daladagi barcha kartoshka tuplaridagi barglarni yeb tugatishi mumkin. Ovqatlarni pishirishda piyoz va sabzi ko'p ishlatiladi. Bu sabzavotlarning ikkisi ham urug'dan ko'payadi. Piyoz va sabzi ekilgan jo'yaklardan begona o'tlar chiqib, bu ekinlarning o'sishiga ziyon yetkaza boshlaydi. Shuning uchun begona o'tlar vaqti-vaqti bilan yulib turiladi. Ularga o'g'itlar solinadi, egatlariga ishlov beriladi va sug'orib turiladi.
Odatda pomidor urug'lari fevral-mart oylarida issiqxonaga ekilib, ko'chati tayyorlanadi. Ochiq dalalarga mart oyi oxirida va aprel oyida ularning ko'chatlari ekiladi. Ekilgan ko'chatlar sug'orilib turiladi.
Karamli ovqat ko'p vitaminli hisoblanadi. Uni yetishtirish boshqa ekinlarga nisbatan osonroq va uning hosili barakalidir. Barglari birining ustiga biri o'ralib biz iste'mol qiladigan karamni hosil qiladi. Yetilgan ertagi karam may oyida uzib olinadi. Mavzu oxirida keltirilgan amaliy ishlar bajariladi. Ularni bajarish davomida o'quvchilar bilan quyidagi savollar bo'yicha suhbatlashiladi:
1. Kartoshka qanday ekiladi?
2. Piyoz, sabzi, karam va pomidor qanday ko'paytiriladi?
Amaliy ishlarning bir qismi shu darsda bajariladi. Unib chiqqan bu o'simliklarning organlari keyingi darslarda ko'rib chiqiladi va tuvaklarga o'tqaziladi.
«Begona o'tlar»
«Begona o'tlar» mavzuyi boshida keltirilgan quyidagi savollar asosida o'quvchilar bilan suhbatlashiladi:
1. Qanday o'simliklar madaniy o'simliklar deyiladi? Ularga misollar keltiring.
2. Dala ekinlari orasida o'sadigan begona o'tlar nima uchun yulib tashlanadi?
Bu bilan o'quvchilar yangi mavzuga qiziqtiriladi. O'quvchilarga madaniy o'simliklar orasida odamlar tomonidan ekilmagan, o'z holicha o'sib chiqadigan turli o'simliklar ham bo'lishi, ularni «begona o'tlar» deyilishi aytiladi. Begona o'tlardan eng xavflisi bo'lgan zarpechak haqida ma'lumotlar beriladi. Darslikda yozilganlarga qo'shimcha tarzda quyidagilar ham aytiladi. Dalalardan ajratib olingan zarpechak yoqib yuboriladi yoki oftobda quritiladi.Ekinlardan ajratib olingan zarpechakni uy hayvonlariga berib bo'lmaydi. Chunki uni yegan hayvon go'ngida zarpechak zarralari saqlanib qolgan bo'ladi. Bu go'nglar ekinlarga o'g'it sifatida solinganda zarpechak zarralari rivojlanib, ekinni yana qamrab oladi. G'umayga qarshi kurashish uchun yer haydalganda tuproq ustiga chiqib qolgan uning ildizlari terib olinadi. Shu bilan bir qatorda haydalgan yer chizil qilinganda (tekislanganda), jo'yaklar olinganda, ekinlarga ishlov berilganda yer yuzasiga chiqib qolgan g'umay ildizlari terib olinadi. Terib olingan g'umay ildizlari yoqib yuboriladi yoki oftobda quritiladi. Ekinlar orasida o'sib chiqqan g'umayni ildizi bilan yulishga harakat qilish kerak. Aks holda tuproq ostida qolgan ildizidan yana o'sib chiqaveradi. G'umay haqida gapirilganda shu ma'lumotlarni ham berish tavsiya etiladi. Daladagi ekin tuplari orasida u yer-bu yerda sho'raning tuplari ko'rinib qoladi. Agar ularni yulib tashlanmasa, tez o'sib ekinga soya sola boshlaydi, ildizi baquvvatlashib, uni yulib olish ham qiyin bo'ladi. Sho'raning o'q ildizi yerga chuqur kirib boradi. O'q ildizi yonida g'uj mayda ildizlari bo'ladi. Sho'ra ildizini yulganda ildizi tuproq ostida qolib ketishi mumkin. Bu qoldiq ildizdan yana o'sib chiqadi. Sho'ra gullaydi va meva tugadi. Mayda don shaklidagi mevasi urug' hisoblanadi. Pishgan urug'lari yerga to'kiladi. Urug'idan qushlar oziqlanadi. Qushlar ularni bolalariga tashib ketish paytida urug'lardan ayrimlari dalalarda tushib qoladi. Shamol ham sho'ra urug'larini atrof dalalarga tarqatadi. Sho'ra urug'i shu tariqa tarqaladi. Bu urug'lardan kelgusi yili sho'ra nihollari o'sib chiqadi. Sho'ra haqida gapirilganda shu ma'lumotlarni ham berish tavsiya etiladi. Salomalaykum o'ti haqida gapirilganda quyidagi ma'lumotlarni ham berish mumkin. Bu o'tni bugun yulib tashlansa, bir necha kundan keyin «Assalomu alaykum» deb chiqib kelaveradi. Shuning uchun ham uni «salomalaykum» deb nomlashgan. Piyoz va sabzi nihollari orasidan o'sib chiqqan salomalaykum o'tlari qo'l bilan yulib chiqiladi. O'quvchilardan quyidagi topishmoq javobini aytish so'raladi.
Begona o't bir turi,
O'sar ildizsiz.
Yemishin o'zi topmay,
O'zgaga sherik, yuzsiz. (Zarpechak)
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. O'quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
1. Kartoshka qaysi oylarda ekiladi va qachon kavlab olinadi?
2. Sabzavot ekinlariga nimalar kiradi? Ulardan qaysilari bir yillik, qaysilari ko'p yillik?
3. Qulupnay necha yillik o'simlik? U qanday ko'paytiriladi?
4. Begona o'tlarga misollar keltiring. Ular nima uchun «begona o'tlar» nomini olgan?
5. Nima uchun begona o'tlar yulib tashlanadi?
6. G'umay nima uchun keyingi yili o'sib chiqadi?
7. Sho'ra qanday ko'payadi?
8. Zarpechakni qanday qilib yo'q qilish mumkin? O'quvchilarning javobi o'qituvchi tomonidan to'ldiriladi.
O'quvchilarning javobi o'qituvchi tomonidan to'ldiriladi.
V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish.
O'quvchilarga darslikdagi mavzuni o'qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topish uyga vazifa sifatida beriladi.
19 -dars Mavzu: Begona o`tlar
Sana_______________
Darsning ta'limiy maqsadi: o'quvchilarda kartoshka, sabzavot ekinlari, qulupnay, ularni ekish va yetishtirish haqida bilim berish va ko'nikmalarni shakllantirish. o'quvchilarda begona o'tlar va ularga qarshi kurashish haqida bilim va ko'nikmalarni shakllantirish. T.k.1 jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalariga oid tayanch so‘z va atamalarning ma’nosini aytib bera olish T.k.2 mavzuga doir ma’lumotlarni kompyuter va boshqa manbalardan izlab topib, ulardan samarali foydalana olish.F.k.1 jonli va jonsiz tabiat, atrofimizdagi tabiatning tarkibiy qismlari va tabiat hodisalarini, suvning uch holatini va tabiatda aylanib yurishini kuzatadi va suvning tirik organizmlar va insonlar uchun ahamiyatini aytib bera oladi.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O'quvchilarga o'zlari iste'mol qiladigan kartoshka, sabzavot ekinlari, qulupnayni yetishtirishda odamlarning ko'p mehnati sarflanishini tushuntirish. ; ekinlarni yetishtirish uchun begona o'tlarga qarshi kurashishga o'rgatish. T.k.3 atrofidagi tabiat manzaralarini estetik his etish, T.k.4 farzandlik va o‘quvchilik burchini bilish, unga rioya qilish,
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o'quvchilarning kartoshka, sabzavot ekinlari, qulupnay haqida tasavvurlarini kengaytirish, ularni yetishtirish haqida dunyo-qarashlarini shakllantirish .o'quvchilarda begona o'tlar, yetishtirilayotgan ekinlarni begona o'tlardan saqlashda odamlarning mehnati haqidagi dunyoqarashlarini shakllantirish va kengaytirish F.k.3o‘zi yashaydigan joyda tuproqni muhofaza qilish, uni o‘g‘itlab, minerallar bilan boyitish tadbirlarida ishtirok eta oladi.
Darsning jihozlari. Piyoz, sabzi, pomidor, karam urug'lari, kartoshka hosili, qulupnay tupi namunalari, ularning ekin maydoni tasvirlangan rasmlar, darslik.
Darsda qo'llaniladigan metod: suhbatlashish, amaliy ishlar o'tkazish.
I. Tashkiliy qism.
O'quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, zarpechak, g'umay, sho'ra va boshqa turli begona o'tlar tasvirlangan rasmlarni osib qo'yish.
II. O'tkazilgan nazorat ishlarini tahlil qilish.
Avvalgi darsda o'tkazilgan «6 x 6» interfaol metodi va 2-MSNI natijalari e'lon qilinadi. Test topshiriqlari va ularning qaysi javoblari nima uchun to'g'ri ekanligi tahlil qilinadi.
III.. Yangi mavzuning bayoni. «Begona o'tlar»
«Begona o'tlar» mavzuyi boshida keltirilgan quyidagi savollar asosida o'quvchilar bilan suhbatlashiladi:
1. Qanday o'simliklar madaniy o'simliklar deyiladi? Ularga misollar keltiring.
2. Dala ekinlari orasida o'sadigan begona o'tlar nima uchun yulib tashlanadi?
Bu bilan o'quvchilar yangi mavzuga qiziqtiriladi. O'quvchilarga madaniy o'simliklar orasida odamlar tomonidan ekilmagan, o'z holicha o'sib chiqadigan turli o'simliklar ham bo'lishi, ularni «begona o'tlar» deyilishi aytiladi. Begona o'tlardan eng xavflisi bo'lgan zarpechak haqida ma'lumotlar beriladi. Darslikda yozilganlarga qo'shimcha tarzda quyidagilar ham aytiladi. Dalalardan ajratib olingan zarpechak yoqib yuboriladi yoki oftobda quritiladi.Ekinlardan ajratib olingan zarpechakni uy hayvonlariga berib bo'lmaydi. Chunki uni yegan hayvon go'ngida zarpechak zarralari saqlanib qolgan bo'ladi. Bu go'nglar ekinlarga o'g'it sifatida solinganda zarpechak zarralari rivojlanib, ekinni yana qamrab oladi. G'umayga qarshi kurashish uchun yer haydalganda tuproq ustiga chiqib qolgan uning ildizlari terib olinadi. Shu bilan bir qatorda haydalgan yer chizil qilinganda (tekislanganda), jo'yaklar olinganda, ekinlarga ishlov berilganda yer yuzasiga chiqib qolgan g'umay ildizlari terib olinadi. Terib olingan g'umay ildizlari yoqib yuboriladi yoki oftobda quritiladi. Ekinlar orasida o'sib chiqqan g'umayni ildizi bilan yulishga harakat qilish kerak. Aks holda tuproq ostida qolgan ildizidan yana o'sib chiqaveradi. G'umay haqida gapirilganda shu ma'lumotlarni ham berish tavsiya etiladi. Daladagi ekin tuplari orasida u yer-bu yerda sho'raning tuplari ko'rinib qoladi. Agar ularni yulib tashlanmasa, tez o'sib ekinga soya sola boshlaydi, ildizi baquvvatlashib, uni yulib olish ham qiyin bo'ladi. Sho'raning o'q ildizi yerga chuqur kirib boradi. O'q ildizi yonida g'uj mayda ildizlari bo'ladi. Sho'ra ildizini yulganda ildizi tuproq ostida qolib ketishi mumkin. Bu qoldiq ildizdan yana o'sib chiqadi. Sho'ra gullaydi va meva tugadi. Mayda don shaklidagi mevasi urug' hisoblanadi. Pishgan urug'lari yerga to'kiladi. Urug'idan qushlar oziqlanadi. Qushlar ularni bolalariga tashib ketish paytida urug'lardan ayrimlari dalalarda tushib qoladi. Shamol ham sho'ra urug'larini atrof dalalarga tarqatadi. Sho'ra urug'i shu tariqa tarqaladi. Bu urug'lardan kelgusi yili sho'ra nihollari o'sib chiqadi. Sho'ra haqida gapirilganda shu ma'lumotlarni ham berish tavsiya etiladi. Salomalaykum o'ti haqida gapirilganda quyidagi ma'lumotlarni ham berish mumkin. Bu o'tni bugun yulib tashlansa, bir necha kundan keyin «Assalomu alaykum» deb chiqib kelaveradi. Shuning uchun ham uni «salomalaykum» deb nomlashgan. Piyoz va sabzi nihollari orasidan o'sib chiqqan salomalaykum o'tlari qo'l bilan yulib chiqiladi. O'quvchilardan quyidagi topishmoq javobini aytish so'raladi.
Begona o't bir turi,
O'sar ildizsiz.
Yemishin o'zi topmay,
O'zgaga sherik, yuzsiz. (Zarpechak)
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. O'quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
1. Kartoshka qaysi oylarda ekiladi va qachon kavlab olinadi?
2. Sabzavot ekinlariga nimalar kiradi? Ulardan qaysilari bir yillik, qaysilari ko'p yillik?
3. Qulupnay necha yillik o'simlik? U qanday ko'paytiriladi?
4. Begona o'tlarga misollar keltiring. Ular nima uchun «begona o'tlar» nomini olgan?
5. Nima uchun begona o'tlar yulib tashlanadi?
6. G'umay nima uchun keyingi yili o'sib chiqadi?
7. Sho'ra qanday ko'payadi?
8. Zarpechakni qanday qilib yo'q qilish mumkin? O'quvchilarning javobi o'qituvchi tomonidan to'ldiriladi.
O'quvchilarning javobi o'qituvchi tomonidan to'ldiriladi.
V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish.
O'quvchilarga darslikdagi mavzuni o'qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topish uyga vazifa sifatida beriladi.
20- dars. Mavzu: Poliz ekinlari
Sana_______________
Darsning ta'limiy maqsadi: O'quvchilarga tarvuz, qovun, handalak, bodring, qovoq ekinlarini ekish, parvarish qilish va hosilini yig'ib olish haqida ma'lumotlar berish, poliz ekinlari bo'yicha o'quvchilarda bilim va ko'nikmalarni shakllantirish. O'quvchilarga mevali daraxtlar, mevali buta o'simliklari va tok haqida ma'lumotlar berish, bog'da yetishtiriladigan mevali o'simliklar bo'yicha o'quvchilarda bilim va ko'nikmalarni shakllantirish. F.k.1 jonli va jonsiz tabiat, atrofimizdagi tabiatning tarkibiy qismlari va tabiat hodisalarini, suvning uch holatini va tabiatda aylanib yurishini kuzatadi va suvning tirik organizmlar va insonlar uchun ahamiyatini aytib bera oladi. T.k.1 jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalariga oid tayanch so‘z va atamalarning ma’nosini aytib bera olish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O'quvchilarga poliz ekinlari — tarvuz, qovun, handalak, bodring va qovoqni yetishtirishda odamlarning ko'p mehnati sarflanishini tushuntirish. o'quvchilarga mevali daraxtlar, mevali buta o'simliklari va tokni parvarish qilishda odamlarning ko'p mehnati sarflanishini singdirish. T.k.3 atrofidagi tabiat manzaralarini estetik his etish, T.k.4 farzandlik va o‘quvchilik burchini bilish, unga rioya qilish,
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o'quvchilarning tarvuz, qovun, handalak, bodring va qovoq haqida tasavvurlarini kengaytirish, ularnyetishtirish haqida dunyoqarashlarini shakllantirish . o'quvchilarning bog'da yetishtiriladigan mevali o'simliklar haqida dunyoqarashlarini shakllantirish va ularning ahamiyatini tushuntirish. F.k.3 o‘zi yashaydigan joyda tuproqni muhofaza qilish, uni o‘g‘itlab, minerallar bilan boyitish tadbirlarida ishtirok eta oladi. T.k.2 mavzuga doir ma’lumotlarni kompyuter va boshqa manbalardan izlab topib, ulardan samarali foydalana olish.
Darsning jihozlari: tarvuz, qovun, bodring va qovoq urug'lari namunalari, tuproq solingan tuvak, poliz ekinlarini ekish, parvarish qilish va hosilini yig'ib olish tasvirlangan rasmlar, darslik. mevali o'simliklar mevalari va urug'laridan namunalar, mevali daraxtlar, mevali buta o'simliklari va tok tasvirlangan rasmlar,
Darsda qo'llaniladigan metod: savol-javob, amaliy ishlar o'tkazish.
DARSNING BORISHI
1. Tashkiliy qism. O'quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, tarvuz, qovun, handalak, bodring, qovoq urug'larining namunalarini O'quvchilarga ko'rinadigan joyga qo'yish, ularni ekish, parvarish qilish va hosilini yig'ib olish tasvirlangan rasmlarni osib qo'yish.
II. Uyga vazifani so'rash. Avvalgi darsda o'tilgan «Kartoshka va sabzavotlar» mavzuyi yakunida berilgan savollar asosida o'quvchilar bilan savol-javob o'tkaziladi. Ularga quyidagi qo'shimcha savollar berilishi tavsiya etiladi:
1. Kartoshka o'simligi qanday qismlardan tashkil topgan?
2. Kartoshkada qanday zararkunanda hasharot bo'ladi?
3. Piyoz va sabzi urug'i qachon ekiladi? Ularning hosili qachon yig'ib olinadi?
4. Pomidor va karam ko'chatlari qanday tayyorlanadi?
5. Qulupnay qanday ko'paytiriladi?
III. Yangi mavzuning bayoni. «Poliz ekinlari» mavzusi boshida ikkita savol berilgan:
1. Tarvuz, qovun va handalak qachon pishadi? .
2. Qovoq haqida nimalarni bilasiz?
O'quvchilardan bir nechtasi bu savollarga javob beradilar, qolganlari to'ldiradilar. Bu bilan o'quvchilarda yangi mavzuga qiziqish uyg'otiladi. Yangi mavzu bo'yicha o’quvchilarga tarvuz, qovun, handalak, bodring, qovoq urug'lari, bu ekinlarni ekish, parvarish qilish va hosilini yig'ib olish batafsil so'zlab beriladi.Mavzu oxirida keltirilgan amaliy ishlar bajariladi. Ularni bajarish davomida o'quvchilar bilan quyidagi savollar bo'yicha suhbatlashiladi:
1. Tarvuz, qovun, handalak, bodring va qovoq qanday ko'paytiriladi?
2. Poliz ekinlari qanday ekiladi?
Amaliy ishlarning bir qismi shu darsda bajariladi. Unib chiqqan bu o'simliklarning organlari keyingi darslarda ko'rib chiqiladi va tuvaklarga o'tqaziladi.
O'quvchilarning biridan quyidagi she'rni o'qib berish so'raladi:
QOVUN
To'r to'qib o'zi kiyar
Polizda semirvolib.
Hosilida bol quyar,
Suv ichsa qonib-qonib.
Yesangiz rohatijon, Urug'i tovuqqa don. Po'chog'i molga taom, Uvolga bermang imkon.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. O'tilgan mavzuni mustahkamlash uchun «Aqliy hujum» interfaol metodidan foydalaniladi. Yangi mavzu bayon qilingandan so'ng o'quvchilarga quyidagi savollar bilan navbatma-navbat murojaat qilinadi:
1. Mevali daraxtlardan qaysilarini bilasiz?
2. Bahorda eng avval qaysi daraxt gullaydi? Keyin-chi?
3. Qaysi daraxtlar oldin gullaydi, keyin barg chiqaradi?
4. Mevali buta o'simliklaridan qaysilarini bilasiz?
5. Anor va anjir qanday ko'paytiriladi? Malina va qoraqat-chi?
6. Tok o'simligi daraxt va butalardan qanday farq qiladi?
7. Qanday uzum navlarini bilasiz?
1- savol bo'yicha javob berishga tayyor bo'lgan o'quvchidan fikr-mulohazasini bayon qilish so'raladi. Javob bergan o'quvchining fikr-mulohazasi boshqa o'quvchilar tomonidan to'ldiriladi. Keyingi har bir savol bo'yicha ham avvaliga bir o'quvchining fikr-mulohazasi eshitiladi, so'ngra boshqa o'quvchilar shu savol bo'yicha fikr-mulohazalarini aytadilar. Bunda o'qituvchi o'quvchilarning fikr-mulohazalari to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini oshkor qilmaydi. Bu bilan o'quvchilarni erkin fikrlash va o'z fikrini bayon qilishga o'rgatiladi.Barcha savollar bo'yicha fikr-mulohazalar bildirib bo'lingandan so'ng o'qituvchi o'z fikrini aytishi va faol qatnashgan o'quvchilarni rag'batlantirishi mumkin.
1. Poliz ekinlari nimasi bilan bir-biriga o'xshaydi?
2. Qovun va handalakning o'xshash tomonlari bormi?
3. Poliz ekinlari qachon pishadi?
4. Qovoq boshqa poliz ekinlaridan qaysi tomonlari bilan farq qiladi?
O'quvchilarning javobi o'qituvchi tomonidan to'l-diriladi.
V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. O'quvchilarga darslikdagi mavzuni o'qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topish, krossvordni yechish uyga vazifa sifatida beriladi.
21- dars. Mavzu: Mevali daraxtlar.
Sana_______________
Darsning ta'limiy maqsadi: O'quvchilarga tarvuz, qovun, handalak, bodring, qovoq ekinlarini ekish, parvarish qilish va hosilini yig'ib olish haqida ma'lumotlar berish, poliz ekinlari bo'yicha o'quvchilarda bilim va ko'nikmalarni shakllantirish. O'quvchilarga mevali daraxtlar, mevali buta o'simliklari va tok haqida ma'lumotlar berish, bog'da yetishtiriladigan mevali o'simliklar bo'yicha o'quvchilarda bilim va ko'nikmalarni shakllantirish. F.k.1 jonli va jonsiz tabiat, atrofimizdagi tabiatning tarkibiy qismlari va tabiat hodisalarini, suvning uch holatini va tabiatda aylanib yurishini kuzatadi va suvning tirik organizmlar va insonlar uchun ahamiyatini aytib bera oladi. T.k.1 jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalariga oid tayanch so‘z va atamalarning ma’nosini aytib bera olish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O'quvchilarga poliz ekinlari — tarvuz, qovun, handalak, bodring va qovoqni yetishtirishda odamlarning ko'p mehnati sarflanishini tushuntirish. o'quvchilarga mevali daraxtlar, mevali buta o'simliklari va tokni parvarish qilishda odamlarning ko'p mehnati sarflanishini singdirish. T.k.3 atrofidagi tabiat manzaralarini estetik his etish, T.k.4 farzandlik va o‘quvchilik burchini bilish, unga rioya qilish,
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o'quvchilarning tarvuz, qovun, handalak, bodring va qovoq haqida tasavvurlarini kengaytirish, ularnyetishtirish haqida dunyoqarashlarini shakllantirish . o'quvchilarning bog'da yetishtiriladigan mevali o'simliklar haqida dunyoqarashlarini shakllantirish va ularning ahamiyatini tushuntirish. F.k.3 o‘zi yashaydigan joyda tuproqni muhofaza qilish, uni o‘g‘itlab, minerallar bilan boyitish tadbirlarida ishtirok eta oladi. T.k.2 mavzuga doir ma’lumotlarni kompyuter va boshqa manbalardan izlab topib, ulardan samarali foydalana olish.
Darsning jihozlari: tarvuz, qovun, bodring va qovoq urug'lari namunalari, tuproq solingan tuvak, poliz ekinlarini ekish, parvarish qilish va hosilini yig'ib olish tasvirlangan rasmlar, darslik. mevali o'simliklar mevalari va urug'laridan namunalar, mevali daraxtlar, mevali buta o'simliklari va tok tasvirlangan rasmlar,
Darsda qo'llaniladigan metod: savol-javob, amaliy ishlar o'tkazish.
DARSNING BORISHI
1. Tashkiliy qism. O'quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, tarvuz, qovun, handalak, bodring, qovoq urug'larining namunalarini O'quvchilarga ko'rinadigan joyga qo'yish, ularni ekish, parvarish qilish va hosilini yig'ib olish tasvirlangan rasmlarni osib qo'yish.
II. Uyga vazifani so'rash. Avvalgi darsda o'tilgan «Kartoshka va sabzavotlar» mavzuyi yakunida berilgan savollar asosida o'quvchilar bilan savol-javob o'tkaziladi. Ularga quyidagi qo'shimcha savollar berilishi tavsiya etiladi:
1. Kartoshka o'simligi qanday qismlardan tashkil topgan?
2. Kartoshkada qanday zararkunanda hasharot bo'ladi?
3. Piyoz va sabzi urug'i qachon ekiladi? Ularning hosili qachon yig'ib olinadi?
4. Pomidor va karam ko'chatlari qanday tayyorlanadi?
5. Qulupnay qanday ko'paytiriladi?
III. Yangi mavzuning bayoni. Bog`da yetishtiriladigan mevalar:
«Bog'da yetishtiriladigan mevalar» mavzuyi boshidagi quyidagi savollar asosida o'quvchilar bilan suhbatlashiladi:
1. Sizga yaqin bog'da yoki maktab bog'ida qanday mevali daraxtlar o'sadi?
2. Malina, qoraqat (smorodina), maymunjon mevalarini yeganmisiz? Ularning ko'rinishi qanday bo'ladi?
Yangi mavzu bo'yicha o'quvchilarga mevali daraxtlar, mevali buta o'simliklari va mevali o't o'simliklari, ularni ekish, parvarish qilish va hosilini yig'ishtirib olish haqida batafsil so'zlab beriladi. Bunda darslikda bayon qilinganlardan tashqari quyidagi ma'lumotlar ham o'quvchilarga berilishi tavsiya etiladi: “Mevali daraxtlar ham parvarish qilib turiladi. Olma, nok, behi, gilos, olxo'ri, shaftoli daraxtlarining novdalari har yili qish oylarida chilpib turiladi. Bunda ortiqcha novdalari tagidan, meva beradigan novdalari esa uchidan kesib chiqiladi. Agar novdalari kesib turilmasa, daraxt shoxlari g'ovlab, hosili mayda va bemaza bo'lib qoladi. Shu singari mevali buta o'simliklaridan anor va anjir issiq joylarda yaxshi o'sadi va shirin bo'ladi. Shuning uchun ular o'lkamizning janubiy tomonlarida — Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ko'proq yetishtiriladi.”
O'quvchilardan quyidagi topishmoq javobini topish so'raladi:
G'o'rasin uzib olma, 2. Duxobaga o'ralib,
Pishsa der, ol, ma! Pishadi oltinlanib.
Shirin ajoyib meva, Yesangiz tilik-tilik,
Buning nomi-chi ... Palovda hil-hil ilk
Mevali butalar
O'lkamizda mevali butalardan anor, anjir, malina va qorag'at (smorodina) madaniy o'simlik sifatida yetishtiriladi (74- rasm).
Anor va anjir esa novdasidan ko'paytiriladi. Kuzda kesib olingan qalamcha novdalari bahorda ekiladi. Anjir iyun oyida, anor avgust oyida pishadi.
Malina va qorag'at ildizlaridagi kurtaklardan ko'paytiriladi. Erta bahorda ularning ildizlaridan novdasi ajratib olinadi va boshqa joyga o'tqaziladi. Malina va qorag'at mevalari iyun oyidan boshlab pishadi.Malina va qorag'at dorivor o'simlik hisoblanadi.
Ток
Tokning uzun poyasi va novdalari o'zini tik tutib tura olmaydi. Shuning uchun ishkom qilinib, poyasi va novdalari simlarga bog'lab qo'yiladi.
Ток novdalari bahor yetishtiriladi. Uzumning kishmish navidan mayiz tayyorlanadi.- kelishi bilan barg chiqaradi, aprel oyi-da gullaydi. Ertapishar uzum iyun oyida yetiladi. Boshqa navli uzumlar avgust va sentabr oylarida pishadi.
O'lkamizda uzumlarning husayni, qora janjal (75- rasm), charos, toifi, kishmish, buvaki, qirmizka, daroyi kabi navlari
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. O'tilgan mavzuni mustahkamlash uchun «Aqliy hujum» interfaol metodidan foydalaniladi. Yangi mavzu bayon qilingandan so'ng o'quvchilarga quyidagi savollar bilan navbatma-navbat murojaat qilinadi:
1. Mevali daraxtlardan qaysilarini bilasiz?
2. Bahorda eng avval qaysi daraxt gullaydi? Keyin-chi?
3. Qaysi daraxtlar oldin gullaydi, keyin barg chiqaradi?
4. Mevali buta o'simliklaridan qaysilarini bilasiz?
5. Anor va anjir qanday ko'paytiriladi? Malina va qoraqat-chi?
6. Tok o'simligi daraxt va butalardan qanday farq qiladi?
7. Qanday uzum navlarini bilasiz?
1- savol bo'yicha javob berishga tayyor bo'lgan o'quvchidan fikr-mulohazasini bayon qilish so'raladi. Javob bergan o'quvchining fikr-mulohazasi boshqa o'quvchilar tomonidan to'ldiriladi. Keyingi har bir savol bo'yicha ham avvaliga bir o'quvchining fikr-mulohazasi eshitiladi, so'ngra boshqa o'quvchilar shu savol bo'yicha fikr-mulohazalarini aytadilar. Bunda o'qituvchi o'quvchilarning fikr-mulohazalari to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini oshkor qilmaydi. Bu bilan o'quvchilarni erkin fikrlash va o'z fikrini bayon qilishga o'rgatiladi.Barcha savollar bo'yicha fikr-mulohazalar bildirib bo'lingandan so'ng o'qituvchi o'z fikrini aytishi va faol qatnashgan o'quvchilarni rag'batlantirishi mumkin.
1. Poliz ekinlari nimasi bilan bir-biriga o'xshaydi?
2. Qovun va handalakning o'xshash tomonlari bormi?
3. Poliz ekinlari qachon pishadi?
4. Qovoq boshqa poliz ekinlaridan qaysi tomonlari bilan farq qiladi?
O'quvchilarning javobi o'qituvchi tomonidan to'l-diriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |