Ushlab qolish majburiyatning bajarilishini ta’minlashning yangi
usulidir. Ushlab qolish huquqi lotin tilidan (“jus retentions”) kelib chiqib
oʻzining tub ma’nosiga koʻra ushbu fuqarolik huquqiy kategoriyani ifoda
etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi FKning 259-moddasida majburiyatlarning
bajarilishini ta’minlash usullari tizimida qarzdorning mol-mulkini ushlab
qolish ham nazarda tutiladi. Bu usullarni qoʻllash asoslari FKning
2
90-moddasida belgilab berilgan. Unga asosan, qarzdorga yoki qarzdor
koʻrsatgan shaxsga topshirilishi lozim boʻlgan ashyoni saqlayotgan
kreditor ushbu ashyo haqini yoki u bilan bogʻliq chiqimlar va boshqa
zararni kreditorga toʻlash majburiyatlari qarzdor tomonidan muddatida
2
41
bajarilmagan taqdirda unga tegishli majburiyat bajarilgunga qadar ushlab
qolishga haqli.
Ushlab qolishga xos huquqiy belgilar birinchidan, qonunga muvofiq
ushlab qolish boʻyicha bir tomonlama bitim munosabatlari vujudga
kelishida; ikkinchidan,kreditor (retentor)ni haqiqiy egaliligida ashyoning
mavjud boʻlishida; uchinchidan, qarzdordagi ashyo qonuniy yoʻl bilan
qoʻlga kiritilgan boʻlishida; toʻrtinchidan, talablarning garov haqidagi
qoida boʻyicha ashyoni qiymatidan qanoatlantirish imkoniyati
yaratilishida; beshinchidan, kreditorga mulk huquqi asosida tegishli
boʻlgan (oʻz ashyosini ushlab qolish) ashyoni ushlab qolishga yoʻl
qoʻyilmasligida namoyon boʻladi.
“
Ushlab qolish huquqi” va “ushlab qolish” bir xil kategoriya emas.
Ushlab qolish huquqi ta’minlovchi subyektiv fuqarolik huquqi boʻlsa,
ushlab qolish esa ushlab qolishga haqli boʻlgan shaxs tomonidan ushlab
qolish huquqini amalga oshirish nazarda tutiladi. Ushlab qolishga xos
majburiyatni ta’minlovchi funksiya xarakterli boʻlib, kreditorning mulkiy
manfaatlarini himoya qilishda yaqqol namoyon boʻladi. Ushlab qolishni
har qanday holda oʻz ashyosi hisobidan amalga oshirishga yoʻl
qoʻyilmaydi. Ushlab qolish huquqi oʻzga ashyoga nisbatan vujudga
keladigan huquqdir.
Ashyoni ushlab qolishdan koʻzlangan asosiy maqsad kreditor oʻzini
qoʻshimcha mulkiy xarajatlardan saqlaydi. Oʻz navbatida kreditorga
ashyoni oʻtkazishda qarzdor majburiyatni bajarilishidan koʻra koʻproq
xarajatlarni qilishiga toʻgʻri keladi. Ushlab qolish huquqi qayd etilgan
ma’noda nafaqat shartnomaviy balki shartnomasiz majburiyatlarda
qoʻllanilishi mumkin. An’anaviy jihatdan ushlab qolishga vaqtinchalik
chora sifatida qaraladi. Uning predmeti boʻyicha qarzdorning xususiy
alomatlari bilan belgilangan koʻchar ashyolari hisoblanadi. Ushlab qolish
subyektiv muddatli huquq boʻlib asosiy qarzni bekor boʻlishi bilan uzviy
bogʻliqdir. Ushlab qolish majburiyat bajarilmaganda kreditorda qarzdorga
nisbatan tezkor ta’sir qilish huquqi vujudga keladi. Ushlab qolish
huquqining qonun asosida vujudga kelishini inobatga olsak, bu huquq
kreditorning erkiga bogʻliq boʻlmasligi ham mumkin.
Ushlab qolish huquqi fakti eng avvalo asosiy majburiyatning yoki
talab qilish huquqining mavjud boʻlishi bilan izohlanadi. Asosiy
majburiyatning boʻlmasligi, uning haqiqiy emas deb topilishi yoki
shartnomaning tuzilmasligi kreditorda ushlab qolish huquqini vujudga
keltirmaydi. Shartnomasiz majburiyatda kreditorning egaligiga qonuniy
olingan va uning tasarrufida boʻlgan qarzdor mulkini ushlab qolish bilan
majburiyatning ta’minlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Sud yoki hakamlik sudi
qarorini ijro qilish maqsadida ushlab qolishdan foydalanish maqsadga
2
42
muvofiq emas. Asosiy majburiyat mutlaqo pul xarakterida boʻlishi talab
etiladi.
Ushlab qolish huquqining faqat qonunga asoslanishini nazarda
tutsak, uning majburiyatlarni bajarilishini ta’minlash usullari tizimida
oʻziga xos oʻrin egallashidan dalolat beradi. Boshqa usullar nafaqat qonun,
balki kelishuv va shartnomalarga koʻra ham vujudga keladi. Ushlab
qolishning asosi boʻlib hali toʻlov muddati kelmagan qarz hisoblanadi.
Ushlab qolish huquqi shartnomaga muvofiq vujudga kelganda, u albatta
yozma ravishda tuzilishi kerak. Basharti ushlab qolinadigan mulk
koʻchmas mulk boʻlsa davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlishi talab etiladi.