Majburiyatlarni bajarilishini ta’minlash
usullari
Neustoyka
Garov
Zakalat
Kafillik
Kafolat
Qarzdorning mol-mulkidan
ushlab qolish
2
36
Neustoyka
Neustoyka majburiyat huquqiy munosabatlar tizimida ta’minlovchi
va qoplash funksiyasini bajaradi.
Neustoyka majburiyat bajarilishini ta’minlash usuli sifatida toki uni
ijrosi buzilgunga qadar amalda boʻladi. Bunday hollarda qonun yoki
shartnoma neustoykani undirish huquqining vujudga kelish vaqtini nazarda
tutadi. Asosiy majburiyat buzilgandan soʻng neustoyka mulkiy javobgarlik
shakli sifatida namoyon boʻladi. Neustoykani ta’minlovchi va javobgarlik
chorasi oʻrtasidagi nisbat shu bilan izohlanadiki, birinchidan, ta’minlovchi
funksiya qarzdorni majburiyatni bajarishga undaydi, ikkinchidan, agar
tegishli majburiyat bajarilmasa yoki lozim darajada bajarilmasa unga
nisbatan javobgarlik chorasini majburiy qoʻllash taqozo etadi. Boshqacha
aytganda, qarzdorni oʻz majburiyatini bajarish uchun oqilona
harakatlanishini ragʻbatlantiradi va agar u oʻz zimmasiga olgan
majburiyatni bajarmasa javobgarlik xavfi mavjud ekanligi haqida
ogohlantiradi. Neustoyka bir holatda majburiyatni qarzdor tomonidan
buzilmasligini kafolatlasa, ikkinchi holatda esa u javobgarlik chorasi
sifatida namoyon boʻladi. Neustoykaning majburiyat munosabatlarda
bunday ikki xilda namoyon boʻlishi uning real va oqilona asosda
majburiyatlar bajarilishini ta’minlash vositasi sifatida xizmat qilishidan
dalolat beradi. Bunday oʻziga xos xususiyat majburiyatlar bajarilishining
boshqa usullarida mavjud emas desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Neustoykaga
boʻlgan huquq to asosiy majburiyat bajarilishi bilan bogʻliq boʻlib
toʻlovdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Neustoyka majburiyatni ta’minlash usuli sifatida (to huquqiy buzilishi
sodir etilgunga qadar) shartnomaviy majburiyat bajarilmagan taqdirda pul
kompensatsiyasining toʻlash hollarini belgilaydigan va unga boʻlgan
huquqni vujudga keltiruvchi shartni oʻzida ifoda etadi. Bunday pul
kompensatsiyasiga boʻlgan huquq tegishli huquqiy buzilish sodir
etilganidan soʻng vujudga keladi.
Qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilangan qarzdor
majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda,
kreditorga toʻlashi shart boʻlgan pul summasi neustoyka hisoblanadi
(FKning 260-moddasi).
Neustoyka majburiyatning bajarilishini ta’minlashning usuli sifatida
2
37
zarar yetkazilmagan taqdirda ham, tadbirkorlik sohasida esa, umumiy
qoidaga binoan majburiyatni buzgan shaxsning aybi boʻlmasa-da,
qoʻllaniladi. Neustoyka majburiyatning lozim darajada bajarilishini
ta’minlash jarayonida operativ vosita hisoblanadi, undan huquqbuzarlikka
yoʻl qoʻyilgan boʻlishi zahotiyoq va buning natijasida yuz berishi mumkin
boʻlgan salbiy oqibatlarni kutmasdan turib foydalanish mumkin.
Neustoykani qoʻllash uchun asos boʻlib majburiyatning buzilishi
yoki huquqiy hujjatlar talablari yoinki ish muomalasi odatlari hisoblanadi.
Neustoykani qoʻllash asosi sifatida, tadbirkorlik faoliyati bundan
mustasno, qarzdorning aybi boʻlishi ham hisobga olinadi. Demak,
neustoykani undirish uchun, umumiy qoidaga binoan, majburiyatning
buzilishi (huquqning buzilishi) va qarzdorning aybi asos boʻlib
hisoblanadi, biroq bunda huquqbuzarlik tarkibining toʻliq boʻlishi
(huquqqa xilof qilmish, zarar, sababiy bogʻlanish, ayb toʻliq holda mavjud
boʻlishi) shart emas.
Shubhasiz, neustoykaning qonun va shartnoma talablari asosida
toʻgʻri qoʻllanilishi majburiyatlarning bajarilishini ta’minlashning muhim
yuridik vositasi boʻlib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |