Bajarish predmeti
Moddiy narsalar (ashyolar, pullar), ishlar va xizmatlar, shuningdek
ijodiy mehnat natijalari (yaratilgan asarlar), umuman nimaning barpo
etilishi yoki topshirilishi toʻgʻrisida majburiyat belgilansa u bajarish
predmeti boʻladi. Faqat u fuqarolik muomalasidan chiqarilmagan ashyolar
boʻlishi kerak.
Masalan, kreditorga majburiyat boʻyicha muayyan bir ashyoni,
chunonchi, oʻziga xos belgilari boʻlgan narsani topshirish lozim. Aytaylik,
majburiyat predmeti jismiy alomatlari, chunonchi, son, ogʻirlik yoki
oʻlchov bilan belgilanadigan boʻlsa, qarzdor tomonidan shu xildagi son,
ogʻirlik yoki oʻlchov bilan belgilanadigan ashyo topshirilishi kerak.
Majburiyatni bajarish predmetida sifat masalasi muhim ahamiyat
kasb etadi. Zero, sifat majburiyatni bajarilishi oqibatida kreditor qabul
qilib olgan majburiyat natijasida – tovar, ish, xizmat, intellektual faoliyat
natijasidan qoniqish hosil qilish imkonini beradi va kelajakda turli
nizolarni kelib chiqmasligini ma’lum darajada kafolatlaydi.
Pul majburiyatida u soʻmlar bilan chet el valyutasidagi muayyan
summadagi ekvivalent (teng) boʻlgan summadagi yoki shartli pul birliklari
(Evro, “maxsus qarz olish huquqlari” va hokazolar) bilan toʻlanishi
lozimligi nazarda tutilishi mumkin. Bunday hollarda, odatda, hisob-
kitoblar toʻlov kunidagi rasmiy kurs boʻyicha belgilanadi. Pul toʻgʻrisidagi
majburiyatlarni chet el valyutasida ifodalash hamda toʻlashga faqat
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan hollarda va tartibda
yoʻl qoʻyiladi.
Muqobil va fakultativ majburiyatlar. Qarzdor ikki yoki bir necha
harakatlardan birini qilishga majbur boʻlishi (FKning 250-moddasi)
muqobil majburiyat hisoblanadi. Chunonchi, ikki fuqaro oʻrtasidagi oldi-
2
30
sotdi shartnomasi boʻyicha sotuvchi oluvchiga oʻzida boʻlgan bir narxdagi
ikki narsadan birini, masalan, yo televizor yoki xolodilnikni sotish
toʻgʻrisida kelishishlari mumkin. Bunda shartnoma predmeti ikki ashyo
boʻlib koʻriladi. Bu ashyolardan birini tanlab olish bilan majburiyatni
bajarish huquqi qonun, shartnoma yoki majburiyat mazmunidan boshqacha
hol anglashilmasa qarzdorga beriladi.
Fakultativ majburiyat deb, asosan, qarzdor muayyan bir harakatni
qilishga majbur boʻlib, shu bilan birga mazkur majburiyatda nazarda
tutilgan harakat oʻrniga boshqa bir harakatni qilish huquqini oʻzida saqlab
qolishga aytiladi. Chunonchi, shartnomada televizor sotilishi koʻrsatiladi,
ammo shu bilan birga sotuvchi televizor oʻrniga xolodilnikni sotish
huquqini oʻziga belgilab qoʻyadi.
Majburiyatlarning muqobil va fakultativ majburiyatlarga boʻlinib
bajarilishining ma’lum huquqiy oqibatlari bor. Chunonchi, muqobil
majburiyatda koʻrsatilgan ashyolardan biri tasodifan nobud boʻlsa, oʻrniga
ikkinchisi topshiriladi. Demak, bunday holda majburiyat bekor boʻlmaydi.
Ammo fakultativ majburiyatda koʻrsatilgan asosiy narsa tasodifan,
qarzdorning aybi bilan bogʻliq boʻlmagan holda nobud boʻlsa, bunday
majburiyat bajarish mumkin boʻlmaganligi tufayli bekor boʻladi.
Ulushli va sheriklik majburiyatlarning bajarilishi toʻgʻrisida oʻn
toʻqqizinchi mavzuda batafsil toʻxtab oʻtildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |