Ba’zi hollarda ikki tomonlama majburiyatlarda kimning eng avval
oʻz majburiyatini ijro etishi lozimligi ma’lum boʻladi. Masalan,vositachilik shartnomasiboʻyichavositachiavvaloʻzmajburiyatinibajaradi,narsanisotadi, keyinxizmathaqinioladi;chakanasavdomagazinidaoluvchitovarningqiymatini avvaltoʻlaydi,keyinmolnioladivah.k.Agartaraflardanbirioʻzmajburiyatiniavval bajarishinoma’lumboʻlganda,agarqonun,shartnomayokimajburiyatmohiyatidan boshqachaholanglashilmasa,shartnomayuzasidanolinganoʻzaromajburiyatlarbir vaqtdabajarilishilozimboʻladi.
Yuqorida keltirilgan qoida dispozitiv xarakterda boʻlganligi tufayli
majburiyatning avvalo kim tomonidan bajarilishi, masalan, sotilgan
narsaning topshirilishi yoki pulning toʻlanishi oʻzaro kelishuv boʻyicha
ham belgilanishi mumkin.
Nazoratuchunsavollar:
1
.Majburiyatlarni bajarish qanday ahamiyatga va undan koʻzlangan
maqsad oʻrtasidagi nisbatni tahlil qiling?
. Majburiyatlarni bajarish tamoyillari tizimi, ularni tasniflash
mezonlari va bundan tasniflanishning amaliy ahamiyatini yoriting?
.Avtobus Oʻzbekistonning qadimiy joylari boʻylab uyushtirilgan
2
3
sayohat davrida Buxoroga kelganda buzilib qoldi. Natijada Xiva shahrini
tomosha qilishga vaqt qolmadi. Sayohatdan soʻng sayohlar tomonidan
sayohatni uyushtirgan sayyohlik firmasiga e’tiroz bildirildi, ammo hech
qanday natijaga erishib boʻlmadi.
Buvaziyatdasayyohlikfirmasitoʻgʻriharakatqilganmi?Sayyohlar talabitoʻgʻrimi?Busharoitda ulargaqandaymaslahatlar bersa boʻladi?
oyoq kiyim ustaxonasiga poshnasining bir qatlam rezinasini almashtirish
uchun topshirdi va ish haqi uchun 3000 soʻm toʻlashni kelishib oldi. Usta
tuflini 3 soat ichida tuzatib berishini aytdi. Zoirov tuflini kelishilgan
muddatdan soʻng olib ketgani kelganida tufli yoʻqolgani ma’lum boʻldi.
Ustaxona esa unga yoʻqolgan tuflini oʻrnini qoplashdan bosh tortdi.
2
34
Ustaxonaningharakatlaritoʻgʻrimi?Zoirovqandayhuquqlargaega vaularniqaytartibdaamalgaoshirishimumkin?Javobingizniamaldagi qonun hujjatlaridan kelib chiqib asoslantiring.
1
8-MAVZU.MAJBURIYATLARNINGBAJARILISHINI
TA’MINLASH
Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash tushunchasi. Neustoyka.
Garov. Ushlab qolish. Kafillik. Kafolat. Zakalat.
Majburiyatning bajarilishini ta’minlash qarzdor tomonidan olingan
va uning zimmasida boʻlgan vazifani bajarishga majbur qiladigan chora
boʻlib hisoblanadi. Majburiyat bajarilishini ta’minlashning tabiati shu bilan
izohlanadiki, qarzdor zimmasida boʻlgan majburiyat belgilangan muddatda
bajarilmasa yoki boshqacha tarzda buzilsa, kreditorda ziyonlarni
undirishga boʻlgan huquqdan tashqari majburiyatning obyektini tashkil
etgan harakatni qilishga qarzdorni majbur qiladigan boshqa mulkiy ta’sir
choralarini qoʻshimcha ravishda tatbiq etilishini talab qilish huquqi
vujudga keladi.
Qoʻshimcha majburiyatlar asosiy majburiyatning bajarilishini
ta’minlashga xizmat qiluvchi usullardan tashkil topadi. Ular qarzdorni
asosiy majburiyatni bajarishga majbur qiluvchi va u bajarilmagan taqdirda
kreditorning talablarini qanoatlantiruvchi huquqiy vosita (chora)lardan
hisoblanadi1.
Majburiyatni ta’minlashning u yoki bu usulining oʻziga xos
xususiyatlarini va uning muayyan vaziyatlarga nisbatan qoʻllash
imkoniyatlarini hisobga olish kerak. Darhaqiqat, neustoyka va zakalat bir
vaqtning oʻzida fuqarolik huquqiy javobgarlik chorasini ifoda etadi va ular
sifatida qarzdorni, haqiqatda javobgarlikni qoʻllash xavfi ostida
majburiyatlarni tegishli usulda bajarishga undaydi, negaki neustoyka yoki
penyani belgilangan miqdorda undirish kreditordan unchalik jiddiy sa’yi-
harakatlar sarflanishini talab qilmaydi, masalan, qachonki ularning xajmini
asoslash va isbotlash lozim boʻlgan zararlarni qoplash holatida2.
Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash fuqarolik muomalasida
ishtirok etuvchi qarzdorning oʻz zimmasiga olgan yoki unga yuklatilgan
1
2
Раҳмонқулов Х. Мажбурият ҳуқуқи (умумий қоидалар). –Т.: ТДЮИ, 2005 й. -81 б.
Ўзбекистон Республикаси Фуқаролик кодексига шарҳ. 1-жилд. Адлия вазирлиги. – Т.: “Vektor-Press, 2010. –
6
18 б.
2
35
vazifani bajarishga qaratilgan huquqiy profilaktik choradir. Bunday
profilaktik choraning asosiy maqsadi qarzdorni asosiy majburiyat boʻyicha
majburiyatini bajarishga qaratilgan. Ya’ni, asosiy majburiyat bajarilmagan
yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda kreditorning huquq va
manfaatlari qoʻshimcha ta’minot usullari asosida ta’minlanadi. Bunday
usullar har qanday holda majburiyat huquqiy munosabatlarda kreditorning
tavakkalchilik xavfini kamaytirish barobarida uni erkin va faol harakat
qilishga undaydi. Qolaversa, bunday usullar asosan kreditor manfaatlarini
himoya qilish uchun xizmat qiladi.
Majburiyatlarning bajarilishi har xil usul bilan ta’minlanadi. Mazkur
usullar yo qonun bilan belgilanishi yoki shartnomaga asoslangan boʻlishi
mumkin. Fuqarolik qonun hujjatlarida majburiyatning bajarilishini
ta’minlash neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish,
kafillik, kafolat, zakalat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda
tutilgan boshqa usullar bilan ta’minlanishi mumkin (FK 259-modda).
Ushbu usullardan hech qaysisi oʻzicha mustaqil ravishda qoʻlla-
nilmaydi. Bularning hammasi biror-bir majburiyatning mavjud boʻlishini
nazarda tutgan holda, mazkur majburiyatning bajarish maqsadlarini
koʻzlab belgilanadi. Bunda shartnoma boʻyicha belgilangan majburiyat –
asosiy majburiyat boʻlib, uning bajarilishini ta’minlash usuli esa
qoʻshimcha majburiyat hisoblanadi. Chunonchi, mahsulot yetkazib berish
yoki pudrat shartnomasidan kelib chiqadigan asosiy majburiyatning
amalga oshirilishini ta’minlaydigan qoʻshimcha majburiyat hisoblanadi.