Majburiyatni bajarish muddati, joyi va usuli
Majburiyatni bajarish muddati qonun bilan yoki taraflarning oʻzaro
kelishuvi bilan yoxud sud qarori bilan belgilanishi mumkin.
Majburiyatni bajarish muddati kalendar sana bilan yoki muayyan
vaqtda, masalan, uch oy ichida bajarilishini koʻrsatish bilan yoxud biror
hodisaning vujudga kelishi, chunonchi, paxta hosilning yigʻishtirib olinishi
vaqt bilan koʻrsatilishi mumkin.
Muddatlar umumiy va juz’iy, asosiy va maxsus, boshlangʻich va
oxirgi muddatlarga boʻlinishi mumkin.
Umumiy muddat – barcha majburiyatning butunlay bajarilishi
muddati boʻlsa, juz’iy muddat – majburiyatning qonun yoki shartnomada
nazarda tutilgan qismlarga boʻlinib, qisman bajarilishidir. Bunday
muddatlar asosiy muddatlar hisoblanadi, chunki bu muddatlar taraflarning
asosiy majburiyatlarini bajarishlari uchun belgilanadi.
Maxsus muddatlar biror-bir qoʻshimcha, maxsus harakatlarni
bajarish, chunonchi, qonun yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda
2
31
zarur hujjatlarni topshirish, mahsulotda boʻlgan kamchiliklar toʻgʻrisida
dalolatnomalar tuzish uchun belgilangan muddatlardir.
Ba’zi majburiyatlarda, masalan, pudrat shartnomasida ishni boshlash
muddati–boshlangʻich muddat va ishni tamomlash muddati – oxirgi
muddat qilib koʻrsatilishi mumkin. Muddatlarni hisoblashga oid qoidalar
FKning 145-148-moddalarida normalangan.
Bajarish muddati belgilanmagan majburiyatlar ham uchraydi. Ba’zi
hollarda oʻzaro shartnoma tuzishda majburiyatni bajarish muddatini
belgilamasliklari yoki majburiyatning kreditor yoki qarzdor talab qilgan
zahoti bajarilishi kerakligini belgilashlari mumkin.
Agar majburiyatni bajarish muddati koʻrsatilmagan yoki talab qilib
olish payti bilan belgilanib qoʻyilmagan boʻlsa, kreditor majburiyatda
ijroni talab qilishga, qarzdor esa ijroni har qachon amalga oshirishga haqli
boʻladi. Majburiyatni darhol bajarish vazifasi qonun, shartnoma yoki
majburiyatning mohiyatidan anglashilmasa, qarzdor bunday majburiyatni
kreditor talab qilgan kundan boshlab, yetti kunlik muddat ichida bajarishi
shart (FK 242-modda). Muddat koʻrsatilmay belgilangan majburiyatlarga
omonat saqlash majburiyatini koʻrsatish mumkin. Taraflardan birining
talabi boʻyicha omonat shartnomasi har qachon bekor qilinishi va ashyoni
omonatga qoʻygan shaxs har qachon uning qaytarilishini talab qilishga,
omonat saqlovchi esa darhol qaytarishga majbur boʻladi. Agar ashyolar
talab qilib olinguncha yoki muddat koʻrsatilmay saqlash uchun topshi-
rilgan boʻlsa, omonat saqlovchi har qachon shartnomadan bosh torta oladi,
ammo bu holda u omonat topshirgan shaxsga mulkni qayta qabul qilish
uchun mazkur sharoitlarda yetarli muddat berishga majbur. Qonun ba’zi
hollarda kreditorga ham ijroni qabul qilishga tayyorgarlik koʻrish uchun
muhlat olish mumkinligini belgilaydi. Chunonchi, agar mulk ijarasi
shartnomasi muddati koʻrsatilmay tuzilgan boʻlsa, bu holda u noma’lum
muddatga tuzilgan sanaladi va har ikki taraf xohlagan vaqtda shartnomani
bekor qila oladilar. Bu holda shartnomani bekor qilmoqchi boʻlgan taraf
ikkinchi tarafni bir oy oldin koʻchmas mulk ijarasida esa uch oy ilgari
yozma ogohlantirilishi lozim, deb koʻrsatiladi.
Majburiyatlar muddatidan ilgari ham bajarilishi mumkin.
Majburiyatning bajarilishi vaqti kreditor uchun har xil ahamiyatga ega
boʻladi. Chunonchi, kreditor omonatga qoʻyilgan narsani muddatidan
ilgari oʻziga qaytarilishini istamasligi qarz shartnomasi boʻyicha esa
berilgan qarzning muddatidan avval qaytarilishiga qarshi boʻlmasligi
mumkin. Agar qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa
yoxud majburiyatlarning mohiyatidan yoinki ish muomalasi odatlaridan
yoki odatda qoʻyiladigan boshqa talablardan anglashilsa, qarzdor
2
32
majburiyatni muddatidan ilgari bajarishga haqli, kreditor esa ijroni
muddatidan ilgari qabul qilishi shart (FK 243-modda).
Fuqarolik huquqida majburiyatni ijro etish joyi ham muhim
ahamiyatga ega. FKning 246-moddasiga asosan, agar majburiyatni
bajarish joyi qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilab qoʻyilgan
boʻlmasa va majburiyatning mohiyatidan yoxud ish muomalasi odatlaridan
yoinki odatda qoʻyiladigan talablardan anglashilmasa, ijro quyidagi
joylarda amalga oshirilishi kerak:
1
) koʻchmas mol-mulkni topshirish majburiyatlari boʻyicha mol-
mulk turgan joyda;
2
) tashishni nazarda tutadigan tovar yoki boshqa mol-mulkni
topshirish majburiyatlar boʻyicha – tovarni kreditorga yetkazib berish
uchun uni birinchi tashuvchiga topshirish joyida;
3
) qarzdorning tovarni yoki boshqa mol-mulkni topshirish yuzasidan
oʻzga majburiyatlari boʻyicha – mol-mulkni tayyorlash va saqlash joyida,
basharti majburiyatning kelib chiqish paytida bu joy kreditorga ma’lum
boʻlgan boʻlsa;
4
) pul majburiyati boʻyicha–majburiyat vujudga kelgan paytda
kreditor yashagan joyda, agar kreditor yuridik shaxs boʻlsa, uning
majburiyat vujudga kelgan paytda joylashgan yerida, agar kreditor
majburiyatni bajarish vaqtigacha oʻz yashash joyini yoki joylashgan yerini
oʻzgartirgan boʻlsa va bu haqda qarzdorni xabardor qilgan boʻlsa – ijro
bilan bogʻliq hamma xarajatlarni kreditor hisobidan qilgan holda, uning
yangi yashash joyida yoki joylashgan yerida;
5
) boshqa barcha majburiyatlar boʻyicha – qarzdorning yashash
joyida, agar qarzdor yuridik shaxs boʻlsa, uning joylashgan yerida.
Majburiyatni ijro etish usuli - bu majburiyat tuzilgan shartnomaning
shartlari yoki huquq normalari bilan belgilangan tartibda ijro etilishidir.
Ba’zi majburiyatlar oʻzining mazmuniga koʻra birdaniga va batamom ijro
etiladi. Chunonchi, xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyoni
masalan, sotilgan televizorni topshirish majburiyati bir vaqtda va batamom
ijro etiladi. Boshqa bir xil majburiyatlar, aksincha, qismlarga boʻlinib, bir
qancha vaqt davomida ijro etilishi mumkin. Umrbod ta’minlash sharti
bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berishda moddiy ta’minot unga
bir necha yillar davomida beriladi, ya’ni majburiyat qismlariga boʻlinib,
bir qancha vaqt davomida bajariladi. Aksariyat majburiyat masalan,
tashkilotlarga sotilgan mahsulot (tovar)larni yetkazib berish va buning
uchun haq toʻlash majburiyatlari birdaniga, qismlarga boʻlib-boʻlib ham
bajarilishi mumkin.
2
33
Ba’zi hollarda majburiyatning qismlarga boʻlinib ijro etilishi kreditor
uchun noqulay boʻlishi mumkin. Masalan, qish faslida sotiladigan kiyimlarni bir
Do'stlaringiz bilan baham: |