Zavodning talabini kondirish kerakmi?



Download 19,28 Kb.
Sana20.04.2022
Hajmi19,28 Kb.
#565718

10-kazus
Toshkentdagi “Elektroapparat” zavodi Surxondaryo viloyatidagi qurilish trestiga yuk kranlarining elektromotorlarini jo‘natdi. Yuk belgilangan manzilga 5 kun kechikib keldi. Elektromotorlarni o‘z vaqtida yetkazib bermaganligi uchun zavod qurilish trestiga shartnomani muddatida ijro etilmaganligi uchun neustoyka to‘ladi. Shu munosabat bilan zavod O‘zbekiston Temir yo‘llari AJga yukni o‘z vaqtida yetkazib bermaganligi uchun jarimani va temir yo‘lchilar tomonidan yetkazilgan zararni, ya’ni u sotib oluvchiga to‘lagan neustoyka miqdorini to‘lashni talab qildi.
Zavodning talabini kondirish kerakmi?
15. Fuqarolik kodeksida shartnomalarning bir necha turlari nazarda tutilgan. Shu bilan birga Fuqarolik kodeksida nazarda tutilmagan shartnomalar ham mavjud. Xo‘jalik shartnomasi mohiyatan fuqarolik-huquqiy shartnomadir. Muhokama qiling.

Ushbu kazusga javob berar ekanmiz avvalo, kazusni tahlil qilshdan boshladik. Toshkendagi “Elektroapparat” zavodi Surxandaryo viloyatiga qurilish trestiga yuk kranlarining ekektro motorlarini jo’natadi. Yuk belgilangan manzilga 5 kun kechikib keladi. Elektromotorlar o’z vaqtida yetkazib bermaganligi uchun zavod qurulish trestiga shartnomani muddatida amalga oshirmaganligi uchun neustoyka to’laydi. Shu munosabat bilan zavod O’zbekiston Temir Yo’llar AJ ga yuki o’z vaqtida yetkazib bermaganligi uchun jarimani va temir yo’lchilar tomonidan yetkazilgan zararni ya’ni u sotib oluvchiga to’lagan neustoyka miqdorini to’lashni talab qildi. Savol; 1. “Elektroapparat” zavodi Surxandaryodagi qurulish trestiga shartnomani muddatida bajarmaganligi uchun neustoyka to’laydimi?. 2. Sotuvchi bo’lgan “Elektroapparat” zavodi tashuvchidan sotib oluvchiga to’lagan neustoykani to’lashni talab qilishga haqlimi?.


Ushbu savollarni oldimizga qo’yib oldik ana endi yechim berishga o’tsak. Yuqoridagi holat bo’yicha “Elektroapparat” zavodi qurulish trestiga shartnomani bajarmaganligi uchun neustoyka to’lagan. Javob berishdan oldin neustoyka haqida bir oz to’xtaldik. Fuqarolik Kodeksining 260 moddasida: qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilangan, qarzdor majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdipda kreditorga to‘lashi shart bo‘lgan pul summasi neustoyka hisoblanadi. Neustoyka to‘lash haqidagi talab bo‘yicha kreditor o‘ziga yetkazilgan zararni isbotlashga majbur emas. Neustoyka bilan faqat haqiqiy talab ta’minlanadi. Agar qarzdor majburiyat bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun javobgar bo‘lmasa, kreditor neustoyka to‘lashni talab qilishga haqli emas.
Neustoya aslida, majburyat huquqiy tizimida taminlovchi va qoplash funksiyasini bajaradi. Majburyat bajailish usulining biri hisoblanadi. Shartnomadagi asosiy majburyat berilgandan so’ng neustoyka mulkiy javobgarlik shakli sifatida namoyon bo’ladi. Neustoyka taminlovchi funksiya sifatida qarzdorni majburyatni bajarishga undaydi. Ikkinchidan, agar tegishli majburyat bajarilmasa yoki lozim darajada bajarilmasa unga nisbatan javobgarlik chorasini majburiy qo’llashni taqazo etadi. Soddaroq aytganda, qarzdorni qarzdorni o’z majburyatini bajarish uchun oqilona harakatlanishini rag’banlantiradi va agar u o’z zimmasiga olgan majburyatni bajarmasa javobgarlik xavfi mavjud ekanligi haqida ogohlantiradi. Neustoyka kelib chiqish aosolariga ko’ra, shartnomaviy va qonuniy neustoykaga bo’linadi. Qonuniy neustoykaga taraflarning nazarda tutilgan yoki tutilmaganidan qatiy nazar to’lash majburyatidir. Qonuniy neustoykaning miqdori, agar qonun taqiqlamasa, taraflarning kelishuvi bilan ko’paytirilishi mumkin. Agar shartnomada qonuniy neustoykaning belgilab qo’yilgan miqdoridan kam miqdorda belgilab qo’yilgan bo’lsa, unda ko’rsatilgan shart haqiqiy hisoblanmaydi.
Neustoyka ikki turga ya’ni jarima va penya shakliga bo’linadi. Qarzdor majburyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan hollarda to’laydigan va qoida tariqasida qatiy pul summasida hisoblanadigan neustoyka pul jarima hisoblanadi. Qarzdor majburyatlarning bajarishni kechiktirib yuborganida to’lanadigan va o’tkazib yuborilgan muddatning har bir kuni majburyatning bajarilmagan qismiga nisbatan foiz bilan hisoblanadigan neustoyka penya hisoblanadi. Penya majburyatni bajarishni kechiktirib yuborilganida qo’llaniladi va o’tkazib yuborilgan har bir kuni uchun muayyan vaqt yoki butun kechiktirib yuborilgan vaqt davomida hisoblanadi. U odatda majburyatning bajarilmagan qismiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Bundan ko’rinib turibdiki, yuqoridagi holatda, “Elektroapparat” zavodi Surxandaryo viloyatidagi quurilish trestiga kechiktirilgan 5 kun uchun to’langan neustoyka qonuniy hisoblanadi. Sababi, shartnimaga muvofiq eketro motorlarni o’z vaqtidan 5 kun kechiktirib yetkazib berilganligi uchun penya tariqasida neustoka to’lab beradi va shunday ham bo’lgan. Oldimizga qo’ygan ikkinchi savol bo’yicha sotib oluvchi tashuvchidan neustoykani talab qilishga haqlimi? Bu vaziyatda, shartnomani turini aniqlab olishi zarar bo’ladi. Agar ushbu vaziyatni biz oldi – sotti deb oladigan bo’lsak. Fuqarolik kodeksining 390 – moddsining 2 – qismidagi: Oldi-sotdi shartnomasidan sotuvchining tovarni sotib oluvchiga yetkazib berish ѐki tovarni turgan yerida sotib oluvchiga topshirish majburiyati kelib chiqmaydigan hollarda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tovarni sotib oluvchiga yetkazib berish uchun tashuvchiga ѐki aloqa tashkilotiga topshirish paytida sotuvchining tovarni sotib oluvchiga topshirish majburiyati bajarilgan hisoblanadi. Bu holatda sotib oluvchi aydor bo’lib javobgarlikni o’z bo’yniga olishga majbur bo’lib qoladi. Ammo mahsulot yetkazib berish shartnomasi hisoblanasdi. Bu vaziyatda biz muammoni yechish uchun huquq anologiyasidan foydalanamiz. FKning 5-moddasida huquq anologiyasi keltirib o’tilgan. Agar fuqarolik munosabatlarida qonun hujjatlari yoki taraflarning kelishuvi bilan to’g’ridan- to’g’ri taritibga solinmagan hollarda fuqarolik qonun hujjatlarining o’xshash munosabatlarini tartibga soluvchi normasi qo’llaniladi. Yuqorida aytib o’tilgan huquq analogiyasidan foydalanib ushbu muammoni yechdik. FK 720-moddasida: Yo‘lovchi tashish uchun transport vositasini kechiktirib jo‘natganlik ѐki bunday transport vositasi manzilga kechikib kelganligi uchun, shahar va shahar atrofi yo‘nalishlarida tashish bundan mustasno, tashuvchi, agar kechikish yengib bo‘lmas kuch ѐxud tashuvchiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa holatlar tufayli yuz berganini isbot qilib bermasa, yo‘lovchiga jarima tariqasida neustoyka to‘laydi. Jarima miqdori va uni to‘lash tartibi transport ustavlari va kodekslari bilan belgilanadi. yo’ovchini jo’natib yuborish kechiktirilgan uchun tashuvchining javobgarligi belgilangan. Shu moddaga ko’ra, Toshkentdagi “Elektroapparat” zavodiga O’zbekiston Temir Yo’llar AJ neustoykani ya’ni zararni to’lab beradi.
Download 19,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish