Toshkent davlat yuridik


Fuqarolik-huquqiy javobgarlik



Download 2,11 Mb.
bet125/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

Fuqarolik-huquqiy javobgarlik asoslari


Fuqarolik-huquqiy javobgarlik asoslari yagona tarkibga egami yoxud
u javobgarlikni vujudga kelish asoslariga koʻra farqlanadimi, degan masala
muhim amaliy ahamiyatga ega. Agarda FKning 333-moddasi
(majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik asoslari) va 985-moddasi
(zarar yetkazganlik uchun javobgarlik asoslari) mazmunidan kelib
chiqiladigan boʻlsa, u holda fuqarolik-huquqiy javobgarlik asoslari yagona
tarkib koʻrinishida mavjud boʻlmaydi, deb aytish mumkin. Yuqoridagi har
ikkala tarkib oʻz elementlari va ushbu elementlarni mavjud boʻlishi
shartliligi nuqtai nazardan turlicha boʻlib hisoblanadi.
Masalan, FKning 333-moddasi boʻyicha quyidagilar majburiyatlarni
buzganlik uchun javobgarlikning zaruriy elementlar sifatida belgilab
qoʻyilgan a) majburiyatni bajarilmaganligi yoki lozim darajada
bajarilmaganligi - huquqqa xilof qilmish sifatida; b) qarzdor aybining
mavjudligi; d) javobgarlik subyekti boʻlgan qarzdorning mavjudligi. Zarar
ushbu tarkibda zaruriy element sifatida emas, balki fakultativ element
sifatida namoyon boʻladi


FKning 985-moddasi boʻyicha javobgarlik asoslari sifatida
quyidagilar belgilangan: a) zararning mavjudligi, b) zarar yetkazuvchi
aybining mavjudligi, d) zarar yetkazuvchi harakatlarining huquqqa
xilofliligi, e) zararni qoplash majburiyati zimmasiga yuklatilgan
subyektning mavjudligi.


2


52





Bu oʻrinda shuni ta’kidlash lozimki, FKning 985-moddasi boʻyicha
javobgarlik asoslari oʻzining parodaksal qirralariga ham ega. Bu yerda
javobgarlikning mutloq asosi sifatida faqat zarar mavjud boʻlishi kerak.


Qolgan elementlar mavjud boʻlmasligi mumkin. Masalan, zarar
yetkazuvchining aybi boʻlmasligi, zarar yetkazuvchi harakatlarini huquqqa muvofiq
boʻlishi, muayyan qonunlar yoki qonun hujjatlarida belgilangan hollarda javobgarlik
qoʻllanilmasligi uchun asos boʻla olmaydi. (masalan, oshiqcha xavf manbaidan zarar
yetkazilganda oshiqcha xavf egasi aybidan qat’i nazar javob beradi yoki davlat
hokimiyati organlari tomonidan davlat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari olinishi
munosabati bilan fuqaroning turar joyi buzilishi hollarida garchi hokimlik oʻz
vakolat doirasida qonunga muvofiq tarzda harakat qilgan boʻlsa ham, baribir turar
joy buzilishi natijasida yetkazilgan zararni qoplashi shart). Zarar yetkazuvchi
subyekt zimmasiga javobgarlikni yuklashga qonun yoʻl qoʻymasligi (14 yoshgacha
boʻlgan bolalar tomonidan zarar yetkazilganda) holatlari ham mavjud.


Boshqacha aytganda, qonunda nazarda tutilgan muayyan hollarda


javobgarlik zarar yetkazuvchi shaxsga emas, balki boshqa shaxs
zimmasiga ham yuklanishi mumkin. Biroq yuqoridagi holatlardan
umumlashma xulosa chiqarib, fuqarolik javobgarlik asoslari umuman
yuridik javobgarlik asoslariga mutlaqo toʻgʻri kelmaydi, degan xulosa
chiqarish mumkin emas. Yuqoridagi umumiy qoidadan istisnolar juz’iy
xarakterga ega. Ularni qoʻllashdan maqsad fuqarolik javobgarlik asoslarini
mavjud real voqelikka, hayotga mosligini ta’minlash, shuningdek,
javobgarlikni qoʻllashda adolat, oqilonalik tamoyillarini oʻzida
mujassamlashtirish hisoblanadi. Umuman olganda, aksariyat koʻp hollarda
majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlikda ham, zarar yetkazganlik
uchun javobgarlikda ham fuqarolik javobgarlik asoslari umumiy yuridik
javobgarlik asoslariga muvofiq keladi.
Real voqeilikda muayyan huquqbuzarlik va uning oqibatlari uchun
bir paytning oʻzida ikki va undan ortiq javobgarlik shakllarini qoʻllash
yoxud javobgarlikni muqobillik asosida qoʻllash masalasi yuzaga keladi.
Shuni ta’kidlash oʻrinliki, ijtimoiy adolat va oqilonalik nuqtai nazaridan
olganda ommaviy huquq tarmoqlarida (jinoyat huquqi, ma’muriy huquq,
bojxona huquqi) bir qilmish uchun bir javobgarlik tamoyili amal qiladi.
Biroq ommaviy huquqiy javobgarlik va fuqarolik javobgarlik qoʻllash
holatlarida bir qilmish uchun ikki javobgarlik shaklini qoʻllash holatlari


uchrab turadi. Masalan, muayyan sodir etgan jinoyat uchun jinoyatchiga nisbatan
ozodlikdan maxrum qilish jazosini qoʻllanilishi uni jabrlanuvchi hayoti va sogʻligiga
yetkazilgan zarar uchun fuqarolik javobgarlik qoʻllashdan aslo ozod qilmaydi. Ba’zi
holatlarda esa bir qilmishga nisbatan ham jinoyat huquqiy javobgarlik, ham
fuqarolik-huquqiy javobgarlikni qoʻllash imkoniyatlari mavjud va qonun talabiga
koʻra muqobillik asosida jabrlanuvchi birini tanlashi lozim boʻladi.


2


53





Agar jinoiy javobgarlik qoʻllash rad etilsa, unda fuqarolik javobgarlikni
qoʻllashni talab qilish huquqi istisno etilmaydi. Masalan, amnistiya orqali
javobgarlikdan ozod qilish, jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish
imkoniyatini istisno etmaydi.



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish