Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 3,07 Mb.
bet75/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

Fe’lning buyruq shakli

Buyruq fe’lning bosh shaklida bo‘ladi yoki unga maxsus qo‘shimchalar qo‘shish yo‘li bilan hosil qilinadi. Buyruq tinglovchiga yoki g‘oyibga bo‘ladi. G‘oyib buyrug‘i o‘zak-negiz oxiriga -sïn, -sin / -sun, -sün qo‘shimchasini qo‘shib yasalgan. Bu qo‘shimcha -zun, -zün shaklida ham qo‘llanilgan: Kögmän yer-sub idisiz qalmazun tiyin. – Ko‘gman yurti egasiz qolmasin deya (K.20).
Sak. da: saqlasun, öğränsün.
She’rda shunday kelgan:

Endik kiši titilsün,

El törü yitilsün,

Toqlï, böri yetilsün,

Qaδğu yemä sawïlsun.

((Qilichimiz bilan qayg‘uni ochaylikki), axmoqlar yo‘lga tushsinlar, el ishi tuzalsin, qo‘zi bilan bo‘ri birga yursin, bizdan qayg‘u-g‘am yo‘qolsin) (MK.I.131).

Tinglovchi buyruq birligi fe’lning bosh shaklining o‘zidir: kel-, ket-, al-, tut-, bašla-, sözlä-. Ko‘pligi fe’lning bosh shakliga -iŋiz, -ïŋïz qo‘shimchasi qo‘shib hosil qilingan: keliŋiz, ketiŋiz, sözläŋiz, barïŋïz. Bir guruhga buyruq qilishda oxirgi -z (-iz, -ïz) tushiriladi: keliŋ, ketiŋ, sözläŋ, barïŋ.
Ba’zan yodgorliklar tilida tinglovchi ko‘pligini ifodalash uchun -iŋ, -ïŋ hamda -iŋlär, -ïŋlar qo‘shimchalari aralash qo‘llanilgan. Masalan, “Irq bitigi”da: Anča biliŋlär: edgü-ol (İB.1) // Anča biliŋ: edgü-ol (İB.2) – Buni biling, ezgudir. Yoki AT.283 da: Kim taluyqa barayïn tisär kiriŋlär, oğlum tiginkä eš boluŋlar. – Kim dengizga boraman desa, (saroyga – qoshimga) kiringlar, o‘g‘lim shahzodaga esh bo‘linglar; Amtï siz qatağlanïŋ, birlä barïŋ, yerči boluŋ. – Endi siz bardam bo‘ling, birga boring, yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘ling.
O‘zga buyruq birligi kelsin, ketsin, ko‘pligi kelsinlär, ketsinlär tarzida qo‘llangan. Masalan: Tiginig asan tükäl kelürzünlär. – Teginni eson-omon keltirsinlar (AT.283).

Muhimi shundaki, “Qutadg‘u bilig”da o‘zga buyrug‘ining birligi -su, -sü / -sun, -sün hamda -sunï, -süni shakllarida yasalgan: Yağa tursu yağmur, yazïlsu čečäk. – Yomg‘ir yog‘aversin, chechaklar ochilsin (QB.114); Qutadsu atï, bersü eki jihan. – Oti qutli bo‘lsin, (xudo unga) ikki jahonni bersin (QB.85); Tuta bersü täŋri bu taxt birlä baxt. – Tangri unga taxt bilan baxtni beraversin (QB.89); Ažun qalmasunï siziŋsiz quruğ. – Dunyo sizsiz qurug‘ qolmasin (sizdan ajramasin) (QB.105).

“Hibatu-l-haqoyiq”da o‘zga buyrug‘ining birligi -su, -sü / -sun, -sün shakllari bilan hosil qilingan: atï qalsu – nomi qolsin, yad qïlsuyod qilsin, asïğ alsu – foyda olsin, tükäl bilsü – tugal bilsin. Yoki: sewinsün – sevinsin, kelmäsun – kelmasin, külmäsün – kulmasin.

Buyruqning bo‘lishlisi ham, bo‘lishsizi ham -ğïn, -qïn, -gin, -kin qo‘shimchasi bilan ta’kidlanadi: yatqïn, turmağïn, kelgin, ketkin. Bu qo‘shimcha tinglovchi buyrug‘iga qo‘llanadi. O‘zga buyrug‘iga qo‘llanmaydi.

So‘zlovchining buyruq-istagi fe’l negizga -ayïm, -äyim; -alïm, -älim; -alïq, -äylik qo‘shimchalarini qo‘shib yasaladi. Ko‘k turk bitiglarida: terilälim – terilaylik, sü yorïlïm – lashkar tortaylik.

So‘zlovchining buyruq-istagi -ayïn, -äyin qo‘shimchasi bilan ham hosil qilingan. AH da: qïlayïn – qilay, ayayïn – aytay, bezäyin – bezay; Sak. da: oynayïn, tökäyïn.

So‘zlovchi istagiga Husayn Boyqaro baytlaridan bir misol:

Közlärim kör et, qazā, bir šakl-i mavzun körmäyin,

Özni bir Laylāvaši išqïda Majnun körmäyin (Maj.138).

Buyruq (amr) va tinglovchiga xitob fe’l o‘zagiga -qïl, -ğïl, -kil, -gil qo‘shimchasini qo‘shish bilan ham hosil qilingan. KTT.48–49 da: čïqqïltashqari chiq, ačqïl – och, yapqïl – yop, atqïl – ot, čïqarğïl – chiqar, soyğïl – so‘y, tökkil – to‘k, ekkil – ekin ek, töšägil – to‘sha, sewgil – sev, elägil – ela, körgil – ko‘r, boq, keygil – kiy, kiyin. Bularning bo‘lishsiz shakli esa -mağïl, -mägil qo‘shimchasi bilan hosil qilingan: ačmağïl, töšämägil singari.


Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish