Namangan shahar XTB ga qarashli 51-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida 2021-yil aprel oyida o’tkazilgan “Amaliy fanlar oyligi” bo’yicha bajarilgan ishlar yuzasidan
H I S O B O T
Namangan viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi Namangan shahar Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 51-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida O’zbеkiston Rеspublikasi Xalq Ta’lim Vazirligining 2020-yil 13-avgustdagi 183-sonli buyrug’i qabul qilinishi hamda Namangan shahar xalq ta’limi boshqarmasining 2020-yil 24-noyabrdagi 187-sonli buyrug’i ijrosini bajarish va “Amaliy fanlar oyligi”ni aprel oyida o’tkazilishini ta’minlash maqsadida aprel oyida “Amaliy fanlar oyligi” o’tkazilib, fan oyligida quyidagi ishlar va ma’naviy-ma'rifiy tadbirlar amalga oshirildi:
Maktabimizda “Amaliy fanlar oyligi” oyligini qiziqarli va mazmunli qilib o’tkazish uchun uslub birlashma rahbari Gulnoza To’ychiyeva va fan o’qituvchilari hamda maktab ma’muriyati puxta tayyorgarlik ko’rdilar.
E’lon qilingan “Fan oyliklari”ni tashkil etish tartibi bilan to’liq tanishib chiqqan holda “Amaliy fanlar oyligi”ni o’tkazish chora - tadbirlar rejasi, fan oyligi davomida o’tiladigan ochiq darslar, fan kechalari, tadbirlar va boshqa olib boriladigan ishlarning qisqacha mazmun-mohiyati tuzib chiqildi.
Maktab fayesi va sinf xonalari texnologiya, tasviriy san’at, chizmachilik va musiqa fanlariga oid turli hildagi ko’rgazmalar va fanga oid rasmlar bilan bezatildi.
1-5-aprel kunlari oralig’ida texnologiya, tasviriy san’at, chizmachilik va musiqa fanlaridan 5-9-sinf o’quvchilaridan DTS asosida o’quvchilar bilim samaradorligi monitoringini tekshirish bo’yicha kirish testlari o’tkazildi va tahlil qilindi. Monitoring jaroyonida o’quvchilar bilimida aniqlangan bo’shliqlarni to’ldirish yuzasidan fikr almashildi va aniq maqsad qo’yib olindi.
O’quvchilarning darsliklar, o’quv qurollar, didaktik materiallar bilan taminlanganligi, fan kabinetlarining holatlari, kadrlar masalasi to’liq o’rganib chiqildi.
Fan o’qituvchilari o’rtasida “ochiq darslar” soati tashkil etilib, darslarni yanada qiziqarli, mazmunli hamda esda qolarli bo’lishiga zamin yaratildi. Texnologiya fani o’qituvchilari Ismatullayeva Dilnoza 6-“B” sinfda “Nozmunchoq to’qish uchun homashyolar”, To’ychiyeva Gulnoza 5-“A” sinfda “Kashta tikish” mavzusida, Tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchisi Abdurahimova Dilbar 6-“A” sinfda “Portret ishlash”, 3-“A” sinfda musiqa fani o’qituvchisi Mo’minov Salohiddin “Musiqaning ifoda vositalari” mavzusida ochiq darslarni tashkil etdilar. Metod birlashma a’zolari tomonidan “Ochiq dars”lar yangi o’quv metodlari yordamida yuqori saviyada tashkil etildi.
Shu bilan birgalikda fan oyligi boshlanish kuni metod birlashma a’zolari va fan o’qituvchilari tomonidan fan oyligi ochilish tadbiri o’tkazildi. Fan oyligi davomida texnologiya fani o’qituvchilari boshchiligida 6-sinflar o’rtasida “5-Tashabbus – 5 imkon” nomli ko’rik tanlov tashkil qilindi. Tanlovda o’quvchilar o’zlarini tikuvchilik va pazandachilik bo’yicha mahoratlarini namoyon qildilar. Tanlovda ishtirokchilari hakamlar hayati tomonidan taqdim qilingan to’rtta shart bo’yicha bellashdilar.
Tasviriy san’at fanidan Abdurahimova Dilbar boshchiligida “Eng na’munali ijodiy ish” mavzusida rasmlar tanlovi tashkil qilindi. Tanlovga barcha maktab o’quvchilari qamrab olindi. O’quvchilar bu tanlovda juda ham faol ishtirok etdilar va o’z ijodiy na’munalari bilan qatnashdilar.
26-29-aprel kunlari oralig’ida texnologiya, tasviriy san’at, chizmachilik va musiqa fanlaridan 5-9-sinf o’quvchilaridan DTS asosida o’quvchilar bilim samaradorligi monitoringini tekshirish bo’yicha chiqish testlari o’tkazildi. Monitoring natijalariga ko’ra o’quvchilarning bilim samaradorligi oshganligi namoyon bo’ldi.
30-aprel kuni metod birlashma rahbari To’ychiyeva Gulnozaxon boshchiligida yakuniy yig’ilish o’tkazilib, bunda rejadagi o’tkazilgan tadbirlar tahlil qilindi va tadbir g’oliblari va fan oyligida alohida hizmat ko’rsatgan texnologiya, tasviriy san’at, chizmachilik va musiqa fani o’qituvchilariga sovg’a va mukofotlar topshirildi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, maktabimizda “Amaliy fanlar oyligi” ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi. “Amaliy fanlar oyligi” bizni va fan o’qituvchilarini yana bir bor o’rta ta’lim maktablarida DTS talablari asosida o’quvchilarga saboq berib, yuqori natijalarga erishishimizda kata ahamiyat kasb etadi. Nafaqat aprel oyini, qolaversa, barcha oylarni ham mana shunday tadbirlar asosida o’tkazsak maktablarda o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalari yana ham oshadi.
“Amaliy fanlar” uslub birlashmasi raisi: G. To’ychiyeva
Do'stlaringiz bilan baham: |