A bo’lim 2 savol



Download 19,96 Kb.
Sana18.04.2022
Hajmi19,96 Kb.
#560401
Bog'liq
malika


3 variant
A bo’lim 2 savol
Majburiyatning bajarilishini ta’minlash tushunchasi va turlarini O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida muhokama qiling.
2 savolga javobi.
Hozirgi kunda nazar soladigan bo’lsak, oilada, jamiyatda hamda ijtimoiy, ma’naviy, iqtisodiy hayotimizda turli xil majburiyatlarga duch kelishimiz va majburiyatni amalga oshirishda huquqiy bilimga ega bo’lishimiz kerak. Chunki, majburiyatning o’zi nimaligini va qay tarzda amalga oshirilishi, shuningdek, fuqorolar o’rtasida o’zaro munosabatlarni yaxshilash hamda o’z majburiyatlarini amalga oshirishda nimalarga ahamiyat berishlarini tahlil qilib boramiz. O’z oldimizga majburiyat so’zining ma’nosi va majburiyatning bajarilishini tahlil qilamiz.
Majburiyat fuqorolik huquqiy munosabat hisoblanadi, ya’ni, mol – mulkni topshirish, mol – mulk olish, pul to’lovlarni amalga oshirishda majburiyatlar duch kelinadi. Majburiyatga ko’ra, bir shaxs qarzdor, boshqa shaxs kreditor foydasiga muayyan harakatlar amalga oshiriladi. Shuningdek, kreditor esa, qarzdordan o’zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega hisoblangan shaxs tushuniladi hamda qarzdor esa, kreditor tomonidan berilgan majburiyatlarni bajaruvchi shaxs sanaladi. Majburiyat keng ma’nosiga ko’ra, huquq subyektlari hisoblangan shaxslar, ya’ni, tashkilotlar va fuqorolar o’rtasida bo’ladigan fuqorolik huquqiy munosabatlarni o’zida aks ettiradi. Majburiyatning eng muhim unsurlari esa, uning obyekti va subyekti hisoblanadi. Majburiyatda kreditorning talab qilish huquqi va shunga yarasha qarzdorning burchi nimaga qaratilgan bo’lsa, shuning o’zi majburiyat obyekti hisoblanadi.
Asosiy mantiqiy savolimizga javob beradigan bo’lsak, majburiyatning bajarilishini ta’minlash deganda, qarzdor tomonidan olingan va uning zimmasida bo’lgan vazifani bajarishga majbur qiladigan chora hisoblanadi. Agar, qarzdor zimmasida bo’lgan majburiyat belgilangan muddatda bajarilmasa yoki majburiyati buzilsa, kreditorda zararlarni undirishga bo’lgan huquqdan tashqari majburiyatning obyektini tashkil etgan harakatni qilishga qarzdorni majbur qiladigan qiladigan boshqa mulkiy ta’sir choralarini qo’shimcha ravishda tatbiq etilishini talab qilish huquqi vujudga keladi.
Fuqorolik Kodeksining 259 – moddasida esa, majburiyatning bajarilishini ta’minlash to’g’risida keltirib o’tilgan unga ko’ra, majburiyatning bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol – mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakalat, hamda qonun hujjatlari yoki shartnoma tuzilgan boshqacha usullar bilan ta’minlashi mumkinligi to’g’risida ma’lumot berilgan.
Shuningdek majburiyatning bajarilishini ta’minlash usuli sifatida neustoyka to’g’risida, Fuqorolik Kodeksining 260 – moddasida berilgan. Unga ko’ra, qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilangan, qardor o’z majburiyatini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditorga to’lashi shart bo’lgan pul summasi neustoyka hisoblanadi. Shuningdek, kreditor neustoyka to’lash haqidagi talabi bo’yicha, o’ziga yetkazilgan zararni isbotlashga majbyur emasligini ta’kidlab o’tilgan hamda neustoyka bilan faqat haqiqiy talab ta’minlanadi.
Neustoyka shakllariga ko’ra ikki guruhga bo’linadi, ya’ni, jarima va penya. Majburiyatning bajarishning usullari sifatida penya va jarima o’rtasida muhm farq yo’q hisoblanadi. Ular faqat hisoblashish usullari jihatidangina bir – biridan farq qilinadi. Neustoyka to’g’risidagi kelishuv yozma tarzda amalga oshiriladi.
Shuningdek, majburiyatlarni ta’minlashda, garovdan ham foydalaniladi. Fuqorolik kodeksida garov tushunchasi to’g’risida 264 – moddada berilgan. Ya’ni, bir shaxning boshqa shaxsga mol – mulkni yoki unga bo’lgan huquqni majburiyatni ta’minlash uchun berishi garov hisoblanadi. Qonunchilikka asosan garovning quyidagi turlari mavjud, ya’ni zakalat, ipoteka, mulkiy huquqlarni garovga olishdir. Shuningdek, zakalat ko’ra, garov narsasi sifatida olingan garovga oluvchida saqlanadi hamda ipoteka esa, ko’chmas mol – mulk garovga olinadi. Garovda ham shartnoma yozma tarzda tuzilishi lozim. Shuningdek ipoteka esa, notarial tasdiqlanishi kerak bo’lgan shartnomaga muvofiq olinadigan majburiyatlarni ta’minlash yuzasidan ko’char molk – mulkka bo’lgan huquqlarni garovga qo’yish to’g’risidagi shartnoma notarial tasdiqlanishi kerak.
Xususan, majburiyatning ta’minlanishida yana bir usullardan biri bu qarzdorning mol – mulkini ushlab qolish hisoblanadi. Unga ko’ra, ushlab qolish mohiyatiga qaraydigan bo’lsak, garovga o’xshash bo’ladi. Ya’ni, qarzdorga yoki qarzdor ko’rsatgan shaxsga topshirilishi lozim bo’lgan ashyoni saqlayotgan kreditor ushbu ashyo haqini yoki u bilan bog’liq zararni kreditorga to’lash majburiyatlari qarzdor tomonidan muddati bajarilmagan taqdirda, kreditor tomonidan ushlab qolish tushuniladi.
Majburiyatlarni ta’minlashda, kafillik to’g’risida Fuqorolik Kodeksining 292 – moddasida berilgan. Uning asl mohiyati shundaki, unga asosan, bir taraf kafil, boshqa shaxs majburiyatlarini to’la yoki qisman bajarilishi uchun uning kreditori oldida javob berishni o’z zimmasiga olinishidir hamda majburiyatning ta’minlanishida kafolat usulidir, ya’ni kafolatga binoan bank, boshqa kredit muassasi yoki sug’urta tashkiloti shuningdek, kafil boshqa shaxs ya’ni, printsipalning iltimosiga ko’ra, kafil o’z zimmasiga olayotgan majburiyat shartlariga muvofiq printsipalning kreditori ya’ni benefitsiarpul summasini to’lash haqida printsipalga yozma majburiyat beradi.
A bo’lim 3 savolga javob.
Majburiyatning buzganlik uchun javobgarlikning huquqiy asoslarini va tartibini aniqlang.
Yuqoridagi mantiqiy savolda keltirilishicha, majburiyatni buzganlik uchun javobgarlikning huquqiy asosi haqida mantiqiy izchillikda va ketma – ketlikda javob berib o’tamiz. O’z so’zi bilan aytib turilibdiki, ya’ni, majburiyatning buzilishi deganda majburiyatning o’z vaqtida bajarilmaganligi hamda talab va qoidalarga bo’ysunmaganligi tushuniladi. Shuningdek, qarzdor tomonidan majburiyatning bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi qonun – qoidaga xilof ravishda harakar va harakatsizlik tushuniladi. Shuningdek, majburiyatning buzulganligi uchun, ya’ni, qarzdorrning mulkiy javobgarlikka tortilishiga olib kelishi mumkin.
Avvalambor, majburiyatni buzganlik uchun qarzdorning yoki zarar yetkazuvchining fuqorolik huquqiga asosan javobgarlikka tortilishi uchun quyidagicha to’rtta asos bo’lishi ta’kidlab o’tilgan. Shuningdek, huquqqa xilof harakat yoki harakatsizlik , huquqqa xilof harakat va harakatsizlik bilan sodir bo’lgan zarar o’rtasida sababiy bog’lanish bo’lishi, qarzdorning yoki zarar yetkazuvchining aybi mavjud bo’lishi, zarar yetkazilishir.
Shuni ta’kidlab o’tishimiz kerakki, shartnomadan yoki boshqa bir tomonlama bitimdan kelib chiqadigan majburiyatlarda uning bajarilmasligi boshqa shaxsga g’ayriqonuniy ravishda zarar yetkazish – huquqqa xilof hisoblanadi. Jumladan, FKning 333 – moddasida esa, majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik asoslari to’g’risida tahlil qilingan. Unga ko’ra, qarzdor majburiyatni lozim darajada bajarish uchun o’ziga bog’liq bo’lgan hamma choralarni ko’rganligini isbotlay olsa, aybsiz deb topiladi hamda aybning yo’qligi majburiyatni buzgan shaxs tominidan isbotlanishi aytib o’tilgan. Shuningdek, majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlikdan quyidagilarga ko’ra, javobgarlikdan ozod etilmaydi ya’ni, majburiyatni lozim darajada bajarmagan shaxs tomonidan majburiyatni bajara olmaganligini, ya’ni, favqulodda yoki muayyan sharoitlarda oldini olib bo’lmaydigan vaziyatlar tufayli imkon bo’lmaganligi isbotlay olmasa, javobgar hisoblanadi. Agar, qarzdorning shartlashuvchi sheriklari tomonidan majburiyatlarning buzilishi hamda majburiyatni bajarish uchun zarur maxsulot va tovorlarning yo’qligi hamda qarzdorda zarur pul mablag’larining bo’lmaganligi bunday vaziyatlar jumlasiga kirmaydi. Majburiyatni qasddan buzish istagida bo’lgan shaxs tomonidan tuzilgan bitim, ya’ni, qasddan buzganlik uchun javobgarlikdan bartaraf etmaydi. U tuzilgan paytdan boshlab haqiqiy emas hisoblanadi.
B bo’lim 2 kazus savoliga javob.
Yuqoridagi muammoli vaziyatimizga ko’ra, Damirning onasi va otasi vafot etgan. Uning eshitishicha, ko’chmas mulkdan 15 yilda davomida uzluksiz foydalanib kelgan shaxs ushbu mulkka nisbatan egalik qilish mumkinligini, shuningdek, uyda kenja o’g’il sifatida o’zi yashab keladi, aka – opalari ota – onasi hayotlik paytida alohida chiqib ketganligi hamda aka – opasiga merosga jalb qilmagan holda 15 yildan ortiq bir o’zi uzluksiz yashab kelayotganligi uchun uyni eggalay oladimi degan savol tug’ulgan.
Yuqoridagi muammoli vaziyatimizga javob berar ekanmiz, mulk huquqi qaysi hollarda vujudga kelishi bilan o’rganib chiqishimiz kerak. Mulk huquqi quyidagi hollarda vujudga keladi, ya’ni mehnat faoliyati, mol – mulkni yaratish, ko’paytirish, bitimlar, asosida qo’lga kiritish, davlat mol – mulkini xususiylashtirish, meros qilib olish, mol – mulkdan foydalanish sohasidagi tadbirkorlik va boshqa xo’jalik faoliyati, qonunchilikka zid bo’lmagan boshqa asoslarda mulk huquqiga erishishi mumkin. Damirning, aka opasiga, meros qilib olish huquqi bo’yicha ota onasidan qolgan mol – mulkni meros qilib olmagan degan savol tug’uladi. Ma’lumki, ota – ona vafot etishdan oldin yaqin qarindoshi yoki farzandlariga, meros tariqasida qaysidur farzandi uchun meros qilib bermagan bo’lsa meros o’g’illari o’rtasida teng huquq bo’yicha bo’lib olinadi. Shuning uchun yuqorida keltirilgan meros to’g’risidagi haqidagi tushunchani olib tashlanishi maqsadga muofiq. Yuqoridagi, asos bo’yicha Damir, ota – onasidan qolgan uyni aka – opalaridan xoli ravishda 15 yil uzluksiz yashab kelayotganligi sababli aka opalarini merosga jalb qilmagan holda egalik huquqini vujudga keltiruvchi muddat asosida egallay oladi. FKning 187 – moddasiga binoan, unga ko’ra, egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat to’g’risida aytilgan. Ushbu moddaga ko’ra, egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tufayli mulk huquqini olgunga qadar, mol – mulkka o’ziniki kabi egalik qilib turgan shaxso’z egaligini mol – mulkning egalari bo’lmagan, shuningdek qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko’ra egalik qilish huquqi bo’lmagan uchinchi shaxslardan himoya qilish huquqiga ega bo’lishi haqida aytib o’tilgan.


Download 19,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish