Tumani ­­­­ umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi



Download 1,56 Mb.
bet11/12
Sana09.10.2019
Hajmi1,56 Mb.
#23244
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3- SINF tabiatshunoslik yangi


Darsni mustahkamlash:

Yangi mavzuni mustahkamlashda yashash sharoitidan kelib chiqib «Hayvonot bog'i»ga yoki fermerlik xo'jaligi fermasiga ekskursiya uyushtirish maqsadga muvofiq. Topishmoqlar aytish va javobini so'rash taklif etiladi.

To'rtdir uning oyog'i Kichkina qumg'on,

Temir mixli tuyog'i. O'tirib ko'zini yumgan., (Mushuk)

Manzilga yetishtirar

Toshdan qattiq tuyog'i. (Ot)



Tayanch so‘zlar: yovvoyi hayvon, yirtqich hayvon, sher, arslon, yo‘lbars, ayiq, bo‘ri, o‘txo‘r hayvon, fil, tuya, jirafa.

Savollar

1.Qaysi hayvonlar yirtqich hayvonlar hisoblanadi?

2.Arslon va yo‘lbars haqida nimalarni bilasiz?

3.Ayiq va bo‘ri qanday hayot kechirishi haqida gapirib bering.

4.O‘txo‘r hayvonlar deb qanday hayvonlarga aytiladi?

5.Fil va jirafa haqida nimalarni bilasiz?



V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish. .«Ish daftari»ingizga yovvoyi hayvonlarning nomlarini yozib kelish

26 - dars.Mavzu: HASHAROTLAR

Darsning ta’limiy maqsadi: o'quvchilarga zararkunanda va foydali hasharotlar, mart qo'ng'izi haqida ma'lumotlar berish, ularda hasharotlar haqidagi bilim va ko'nikmalarini kengaytirish. T.k.1 jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalariga oid tayanch so‘z va atamalarning ma’nosini aytib bera olish. T.k.3 manbalar asosida mavzuga doir kichik referatlar tayyorlash. dunyoqarash va tafakkurini mustaqil ravishda o‘stirib borish, F.k.3 havoni ifloslantirish inson sog‘ligi uchun zararli ekanligini anglaydi,
Darsning tarbiyaviy maqsadi: o'quvchilarga foydali hasharotlarga nisbatan mehr-shafqatli munosabatda bo'lishni va zararli hasharotlarga qarshi kurashishni o'rgatish. T.k.4 sinfdagi jihozlar, o‘quv qurollarini asrab-avaylash.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o'quvchilarni foydali va zararli hasharotlarni farqlashga o'rgatish. F.k.1

jonli va jonsiz tabiat, atrofimizdagi tabiatning tarkibiy qismlari va tabiat hodisalarini, suvning uch holatini va tabiatda aylanib yurishini kuzatadi va suvning tirik organizmlar va insonlar uchun ahamiyatini aytib bera oladi.



Darsning jihozlari: zararkunanda va foydali hasha­rotlar tasvirlangan rasmlar, darslik.

Darsda qo'llaniladigan metod: savol-javob.

DARSNING BORISHI

1. Tashkiliy qism. O'quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, zararkunanda va foydali hasharotlar tasvirlangan plakatlarni osib qo'yish.

II.Uy vazifasini so'rash. Avvalgi darsda o'tilgan «Tut daraxti. Ipak qurti» mavzusi yakunida berilgan savollarga o'quvchilar javob beradilar.

O'quvchilarga quyidagi qo'shimcha savollar ham berilishi mumkin:

1. Tut daraxti qanday ko'paytiriladi?

2. Tut daraxtining mevasi qanaqa bo'ladi? .

3. Ipak qurti qanday ko'paytiriladi?

4. Pilla qanday terib olinadi?

Avvalgi darsda berilgan krossvordning yechimi so'raladi.

III. Yangi mavzuningbayoni. “Hasharotlar” mavzuyi boshida keltirilgan quyidagi savollar bo'yicha savol-javob o'tkaziladi:

1. Qanday hasharotlarni bilasiz?

2. Zararkunanda hasharotlar deb qanday hasha­rotlarga aytiladi? Ularga misollar keltiring.

3. Qanday hasharotlar foydali hisoblanadi? Ularga misollar keltiring.

Yangi mavzu bo'yicha qaysi zararkunanda hasharot ekin va daraxtlarga qanday zarar keltirishi bataf sil bayon qilinadi. Zararkunanda hasharotlarga qarshi qanday kurashish tushuntirib beriladi.

Darslikda keltirilgan ma'lumotlardan tashqari shira va ko'sak qurti haqida quyidagi ma'lumotlarni ham o'quv­chilarga bayon qilib berish tavsiya etiladi.



Shira. Bahorda o'simliklarda mayda hasharotlar — shiralarni ko'rish mumkin. Shira o'simlikning bargi rangida bo'lgani uchun ko'zga darrov tashlanmaydi. Shira juda mayda bo'lsa ham ko'p zarar keltiradi. Shira juda tez ko'payadi. Ular tez ko'paysa ham, ba'zi bir qo'ng'izlar ularni qirib turadi. Shiralarni xonqizi qo'ng'izi qiradi. Shiralar tushgan ekin va daraxtlarga dori sepiladi. Foydali hasharotlardan qaysilari odamlar uchun qanday foyda keltirishi haqida batafsil ma'lumotlar beriladi.

Ko'sak qurti. Paxta dalalarida g'o'zalar ustida kapalaklar uchib yuradi. Bu ko'sak qurtining kapalagi. Ko'sak qurtining kapalagi juda ko'p tuxum qo'yadi, tuxumdan qurt chiqadi. Ko'sak qurti ekinlarga, ayniqsa, g'o'zaning shonasi, guli va ko'sagiga ko'p zarar yetkazadi. Ko'sak qurtiga qarshi kurash olib boriladi. Bu qurtlarni yo'qotish uchun g'o'zalarga dorilar sepiladi. Zararli hasharotlarga qarshi kurashishda o'quvchilar ham yordam beradilar. Ular ko'sak qurti bor joylarni aniqlab kattalarga ko’rsatadilar.
Foydali hasharotlar

Foydali hasharotlardan asalari o'simliklar gullarining changlanishiga yordam beradi (93- rasm). Changlangan gullar o'rnida mevalar hosil bo'ladi.

Xonqizi qo'ng'izi ekinlarga va daraxtlarga tushgan shira bitlari bilan oziqlanib, ularni yo'qotishga hissa qo'shadi.

Chumolilarning dala ekinlariga tushadigan zarar­kunanda hasharotlar tuxumlarini yo'q qilishda foydasi kattadir.Daraxt shox-shabbalari orasida o'rgimchak inlarini uchratish mumkin (94-rasm). O'rgimchak ini to'r shaklida bo'ladi.

Bu to'rga pashsha, chivin kabi mayda hasharotlar ilinib qoladi. Buni poylab turgan o'rgimchak tutilgan o'ljasini nobud qiladi va yeydi.

O'rgimchak turli zararkunanda hasharotlarni shu tariqa yo'q qiladi.


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Zararkunanda va foydali hasharotlarni ikki guruhga bo'lib, quyidagi jadvalga yozish topshiriladi:


Foydali

Zararli






O'quvchilarga quyidagi qo'shimcha savollar be­riladi:

1. Zararkunanda hasharotlar qanday zarar keltiradi?

2. Mart qo'ng'izi qanday ko'payadi?

3. Qaysi hasharot qanday foyda keltiradi?

O'quvchilarning javobi o'qituvchi tomonidan to'ldiriladi.

V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish. O'quvchilarga darslikdagi mavzuni o'qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topish, krossvordni yechish uyga vazifa sifatida beriladi.

27 - dars. Mavzu: QUSHLAR. PARRANDALAR

Sana_________

Darsning ta'limiy maqsadi: o'quvchilarda qushlar haqidagi bilim va ko'nikmalarni kengaytirish, uy parrandalari va ularni parvarish qilish haqida tasavvurlarni hosil qilish F.k.1 jonli va jonsiz tabiat, atrofimizdagi tabiatning tarkibiy qismlari va tabiat hodisalarini, suvning uch holatini va tabiatda aylanib yurishini kuzatadi va suvning tirik organizmlar va insonlar uchun ahamiyatini aytib bera oladi.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: o'quvchilarda qushlarga nisbatan bo'lgan mehrlarini oshirish, uy parrandalarini boqish, parranda tuxumlari va go'shtlarini yetishtirishdagi kishilar mehnatini e'zozlashga o'rgatish. . T.k.4 farzandlik va o‘quvchilik burchini bilish, unga rioya qilish,

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o'quvchilarda qushlar va uy parrandalari haqidagi bilimlarini kengaytirish. T.k.6 jihozlardan foydalana olish, ehtiyotkorlik va xavfsizlik qoidalariga rioya etish. F.k.3 o‘zi yashaydigan joyda tuproqni muhofaza qilish, uni o‘g‘itlab, minerallar bilan boyitish tadbirlarida ishtirok eta oladi.

Darsning jihozlari: turli xil qushlar, tovuq jo'jalari bilan, xo'roz, o'rdak, g'oz va kurka, tovuq fermasida

tovuqlarni parvarish qilish, inkubatorda jo'jalarni ochirish tasvirlangan rasmlar, darslik.



Darsda qo'llaniladigan metod: savol-javob, «Aqliy hujum» interfaol metodi.

DARSNING BORISHI

1. Tashkiliy qism. O'quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, dars jihozlarini osib qo'yish.

2. Uy vazifasini so'rash. Avvalgi darsda o'tilgan «Hasharotlar» mavzuyi yakunida berilgan savollarga o'quvchilar javob beradilar. O'quvchilarga quyidagi qo'shimcha savollar beriladi:

1. Hasharotlar qayerda ko'p uchraydi?

2. Qanday zararkunanda hasharotlarni bilasiz?

3. Zararkunanda hasharotlarga qarshi qanday kurashiladi?

4. Yana qanday foydali hasharotlarni bilasiz?

3. Yangi mavzuning bayoni. « Qushlar. Parrandalar» mavzuyi boshida ikkita savol berilgan:

1. Kuzda o'lkamizdan qaysi qushlar uchib ketadi? Bahorda qaysi qushlar uchib keladi?

2. Qanday parrandalarni bilasiz?

O'quvchilardan bir nechtasi bu savollarga javob beradilar, qolganlari to'ldiradilar. Yangi mavzu bo'yicha o’quvchilarga qushlar, uy parrandalaridan tovuq, o'rdak, g'oz va kurka, ularni parvarish qilish haqida batafsil so'zlab beriladi. Darslikda berilgan matndan tashqari quyida keltirilgan matndagi ma'lumotlarni ham so'zlab berish tavsiya etiladi.



Inkubatsiya. Hozirgi vaqtda tovuqlarga tuxum bostirib jo'ja ochirish bilan bir qatorda xonaki parranda tuxumidan sun'iy usulda jo'ja ochiriladi. Sun'iy usulda jo'ja ochirish «inkubatsiya» deb ataladi.

O'zbekistondagi parrandachilik inkubator stansiyalarida turli xil inkubatorlardan foydalaniladi. Bu inkubatorlarda bir vaqtning o'zida 42 ming donagacha tuxum qo'yib, jo'ja ochirish mumkin. Inkubatorda tovuq tuxumidan normal jo'ja chiqishi uchun xuddi ona tovuq tuxumni qanday bosib isitsa, inkubator ham shunday isitadi. Tovuq jo'jalarni necha kunda ochib chiqsa, inkubator ham tuxumdan taxminan shuncha kunda jo'ja ochib chiqadi. Inkubator stansiyalarida bahorda juda ko'p minglab jo'jalar ochiriladi. Ochirilgan jo'jalar 3— 4 kun parvarish qilinib fermer xo'jaliklari parrandachilik fermalariga jo'natiladi. Jo'jalardan ko'plab tovuq va xo'rozlar yetishadi. Shu yo'l bilan tuxum va parranda go'shtlari ko'paytirilmoqda.



Qushlarning tabiatdagi ahamiyati

Qushlar tabiatda katta ahamiyatga ega. Ular bo'lmaganda hasharotlar dala va bog'larda yetishtiriladigan o'simliklarga juda katta zarar keltirar edi.

Ba'zi hasharotlar daraxt po'stlog'ini batamom yeb tugatardi. Daraxtning o'zi esa qurib qolardi. Kasalliklar ham ko'payib ketardi. Shuning uchun qushlarni muhofaza qilishimiz zarur.

O'lkamizdan kuzda uchib ketgan qushlar bahor boshlarida qaytib keladi.

Mart oyida chittak, jiblajibon, qaldirg'och, vahma-qush, so'fito'rg'ay, sassiqpopishak va boshqa qushlar uchib keladi.

Hasharotxo'r qushlar

Hasharotlar bilan oziqlanadigan qushlar hasharotxo'r qushlar deyiladi Hasharotxo'r qushlar dala va bog'lardagi har xil zararkunanda va qon so'ruvchi hasharotlarni yeydi.Chittak bir kunda o'z og'irligiga teng miqdordagi hasharotlarni yeyishi mumkin.Jiblajibon ekinlar orasida turli zararkunanda hasha­rotlarni topib yeydi. Chug'urchiq bir kunda taxminan 200 g chigirtkani yeydi. Sassiqpopishak daraxtlarning po'stlog'i, devorlarning yoriqlari orasidagi hasharotlarni tutib yeydi. Kakkuqush boshqa qushlar oziqlanmaydigan tukli qurtlardan 100 tasini bir soatda yeb tugatadi. So'fito'rg'ay bolalariga zararkunanda hasharotlar — qo'ng'iz, chigirtka, qurtlarni berib boqadi.

Uy parrandalari

Uy parrandalari yovvoyi turlaridan kelib chiqqan. Odamlar qadimdan ulardan ayrimlarini boqib, qo'lga o'rgata boshlagan. Davrlar o'tishi bilan parrandalar xonakilashtirilgan Masalan, yovvoyi tovuqlardan xonaki tovuqlar kelib chiqqan.Tovuqning og'irligi 2 kg dan 4 kg gacha bo'ladi. Tovuqlar tuproqni oyoqlari bilan titkilab, o'simliklarning urug'larini, chuvalchang va hasharotlarni topib yeydi. Tovuqlardan ko'proq tuxum olish uchun ular arpa, suli, makkajo'xori donlari bilan ham boqiladi.

Tayanch so‘zlar: hasharotxo‘r qushlar, chittak, chug‘urchiq, sassiqpopishak, jiblajibon, kakkuqush, so‘fito‘rg‘ay, xonaki parrandalar, tovuq, o‘rdak, g‘oz, kurka.

Savollar

1.Qushlarning tabiatdagi ahamiyati nimadan iborat?

2.Hasharotxo‘r qushlar qanday foyda keltiradi?

3.Tovuqlar qanday ko‘paytiriladi va boqiladi?

4.0‘rdaklar nima maqsadda boqiladi?

5.G‘oz va kurkalar haqida nimalarni bilasiz?



Topshiriq

Krossvordni katakli daftaringizga ko‘chiring va yeching.



Krossvord

Bo‘yiga: 1. Ekinlar orasida yurib,

hasharotlarni topib yeydigan qush.

2.Eng ko‘p boqiladigan parranda.

3.Dumi yelpig‘ich bo‘la oladigan parranda.



Eniga: 4. Bir kunda o‘z og‘irligiga

teng miqdordagi hasharotlarni

yeya oladigan qush. 5. Yirik

parranda.



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlashda «Aqliy hujum» interfaol metodi qo'llaniladi. Bunda o'quvchilar muhokamasiga quyidagi savollar havola qilinishi tavsiya etiladi:

1. Qushlar bo'lmaganda nima bo'lardi?

2. Qanday hasharotxo'r qushlarni bilasiz?

3. Tovuqlar nima bilan oziqlanadi?

4. Tovuq jo'jalarini qanday ochib chiqadi va ularni qanday boqadi?

5. Inkubatorda jo'jalar qanday ochiriladi?

6. O'rdak va g'ozning qanday farqi bor?

7. Kurkaning ko'rinishi qanaqa?

O’quvchilarga darslikdagi mavzuni o’qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topish, krossvordni yechish uyga vazifa sifatida beriladi.

Yangi mavzuni mustahkamlashda «Aqliy hujum» interfaol metodi qo'llaniladi. Bunda o'quvchilar muhokamasiga quyidagi savollar havola qilinishi tavsiya etiladi:

1. Qushlar bo'lmaganda nima bo'lardi?

2. Qanday hasharotxo'r qushlarni bilasiz?

3. Tovuqlar nima bilan oziqlanadi?

4. Tovuq jo'jalarini qanday ochib chiqadi va ularni qanday boqadi?

5. Inkubatorda jo'jalar qanday ochiriladi?

6. O'rdak va g'ozning qanday farqi bor?

7. Kurkaning ko'rinishi qanaqa?

V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish. O’quvchilarga darslikdagi mavzuni o’qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topish, krossvordni yechish uyga vazifa sifatida beriladi.

28 - dars. Mavzu: UY HAYVONLARI

Sana___________

Darsning ta'limiy maqsadi: o'quvchilarga uy hayvonlarining ahamiyati, ularni parvarish qilish haqida ma'lumotlar berish, uy hayvonlari haqida o'quvchilarda bilim va ko'nikmalarni kengaytirish. T.k.6 jihozlardan foydalana olish, ehtiyotkorlik va xavfsizlik qoidalariga rioya etish. F.k.1 jonli va jonsiz tabiat, atrofimizdagi tabiatning tarkibiy qismlari va tabiat hodisalarini, suvning uch holatini va tabiatda aylanib yurishini kuzatadi va suvning tirik organizmlar va insonlar uchun ahamiyatini aytib bera oladi.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: o'quvchilarda uy hayvonlariga bo'lgan mehrlarini oshirish, ularni parvarish qilishdagi kishilar mehnatini hurmat qilishga o'rgatish. T.k.4 farzandlik va o‘quvchilik burchini bilish, unga rioya qilish,

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o'quvchilarda uy hayvonlari va ularni boqish haqidagi dunyoqarashlarini kengaytirish. F.k.3 o‘zi yashaydigan joyda tuproqni muhofaza qilish, uni o‘g‘itlab, minerallar bilan boyitish tadbirlarida ishtirok eta oladi.

Darsning jihozlari: uy hayvonlari, ularni yaylovda boqish, fermada parvarish qilish tasvirlangan rasmlar, darslik.

Darsda qo'llaniladigan metod: savol-javob.

DARSNING BORISHI

1. Tashkiliy qism. O'quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, uy hayvonlari, ularni yaylovda boqish, fermada parvarish qilish tasvir­langan rasmlarni osib qo'yish.

II. O'tkazilgan nazorat ishlarini tahlil qilish. Avvalgi darsda o'tkazilgan «6 x 6» interfaol metodi va MSNI-3 natijalari tahlil qilinadi.

III. Yangi mavzuning bayoni. «Uy hayvonlari» mavzuyi boshida quyidagi savollar berilgan:

1. Qanday hayvonlarni bilasiz?

2. Uy hayvoni deb qanday hayvonlarga aytiladi? Ularga misollar keltiring.

3. Uy hayvonlari odamlarga qanday foyda keltiradi? Misollar keltiring.



O'quvchilardan bir nechtasi bu savollarga javob beradilar, qolganlari to'ldiradilar. Yangi mavzu bo'yicha o'quvchilarga uy hayvonlari qayerdan kelib chiqqanligi, ulardan sigir, qo'y va otni parvarish qilish haqida batafsil so'zlab beriladi. O'quvchilarga qo'shimcha tarzda quyonlar haqida quyidagi ma'lumotlarni bayon qilish mumkin.




Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish