Tumani ­­­­ umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi


Tuproqda havo bor. Tuproqda suv bor. Tuproq tarkibidagi Tuproq tarkibidagi



Download 1,56 Mb.
bet8/12
Sana09.10.2019
Hajmi1,56 Mb.
#23244
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3- SINF tabiatshunoslik yangi


Tuproqda havo bor. Tuproqda suv bor. Tuproq tarkibidagi Tuproq tarkibidagi Tuproq rkibidagi

chirindi. gil va qum. mineral.

Amaliy ishlar:

1.Stakandagi suvga bir qoshiq tup soling va uni aralashtiring. Bunda yuziga havo pufakchalari chiqa boshla (42- rasm).

Demak, tuproq tarkibida havo bor.

2.Metall idishga bir necha qoshiq tuj solib, quruq yoqilg‘i yordamida uni qizdir Qizdirilayotgan idishdagi tuproq ustiga c tutib turing. Bunda tuproqdan chiqayol suv bug‘lari oynada suv tomchilarini 1 qiladi (43- rasm).

Demak, tuproq tarkibida suv bor.

3.Tuproq solingan metall idishni qizdiri davom ettiring. Bunda chirindilar ku] natijasida tuproqdan tutun chiqishi k tiladi (44- rasm).

Demak, tuproq tarkibida chirindilar

4..Kuydirilgan tuproqni stakandagi suvga soling va uni aralashtiring. Birozdan keyin loyqalangan suv tinadi. Bunda qum va gil ikki qatlamga ajralib qolganini ko‘rish r kin (45- rasm).

Demak, tuproqda gil va qum bor.

5.Stakan tubiga cho‘kkan gil va qum ustidagi suvdan bir qoshiq oling va uni quruq yoqilg‘i yordamida qizdiring. Bunda qoshiqdagi suv bug‘lanib, qoshiqda minerallar qoladi (46- rasm)

Demak , tuproq tarkibida minerallar bor.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:

Tayanch so‘zlar: tuproq, chirindi, minerallar, mikroorganizm,bakteriya, zamburug’.

Savollar

1- Tuproqning tarkibida nimalar bor?

2.Mikroorganizmlar nima?

3.Tuproqda qanday jonzotlar hayot kechiradi?

4.Tuproq qanday hosil bo‘lgan?

5.Tuproq tarkibini o‘rganish bo‘yicha bajarilgan amaliy ishlarni tushuntirib bering.

Topshiriq

Bajarilgan har bir amaliy ishdan chiqarilgan xulosani daftaringizga yozing.



V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish. Savollarga jajob berishga tayyorlanib kelish

14 – DARS Mavzu: Tuproqning unumdorligi va ahamiyati

Sana_____

Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga tuproqning tarkibi, hosil bo'lishi haqida ma'lumotlar berish orqali tuproq haqida tasavvurlar hosil qilish.Tuproqning unumdorligi va ahamiyatini tushuntirish. T.k.1 muloqotga kirishish uchun zarur bo‘ladigan og‘zaki nutqni o‘zlashtirish,T.k.5 o‘zi yashaydigan o‘lkaning tabiati, tarixiy obidalari haqida bilish; F.k.1 jonli va jonsiz tabiat, atrofimizdagi tabiatning tarkibiy qismlari va tabiat hodisalarini, suvning uch holatini va tabiatda

aylanib yurishini kuzatadi va suvning tirik organizmlar va insonlar uchun ahamiyatini aytib bera oladi.



Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarga tup­roqning ahamiyatini tushuntirish orqali uni muhofaza qilish zarurligini uqtirish. T.k.3 dunyoqarash va tafakkurini mustaqil ravishda o‘stirib borish,

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: tuproqning ahamiyati, tarkibi va hosil bo'lishini tushuntirish orqali o'quvchilarda tuproq haqidagi bilimlarni rivojlantirish. F.k.3 foydali qazilmalarni tejab, isrof qilmasdan foydalanish kerakligini tushunadi,

Darsning jihozlari: tuproq namunasi, stakanda suv, metall idish, elektr plita, oyna, spirt lampasi, tuproqni qizdirish uchun idish, tuproqdagi o'simlik ildizi, o'simlikning tuproqdan oziqlanishi tasvirlangan rasmlar, darslik.

Darsda qo'llaniladigan metod: suhbatlashish, amaliy ishlar o'tkazish.

Darsning borishi: I. Tashkiliy qism. O'quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, stakanda suv, spirt lampasi, tuproqni qizdirish uchun idishni o'quv­chilarga ko'rinadigan joyga qo'yish, tuproq namunasi, tuproqdagi o'simlik ildizi, o'simlikning tuproqdan oziqlanishi tasvirlangan rasmlarni osish.

II. Uy vazifasini so'rash. Avvalgi darsda o'tilgan «Neft va tabiiy gaz» mavzusi yakunida berilgan savollar asosida o'quvchilar bilan suhbatlashiladi. Suhbatlashish davomida quyidagi qo'shimcha savollardan ham foy­dalanish tavsiya etiladi:

III. Yangi mavzuning bayoni. Tuproqning unumdorligi va ahamiyati.

1-2 metr chuqurlikdan olingan tuproqqa o‘simlik ti o‘tqazilsa, u o‘smasdan qurib qoladi. Chunki bunday tuproqda o‘simlik uchun ozuqa yetarli bo‘l- Tuproq tarkibidagi chirindilar va minerallar lar uchun ozuqa hisoblanadi. O‘simliklar oziq-o’simlik uchun ozuqa yetarli bo’lmaydi. Tuproq tarkibidagi chirindilar va minerallar o’simliklar uchun ozuqa hisoblanadi. O’simlik oziqlanadigan bunday ozuqalar o‘g‘it deb ham yuritiladi.

Tuproqdagii suv o‘g‘itlarni eritadi. O‘simlik ildizi erigan moddalarni shimadi. Shimilgan ozuqa hisobiga o’simlik o‘sadi.

Ildizi orqali shimilgan suvning bir qismi o‘simlik bargiga yetib boradi (47- rasm). Quyosh nuri ta’sirida o‘simlik bargidagi suv zarrachalari havodagi karbonat angidrid zarrachalari bilan birikadi. Bunday birikish natijasida bargda o‘simlik uchun zarur bo‘lgan ozuqa modda h bo‘ladi. Demak, o‘simlik bargi orqali ham oziqlanar ekan.

0‘simlik yaxshi o‘sishi uchun roq unumdor bo‘lishi kerak. Un dor tuproq deganda, tarki o‘simlik uchun ozuqa bo‘ladi moddalar yetarli bo‘lgan tu tushuniladi. Chirindilar va t minerallarga boy bo‘lgan tu unumdor hisoblanadi. 0‘simlik ildizi orqali ham oladi. Yomg‘ir yog‘ishi, suv bosishidan loyga ayla tuproq qurigandan keyin zichlashib qoladi. Bu tuproq havoni yomon o‘tkazadi. 0‘simlik yaxshi o‘ uchun tuproq donador bo‘lishi kerak.Tuproq orasida yashovchi chuvalchang, chuvalchang, kaltakesak, qo‘ng‘iz, yumronqoziq, ilon, ko‘rsichqon jonivorlar tuproqning unumdorligini oshiradi. o‘simliklar qoldig‘i bilan oziqlanib, tuproqni mi moddalar bilan boyitadi. Ayniqsa, chuvalchang tup qayta ishlab, uning unumdorligini oshiradi.

Tabiatda tuproqning ahamiyati juda katta. T bo‘lmaganda o‘simliklar ham bo‘lmas edi. 0‘ hayvonlar o‘simliklar bilan oziqlanadi. 0‘txo‘r hay esa go‘shtxo‘r hayvonlarga yem bo‘ladi. Odamlar ayrim o‘txo‘r hayvonlarning go‘shtini yeydi. Undan odamlar o‘simlik mahsulotlari bilan oziqlanadi kiyinadi.

smak, jonli tabiat tuproqsiz yashay olmas ekan. :proqning yana bir muhim ahamiyati bor. 0‘sim- bargi, qurigan shoxlari yerga tushadi. Ular chirib, bilan qorishib ketadi. Shuningdek, nobud bo‘lgan ronlarning tanalari ham tuproq ostida qoladi.



IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: Tayanch so‘zlar: unumdorlik, mikrob.

Savollar 1.0‘simlik tuproqdan qanday oziqlanadi? 2.Unumdor tuproq deganda qanday tuproq tushuniladi?

3.Tuproq unumdorligini oshirishda undagi jonzotlar qanday o‘rin tutadi?

4.0‘simliklar hayotida tuproqning ahamiyati nimadan iborat?

5.Mikroblar ko‘payishining oldini olishda tuproq qanday ahamiyatga eg a?



Topshiriq Maktab kutubxonasidan professor A. Nigmatov muallifligidagi Inson va tuproq» kitobini olib tanishib chiqing. Undan tuproqqa oid o‘zingizni qiziqtirgan ma’lumotlarni olishga, harakat qiling.

V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish. Savollarga jajob berishga tayyorlanib kelish.


15-dars.

O'TILGAN MAVZULARNI MUSTAHKAMLASH. 2- MSNI NI O'TKAZISH

Sana_____

1. Darsning maqsadi: O'quvchilarning 10—15-darslarda egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini mustahkamlash, tekshirish va baholash. F.k.3 o‘zi yashaydigan joyda tuproqni muhofaza qilish, uni o‘g‘itlab, minerallar bilan boyitish tadbirlarida ishtirok eta oladi.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: o'z tevarak atroflarida o'sadigan o'simliklar haqida ma'lumotlar berish orqali o'quvchilarda yashil o'simliklarga bo'lgan mehrlarini oshirish va ularni ko'paytirishga undash. T.k.3 atrofidagi tabiat manzaralarini estetik his etish, T.k.5 do‘stlari, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘lish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o'quvchilarda daraxt, buta va o't o'simliklari, bog', xiyobon va o'rmon daraxtlari haqidagi tasavvurlarini kengaytirish. F.k.1 jonli va jonsiz tabiat, atrofimizdagi tabiatning tarkibiy qismlari va tabiat hodisalarini, suvning uch holatini va tabiatda aylanib yurishini kuzatadi va suvning tirik organizmlar va insonlar uchun ahamiyatini aytib bera oladi.

Darsning jihozlari: 10—15- darslarda foydalanilgan jihozlar.

Darsda qo'llaniladigan metod: «6 x 6» interfaol metodi, test sinovi o'tkazish.

DARSNING BORISHI 1. Tashkiliy qism. O'quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, darsda foydalaniladigan jihozlarni joylashtirish.

2. 10—15- darslarda o'tilgan mavzularni mustah­kamlash. Ushbu mustahkamlash darsida «6 x 6» interfaol metodidan foydalaniladi. Bu metodning ushbu darsda qo'llanilishi 18—19- betlarda bayon qilingan.

3. 2- MSNI ni o'tkazish. O'quvchilarning o'tirgan qatorlariga qarab o'qituvchi ularni ikki variantga ajratadi. Test topshiriqlari ikki variantda beriladi. Quyida test topshiriqlari namunasi keltirilgan. O'qi­tuvchi shu test sinovlaridan foydalanishi yoki qayta tuzishi mumkin.

NAMUNAVIY TEST TOPSHIRIQLARI 1- variant

1. Toshko'mir qanday holatda bo'ladi?

a) qattiq;

b) suyuq;

d) gaz;

e) yumshoq.

2. Qaysi javobda toshko'mirdan olinadigan mah­sulotlar keltirilgan?

a) plastmassa, polietilen, mashina moylari;

b) lak, bo'yoqlar, benzin;

d) plastmassa, naftalin, rezina;

e) polietilen, mashina moylari, benzin.

3. Tabiiy gaz qanday holatda bo'ladi?

a) qattiq;

b) suyuq;

d) gaz;

e) yumshoq.

4. Tuproq qatlami yuqoridan pastga qanday tartibda joylashgan?

a) qum-tuproq—tuproq—qum—suv;

b) qum-tuproq—qum—tuproq—suv;

d) tuproq—qum-tuproq—qum—suv;

e) tuproq—qum—qum-tuproq—suv.

5. Qaysi javobda xiyobon daraxtlari to'g'ri ko'rsatilgan?

a) chinor, qovun, terak;

b) tol, terak, yong'oq;

d) sada, eman, anor;

e) qayrag'och, chinor, nok.

6. G'o'zaning mevasi nima deyiladi?

a) chigit;

b) paxta;

d) ko'sak;

e) bargi.

7. Donli ekinlarga nimalar kiradi?

a) bug'doy, yong'oq, olxo'ri;

b) sholi, yeryong'oq, makkajo'xori;

d) bug'doy, sholi, shaftoli;

e) bug'doy, sholi, makkajo'xori.

8. Guruch qaysi donli ekinning mahsuloti?

a) bug'doy;

b) sholi;

d) arpa;

e) suli.

2- variant

1. Toshko'mir qanday holatda bo'ladi?

a) qattiq;

b) suyuq;

d) gaz;

e) yumshoq.

2. Toshko'mir nimalardan hosil bo'lgan?

a) hayvonlar qoldiqlaridan;

b) daraxtlar qoldiqlaridan;

d) hayvon va daraxtlarning qoldiqlaridan;

e) suvda yashovchi hayvonlarning qoldiqlaridan.

3. Neft qanday holatda bo'ladi?

a) qattiq;

b) suyuq;

d) gaz;

e) yumshoq.

4. Tabiiy gaz qanday holatda bo'ladi?

a) qattiq;

b) suyuq;

d) gaz;

e) yumshoq.

5. Tuproq nimalardan tashkil topgan?

a) gil, chirindilar, mineral tuzlar, suv, havo;

b) qum, chirindilar, mineral tuzlar, suv, havo;

d) gil, mineral tuzlar, suv, havo;

e) chirindilar, mineral tuzlar, suv, havo.

6. Qaysi javobda butalar nomi to'g'ri ko'rsatilgan?

a) anor, anjir, behi;

b) olma, olcha, anor;

d) anjir, shaftoli, o'rik;

e) anor, anjir, na'matak.

7. Paxtadan olinadigan mahsulotlar qaysi javobda noto'g'ri keltirilgan?

a) gazlama, qog'oz, sovun;

b) ip, kunjara, atlas;

d) plastmassa, yog', bo'yoq;

e) lak, qog'oz, linoleum.

8. Sholi mahsulotidan nimalar pishiriladi?

a) non;

b) makaronli ovqat;

d) palov; e) silos qilinadi.


16 – DARS Mavzu: Tabiiy o`simliklar

Sana____________

Darsning ta'limiy maqsadi: o'quvchilarda o'z tevarak atroflarida o'sadigan o'simliklar, daraxt, buta va o't o'simliklari, bog', xiyobon va o'rmon daraxtlari haqida bilim va ko'nikmalarni shakllantirish.F.k.3o‘zi yashaydigan joyda tuproqni muhofaza qilish, uni o‘g‘itlab, minerallar bilan boyitish tadbirlarida ishtirok eta oladi.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: o'z tevarak atroflarida o'sadigan o'simliklar haqida ma'lumotlar berish orqali o'quvchilarda yashil o'simliklarga bo'lgan mehrlarini oshirish va ularni ko'paytirishga undash. T.k.3 atrofidagi tabiat manzaralarini estetik his etish, T.k.5 do‘stlari, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘lish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o'quvchilarda daraxt, buta va o't o'simliklari, bog', xiyobon va o'rmon daraxtlari haqidagi tasavvurlarini kengaytirish. F.k.1 jonli va jonsiz tabiat, atrofimizdagi tabiatning tarkibiy qismlari va tabiat hodisalarini, suvning uch holatini va tabiatda aylanib yurishini kuzatadi va suvning tirik organizmlar va insonlar uchun ahamiyatini aytib bera oladi.

Darsning jihozlari: suvzamchi, zubturum, qoqio't, shuvoq, ajiriq, sachratqi, ayiqtovon va bedaning urug'lari, tuproq solingan tuvaklar, tevarak-atrofda o'sadigan o'simliklar, daraxt, buta va o't o'simliklari, bog', xiyobon va o'rmon daraxtlari tasvirlangan rasmlar, darslik.

Darsda qo'llaniladigan metod: «Klaster» interfaol metodi, amaliy ishlar o'tkazish.

DARSNING BORISHI

I.Tashkiliy qism.

O'quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, tevarak-atrofda o'sadigan o'simliklar, daraxt, buta va o't o'simliklari, bog', xiyobon va o'rmon daraxtlari tasvirlangan rasmlarni osib qo'yish.



II. Uy vazifasini so'rash.

Avvalgi darsda o'tilgan «Tuproq» mavzuyi bo'yicha o'quvchilar egallagan bilim va ko'nikmalarni nazorat qilish uchun «Klaster» interfaol metodidan foydalaniladi. Buning uchuri har bir o'quvchiga quyidagi muammolardan biri yozilgan varaq beriladi:

I. Tuproq tarkibida nimalar borligini bayon qiling.

II. O'simlik tuproqdan qanday oziqlanishini yozib bering.

III. Tuproq tarkibida havo va suv borligini tajribada qanday aniqlanishini tushuntiring.

IV. Tuproq tarkibida chirindi va mineral tuz borligini tajribada qanday aniqlash mumkinligini aytib bering.

V. Tuproq qanday hosil bo'lganligini yozib bering. Berilgan muammo bo'yicha fikr-mulohazalarini yozishga 10 minut vaqt beriladi. Berilgan vaqt tugagach varaqlar yig'ishtirib olinadi va darsdan tashqari vaqtda tekshiriladi.

III. Yangi mavzuning bayoni.

“Atrofimizdagi o'sim­liklar” mavzuyi boshida ikkita savol berilgan:

1. Qanday o'simliklar madaniy o'simliklar deb ataladi? Ularga misollar keltiring.

2. Uyingiz atrofida qanday daraxtlar va boshqa o'simliklar o'sadi?

O'quvchilardan bir nechtasi bu savollarga javob beradi, qolganlari to'ldiradi.

Yangi mavzu bo'yicha o'quvchilarga o'z tevarak-atroflarida o'sadigan o'simliklar, daraxt, buta va o't o'simliklari, bog', xiyobon va o'rmon daraxtlari haqida batafsil so'zlab beriladi.

Darslikda keltirilgan amaliy ishlarni bajarish bir necha hafta davom etadi. Ushbu darsda nomlari keltirilgan o't o'simliklarining urug'lari dokaga tugilib, bankadagi suvga tushirib qo'yiladi. Urug'laming doim suvga tegib turishi, bankadagi suvning kamayib ketmasligi nazorat qilib turilishi o'quvchilarga vazifa sifatida topshiriladi. Amaliy ishlarning keyingi bandlarini bajarish keyingi darslarda davom ettiriladi.

O’tlar

O’rmonlarda,tog’larda,yaylovlarda, adirlarda,cho’llarda,ya’ni tabiat bag’rida o’sadigan o’simliklar tabbiy o’simliklar deb ataladi.Odamlar tomonidan ekilib,parvarish qilinadigan o’simliklar madaniy o’simliklardir.O’simliklar o’t,buta va daraxtlarga bo’linadi (48-rasm). O’tlar,asosan,yaylov,adir va cho’llarda o’sadi Ariq bo’ylarida va dala chetlarida ham o’tlar qalin bo’lib o’sadi. Bu joylarda yalpiz,zupturum,qoqio’t,ajriq,sachratqi,ayiqtovon kabi o’tlarni uchratish mimkin (49-rasm) Bu o’tlarning ayrimlari dorivor hisoblanadi. Masalan, zupturumning barglari adamning yara,kuygan yoki ari chaqqan joyiga qo’yiladi. Barglaridan shamolllash,oshqozon va ichak kasalliklarini davolashda foydalaniladi.Qoqio‘t ham dorivor o‘simlik hisoblanadi. Un poyasi ichida sut kabi oq sharbati bo‘ladi. Sharbati dori tayyorlanadi. Qoqio‘tning barglari ovqatga ham solinadi.





O'tlar Buta Daraxt

Butalar

Butalarning poyalari yog‘ochlangan, ya’ni qattiq latda, bir nechtadan to‘p bo‘lib o‘sadi. Tog‘larda matak, cho‘llarda juzg‘un, saksovul, quyonsuyak ] butalarni uchratish mumkin (50- rasm).

Butalar ko‘p yillik o‘simliklar hisoblanadi. Kech ki barglari to‘kilib, keyingi yili yangi barglar chiqar Buta ko‘p yil davomida gullab meva beradi.Na’matakning bir joydan o‘ndan ortiq, ba’zilari] undan ham ko‘p poyalari o‘sib chiqqan bo‘ladi. Ui bo‘yi 2 metr atrofida bo‘lib, aprel oyida oppoq, pu! sariq gullar bilan qoplanadi. Gullarining hidi xush bo‘ladi. Asalarilar na’matak gullaridan bol yig‘ib, ul changlatadi. Changlangan gullaridan mevalari 1 bo‘ladi.Na’matak mevasi avgust-sentabr oylarida pisl: Mevasi shifobaxsh hisoblanadi.

Daraxtlar

Daraxtlarning poyasi yog‘ochlangan, qattiq, bitt yo‘g‘on bo‘ladi. Yo‘l chetlarida chinor, qayin, ei zarang, shumtol, terak, tol kabi daraxtlarni ko mumkin. Tog‘ yonbag‘irlarida archa, yong‘oq, do‘] yovvoyi olma, olcha, bodom kabi daraxtlar ko‘p o‘sadi.O’rmonlarda daraxtlar zich bo‘lib o‘sadi. Chunki o’rmonda daraxtlarning o‘sishi uchun issiqlik va namlik yetarli bo‘ladi. 0‘rmon daraxtlari yog‘inlarning suvi ga o‘sadi.O’lkamizdagi katta joyni egallagan tekisliklarda issiqlik .yetarli, lekin yoz oylarida yog‘ingarchilik kam bo‘ladi. Tog’liklarda esa yozda ham yog‘ingarchilik bo‘lib turadi.



Yozda ham yerdagi namlik daraxtlar o‘sishi uchun yetarli bo‘ladi.O’lkamizdagi tog‘ o‘rmonlarida archazorlar katta onlarni egallagan (51- rasm).



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

O'quvchilar bilan quyidagi savollar asosida savol-javob o'tkaziladi:

1. Ariq bo'ylarida, dala va bog'larda, yaylovlarda ko'proq qanday o't o'simliklari o'sadi?

2. Daraxt, buta va o't o'simliklari bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?

3. Bog'larda qanday daraxtlar o'sadi?

4. Ko'cha chetlarida, xiyobonlarda qanday daraxtlar o'sadi?

5. O'rmon deganda nimani tushunasiz? U yerda asosan qaysi daraxtlar o'sadi?

Tayanch so‘zlar: tabiiy o‘simliklar, o‘t, buta, daraxt, yaylov, adir, cho‘l, o‘rmon.

Savollar

1.Tabiiy o‘simliklar asosan qayerlarda o‘sadi?

2.Ariq bo‘ylarida o‘sadigan qaysi o‘tlarni bilasiz?

3.Daraxt, buta va o‘tlar bir-biridan qanday farq qiladi?

4.Butalarga qaysi o‘simliklar kiradi?

5.Tog‘ yonbag‘irlarida qanday daraxtlar o‘sadi?



V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish.

O'quvchilarga darslikdagi mavzuni o'qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savol­larga javob topish, topshiriqlarni bajarish, krossvordni yechish uyga vazifa sifatida beriladi.



17-dars Mavzu: Madaniy o`simliklar

Sana___________

Darsning ta'limiy maqsadi: Go'za va uning qismlari, g'o'zani parvarish qilish, paxtadan qanday mahsulotlar olinishi haqida o'quvchilarda bilim va ko'nikmalarni takomillashtirish. o'quvchilarda donli ekinlar, jumladan, bug'doy, sholi va makkajo'xori, ularni parvarish qilish haqida bilim va ko'nikmalarni shakllantirish. T.k.1

jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalariga oid tayanch so‘z va atamalarning ma’nosini aytib bera olish. T.k.2 mavzuga doir ma’lumotlarni kompyuter va boshqa manbalardan izlab topib, ulardan samarali foydalana olish.



Darsning tarbiyaviy maqsadi: paxta yetishtirish va uni terib olishda odamlarning mehnati haqida ma'lumotlar berish orqali o'quvchilarni kishilar mehnatiga hurmat ruhida tarbiyalash. rizq-ro'zimiz bo'lgan un va guruch olinadigan bug'doy va sholini yetishtirishda kishilarning ko'p mehnati sarflanishi haqida ma'lumotlar berish. T.k.3 dunyoqarash va tafakkurini mustaqil ravishda o‘stirib borish,

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: G’o'za va uni parvarish qilish, paxtaning ahamiyati haqida o'quvchilarning bilimlarini kengaytirish. donli ekinlar, jumladan, bug'doy va sholi o'simligi, ularni yetishti-rish haqida o'quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish va kengaytirish. bug'doy, sholi, makkajo'xori, arpa, suli, no'xot, mosh, loviya donlaridan namunalar, tuproq solingan tuvak, shuningdek, donli ekinlarning o'simliklari tasvirlangan rasmlar, darslik. F.k.1 O‘z o‘lkasining tabiati va tarixiy yodgorliklari haqida aytib bera oladi.

Darsning jihozlari: paxta chanog'i, tolasi va chigitidan namunalar, g'o'za va uni parvarish qilish, paxtadan qanday mahsulotlar olinishi tasvirlangan rasmlar, darslik.

Darsda qo'llaniladigan metod: savol-javob, amaliy ishlarni o'tkazish.

DARSNING BORISHI

1. Tashkiliy qism. O'quvchilar davomatini aniqlash; ularning darsga tayyorligini tekshirish, paxta chanog'i, tolasi va chigiti namunalarini o'quvchilarga ko'rinadigan qilib stolga joylashtirish, g'o'za va uni parvarish qilish, paxtadan qanday mahsulotlar olinishi tasvir­langan rasmlarni osib qo'yish.

2. Uy vazifasini so'rash. Avvalgi darsda o'tilgan “Atrofimizdagi o'simliklar” mavzusi yakunida berilgan savollar asosida savol-javob o'tkaziladi. Uy vazifasini yozma ravishda ham olish mumkin. Bunda sinf 2 guruhga ajratiladi. 1- guruh o't va butalar nomini, 2- guruh xiyobon va o'rmon daraxtlarining nomini yozib beradi. O'quvchilarga quyidagi qo'shimcha savollar berilishi mumkin:

1. Suvzamchi, zubturum va ayiqtovon qanday o'simlik? Ular haqida so'zlab bering.

2. Butalarga qanday o'simliklar kiradi? Ularga misollar keltiring.

3. O'tlarga qanday o'simliklar kiradi? Ularga misollar keltiring.

4. Xiyobon daraxtlariga qanday daraxtlar kiradi? Ularga misollar keltiring.

5. O'rmon daraxtlariga qanday daraxtlar kiradi? Ularga misollar keltiring.

Berilgan krossvord yechimlari tekshiriladi.

3. Yangi mavzuning bayoni. «G'o'za» mavzuyi boshida uchta savol berilgan:

1. Vatanimizning asosiy boyligi nima?

2. Paxtadan nimalar olinadi?

3. Paxtani yana nima deb ataladi? Nima uchun?

O'quvchilardan bir nechtasi bu savollarga javob beradilar, qolganlari to'ldiradilar.

Yangi mavzu bo'yicha g'o'za qanday qismlardan (ildiz, poya, barg, gul, ko'sak) iborat ekanligi, bu qismlar har birining vazifasi tushuntirib beriladi va uni parvarish qilish, paxtadan qanday mahsulotlar olinishi haqida o'quvchilarga batafsil ma'lumotlar beriladi.

G'o'zani qanday parvarish qilish, uning hosili — paxta yig'im-terimi qanday tashkil etilishi so'zlab beriladi.

Paxtadan olinadigan mahsulotlar bo'yicha savol-javob o'tkaziladi. Amaliy ishlarni bajarish davomida o'quvchilarga quyidagi savollar berilib, unga javob berishlari so'raladi:

1. Paxta chanog'i ichida nimalar bor?

2. Chigit ichida nima bor?



3. Paxta tolasidan qo'l bilan qanday qilib ip yigirish mumkin?

O'quvchilardan quyidagi topishmoqlar javobini topish so'raladi:

1. Qor kabi oppoq, 2. Matoga sho’ng’ib suzar,

Par kabi yumshoq. (Paxta) Suzganda dumin uzar. (Igna va ip)


Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish