Neustoyka
penya
jarima
Garov
Garov - majburiyat bajarilishini ta’minlashning eng samarali va
ishonchli usullaridan biridir.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 264-moddasida
koʻrsatilganidek, bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga
boʻlgan huquqni majburiyatlarni ta’minlash uchun berishi garov
hisoblanadi.
Majburiyat qarzdor tomonidan ijro etilmaganida, kreditor oʻzining
talabini garovga qoʻyilgan mulk hisobidan birinchi navbatda qondirish
imkoniyatiga ega boʻladi. Qolaversa, majburiyat vujudga kelish bosqichida
kreditorga toʻliq miqdorda talabni qanoatlantirishga baho berish
imkoniyati vujudga keladi; kreditorda garovga qoʻyilgan mol-mulk
2
38
hisobidan talabni tezda qanoatlantirish mumkin boʻladi; kreditor garov
predmetini to majburiyat lozim darajada bajarilgunga qadar ushlab
turishga haqli boʻladi.
Kreditorning talablari qondirilgandan soʻnggina garovga qoʻyilgan
mulkni sotishdan hosil qilingan summadan qolganini boshqa
kreditorlarning talablarini qondirish uchun sarflanishi mumkin. Garov
tufayli garov bilan ta’minlangan majburiyat boʻyicha kreditor (garovga
oluvchi) qarzdor tomonidan bu majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga
qoʻyilgan mol-mulkning qiymatidan ushbu mol-mulk egasi boʻlgan shaxs
(garovga qoʻyuvchi) ning boshqa kreditorlariga nisbatan oʻz talabini
imtiyozli qanoatlantirilishiga haqli boʻladi. FKning 264-moddasida
koʻrsatilgan subyektiv huquq garov huquqi boʻlib, mulkni garovga bergan
shaxs – garovga qoʻyuvchi va mulkni olgan shaxs esa – garovga oluvchi
deb ataladi. Mulkni garovga qoʻyuvchi shaxs qarzdorning oʻzi ham,
shuningdek uchinchi bir shaxs ham boʻlishi mumkin. Shuningdek, FKning
2
66-moddasida
koʻrsatilganidek,
garovga
qoʻyuvchi
garovga
qoʻyilayotgan mulkning egasi boʻlishi lozim. Basharti, qonun yoki
shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, mulkdorning
roziligisiz ashyoviy huquqni garovga qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Garovning majburiyatning bajarilishini ta’minlovchi kuchi shundan
iboratki, agar qarzdor tomonidan majburiyat bajarilmasa, kreditor oʻz
talabini garovga qoʻyilgan mol-mulk hisobidan qarzdorning boshqa
kreditorlariga
qaraganda
imtiyozli
suratda
birinchi
galda
qanoatlantirilishiga haqli boʻladi. Asosiy majburiyat (bank krediti, qarz,
oldi-sotdi va h.k.) qanday boʻlishidan qat’i nazar garov barcha hollarda
kreditorga qarzdordan oʻz talabiga monand keladigan ma’lum miqdorda
pul summasini undirish uchun huquq beradi. Agar shartnomada boshqacha
tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, garov talabning uni qondirish paytidagi
hajmini ta’minlaydi, xususan foizlar, neustoyka, ijroni kechiktirib yuborish
natijasida yetkazilgan zarar toʻlanishini, shuningdek garovga oluvchining
garovga qoʻyilgan ashyoni saqlashga qilgan zarur xarajatlari va undiruv
xarajatlari toʻlanishini ta’minlaydi (FKning 268-moddasi).
Oʻzbekiston Respublikasining 2013 yil 23 oktyabrdagi “Garov
riyestri toʻgʻrisida” gi qonuniga koʻra garov riyestri deganda,
qarzdorlarning majburiyatlari bajarilishini ta’minlash vositasi sifatida berib
qoʻygan mol-mulkiga nisbatan kreditorlarning huquqlari toʻgʻrisidagi
shuningdek, qarzdorning mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanishga
doir huquqlariga qonunga muvofiq qoʻyilgan cheklov hamda qarzdor oʻz
majburiyatlari lozim darajada bajarilishini ta’minlashi bilan bogʻliq boshqa
2
39
talablar haqidagi yozuvlarni oʻz ichiga olgan ma’lumotlarning yagona
axborot bazasi tushuniladi.
Garovning mohiyati shundan iboratki, qarzdor kreditorga oʻz
majburiyatlarining bajarilishini ta’minlashga moʻljallangan mol-mulkini
beradi. Garovga beriladigan mol-mulk, ham qarzdorga, ham boshqa
shaxsga tegishli boʻlishi mumkin. Oʻz mulkini garovga qoʻyuvchi shaxs
garovga qoʻyuvchi deb nomlanadi. Talablari garov bilan ta’minlanadigan
kreditor - garovga oluvchidir. Garov mol-mulkka boʻlgan mulk
huquqining kreditorga oʻtishini nazarda tutmaydi. Garov kreditorga faqat,
qarzdorning boshqa kreditorlariga nisbatan, oʻz talablarini garovga
qoʻyilgan mol-mulk qiymatidan qanoatlantirish imkoniyatini beradi.
Qarzdorning oʻz majburiyatlarini bajarmasligi holatida garovga qoʻyilgan
mulk sotiladi va tushgan pul summasidan asosan kreditorning garov bilan
ta’minlangan talablari imtiyozli ravishda qanoatlantiriladi.
Garov vujudga kelishining eng oddiy va keng tarqalgan usuli –
shartnoma tuzilishidir. Mol-mulkning garovi toʻgʻrisidagi kelishuv, u bilan
ta’minlanadigan asosiy majburiyatlar vujudga keladigan asosiy
shartnomada belgilangan boʻlishi ham, shuningdek, tegishli majburiyat
bajarilishini ta’minlash boʻyicha garov toʻgʻrisidagi alohida shartnoma
tuzilishi orqali rasmiylashtirilishi ham mumkin.
Garov qonunda belgilangan holatlarda, garov toʻgʻrisidagi
shartnomani tuzmasdan ham vujudga keladi. Masalan, nasiyaga sotilgan
tovar uning haqi toʻlab boʻlingunga qadar, sotib oluvchi tomonidan tovar
haqini toʻlash majburiyati bajarilishini ta’minlash uchun sotuvchida
garovda turgan deb hisoblanadi (FK 421-moddasining yettinchi qismi).
Garov quyidagi turlarga boʻlinadi: zakalat, ipoteka, huquqlar garovi.
Bunday boʻlinish garov narsasining xususiyatlariga hamda garov narsasi
kimning egaligida qolishiga qarab farqlanadi. Garovga qoʻyiladigan mol-
mulk garovga qoʻyuvchi tomonidan garovga oluvchiga oʻtkazilganda,
topshirilganda garov zakalat deb hisoblanadi. Odatda, koʻchar mol-mulk
zakalat narsasi boʻlishi mumkin.
Koʻchmas mulkni garovga qoʻyish ipoteka hisoblanadi. Binolar,
inshootlar, koʻp xonadonli uylardagi xonadonlar, korxonalar, boshqa
mulkiy majmualar, savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari,
shuningdek turar joylar ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga,
qonunda koʻchmas mulk jumlasiga kiritilgan boshqa mol-mulk ipoteka
narsasi boʻlishi mumkin. Ipoteka toʻgʻrisidagi qoidalar “Ipoteka
toʻgʻrisida”1gi Qonunda ham oʻzining ifodasini topgan.
1
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2006, 40-сон, 393-модда.
2
40
Garovning keyingi turi - huquqlar garovidir. Mulkiy huquq, shu
jumladan, egalik va foydalanish huquqi, ijara huquqi va majburiyatlardan
kelib chiqadigan boshqa huquqlar ham garov narsasi boʻlishi mumkin.
Amalda koʻpincha yer uchastkasidan doimiy foydalanishga boʻlgan huquq,
fermer xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasining ijarasi
huquqi, xoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitalida ishtirok etishidan kelib
chiqadigan huquqlar, qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlar garovi
uchraydi.
Xulosa qilib aytganda, majburiyatlarni bajarilishini taminlashning
muhim omili boʻlib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |